Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3 Odob-axloq bo‘yicha Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga qo‘yilgan asosiy talablar
7.2 Manfaatlar to‘qnashuvi
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi – Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining shaxsiy manfaatlari ularning o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda paydo bo‘ladi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek ular yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun har qanday naf ko‘rish yoki afzalliklarga yega bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘z rahbari (komandirini va boshlig‘i) ni darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olgan rahbar (komandir va boshliq) uni tartibga keltirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘z xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga yoki ularga zarar yyetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirmasligi, har qanday holatlarda ham o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mumkin bo‘lmagan shaxsiy foydani ko‘zlashi mumkin yemas. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi lavozimga tayinlanayotganda va xizmat vazifalarini bajarayotganda o‘zining xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligining mavjudligi yoki mavjud bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risida ma’lum qilishi shart. 7.3 Odob-axloq bo‘yicha Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga qo‘yilgan asosiy talablar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga quyidagi odob-axloq talablari qo‘yiladi: xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashish va Vatanga sidqidildan xizmat qilish; jamiyatdagi moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; fuqarolarga beg‘araz yordam berish va fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalali bo‘lish; aql va mulohaza bilan ish yuritish, yuklatilgan xizmat vazifalarni bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, tanish-bilishchilik va mahalliychilikdan saqlanish; ruhan va jismonan tetik, bardam, hushyor va doimo ogoh bo‘lish, irodani chiniqtirib borish; og‘ir damlarda sabr-bardoshli bo‘lish, xizmat bilan bog‘liq davlat va harbiy sirlarni saqlash; hamkasblariga, do‘stlariga aybini va kamchiliklarini o‘z vaqtida aytish hamda ularni bartaraf yetishda yordam berish; shaxs, jamiyat va davlatga qarshi har qanday harakat va tajovuzlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish, huquqbuzarlik va jinoyat sodir yetuvchi shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonuniy hal etish, sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik; aholi bilan hamnafas bo‘lish, ularning yaxshi va yomon kunlarida hamdard bo‘lish orqali ishonchini qozonish; Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi degan yuksak nomni asrab-avaylash, uni obro‘sini yanada yuksaltirish choralarini ko‘rish; Milliy gvardiyaning normativ-huquqiy hujjatlari talablarini og‘ishmay bajarish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish, rostgo‘y bo‘lish, amalparastlik, ig‘vo, tuhmat, hasadgo‘ylik, ta’magirlik, maishiy buzuqlik kabi illatlardan holi bo‘lish; o‘z ustida muntazam izlanish, xizmatdagi xato va kamchiliklarni doimo aniqlab borish va bartaraf etish choralarini ko‘rish, xizmat yo‘nalishini takomillashtirish yuzasidan takliflar berish, ishlab chiqish va tatbiq yetishda ishtirok etish; aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borish, qonunchilik normalarini targ‘ib qilish; sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va turli zararli odatlardan himoyalanish, qabih ishlar, nojo‘ya xatti-harakat va illatlardan saqlanish; oilasida yuzaga kelgan ziddiyatlarni amaldagi qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda hal etish; xizmat faoliyati davomida xizmatga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik; komandir va boshliqlarning ruxsatisiz xizmat joyini yoki navbatchilikda turgan postini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketmaslik; or-nomus, uyat va andisha, sharm-u hayo kabi yuksak axloqiy tuyg‘ulariga ega bo‘lish, insonparvar, ma’rifatli, kamtar, mard, sabr-toqatli, vafoli bo‘lishi talab etiladi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga quyidagilar taqiqlanadi: xizmat vaqtida va xizmatdan tashqari vaqtlarda qimor va shunga o‘xshash o‘yinlarda qatnashish; xizmat guvohnomasini shaxsiy manfaati yo‘lida fuqarolarning qo‘lida garov tariqasida qoldirish va begona shaxslarga berish; xizmat kiyimidagi foto va videotasvirlarini internet tarmog‘idagi turli ijtimoiy saytlar (facebook, twitter, you tube, odnoklassniki va boshqa saytlar)ga joylashtirish; xizmat faoliyatini o‘z xayollari va farazlari bilan almashtirish, muayyan shaxslar va guruhlarning yolg‘on fikrlariga ishonish va qo‘llab-quvvatlash; hamkasblari va qo‘l ostidagilarga bosim o‘tkazish yoki shunday salbiy holatlarga loqayd munosabatdan saqlanish. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining kasbiy odob-axloqini shakllantirish uchun: o‘qish, o‘rganish va izlanish, Vatan tarixi, adabiyoti va san’atini o‘rganish; kasbiy bilimlarini, nutq madaniyatini o‘stirishga intilish, mustaqil fikrga ega bo‘lishga, o‘z ustida ishlash hamda yangiliklar yaratishga harakat qilish; o‘ziga nisbatan talabchan va xizmatdoshlarining yaxshi fazilatlarini o‘zlashtirish; kundalik matbuot va ommaviy axborot vositalarini muntazam ravishda kuzatib borish; o‘z bilim va tajribalarini yoshlarga o‘rgatib borish, davlat va jamiyatdagi o‘zgarishlarni kuzatib borish; zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish usullarini chuqur o‘rganish; jinoiy unsurlarning foydalanishi mumkin bo‘lgan harakat uslubi, pinhona ish qoidalari, ishlatishi mumkin bo‘lgan qurol va boshqa vositalardan yaxshi xabardor bo‘lish; har qanday sharoitda o‘zining, xizmatdoshlari hamda fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga tayyor bo‘lish; uzoq yillar davomida samarali xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati davomida orttirgan boy amaliy tajribalaridan unumli foydalanish. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling