Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 196-moddasiga binoan
- 18-bobi
- 258-moddaga binoan
- Bundan tashqari, MJTKda Milliy gvardiya organlarining huquqbuzarlarni ushlab keltirish bo‘yicha ham vakolati
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish
- O‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu ob’ektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik
- 289-modda (shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish)siga binoan, sh
1951-moddasiga binoan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
196-moddasiga binoan (huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik), huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Kodeksning 18-bobi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, 2481-moddada bevosita O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Ya’ni, unga binoan, ushbu Kodeksning 61 (oz miqdorda talon-toroj qilish), 1851 (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari), 1941, 1951, 196 (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga tegishli qismi bo‘yicha) va 2101-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi. Shuningdek, 258-moddaga binoan, Milliy gvardiyaning sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari nomidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi — tibbiyot boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari MJTKning 53-(sanitariya qonun hujjatlarini buzish); 54- (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) va 55- (radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yo‘riqnomalar va boshqa talablarni buzish) moddalarda nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir. Bundan tashqari, MJTKda Milliy gvardiya organlarining huquqbuzarlarni ushlab keltirish bo‘yicha ham vakolati tartibga solingan bo‘lib, MJTKning 284-modda (huquqbuzarni ushlab keltirish)sining 4-qismiga binoan, yuridik shaxslarning qo‘riqlanadigan ob’ektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari yoki harbiylashtirilgan soqchilik xodimlari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organiga, harbiylashtirilgan soqchilik xizmati binosiga yoki ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin. MJTKning 287-moddasiga ko‘ra, ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish bu ishga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan vakolat berib qo‘yilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi, mazkur moddaning 9-bandiga binoan, MJTKning 61 (oz miqdorda talon-toroj qilish); 1851 (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari), 1941 (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik), 1951 (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish), 198 (Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish)-moddalarida, 2101-moddasi (O‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu ob’ektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik)ning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli bo‘ladilar. Bundan tashqari, MJTKning 289-modda (shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish)siga binoan, shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transportining, bojxona organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari va chegara qo‘shinlarining vakolatli shaxslari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shunga vakolati bo‘lgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling