Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Harbiy xizmatchilarning kiyinish odobi


Download 176.75 Kb.
bet23/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

7.4 Harbiy xizmatchilarning kiyinish odobi

Xizmat kiyimini kiyib yurganda:


xizmat kiyimlarini bo‘y-bastiga mos, dazmollangan, tugmalari qadalgan, mavsumga qarab toza va ozoda kiyishga, farqlovchi belgilarni, davlat mukofotlari va Milliy gvardiya ko‘krak nishonlarini o‘rnatilgan tartibda taqib yurish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi talablarini og‘ishmay bajarish va harbiycha salom berish talablariga qat’iy rioya qilish;
soch-soqoli olingan, turmaklangan holda ish uslubidagi toza va ozoda hamda did bilan kiyinish;
xizmat kiyimida noo‘rin xatti-harakatlarni (qo‘lni qoringa qo‘yib, quchoqlashib yoki o‘pishib salomlashish, qo‘lni cho‘ntakda solib yurish va h.k.) qilmaslik;
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi xizmat kiyimida atrofdagilarni e’tiborini tortadigan hamda bachkana bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan odatlardan tiyilishi (pista chaqishi, saqich chaynashi, uyali aloqa vositalarida turli o‘yinlarni o‘ynashi, quloqchin orqali ashula yoki musiqa eshitishi va h.k.) talab etiladi.
xizmat faoliyatiga daxldor bo‘lmagan buyum va predmetlarni ko‘tarib yurishi;
soqol o‘stirish, uzun bakenbardlar qo‘yish, zargarlik buyumlarni taqish (nikoh uzugidan tashqari), tatuirovkalar chizdirish taqiqlanadi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tashqi ko‘rinishi fuqarolarning Milliy gvardiyaga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi, ularning rasmiyliligi, vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak.


7.5 Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro muomala madaniyati

Harbiy xizmatchilarning o‘z hamkasblari bilan so‘zlashish odobi va muomalasi:


Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi hamkasblari bilan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat va tengdoshlariga yehtirom tarzida samimiy so‘zlashish;
o‘zaro muloqotda kamtar, muloyim, bosiq, vazmin bo‘lish;
so‘zlarni aniq, ravon va tushunarli talaffuzda, shoshilmasdan ifodali bayon etish;
hamkasblari, komandir va boshliqlarining unvonini aytib murojaat qilish;
o‘zidan katta unvondagi harbiy xizmatchilar bilan munosabatda o‘zini vazmin tutish, so‘zini bo‘lmaslik;
hamkasblari bilan so‘zlashayotganda bir-birlarining shaxsiyatiga tegadigan qo‘pol so‘zlar aytmaslik;
tengdoshlari va kichiklarning so‘zini oxirigacha tinglaganidan so‘ng, o‘z fikrini aniq va to‘liq bayon etish;
komandir va boshliqlar tomonidan berilgan topshiriqlarni diqqat bilan yeshitib, keyin javob qaytarish, zarurat bo‘lsa, o‘z fikr-mulohazasini so‘zini tugatganidan so‘ng, undan ruxsat so‘rab bildirish;
rahbar (komandir va boshliq) harbiy xizmatchi o‘tirgan joyda hozir bo‘lsa, darhol o‘rnidan turib kutib olish;
agarda rahbar (komandir va boshliq) o‘tirgan bo‘lsa, harbiy xizmatchi yonida tik turish, ruxsat bersa o‘tirish, yurib ketayotganda uning oldiga o‘tib olmaslik;
rahbar (komandir va boshliq) tomonidan aytilgan tanbehni to‘g‘ri qabul qilish hamda kamchiliklarni bartaraf etish chorasini ko‘rish, kelgusida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni takrorlamaslik;
unvoni yuqori harbiy xizmatchi unvoni kichik harbiy xizmatchi tomonidan xizmat kiyimini kiyish tartib-qoidalari va boshqa tartibbuzarlik holatlarini ko‘rsa, tanbeh berib uni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, unvoni kichik harbiy xizmatchi yesa, tanbehni to‘g‘ri qabul qilib, kamchiliklarni bartaraf etishi;
harbiy xizmatchilar jamoat tartibi va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishi hamda boshqa harbiy xizmatchilar tomonidan jamoat tartibi yoki yo‘l harakati qoidalari buzilayotgan vaqtda ularning oldini olish hamda sodir yetayotgan huquqbuzarlikni to‘xtatishi;
xizmat telefonidan foydalanganda lavozimi, unvoni va familiyasini aytib, suhbatdoshiga o‘zini tanishtirish;
fuqarolar bilan so‘zlashganida xizmat faoliyatiga oid tarqatilishi cheklangan ma’lumotlar haqida gapirmaslik talab etiladi.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling