Zbekiston respublikasi madanyat vazirligi


Download 1.22 Mb.
bet5/8
Sana27.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#1069242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Masharipov Izzat \'\'Malakaviy Ish\'\'

Teskari zarb – o’ziga xos "sinkopali ritm xarakteriga ega. U noxun bilan bir tomon (past)ga zarb berishning ikkinchi choragiga kat’iy rioya qilish va bir yunalishdagi zarbning oxirgi choragining sakkizdan uchini birlashtirilishi natijasida xosil bo’ladi. Ya’ni noxunning 1,3,4,6,7-zarblari pastga, 2,5,8- zarblari yuqoriga qaratib beriladi Bu o’rinla qo’sh zarbning joyi (noxun bi¬lan pastga va yukoriga bo’lgan bir tekis xarakat) o’zgaradi va 1-,4-,7-tovushlar bilan ijro etiladi. Urg’u zarblar ustidagi " >" belgisi bilan ifoda etiladi.
Ufor zarb – o’zbek xalq yalla kuylari uchun xarakterlidir. Mazkur usul an’anaviy musiqa ijrochiligida keng qo’llaniladi. Oddiy xalq, kuylaridan boshlab, murakkab musiqa janri Shashmaqomning ikkinchi guruh, sho’balarida mavjud beshinchi - tugallanish qismlarida, Toshkent-Farg’ona maqom ashula yullarida, voxalarga mansub kuy va ashulalarda ko’plab uchraydi. Bu usul xalqda "ufor zarb" deb ataladi.
Mumtoz musiqa amaliyotida uforlar ikki xil, ya’ni 6/8 va 3/4 o’lchovlarda notada aks ettirilgan. Kuylarni notaga yozishimizda 6/8 o’lchovdagi uforlar ko’proq bo’lib, ular sho’xchan va raqsga chorlovchi xarakterga ega. O’ir ufor¬lar (3/4) esa mumtoz musiqiy merosimiz xisob- lanmish maqom ashula turkumlarining yakunlovchi qismlarida mavjuddir.
Pirrang – an’anaviy ijrochilikda ko’proq, qo’llaniladigan zarblardan xisoblanadi. U tanbur bilan birga rubob, ud, chang kabi cholg’ular uchun xam xarakterlidir. Pirrang zarbi o’ziga xos xususiyatini ayniqsa tanburda to’laroq namoyon etadi. U birin-ketin chalinadigan to’rtta zarbning birikmasidan iborat.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki biz yoshlar ustozlar merosini yanada chuqurroq o’rganishimiz va bizdan keying avlodga yetkazishda xar birimizning aloxida o’z o’rnimiz borligini chuqur anglamog’imiz o’z ustimizda ko’proq shug’illanib xar tamonlama yetuk, xozirgi zamon talabi darajasidagi bilimlarga ega bo’lmog’imiz lozim.


TANBURDA GAMMALAR IJRO ETISHDA MILLIY MUSIQA ASARLARIDAN

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling