Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi;
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi;
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur Qaror bilan mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilandi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi (Komissiya) huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 yanvardagi PQ-4140-son Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari, Nazorat-litsenziyalash bo‘limi va uning hududiy bo‘linmalari hamda Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha alohida bataloni – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan, 2019 yil 29 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-575-son Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-sonli Qonuni quyidagi mazmundagi 122-modda bilan to‘ldirildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |