Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari


Download 176.75 Kb.
bet42/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

122-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q dorilarini olish va ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) tartibiga fuqarolar hamda yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin».


10.6 Milliy gvardiya organlarining ma’muriy javobgarlik sohasidagi huquqiy maqomi va vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi MJTKning qator moddalarida Milliy gvardiya organlarining ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik sohasidagi huquqiy maqomi belgilangandir. Xususan:


kodeksning 1941-moddasiga binoan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) huquqbuzarliklarni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida (huquqni muhofaza qiluvchi organlarda) hozir bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling