Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifa va prinsiplari
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
10.2 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifa va prinsiplari
Ma’muriy javobgarlik yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanib, bir vaqtning o‘zida ma’muriy majburlashning bir turi hamdir. Ma’muriy javobgarlik ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan bo‘lib, aybdor shaxsga nisbatan vakolati davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy-protsessual tartibda ma’muriy jazoni qo‘llashdir. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari deganda - O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi qonun va qonun osti normativ huquqiy hujjatlar tushuniladi. Deyarli barcha ma’muriy javobgarlikni belgilovchi huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi doirasida umumlashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: 1) moddiy va protsessual huquqiy normalar tizimini o‘zida ifoda etadi; 2) fuqarolarning ma’muriy javobgarligini nazarda tutadi; 3) ma’muriy va sud tartibida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun tayinlanadigan ma’muriy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1-moddasiga binoan, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: 1) ushbu Kodeks; 2) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; 3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; 5) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 6) Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari; 7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari; 8) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2-moddasiga binoan, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari belgilangan bo‘lib ular: - inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilish; - ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash; - ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishini ta’minlash; - huquqbuzarliklarning oldini olish; - fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2-moddasiga binoan, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: • qonuniylik prinsipi; • fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi; • demokratizm prinsipi; • insonparvarlik prinsipi; • odillik prinsipi; • ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling