Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
- Bu sahifa navigatsiya:
- X BOB. MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHISINING (XODIMINING) MA’MURIY HUQUQBUZARLIK VA MA’MURIY JAVOBGARLIK SOHASIDAGI HUQUQIY MAQOMI
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati. Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy gvardiya organlari oʻz vakolatlari doirasida: fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalar va ruxsatnomalar berish; litsenziyalar va ruxsatnomalar talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirish; litsenziyalar va ruxsatnomalarning talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirishlar chogʻida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha zarur axborotni soʻrab olish; qurol va uning oʻq-dorilari ishlab chiqariladigan, ta’mirlanadigan, realizatsiya qilinadigan, saqlanadigan hamda yoʻq qilinadigan joylarda ularni koʻzdan kechirish; tekshirishlar natijalari asosida litsenziyalar va ruxsatnomalar talablari hamda shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish; litsenziyalar va ruxsatnomalar egalari zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; litsenziyalar va ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish huquqiga ega. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati boshqa organlar tomonidan ham oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin. X BOB. MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHISINING (XODIMINING) MA’MURIY HUQUQBUZARLIK VA MA’MURIY JAVOBGARLIK SOHASIDAGI HUQUQIY MAQOMI 10.1 Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 10-moddasiga binoan Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi yetgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi. Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ma’muriy huquqbuzarliklar ijtimoiy munosabatlarning doirasidan, ijtimoiy sohalardan kelib chiqqan holda quyidagi guruhlarga ajratib ko‘rsatadi: - fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar; - saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar; - aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar; - mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; - ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar; - sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar; - qishloq xo‘jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik; - transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar; - fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar; - savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar; - odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; - jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; -boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; - tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling