Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga
- (JK 155-moddasi 3-qismi).
- (JK 155-moddasi 5-qismi).
- «Jinoyat tushunchasi» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
- Qo‘shimcha adabiyotlar O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar
- JK 16-moddasi 1-qismida
- NOTA BENE ! Jinoiy javobgarlik
- NOTA BENE ! Hukm qilish
- NOTA BENE ! Jazo
- NOTA BENE ! Boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralariga
JK 15-moddasi 2-qismiga muvofiq, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Jinoyatlarning boshqa turlariga qaraganda ushbu turkum jinoyatlar qolgan uch turkum jinoyatlariga nisbatan kamroq ahamiyat kasb etadi. Shunisi xarakterliki, jamiyat uchun unchalik katta xavf tug‘dirmaydigan qilmishlarga ma’muriy preyuditsiya mavjud bo‘lgan hollarda javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar kiradi, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs bir yil davomida yana shunga o‘xshash huquqbuzarlikni sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyatlar nazarda tutilgan moddalar sanksiya qismida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘lmasligi mumkin (masalan, JK 140- yoki 192-moddalari). Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar aks etgan moddalarning aksarida ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmagan (faqatgina ayrim ixtisoslashgan yoki o‘ta ixtisoslashgan jinoyatlarda bu jazo qo‘llaniladi). Bu turdagi jinoyatlarga quyidagi qasddan sodir qilinadigan JK 139-, 140-, 145-, 149-moddalari va boshqalar, shuningdek, 280-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ehtiyotsizlikdan sodir qilinadigan jinoyatlar kiradi. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi
125
Jinoyat qonunida belgilangan qoidaga ko‘ra, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga sanksiya qismida qasddan sodir etiladigan, besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar taalluqlidir. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, nazarda tutilgan jazo, o‘z navbatida, boshqa yengil turdagi jazolar bilan muqobil ravishda mos kelishi kerak. Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda og‘ir jazo sifatida besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi (JK 155-moddasi 4- qismi).
Ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasi eng yuqori jinoyatlar – o‘ta og‘ir jinoyatlardir. O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi (JK 155-moddasi 5-qismi). Bu turkumdagi jinoyatlarga qonun chiqaruvchi, eng avvalo, shaxs hayoti va sog‘liqiga qarshi qaratilgan qasddan sodir qilinadigan jinoyatlar, shuningdek, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni kiritgan. Jinoyatni tegishli turkumga kiritish JKda belgilangan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Retsidiv jinoyatni xavfli yoki o‘ta xavfli deb topish masalasi shaxsning ilgari sodir qilgan uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyati uchun necha marotaba sudlanganligiga qarab, hal qilinadi (JK 34-moddasi); umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun tayinlanishi mumkin (JK 51-moddasi); shaxs jazoni o‘taydigan koloniyaning turi sodir etilgan jinoyat qaysi turkumga kirishi bilan bog‘liq holatda belgilanadi. Jinoyatlarni tasniflashda jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlash (JK 33-moddasi), jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (JK beshinchi bo‘limi), shu jumladan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi (JK 64- moddasi), sudlanganlik holatining tugallanishi (JK 78-moddasi) munosabati bilan, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 126
majburlov choralarini qo‘llash (JK 88-moddasi) va boshqa holatlar bevosita bog‘liqdir. «Jinoyat tushunchasi» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 1. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoyat deganda nima tushuniladi? 2. Jinoyat tushunchasida formal (normativ) va moddiy yondashuvning mazmuni nimadan iborat? 3. Jinoyatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tushunchasi qaysi belgilar bilan ta’riflanadi? Ushbu belgilarning har birini yoritib bering. 4. Jinoiy qilmish ijtimoiy xavfliligining mazmun-mohiyati nimadan iborat? 5. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi va huquqqa xilofligi kabi belgilarining o‘zaro nisbati qanday? 6. «Jinoiy jazo» va «javobgarlikning muqarrarligi» kabi tushunchalarning o‘zaro nisbati qanday? 7. Jinoyatlarni tasniflash asosiga qanday mezonlar qo‘yilgan? 8. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qanday jinoyatlar kiradi?
9. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar nima bilan ta’riflanadi? 10. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga qanday jinoyatlar kiradi? Qo‘shimcha adabiyotlar O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar Ковалев М.И. Понятие и признаки преступления и их значение для правильной квалификации. – Свердловск: 1974. – 228 Б. Козлов А.П. Понятие преступления. – М.: 2004. – 436 Б. Преступление: вопросы и ответы (по Уголовному кодексу Российской Федерации): Научно-практическое пособие / Отв. ред. Н.Ф. Мурашов. 2-изд., испр. и доп. – М.: Изд-ль Шумилова И.И., 2001. – 150–151- б.
127
Ilmiy maqolalar Веселов Е. Граница преступного и непреступного // Ж. Уголовное право. 2004. № 3. – 12–14-б. Гребенкин Ф. Общественная опасность преступления и ее характеристика // Ж. Уголовное право. 2006. № 1. – 22-б. Ерасов А. Темпоральное действие промежуточного уголовного закона // Ж. Уголовное право. 2005. № 5. – 20–24-б. Камалова Д.Г. Жиноят содир этиш босқичлари: уларга оид қоидаларни моддий ва формал таркибли жиноятларга татбиқ этиш // Ҳуқуқ ва бурч. Ижтимоий-ҳуқуқий журнал. –2016. №4(124). – Б. 46- 49.
Марцев А., Михаль О. Уголовно-правовая классификация преступлений // Ж. Уголовное право. 2005. № 5. – 49–54-б. Марцев А.И. Общественная вредность и общественная опасность преступления // Ж. Правоведение. 2001. № 4. – 150–151-б. Михаль О. О классификационных принципах при классификации преступлений // Ж. Уголовное право. 2006. № 1. – 50-б. Турғунбоев Э.О. Вояга етмаганларга нисбатан мажбурлов чорасини қўллаш билан боғлиқ жиноят қонуни нормаларини такомиллаштириш (ЖКнинг 15-моддаси билан унификация қилиш) // Ўзбекистон Республикасининг “Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида”ги қонуни ижросини таъминлашнинг асосий йўналишлари. Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами (2015 йил 22 март). –Т.: Ўзбекистон Респбликаси Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015. – Б.152-156. 128
IV BOB. JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI 1-§. Jinoiy javobgarlik tushunchasi JK 16-moddasi jinoiy javobgarlikni yuridik javobgarlikning bir ko‘rinishi sifatida atroflicha yoritib beradi. Ushbu moddaga ko‘ra, «Jinoyat uchun javobgarlik – jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. Ushbu kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi». JK 16-moddasi 1-qismida bir qator alomatlarga ega bo‘lgan jinoiy javobgarlik tushunchasi o‘z ifodasini topgan. Birinchidan, jinoiy javobgarlik o‘zining yuridik ma’nosiga ko‘ra jinoyat sodir etishning oqibati hisoblanadi. Ikkinchidan, u ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishidan keyin vujudga keladi. Uchinchidan, jinoiy javobgarlik sud hukmi bilan jazo va boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda ifodalanadigan davlat majburlov chorasidir. To‘rtinchidan, u jinoyat- huquqiy munosabatlar doirasida vujudga keladi, amalga oshiriladi va to‘xtatiladi. Qonun subyektlarga ijtimoiy xavfli qilmish sodir etmaslik majburiyatini yuklaydi, ya’ni muayyan harakatlarni sodir qilmaslik yoki bajarilishi shart bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish. Bu majburiyat barcha uchun majburiy va muayyan bir shaxs uchun alohida hisoblanadi. Ushbu majburiyatlarning bajarilishini talab qilish davlat organlarining huquqi hisoblanadi. Yuridik normalar buzilganda davlat aybdor shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llaydi. Shu bilan birga, o‘z-o‘zidan qonunda biror-bir normaning yozma ifodalanganligi jinoiy javobgarlikka tortish kerakligini anglatmaydi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, jinoiy javobgarlik faqatgina haqiqatan sodir etilgan aybli qilmish uchun qo‘llanilishi lozim. Qonun normalari jamiyat hayotining real sohalarini qamrab olishi uchun jismoniy shaxslar 129
jinoyat-huquqiy taqiqlarga rioya qilishlari kerak. Bu talablar shaxs, jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqadi, javobgarlikning hajmi va chegarasini aniqlaydi. Bu talablarsiz subyektlar o‘z xulq-atvorini hech narsa bilan solishtira olmaydi. Jinoiy javobgarlik jinoyat-huquqiy normalar vositasida ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lgan munosabatlarning faoliyatini ta’minlaydi. Ushbu javobgarlik JK 2-moddasida ko‘rsatilgan qadriyatlarni jinoyat- huquqiy normalar bilan muhofaza qilishning asosi hisoblanadi. Jinoiy javobgarlik keng ma’noda jinoyat-huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalangan qonun normalarini ijro etish protsessi, u yoki bu nizoning adolatli hal qilinishi natijasi bo‘lgan jinoyat-huquqiy normalarning bajarilishi, aybdor shaxslarga nisbatan jazo tayinlaydigan maxsus organ – sudning shaxslar tomonidan sodir qilinadigan ijtimoiy xavfli qilmishlarga nisbatan salbiy munosabatini ifodalaydi.
chiqa turib, uni aniqlashning eng muhim jihati bu huquqiy oqibatdir, deb aytish mumkin. Ana shu oqibatgina jinoiy javobgarlikning mohiyati va xarakterini ifodalaydi. Jinoyat-huquqiy munosabatlarning muhim belgisi hisoblangan jinoiy javobgarlik jinoyat-huquqiy taqiqlar va normalarning buzilishi oqibatidir. NOTA BENE ! Jinoiy javobgarlik – bu jinoyat sodir etgan shaxsning belgilangan tartibga ko‘ra, huquqlari cheklanishi, davlat nomidan sudlangan bo‘lishi va jazo hamda boshqa huquqiy ta’sir choralarini o‘tashga bo‘lgan majburiyatidir. Javobgarlikning asosi JK Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarning elementlari quyidagilardan iborat: 130
1) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda sudlanganlikning vujudga kelishi; 2) aybdor shaxsga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llanilishi; 3) sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni sud hukmi bilan baholash natijasida ma’lum bir huquqiy oqibatlar kelib chiqishi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, faqatgina sud ayrim bir shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishi mumkin, javobgarlikning boshqa turlari esa (ma’muriy, intizomiy) davlat hokimiyatining nosudlov organlari tomonidan qo‘llanilishi va ushbu organlarning faoliyati natijasi bo‘lishi mumkin. Jinoiy javobgarlik aybdor shaxsga sud tomonidan belgilangan ma’lum jazo choralari bilan chegaralanmaydi. Jinoiy javobgarlik shaxs sudlanishida, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda aybdor deb topish, unga jazo chorasi belgilash va shu jazo chorasini ijro etish jarayonlarining birligida ifodalanadi.
qilmishga va shaxsga bo‘lgan munosabat ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga sud tomonidan tegishli hukm chiqarish orqali tegishli miqdorda va shaklda jazo tayinlashda ifodalanadi.
Modda sanksiyalaridagi jazolarning muqobilligi va og‘irlik darajasini hisobga olib, hukmda ifodalangan qilmishga nisbatan baho berishda jazo turi va miqdori katta rol o‘ynaydi. Sud tomonidan tayinlangan jazo turi va miqdoriga qarab, shaxsning ayblilik darajasi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Hukm qilish shaxsni sud tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor deb topib, hukmda jazo choralari bilan bog‘liq bo‘lmagan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashni ham nazarda tutadi (JK 91-moddasi). Jinoiy javobgarlik – hukm qilish – hukmda nazarda tutilgan jazo choralarini o‘tashda ifodalanadi. 131
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlik uchun hukm qilish va jinoiy javobgarlikka tortishning oqibati bo‘lib jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash hisoblanadi. Jazo – javobgarlikning muhim xususiyatidir. NOTA BENE ! Jazo – jinoyatchiga nisbatan sud tomonidan qo‘llaniladigan, jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatini ifodalaydigan, jinoiy javobgarlikning amalga oshirilish shakli bo‘lgan maqsadli davlat majburlov chorasi.
Jinoiy javobgarlikning real ifodasi, asosan, jazoda o‘z aksini topadi. Biroq jinoiy javobgarlik va jazoni aynan bir tushuncha deya olmaymiz. Jinoiy javobgarlik va jazo bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Bu fikrlar ayrim xulosalar chiqarishimizga imkon beradi. Birinchidan, jinoiy javobgarlik davlat majburlov chorasining bir turi va mohiyatan jinoyat-huquqiy munosabat bilan bir bo‘lganligi uchun jinoiy jazo tushunchasiga nisbatan keng. Ikkinchidan, jinoiy jazo, jinoiy- huquqiy majburlov chorasi sifatida jinoiy javobgarlikning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Birinchi bosqichda (jinoyat sodir etilgan paytdan to ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilingunga qadar bo‘lgan oraliq davr) jinoyatchiga ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilingani uchun jazo xavfi yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda (shaxsni ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilinganidan to ishni sudga topshirilguniga qadar) jinoyatchini jazoga tortishga hozirlanadi. Uchinchi bosqichda (sud protsessidan to hukm ijroga topshirilguniga qadar) mahkum sud tomonidan belgilangan muayyan tur va miqdordagi jazo bilan jazolanadi. To‘rtinchi bosqich (sud ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganidan to jazo muddati tugagunigacha yoki muddatidan avval jazodan ozod qilingunga qadar) jinoyatchi tomonidan jazo o‘tash jarayoni bo‘ladi. Nihoyat, jinoiy javobgarlikning beshinchi bosqichida (jazoni o‘tab bo‘lgan yoki jazodan muddatidan avval ozod qilinganidan to sudlanganlik holatining tugallanishi yoki olib 132
tashlanguniga qadar) jazoni ijro etish va sudlanishning oqibatlari namoyon bo‘ladi. Jazo maqsadli davlat majburlov chorasi sifatida shaxsning huquq va erkinliklarini cheklash bilan birga uni qayta tarbiyalaydi ham, shuningdek, umumiy va maxsus tarzda ogohlantiradi. Shunday qilib, jinoiy javobgarlikning jazolash tomoni hukm qilishdan kelib chiqqan, ammo unga nisbatan ikkinchi darajali, ya’ni jazo jinoiy javobgarlikning huquqiy oqibati bo‘lishi bilan birga sudlanish jazo qo‘llashsiz ham amalga oshirilishi mumkin. Jinoiy javobgarlikning barcha bosqichlarida u yoki bu turdagi jazo to‘g‘risida so‘z borar ekan, u aksariyat hollarda davlat majburlov chorasining asosiy ko‘rinishi, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning asosiy shakli hisoblanadi.
voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy xarakterda bo‘lgan majburlov choralarini kiritishimiz mumkin.
Ushbu majburlov choralarining asoslari, maqsad va vazifalari haqida to‘xtalmasdan, ular qaysi hollarda jinoiy javobgarlikni yuzaga keltirishi va buning huquqiy oqibati haqida to‘xtalsak, ularning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) bu choralarni qo‘llash yoki jinoiy jazoni istisno qiladi (muomalaga layoqatsizlar va voyaga yetmaganlar uchun) yoki jazoni vaqtincha to‘xtatadi (ayblov hukmi kuchga kirganidan so‘ng surunkali ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan shaxslar uchun) yoxud jinoiy jazoni ijro etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi (alkogolizm yoki giyohvandlikka chalinganlik tashxisi bor shaxslar uchun); 2) qaysi shaxslar davlat majburlovining ushbu choralariga tortilishi lozim bo‘lsa, ularning xohishidan qat’i nazar tortiladi, bosh tortgan taqdirda davlat tomonidan huquqiy ta’sir chorasi ko‘riladi; 3) bu choralarni qo‘llash sud organlari tomonidan amalga oshiriladi; 133
4) mazkur choralarni qo‘llash jazo sifatida ko‘rinmaydi va sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi, lekin jinoiy javobgarlikni istisno qilmaydi. Ushbu huquqiy ta’sir choralarining bir qator jinoiy jazoga o‘xshash tomonlari mavjud, ammo ular umumiy jihatdan bir-biridan farq qiladi. Huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazo bilan o‘xshashliklari quyidagilarda ko‘rinadi: – mazkur huquqiy ta’sir choralari jazo singari jinoiy javobgarlikni amalga oshirish shakllaridan hisoblanadi; – jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashning asosi – ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi sanaladi; – bu choralarni huquqiy tartibga solish va qo‘llash jinoyat qonuni bilan amalga oshiriladi; – bu ta’sir choralarini qo‘llashning bevosita huquqiy asosi – sud organlarining qonuniy hujjatidir; – ushbu huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash jinoyat sodir etgan shaxslar muayyan huquqlarining cheklanishini nazarda tutadi. Mazkur huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazodan asosiy farqi shuki, garchi ular jinoiy javobgarlikni amalga oshirish shakli sanalsa ham, bu choralar sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi. Huquqiy ta’sir choralari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishning huquqiy oqibatidir. Ushbu choralar aksariyat hollarda, umumiy va xususiy ogohlantiruv mazmunida bo‘ladi. Aybdor shaxs sud tomonidan aqli noraso deb topilgan taqdirda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ko‘rinishida huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risidagi masala qo‘yiladi. Xolbuki, mazkur choralarning asosiy maqsadi kelajakda jinoyat sodir qilinishining oldini olishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli huquqiy ta’sir chorasini jazo deb baholash noto‘g‘ridir. Shu bilan birga bu huquqiy ta’sir choralari shaxsning huquqlarini chegaralab qo‘yadi va hech qanday so‘zsiz ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning kelajakdagi jinoyatining oldini oladi. Jinoiy javobgarlik ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining huquqiy oqibati ekan, huquqiy ta’sir choralari ham sodir etilgan jinoyat oqibatidir. 134
JK 16-moddasi 1-qismiga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari aybdorga nisbatan faqat sud tomonidan qo‘llanadi. Jinoiy javobgarlikning mazmuni sud javobgarligini ham o‘z ichiga oladi. «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi» (Konstitutsiyaning 26- moddasi)
1 . Bundan tashqari, Konstitutsiya qoidalariga asoslangan JPK 12- moddasiga muvofiq, jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi. Shu sababli bu norma jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmay, faqat jinoiy-protsessual ahamiyatga ega deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Konstitutsiya ham JPK singari jinoiy javobgarlikning muhim belgisi bo‘lgan jazoning sud tomonidan qo‘llanilishini qayd etgan. Shu jumladan, JK 16-moddasi 1-qismida ushbu qoida jinoiy javobgarlikning eng muhim belgisi qilib belgilangan. Sud tomonidan ayblov hukmining chiqarilishi (uning qonuniy kuchga kirishi) jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiruvchi formal tarkibning oxirgi belgisi hisoblanadi. Bu holat formal va moddiy ahamiyatga ega. Formal ahamiyatga egaligi – jinoyat qonuni jinoiy javobgarlikni jinoyat sodir etgan shaxsni aybdor deb topilishi bilan bog‘laydi. 1
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б. 135
|
ma'muriyatiga murojaat qiling