Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Ruxsatnoma quydagi hollarda bekor qilinadi


Download 176.75 Kb.
bet32/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

Ruxsatnoma quydagi hollarda bekor qilinadi:
Ruxsatnoma:
egasining uni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi;
soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi asosida bekor qilinadi.
Ruxsatnoma ushbu moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda Milliy gvardiya organi tomonidan, ushbu moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda sud tomonidan bekor qilinadi.
Ruxsatnoma egasi tomonidan sudning uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan keyin oʻn kun ichida ruxsatnoma Milliy gvardiya organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
Sudning ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolning mazkur turlariga oʻxshash boʻlgan buyumlar sertifikatlashtirilishi shart.
Fuqaroviy va xizmat quroliga hamda uning oʻq-dorilariga doir texnik talablar, ushbu qurol va oʻq-dorilarni tamgʻalash, oʻrash-joylash qoidalari va ularning muvofiqligini baholash uchun sinov usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari davlat kadastri. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari davlat kadastri (bundan buyon matnda Qurol kadastri deb yuritiladi) Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan yuritiladi va nashr etiladi hamda u fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni oʻz ichiga oladigan rasmiy toʻplamdir.
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar sertifikatlashtirishning ijobiy natijalari asosida Qurol kadastriga kiritiladi.
Qurol kadastriga tigʻli sovuq qurol va uloqtirish quroli toʻgʻrisidagi, yagona nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqiladigan fuqaroviy va xizmat oʻqotar quroli haqidagi ma’lumotlar kiritilmaydi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling