Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
CHorvachilik va parrandachilik fermalarini loyihalash
Download 0.58 Mb.
|
Sardor Q tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozuqalar turlari, to‘yimdorligi va ratsion tuzishga oid ma’lumotlar O‘simlik, hayvonot va mineral
- Mikroelementlar
CHorvachilik va parrandachilik fermalarini loyihalash
uchun taxminiy meyorlar 1. Qoramolchilik fermalarida bir bosh qoramol uchun maydon me’yori, m2 14-jadval
Oziqlantirish joyi: yayratish maydonchasida bir bosh sigir uchun - 0,5 m, silos g‘aramlari oldida bir bosh sigir uchun - 0,5 m va bir bosh buzoq uchun - 0,15 m. Sug‘orish joyi: bir bosh sigir uchun - 5-6 sm va bir yoshdan katta buzoq uchun - 3-4 sm. Bir yilda bir bosh sigir uchun sarf bo‘ladigan ozuqalarning taxminiy miqdori quyidagicha: silos-140-150 ts, ildiz mevalar 60-70 ts, dag‘al ozuqalar 10-12 ts, konsentratlar 4-5 ts.
Ko‘k o‘tlar – tabiiy yaylov o‘tlari, pichanzorlar, ekilgan o‘tlar va boshqalar; Dag‘al xashaklar – pichanlar, poxollar, don to‘ponlari, doni olingan makkajo‘xori poyasi; Ildizmevalar – lavlagi, sabzi, kartoshka va boshqalar. Siloslangan ozuqalar – makka silosi, aralash o‘tlar silosi, kungaboqar silosi. Omuxta yemlar – donlar va urug‘lar; Texnikaviy ishlab chiqarish chiqindilari (un ishlab chiqarish sanoati, shakar zavodlari, spirt zavodlari va moy – yog‘ ishlab chiqarish korxonalari chiqindilari). Hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlanadigan ozuqalar - qaymoqli va qaymoqsiz sut, qon uni, suyak uni, go‘sht-suyak uni, baliq uni va hokazalar kiradi. Mineral ozuqalar - kimyoviy qo‘shimchalar mineral ozuqalar hisoblanadi. Mikroelementlar Mikroelementlar o‘simliklar va hayvonot organizmida hamda ularning mahsulotlarida 0,01 foizdan 1,0 foizgacha saqlanadigan mineral moddalardir. Masalan, kalsiy, fosfar, natriy, magniy, kaliy, xlor, oltingugurt va hakozalar. 1 kg beda pichanida 17 g kalsiy, 1,5 g natriy, 1,8 g oltingugurt va boshqalar mavjud. Vitaminlar Vitaminni polyak olimi K.Funk 1911 yili sholi kepagidan kaptarlarning polinevrit kasalligini davolash uchun NH2 amino guruhini birinchi marta olib, unga vitamin deb nom bergan. Vitaminlar murakkab kimyoviy tuzilishga ega biologik faol modda bo‘lib, hayvonlar hayotida muhim o‘rin egallaydi. Hayvonlar vitaminlarni asosan o‘zlari iste’mol qilgan yem-xashaklardan olishadi, ammo tabiiy manbaalar hamisha ham to‘liq qondira olmaydi. Bunday hollarda maxsus vitamin preparatlari yoki oqsilli vitaminli qo‘shilmalaridan foydalaniladi. Agar ratsionda atigi bitta vitamin etishmasa ham hayvon organizmida modda almashinuv jarayoni buziladi va oqibatda uning mahsuldorligi pasayadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun karotin, A, D, E, guruhlaridagi vitaminlar me’yorlashtirilib beraladi. Parrandalarni oziqlantirishda yuqoridagi vitaminlarga qo‘shimcha ravishda K, V, V6, S, V7 va hokazo vitaminlar me’yorlashtiriladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling