Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
-§. Jinoiy qilmish va uning turlari
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOTA BENE ! Jinoiy qilmish
- Ijtimoiy xavflilik
- NOTA BENE ! Jinoiy harakat
- NOTA BENE ! Jinoiy harakatsizlik
- NOTA BENE ! Jinoiy oqibat
- Zarar xususiyatiga
- Qonunda belgilanishiga
- Kvalifikatsiya uchun ahamiyatliligiga
- 4-§. Qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish
- NOTA BENE !
2-§. Jinoiy qilmish va uning turlari Obyektiv tomonning zaruriy belgisi – qilmish JK Maxsus qismi barcha moddalarida nazarda tutilgan. Shuning uchun qonun chiqaruvchi qilmish deganda, asosan, jinoyatni nazarda tutadi. Jinoiy javobgarlikka faqat jinoiy harakat (harakatsizlik) sodir qilgan shaxslar tortilishi mumkin. Qilmishsiz, ya’ni insonning tashqi dunyodagi muayyan xulq-atvorisiz jinoyat ham, jinoiy javobgarlik uchun asos ham yo‘q. Insonning ma’lum jinoiy xulq-atvorida namoyon bo‘lmagan jinoyat sodir qilish haqida fikr bildirishning o‘zi jinoyatni tashkil qilmaydi. Ayni paytda, jinoyat-huquqiy ma’noda qilmishni harakatlar tizimi, shaxsning faoliyati, xulq-atvori bilan tenglashtirish kerak emas. Aksariyat hollarda jinoyat tarkibi sifatidagi qilmish «xulq-atvor», «faoliyat»ni emas, 158
balki alohida bo‘g‘inlardan tashkil topgan aniq harakatni qamrab oladi (nomusga tegish, shikast yetkazish, qasddan odam o‘ldirish). Bundan, jinoyat-huquqiy ma’nodagi har qanday harakat yoki xulq-atvor ham jinoyat tarkibidagi qilmish bo‘la olmaydi, degan xulosa qilishimiz mumkin.
atvoridir.
Faqatgina jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgilarini ko‘rsatuvchi va to‘rtta quyidagi qismdan iborat qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega:
– huquqqa xiloflik; – ijtimoiy xavflilik; – onglilik; – ixtiyoriylik. Ijtimoiy xavflilik va undan kelib chiqadigan huquqqa xiloflik jinoyatning asosiy belgilaridir. Ammo ulardan qilmishning jinoyat- huquqiy tushunchasi kelib chiqmaydi, balki ular faqat jinoyat-huquqiy ahamiyatga (yoki taqiqqa) ega bo‘lgan harakat yoki harakatsizliklar ro‘yxatini belgilash bilan chegaralanishadi. (Ushbu tushunchalar to‘g‘risida mazkur tom III bobining «Jinoyat belgilari» deb nomlangan 2-§ ga qarang.)
shaxsning qilmishni sodir qilishni ongli nazorat qilishini, ya’ni shaxsda fiziologik va jismoniy jihatdan bunday nazoratni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligini anglatadi. Qilmishni ongsiz ravishda sodir qilish, masalan, uyquda yoki refleks tana harakatlari orqali sodir qilish qilmishning jinoyat-huquqiy ahamiyatini, jinoiyligini istisno qiladi. Shu bilan birga, qilmishni ongsiz ravishda – mastlik holatida sodir etish – ongli ravishda qilmish sodir etish deb baholanadi, chunki u o‘z 159
ixtiyori va ongi bilan mastlik holatiga tushgan. Bu holat JK 56-moddasiga muvofiq, og‘irlashtiruvchi holat deb baholanadi va shaxs umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
qilmishning ong nazorati ostida sodir qilinishida shaxsning qilmishni sodir qilmasdan boshqa xulqni tanlay olishi real imkoniyatining mavjudligidir. Ixtiyoriylik obyektiv belgi bo‘lib, u shaxsning u yoki bu xulqni tanlashida tashqi ta’sirlar ostida yuzaga kelgan yengilmas kuchlarning to‘siq bo‘lmasligida ifodalanadi. Bu holatda ixtiyoriylik subyekt belgilardan farq qiladi, zero ular ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilishga qaratilgan ongning ayb shaklini ifodalaydilar. Noixtiyoriylik ham jinoyat sodir qilinishining salbiy belgisi, ya’ni u qilmishning o‘zini va uning jinoyat-huquqiy ahamiyatini inkor qiladi. Ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatlarga ham irodalilik xos. Ehtiyotsizlik ortida sodir qilinadigan jinoiy harakatsizlikda kerakli ongli harakatning sodir qilinmasligi to‘g‘risida so‘z boradi. Bu holatda biror obyektga nisbatan shaxsning ruhiy xususiyatlari (e’tibori yoki ongi) qaratilishi imkoniyati va zarurati bor edi. Shu sababli, bu belgi harakatsizlikka ham xos. Bu belgining muhimligini ta’kidlar ekanmiz, qonun chiqaruvchi jismoniy yoki ruhiy zarurat (yoki majburiyat) ortida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazish oxirgi zarurat ekanligi to‘g‘risidagi qoidalarni hisobga olgan holda hal qiladi. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etishda ixtiyoriylik belgisi haqidagi masala ham xuddi shunday hal etiladi. Bu to‘rt belgining birligi obyektiv tomonning elementi – qilmishning har ikki shakliga – harakat va harakatsizlikka ham xos. Harakat inson xulq-atvorining faol shaklini ifodalaydi. Umumiy tushunishga ko‘ra, bu obyektiv olamdagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan tana a’zolarining harakati, tashqi ko‘rinishidir. Jinoyat sodir qilinayotganda subyekt voqealar rivojini kutib o‘tirmaydi, balki kutilgan natijaga erishish uchun bevosita voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. 160
Shunday qilib, qilmish xulqning ayrim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, ma’lum motivlardan kelib chiqadi va ma’lum maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. Jinoiy harakatni tahlil qilish uchun uning tashqi ifodasi, shakllariga e’tibor qaratish lozim. Har qanday qilmish – harakatlanish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ya’ni, bu harakatlar insonning ichki yo‘nalishlarini, fikrining harakatini ifodalaydi (imo-ishora, so‘zlar). Ammo tashqaridan ayrim tana harakatlarida ifodalanadigan jinoiy harakat ular bilan cheklanib qolmaydi. Jinoiy harakat harakatlar jamini qamrab oladi, shu bilan birga ahamiyatiga ko‘ra, bir xil harakat har xil harakatlanishlar bilan sodir qilinishi mumkin. Masalan, hujjatlarni qalbakilashtirishni aybdor uni o‘chirish, tuzatish kiritish, boshqa matn yozish va sh.k. usullarda sodir qilishi mumkin, bunda jinoyat sodir qilish aybdorning individual imkoniyatlari, ishlatilishi mumkin bo‘lgan qurol va usulga bog‘liq. Jinoiy harakat tashqi jihatdan imo-ishora shaklida (masalan, haqorat qilishda), biron so‘z aytish orqali (masalan, qo‘rqitishda) yoki ko‘plab hollarda boshqa shaxs yoki atrofdagi turli predmetlarga jismoniy ta’sir qilishda (masalan, davlat mulkini o‘zlashtirishda yoki odam o‘ldirishda miltiq tepkisini bosishda) ifodalanadi. Imo-ishora va so‘z shaklidagi harakat – jabrlanuvchi ongiga ta’sir qilsa, tashqi muhit predmetlariga ta’sir qilish shaklidagi harakat ularning sifat va xususiyatlariga, ularning joylashuviga hamda boshqa predmet va tashqi borliq bilan o‘zaro aloqasiga ta’sir qiladi va shunday yo‘sinda boshqa odamlarga ham, ularning xulqiga ham ta’sir qiladi. Ijtimoiy xavfli harakat murakkab xususiyatga ega va JKda jinoiy faoliyat, soxta tadbirkorlik va soxta bankrotlik ko‘rinishida ifodalanadi. Qasddan sodir qilinadigan jinoyatlarda ijtimoiy xavfli qilmishning boshlang‘ich holati jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratishga qaratilgan tana harakatlarining tashqi ko‘rinishida ifodalanadi. Ehtiyotsizlikdan sodir qilinadigan jinoyatlarning boshlang‘ich vaqti obyektga nisbatan zarar yetkazilganda yoki shunday zarar yetkazish xavfi vujudga kelganida namoyon bo‘ladi. Bu shunda ifodalanadiki, JKda belgilanishicha, ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlar zarar yetkazish bilan bog‘liq. 161
Shunday qilib, alohida olingan tana harakatlarining birligi jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin, lekin bu alohida olingan tana harakatining jinoyat-huquqiy ahamiyatini istisno etmaydi. Har qanday qilmishning jismoniy belgilari shulardan iboratdir. (Ijtimoiy belgilar mazkur tom III bobining «Jinoyat belgilari» deb nomlangan 2-§ da ko‘rib chiqilgan.) Jinoyat huquqida qilmish deganda, faqatgina tana harakatlari tushunilmasdan, balki jinoyat vositasi sifatida boshqa shaxslardan foydalanish ham tushuniladi. Shu bilan birga tana harakatlari orqali tashqi dunyo predmetlaridan, tabiat kuchlari va ne’matlaridan ham foydalanish mumkin.
orqali tashqi dunyo predmetlaridan, tabiat kuchlari va ne’matlari, shuningdek, boshqa shaxslar vositasida jinoyat sodir qilinishi, jinoyat obyektiga faol ta’sirning yo‘naltirilganligi, ya’ni jinoyat qonuni muhofazasidagi ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishning faol ko‘rinishidir.
shaxsning passiv xulq-atvoridir. Harakatsizlik harakatdan jismoniy jihatdan, ya’ni tana harakatlari va u bilan bog‘liq tashqi dunyo predmetlarini ishlatish, tabiat kuchlari va ne’matlaridan foydalanilmasligi bilan farq qiladi.
harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan passiv xulq-atvoridir.
Aniq harakat ijtimoiy jarayonning normal faoliyat yuritishini ta’minlovchi bo‘g‘inlar zanjiridagi zaruriy bo‘g‘indir. Mazkur bo‘g‘inning tushib qolishi, ya’ni harakatning sodir etilmasligi mazkur zanjirning 162
uzilishini va muvofiq ravishda zikr etilgan jarayonning buzilishini anglatadi. Jinoiy harakatsizlik muayyan harakatlarni sodir etishdan tiyilishdagi yagona harakatda yoki yuridik jihatdan zarur va obyektiv jihatdan muhim bo‘lgan harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan passiv xulq-atvor tizimida namoyon bo‘ladi. Jinoiy harakatsizlik bo‘lishi uchun shaxs, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni saqlash va mustahkamlash uchun talab qilinadigan harakatni bajarishi lozim va shunday imkoniyatga ega bo‘lishi kerak. Bundan kelib chiqib, harakatsizlikka xos bo‘lgan ikki obyektiv va subyekt mezonni belgilab olamiz.
bo‘lgan shaxs tomonidan bajarilmasligi. Ijtimoiy zarur harakatlarni sodir qilish majburiyati nafaqat jinoyat-huquqiy normalarda, balki boshqa normalarda ham, shu jumladan, ijtimoiy normalarda ham belgilangan bo‘lishi mumkin. Ular quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: – jinoyat qonuni, masalan JK 117-moddasida xavf ostida qoldirish uchun javobgarlik nazarda tutilgan; – boshqa qonun yoki normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan bo‘lib, JK Maxsus qismi blanket dispozitsiyali moddalarida nazarda tutilgan, masalan, JK 262-moddasida transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilangan; – shaxsning o‘z zimmasiga olgan ish yoki xizmat faoliyatiga oid majburiyat, xususan, uning kasb majburiyatlari, masalan, vrach kasalga tibbiy yordam ko‘rsatishi shart, agar u birinchi yordam ko‘rsatmasa, u JK 116-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi; – shaxsning o‘zi shaxsni biron nojo‘ya holatga soluvchi va uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasligi uchun harakat qilishi majburiyati, bunda shaxs bu holatda o‘z ishini oxiriga yetkazishi shart, masalan, jarroh operatsiyani boshladimi, oxiriga yetkazishi shart, agar u operatsiyani oxiriga yetkazmasa, u shaxsga qarshi qaratilgan jinoyati uchun javobgarlikka tortiladi; 163
– ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs xulqini muvofiqlashtirib turuvchi umumijtimoiy normalar, masalan, ona o‘z emizikli bolasini parvarishlashi va boqishi shart va agar bu harakatsizligi bola o‘limiga sabab bo‘lsa yoki sog‘ligiga zarar yetkazsa, ona jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu holatda konkret harakat sodir qilish majburiyatining yo‘qligi jinoiy harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga asosning yo‘qligidir. Muayyan harakatlarni bajarish majburiyati shaxsning zimmasida bo‘lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Harakatsizlikning subyekt mezoni – shaxsning ma’lum holatlarda konkret harakatni sodir qilish uchun real imkoniyat mavjudligidir. Biror shaxsning konkret harakat sodir qilish uchun real imkoniyatining yo‘qligi harakatsizlikning subyekt mezonini hamda harakatsizlikning o‘zini istisno qiladi. Bu imkoniyatning yo‘qligi shaxsning shaxsiy xususiyatlari bilan, xususan, uning tajribasi, ma’lumoti va shu kabilarning yo‘qligi bilan yoki obyektiv shartlar tufayli, masalan, tabiiy ofat tufayli izohlanishi mumkin. Agar bunday harakatni bajarish majburiyati boshqa bir harakatni bajarish majburiyati bilan chegaralansa, bunday qarama-qarshilik oxirgi zaruratga oid (JK 38-moddasi) qoidalar bilan tartibga solinadi. Biror-bir majburiyatni bajarishda imkoniyat bo‘lgani holda shaxsda ushbu majburiyatning vujudga kelishi harakatsizlikning boshlanishi hisoblanadi. Harakatsizlikning tugashi jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan baholanadi. 3-§. Jinoiy oqibat Insonning har bir harakati atrofdagi reallikda ma’lum o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Jinoiy harakat (harakatsizlik)ning ijtimoiy xavfli oqibati shundaki, u o‘zi tufayli ijtimoiy xavfli oqibatni yuzaga keltiradi. Umumiy holda aytsak, jinoiy oqibat jinoyatning ijtimoiy munosabatlarga yetkazadigan real zarari bo‘lib, u jinoiy xulq bilan sababiy bog‘langan to‘g‘ri, egri, bevosita va bilvosita salbiy o‘zgarishlar (zarar, ziyon, yo‘qotish va sh.k.)da ifodalanadi, oxirgi hisobda esa, ijtimoiy 164
(iqtisodiy, axloqiy, huquqiy va boshqa) qimmatliklar salbiy o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoiy oqibat zaruriy element, formal tarkibli jinoyatlarda esa ular talab qilinmaydi, ammo oqibat kelib chiqishi mumkin. NOTA BENE ! Jinoiy oqibat jinoiy qilmish tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishda ifodalanadigan zarar, ziyon yoxud boshqacha salbiy o‘zgarishda ifodalanadi.
Jinoiy oqibat – qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilab beradi. Shuningdek, jinoiy oqibat qilmishning jinoiyligi yoki jinoiy emasligini aniqlab beradi. Jazo tayinlashda sud tomonidan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlarni qo‘llashda asos bo‘lib hisoblanadi. Jinoiy-huquqiy oqibatlarni quyidagi mezonlarga qarab guruhlarga ajratishimiz mumkin: – zarar tabiatiga qarab; – yetkazilgan zararning xavflilik darajasiga qarab; – qonunda belgilanishiga qarab; – jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatiga qarab.
oqibatga ajratiladi. Moddiy oqibat – jismoniy va mulkiy zarar ko‘rinishidagi oqibat bo‘lib, aniq isbotlash va belgilashga moyil. Jismoniy zarar – shaxsga qarshi jinoyatlarda ifodalanib, u shaxs o‘limida yoki turli darajadagi sog‘liqqa zarar yetkazishda ifodalansa, mulkiy zarar esa, masalan, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan jinoyatlar, jabrlanuvchi mulkini kamaytirishga qaratiladi. Nomoddiy oqibat ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik va boshqa shunga o‘xshash mazmunlarda ifodalanadi. Masalan, tuhmat va haqorat qilishda jabrlanuvchi ongida ijtimoiy-psixologik ta’sirning mazmuni, 165
urushni targ‘ib qilishda mafkuraviy va siyosiy mazmun muhim ahamiyat kasb etadi. Nomoddiy oqibat esa ikki turda ifodalanadi: – real ziyon ko‘rinishidagi nomoddiy zarar, masalan, JK 144-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan zarar: «fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari»ga zarar yetkazish; – zarar yetkazish xavfi ko‘rinishidagi oqibat. Masalan, JK 113- moddasida nazarda tutilgan tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatida shaxs sog‘liqiga nisbatan xavf vujudga keladi. Yetkazilgan zararning xavflilik darajasiga ko‘ra oqibat 2 guruhga bo‘linadi: – asosiy jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan, masalan, 266- moddadagi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish; – og‘irlashtiruvchi jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan, masalan, JK 266-moddasi 2- va 3-qismida javobgarlik odamlar o‘limi, halokat va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqanda yuzaga keladi. Qonunda belgilanishiga qarab: – JK Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida aniq belgilangan oqibat, masalan, JK 102-moddasi 1-qismi – ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish yoki JK 173-moddasi 1-qismi – mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish; – baholanuvchi oqibat, ya’ni qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda bunday zararning aniq soni ko‘rsatilmagan bo‘lib, ular huquqni tatbiq qiluvchi organlar tomonidan qilmish sodir bo‘lgan faktik holatlardan kelib chiqib belgilanadi, bunga misol qilib, jinoyat-huquqiy normalarda belgilangan «ancha miqdordagi zarar» yoki «boshqacha og‘ir oqibatlar» degan iboralarni ko‘rsatishimiz mumkin.
– majburiy, ya’ni bunday oqibatlarning bo‘lishi shart, masalan, ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash (JK 115- moddasi); 166
– qo‘shimcha oqibatlar, masalan, JK 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishning oqibatlari JK 164-moddasi 3- qismi «g» bandi bilan qamrab olinadi va bu holatda 104-modda bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi. Moddiy tarkibli jinoyat JK Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan oqibat kelib chiqishi bilan tugagan hisoblanadi. Bungacha jinoyat jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyatga suiqasd qilish bosqichida deb kvalifikatsiya qilinadi. Moddiy tarkibli jinoyatlardan farqli ravishda, formal tarkibli jinoyatlar qilmish sodir qilingan daqiqadan tugagan hisoblanadi, chunki JK Maxsus qismi formal tarkibli jinoyat dispozitsiyalarida oqibat ko‘rsatilmagan, shu sababli bu jinoyatlar uchun oqibat kelib chiqishi talab etilmaydi. 4-§. Qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish Moddiy tarkibli jinoyatning yana bir zaruriy sharti qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishdir. Ta’kidlash joizki, jinoyat qonuni bilan sababiy bog‘lanish aniqlanmagan. JKda sababiy bog‘lanishni ifodalovchi oddiy atama «yetkazish» hisoblanadi (masalan, JK 104-moddasida). Lekin JK moddalarining ayrim dispozitsiyalarida «yuqtirish» (JK 113-moddasi 2-, 3- va 4-qismlari), «nobud qilish yoki zarar yetkazish» (JK 173-moddasi) kabi atamalar ham uchrab turadi.
Moddiy tarkibli jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilaridan yana biri – sababiy bog‘lanish – sababni ifodalovchi ijtimoiy xavfli qilmish hamda natijani ifodalovchi ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi aloqadir.
Hozirgi zamon milliy jinoyat qonunchiligi va sud amaliyoti sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish bilan ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning obyektivligidan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, qilmish bilan oqibat o‘rtasida har doim obyektiv ketma-ketlik mavjud bo‘ladi. Bunday yondashish moddiy tarkibli jinoyatlarning zaruriy 167
belgisi bo‘lmish sababiy bog‘lanishning mohiyatini ochib berishga yordam beradi.
Sababiy bog‘lanish uchun bir qator belgilar xosdir. Birinchidan, sababiylik – obyektiv kategoriya va shaxsning qilmishga va oqibatga bo‘lgan subyekt munosabatidan holi ravishda o‘rganilishi kerak.
Ikkinchidan, jinoyat huquqidagi sababiy bog‘lanish hodisalar o‘rtasidagi umumiy universal sababiy aloqaning qismidir va bunda ijtimoiy xavfli oqibat haqiqatda qilmish natijasida yuzaga kelganligini aniqlash kerak hamda bu qilmishni oqibat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday holatlardan ajratib olish kerak. Uchinchidan, sabab doim oqibatdan oldin kelishi kerak. Oqibatdan keyin sodir etilgan qilmish ushbu oqibatning sababi bo‘la olmaydi. Bunda sabab va oqibat o‘rtasidagi vaqt muddatining qanchaligi hisobga olinmaydi. Bu masala qasdning mazmuni va yo‘nalishi bilan belgilanadi. To‘rtinchidan, zaruriy sababiy bog‘lanishgina jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega («zaruriy yetkazish» nazariyasi) 1 . Bu shuni anglatadiki, qilmish oqibat kelib chiqishining zaruriy sharti bo‘lgan taqdirdagina sababiy bog‘lanish mavjud bo‘ladi, ya’ni bu qilmishsiz oqibat vujudga kelishi mumkin emas. Boshqa tomondan oqibat kelib chiqishiga boshqa biror sabab emas, aynan shu qilmish hal qiluvchi shart bo‘lgan bo‘lishi kerak 2
Moddiy tarkibli jinoyatlarda qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni tushunish uchun quyidagi holatlarni aniqlash talab etiladi: – qilmish va oqibatning ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof bo‘lganligi; – sodir qilingan qilmish tufayli o‘sha oqibat kelib chiqqanligi; – tugallanmagan jinoyatda qilmish tugallangan jinoyat tarkibining obyektiv tomoni zaruriy belgisi – nomoddiy oqibat yoki boshqacha tarzdagi oqibat keltirib chiqarishi xavfini yuzaga keltirganligi; 1
Впервые данная теория была обоснована А.А. Пионтковским. (Пионтковский А.А. Проблема причинной связи в праве. – М.: 1949. – С. 135; его же. Учение о преступлении. – М.: 1961. – С. 212-240). 2
которого нет», согласно которому все предшествующие условия наступившего результата признаются равноценными, в связи с чем каждое из них рассматривается как причина наступившего последствия. 168
– bir necha oqibat yuzaga kelganida ushbu qilmish har bir oqibatning sababi bo‘lganligi yoki boshqa oqibatlarni keltirib chiqargan bir oqibatning sababi bo‘lganligi va boshqalar. Bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sababiy bog‘lanish – ikkita holat o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, bu holatlardan biri (sabab) ikkinchi holatni yuzaga keltiradi. Sababiy bog‘lanish jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi bo‘lishi uchun quyidagi hollarda shakllangan bo‘lishi lozim: zarar kelib chiqishi real imkoniyati yuzaga kelganidan, to uni haqiqatga aylantirilgunga qadar bo‘lgan davrda mavjud bo‘lganda. Ijtimoiy zararli oqibat keltirib chiqaruvchi real imkoniyatni yuzaga keltirmaydigan harakat yoki harakatsizlik natijani keltirib chiqarmaydi va jinoiy javobgarlikni ham keltirib chiqarmaydi. Ammo obyektiv tasodif (ham ichki, ham tashqi) tufayli bunday real imkoniyatlar haqiqatga kirib ketishi mumkin. Shuning uchun aybdorning qilmishi va shu qilmish natijasi – oqibatning bog‘liqligi – sababiy bog‘lanish isbotlash jarayonining zaruriy bosqichidir. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling