Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 176.75 Kb.
bet35/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

Qonuniylik prinsipi – davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning bir necha normalarida bevosita ushbu prinsipning talablari belgilab qo‘yilgan. Jumladan, MJTKning 8-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi. Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini o‘z vakolatlari doirasida qo‘llaydilar. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish chog‘ida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuqori turuvchi vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. MJTKning 272-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish barcha fuqarolarning jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, irqi, millati, tili, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, qonun oldida va shu ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) oldida tengligi asosida ko‘rib chiqiladi.
Demokratizm prinsipi. Ushbu prinsipning mazmuni shundan iboratki, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ochiq ko‘riladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib chiqilishi ham mumkin.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling