Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 176.75 Kb.
bet36/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

Insonparvarlik prinsipi. Vakolatli organ (mansabdor shaxs) ma’muriy jazo choralarini qo‘llashda javobgarlikning yengillashtiruvchi holatlariga, huquqbuzarning moddiy ahvoliga e’tibor bergan holda ayrim huquqbuzarliklar uchun belgilangan sanksiyadan ham yengilrog‘ini qo‘llaydi yoki ogohlantirish bilan kifoyalanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.
Odillik prinsipi. Ushbu prinsip vakolatli organlar (mansabdor shaxs) har bir ishni har tomonlama, to‘la va ob’ektiv ravishda aniqlab chiqishi, ishni qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etishi, ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llashda qonunda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi va boshqa holatlarni to‘la o‘rganib jazo qo‘llashini anglatadi.
Sodir etilgan huquqqa xilof xatti-harakat uchun qonunda belgilangan muddatlarda, inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash maqsadida ma’muriy ta’sir choralarining qo‘llanilishi ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini anglatadi.


10.3 Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslar javobgarligi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 16-moddasiga binoan, harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.


Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilarga – O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflarida, Milliy gvardiyada, Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarida va Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida (chegara qo‘shinlarida) haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati organlarining oddiy askarlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar ham harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan. Ichki ishlar organlari, shu jumladan oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ham ma’muriy huquqbuzarlik uchun ularga teng darajada javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi qonunga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy intizom va jamoat tartibini buzganliklari uchun qo‘mondonlar (boshliqlar) oldida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom ustavi bo‘yicha javobgar bo‘ladilar.
Harbiy intizomni va jamoat tartibini buzishga qaratilgan huquqbuzarliklar jumlasiga, o‘rnatilgan har qanday umummajburiy qoidalarni buzishni kiritish mumkin.
Tegishli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar harbiy xizmatchilar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganini aniqlagan vaqtda, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar va boshqa ishga taalluqli materiallarni aybdorning Qurolli Kular Intizom ustavi bo‘yicha javobgarligi masalasini hal qilish uchun boshliqlarga beradilar.
Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun, umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikni qo‘llash mumkin:
1) yo‘l harakati qoidalarini buzganda;
2) ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini buzganda;
3) bojxona qoidalarini buzganda.
Amaldagi qonun hujjatlarida harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydigan ma’muriy javobgarlik choralari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, birinchidan, harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilmaydi; ikkinchidan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling