Zbekiston respublikasi madanyat vazirligi


Tanbur ijrochiligida o’ziga xos o’rin tutgan sozandalar


Download 1.22 Mb.
bet2/8
Sana27.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#1069242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Masharipov Izzat \'\'Malakaviy Ish\'\'

Tanbur ijrochiligida o’ziga xos o’rin tutgan sozandalar

Ang’anaviy ijrochilikda musiqiy asarning ta’sirchanligi inson ruxiyatiga xush kayfiyat baxsh etishi, ma’naviy ozuqa berishi, kuyning millim ijro bezaklari bilan tulaqonli ifoda etilishidir. Buning uchun sozanda yuksak musiqiy did va maxoratga ega bo’lishi kerak bo’ladi.Bu cholg‘udagi ajoyib ijrochilik san ‘at bilan xalqimizga manzur bo‘lgan va qalblardan chuqur joy olgan tanburchilarimizdan Sultonali Hakimov, Maqsudxo‘ja Yusupov, Yoqub Davidov, Asatqori Lutfullayev, Ma’rufxo‘ja Toshpo‘latov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar – Rizqi Rajabiy, Jo‘rabek Saidaliyev, Abdumutal Abdullayev, Shobarot Tanburiy, Ro‘zimatxon Tanburiy, Otavali xamda Nuriddinov, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar – Shonazar Sohibov, Fazliddin Shaxobov, Boboqul Fayzullayev ,Uyg'ur xalqining mashxur tanburchisi Q. Ibragim ,Toxir Qo’ziyev,Rustam Boltayev va shular kabi juda ko‘plab sozandalarning nomlarini faxr bilan tilga olamiz. Tanbur sozi ijrochiligida yorqin yulduz bo’lib porlagan ,uzining qalb qo’ri,sexirli barmoqlari bilan chertgan sozidan xush navo taratib yuraklarni zabt etgan “tilla noxun”soxibi o’zbek milliy kuylarining moxir ijrochisi o’bekiston xalq artisti professor Turg’un Alimatovni o’zbek milliy musiqasi ijrochiligida betakror uslub (maktab) yaratgan sa’nat darg’alaridan biri desak also mubolag’a bo’lmaydi.


Turg’un Alimatov 1921-yil 20-yanvarda Toshkent viloyatining Chuvalachi kishlog’ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Bolalik chogadanoq qalbida musiqaga ishtiyoq va xavas uyg’onishiga padari buzrukvori Alimat otaning dutor cholg’usini nixoyatda yokimli ijro etishi sabab bo’ldi. Turg’un Alimatov o’rta maktabning 4-5- sinflarida sabok olayotgan paytlarida musiqa chol- g’ularidan ilk bor dutor chalishni urgana boshladi. Chunki ular xonadonida xam ko’plab xonadonlarda bo’lgani kabi dutor doimo uyning to’rida osiglik, turgan. 1930 - yillarda xalq, orasida mashxur bo’lgan "Fabrika" nomli qo’shiq kuyi Turg’un Alimatov o’rgangan birinchi musiqiy asari bo’lgan. Usha kezlari radio tulqinlari orkali muntazam yangragan "Jigarpora" kuyi bilan birga "Dilxiroj", "Munojot" kabi xalq kuylarini chalishni xam qunt bilan o’rgangan.
Texnikumda olgan saboqlari Turg’un Alimatov xayotida muxim ro’l o’ynadi. O’sha kezlari radiodan ko’pincha Yunus Rajabiy raxbarligidagi ansambl ijrosidagi kuy va qo’shiqlar yangrardi. Turg’un Alimatov bu turkum eshittirishlarni birortasini xam qoldirmasdan tinglar va g’oyibona o’rganardi. Mabodo kuylarni o’rganishda qiyinchilik tug’ilsa darxol texnikum o’qituvchilariga murojaat qilar edi. Shu sababli musiqa merosimizda mavjud bo’lgan ko’plab asarlarni o’zlashtirishga erishdi,
Texnikumda o’qishni tugallash arafasida sozanda sifatida shakllanib dutor, gijjak xamda tanbur chalishning nozik sirlaridan voqif bo’ldi.
Turgun Alimatov 1940-yillarda Toshkentdagi yosh tomoshabinlar teatriga ishga qabul qilindi. Bu yerda ansambl raxbari Mamadaziz Niyozov unga gijjakchi sozanda bo’lib ishlashni taklif etdi. Ansamblda birgina gijjakda emas, balki tanbur va dutorda xam vaqti-vaqti bilan kuylar ijro etishga to’gri kelardi. Chunki ishdagi ijodiy jarayon shuni talab etardi.
Shundan so’ng T. Alimatov bir yil mobaynida Muqumiy nomli musiqali drama teatrida sozandalik faoliyatini davom ettirdi. U teatrdagi faoliyatini juda xam samarali o’tganligini eslab shunday deydi: "Men o’ttiz yil radioda ishladim, bir yil Mukimiy teatrida. Lekin o’ttiz yil ichida, o’sha bir yilda olgan ma’naviy boylikni ololmadim. Chunki u kez¬lari teatrda zabardast san’atkorlar: Tuxtasin Jalilov, Juraxon Sultonov, Mahmurjon Uzoqov, Oxunjon qiziq, Xolxo’ja To’xtasinov kabi buyuk insonlar davrasida edim".
Ustozlar bilan bo’lgan jonli muloqot san’atning turli yo’nalishlaridan baxramand bo’lishda T. Alimatov faoliyatida muxim o’rin egalladi.T. Alimatov radiokomitetda sozandalik qilgan kezlarida akademik Yunus Rajabiy raxbarligidagi maqom ansambli bilan Shashmaqom cholg’u-ashula turkumlari, Toshkent-Far’gona maqom ashula yo’llari, voxalarga mansub yirik cholg’u yo’llari xamda zabardast bastakorlarning asarlarini munggardish (plastinka)ga yozishda, radio musiqiy yozuvlar "oltin xazina'sidagi magnit tasmalariga tushirishda faol ishtirok etib, "tillo noxun" nomini olishga sazovor bo’ldi.Turgun Alimatov ijrochilik uslubining shakllanishida bir qator ustozlarning san’ati muxim omil bo’lgan . Rizkd Rajabiy, Jurabek Saydaliev, Qayum Shomurodov, Asadqori Lutfullaev, Orif Qosimov, Maxmud Yunusov kabi ustoz sozandalar shular jumlasidandir.
Jurabek Saydaliev ijrosidagi "Payravi asal", "Jigarpora", "Surnay Navosi" kabi kuy¬lar T. Alimatov qalbida chuqur iz qoldirgan. Ayniqsa, "yakka zarb"ga asoslangan ijro uslubi o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, J. Saydaliev talqinida "nola", "qashish", mayda notalarda esa ko’prok, "gili-gili" kabi an’anaviy ijrochilikda qo’lla- niladigan bezaklarni uchratish mumkin.
Asadqori Lutfullaev ijro uslubining o’zi¬ga xosligi asosan "pirrang" zarbini nixoyatda ravon va yoqimli ifoda etilishidadir. Bunday uslub ijroni yanada jozibali chiqishiga sabab bo’ladi.
Rizki Rajabiy, Qayum Shomurodov kabi ustoz sozandalarning ijro uslublarida esa noxunni yukoridan pastga chertish kuzatiladi.
T.Alimatov ustozlardan shu singari ijro amallarini qunt bilan o’rgandi. Ijrochilik soxasidagi ko’p yillik mexnat va izlanishlar ustidagi o’ziga xos uslubni yuzaga kelishida muxim axamiyat kasb etdi.
T.Alimatovning ijro uslubida noxunni past¬dan yukoriga qarata chertish aloxida ajralib turadi. Bunday amal tanburdan chiqayotgan tovushni yanada mayin, yokimli bo’lishini ta’minlaydi. Bu borada T. Alimatov shunday deydi: "Tinglovchiga yakka noxun xam kerak. Lekin, orasida pirrang qo’shilsa yana xam chiroylirok, bo’ladi. Bir san’atga yana bir san’at qo’shilgan bo’ladi. Keyin bir usulda, bir noxunda yursa bir yoqlama bo’lib qoladi.
T. Alimatov o’z ijro uslubini shakllantirishi jarayonida musiqiy merosimiz namunalari orasidan turli sur’at va xususiyatdagi kuylarni tanlab olib, ularni me’yoriga yetkazib chalishni mashq qildi.Mungli kuylarga chuqurroq "nola", "kashish", "molish," "rez", tez surhatli quvnoq, kuylarga "pirrang", "teskari zarb", "ufor zarb" va mayda zarblar ishlatib, musiqiy asarlarni yanada jozibali bo’lishiga erishdi.
T.Alimatov ijrochilik faoliyati davomida musiqiy merosimizda mavjud ko’plab asarlarni o’z ijro uslubida talqin etib, ularga yangidan xayot bag’ishladi. Bu kuylar xox, tanbur, xox dutor, xox, gijjak bo’lsin yagona ijro uslubiga asoslangan, Bunga "Navo", "Chorgoh ", "Eshvoy", "Segoh", "Nasri Segox,", "Ufori Segox,", "Samarkand Ushshog’i", "Girya", "Surnay Navosi", "Rohat", "Eshvoy Kurd", "Kushchinor", "Gulyoraxon va Bilakuzuk", "Jigarpora ", "Tanovar", "Nola", "Munojot I, II, III", "Nasrullo I. II, V", "Ajam", "Navruzi Ajam", "Kuygay" (Yu.Rajabiy), "Ey, sabo" (D.Zokirov), "Guluzorim", "Bozurgoniy" (X-A,Abdurasulov), "Yolgiz" (T.Jalilov) kabi durdona musiqiy asarlar misol bo’la oladi.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling