Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Jinoyat huquqi yuridik fan tarmog‘i sifatida
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Jinoyat huquqi predmeti va metodi Huquq tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqining predmetini
- Jinoyat huquqi fanining predmetini
- «Metodologiya» va «metodika»
- 3-§. Jinoyat huquqi vazifalari
- Buzilgan huquqning tiklanishi
- NOTA BENE !
- NOTA BENE ! Shaxs huquqlari
- NOTA BENE ! Shaxs erkinligi
- Jamiyat manfaatlari
- Davlat manfaatlari
- NOTA BENE ! Mulk
- NOTA BENE ! Atrof tabiiy muhit
Jinoyat huquqi yuridik fan tarmog‘i sifatida jinoyat huquqining rivojlanish tarixini o‘rganish; jinoyat qonunini sharhlash; milliy va xalqaro huquqni qiyoslash, xalqaro jinoyat huquqini tadqiq qilish; jinoyat-huquqiy normalarni qo‘llash samaradorligini, jinoyat qonunchiligini qo‘llashning nazariy muammolarini tadqiq qilish; huquqbuzarlikning boshqa shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat huquqining ijtimoiylashuvini ishlab chiqishga asoslangan qarashlar, g‘oyalar tizimini ifodalaydi. Jinoyat huquqi fanining asosiy vazifasi jinoyat qonunini qo‘llashning, keyinchalik uni takomillashtirishning amaliy va nazariy muammolarini ishlab chiqish, uning samaradorligini oshirish, jinoyat-huquqiy siyosatni 1
д.ю.н., проф. Н.Ф.Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М.Тяжковой. – М.: ИКД «Зерцало-М», 2002. – 3-б. 8
samarali amalga oshirishni ta’minlash uchun jinoyat qonunchiligini kelajakda rivojlanishini bashorat qilishdir. 1
asoslangan o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan va ushbu o‘quv maskanlarida o‘qiydigan studentlar tomonidan o‘rganiladigan o‘quv kursini anglatadi. Jinoyat huquqi tushunchasi huquq sohasi, yuridik fan va o‘quv kursi sifatida qo‘llanilishi yagona normativ huquqiy baza – jinoyat-huquqiy normalar tizimidan iborat bo‘lgan amaldagi jinoyat qonuniga asoslanadi. 2-§. Jinoyat huquqi predmeti va metodi Huquq tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqining predmetini davlatning maxsus vakolatli organlari va jinoyat sodir qilgan shaxs o‘rtasida vujudga keladigan muayyan ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. Jinoyat huquqi muhofaza qiladigan predmetlarga shaxs, uning huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari, mulkchilik, tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi kiradi (JK 2-moddasi 1-qismi). Bu ijtimoiy munosabatlar doirasi jinoyat huquqining huquq sohasi sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Jinoyat-huquqiy normalar vositasida tartibga solinishi natijasida bu ijtimoiy munosabatlar jinoyat-huquqiy munosabatlarga aylanadi. Bu munosabatlar, odatda, jinoyat sodir etilishi oqibatida yuzaga keladi. Ushbu munosabatlarning yuzaga kelishiga JKda nazarda tutilgan boshqa holatlar ham yuridik fakt sifatida asos bo‘lishi mumkin. Jinoyat-huquqiy munosabatlar aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketishi, ayblov hukmining ijro etilishi, sudlanganlik muddatining tugashi (olib tashlanishi) yoki jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish munosabati bilan tugaydi. Jinoyat-huquqiy munosabatlarning subyekti bo‘lib maxsus vakolat berilgan organlar orqali davlat hamda aniq jinoyat tarkibi alomatlari mavjud bo‘lgan, jinoiy jazo qo‘llash tahdidi bilan qonun tomonidan taqiqlangan qilmishni sodir qilgan shaxs hisoblanadi. Shunga ko‘ra, davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsni 1
Узбекистан, 2005. – 48-б. 9
jinoiy javobgarlikka tortish majburiyati yotadi, jinoyatchi esa jinoyat, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya qonunida belgilangan tartibda sodir qilgan qilmishi uchun javob berish majburiyatiga va JKda o‘rnatilgan sodir qilgan qilmishi uchun adolatli jazo va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini tayinlashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Jinoyat sodir etgan shaxs va davlat o‘rtasida jinoyat-huquqiy munosabatlarning mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, bu munosabatlarning tugatilishi surishtiruv va dastlabki tergov organlari, prokuror, sudya va sud tomonidan sodir etilgan jinoyat bo‘yicha protsessual qonunda nazarda tutilgan tartibda jinoyat sudlov ishi yuritish jarayonida aniqlanadi, bu qonun shunday tuzilganki, u aybsizlarni noqonuniy va asossiz jinoiy javobgarlikka tortishning oldini oladi. Ta’kidlash joizki, huquq tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqining predmeti qatorida, undan kengroq tushuncha bo‘lib hisoblanadigan huquqiy fan tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqi predmetini ham ajratadilar.
amaliyotda qo‘llash muammolarini, jinoyat huquqining rivojlanish tarixini, xorijiy mamlakatlardagi jinoyat qonunchiligi va jinoyat huquqini, xalqaro jinoyat huquqini, jinoyatlarning oldini olish va fuqarolarni qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalashning jinoyat-huquqiy muammolarini va boshqalarni o‘rganish; jinoyat qonunini sharhlash; qonunchilikni va uni amaliyotda qo‘llashni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish; jinoyat huquqining sotsiologiyasini ishlab chiqish, ya’ni jinoyatchilikning dinamikasi, tuzilishi va darajasini aniqlash orqali jinoyat qonunining amaldagi real holatini, qonunning samaradorligini, jinoyat-huquqiy tartibga solish mexanizmini, jinoyat qonunining shartliligi va asoslanganligini o‘rganish, qilmishni kriminalizatsiya va dekriminalizatsiya qilish tashkil qiladi 1 .
o‘rganishning metodikasi va ilmiy izlanishning metodologiyasini belgilab beradi. O‘z navbatida, o‘rganish uchun foydalaniladigan umumiy va maxsus metodlar fanining mazmunini aniqlab beradi. 1
Қаранг: Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 4. 10
«Metod» tushunchasi real haqiqatni bilish va u haqida obyektiv bilimlarni olish uchun yo‘l, usul va vositalarni qamrab oladi 1 . Jinoyat huquqining metodologiyasi haqidagi masala (boshqa har qanday yuridik fan sohasi kabi) hozirgi kungacha bahsli hisoblanadi. Fan sohasini o‘rganishga xizmat qiladigan metodologiya asoslari ba’zi hollarda ilmiy, falsafiy yoki dialektik metodlarni, boshqa hollarda bilishning maxsus usul va vositalarini tan oladi. Bir qancha mualliflarning fikriga ko‘ra, boshqa fan sohalariga asos bo‘lishi lozim bo‘lgan umumiy huquq nazariyasigina metodologik funksiyaga ega 2 . «Metodologiya» va «metodika» tushunchalarini farqlar ekanmiz, mamlakatimizda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarga qaramasdan jinoyatchilikka qarshi kurashning mazmun-mohiyatini, qonunchilikni tadqiq qilish va uni amaliyotda qo‘llashga imkon beradigan dialektik metodni eng asosiy metod sifatida tan olishimiz mumkin. Masalan, sababiy bog‘lanish haqidagi dialektik bilimlar ishtirokchilik faktini aniqlashda, jinoiy harakat (harakatsizlik) va zararli oqibat o‘rtasidagi bog‘lanishni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Jinoyatga suiqasd qilish va tayyorgarlik ko‘rish jinoyat bosqichlari haqidagi qonunchilik va normalarni amaliyotda qo‘llash ehtimollikdan haqiqiylikka o‘tish haqidagi dialektik metodga asoslanadi. Jinoyat huquqi metodikasi jinoyat-huquqiy tushuncha va hodisalarni o‘rganishda qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisini, tizimini ifodalaydi. Falsafiy metod hisoblangan dialektik metod bilan birgalikda yana boshqa metodlardan ham foydalanish lozim. Bunday metodlarga quyidagilar kiradi: JK normalarining sanksiya va dispozitsiyasini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan yuridik metod; son ko‘rsatkichlari orqali jinoyat-huquqiy tushunchalar va hodisalarni sifatiy xilma-xilligini ko‘rsatishga imkon beruvchi statistik metod; aholi orasida so‘rovlar o‘tkazish orqali jinoyat huquqining turli jihatlarini o‘rganishda qo‘llanadigan sotsiologik metod; jinoyat huquqining jinoyat qonuni, prinsiplari, jinoyat, bir qancha jinoyatlar sodir etish, ishtirokchilik, jinoiy 1
уголовное право. Общая часть. – М.: 1996. – С. 29; и др. 2
Қаранг: Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – С. 60-61. 11
javobgarlik va jazodan ozod qilish kabi institutlarni sistema, ya’ni bir necha elementlardan iborat bo‘lgan yaxlit bir butunlik sifatida o‘rganishga imkon beradigan tizimli metod; qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash va ilmiy tadqiqot maqsadlarida turli davlatlarning huquq tizimi va qonunchiligini solishtirishga imkon beradigan qiyosiy-huquqiy metod; qonunchilik va huquqni qo‘llash sohasida o‘tmish tajribasidan foydalanishga yordam beradigan tarixiy metod va boshqalar. Ushbu metodlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq hamda bir butun holda qo‘llanilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi o‘z oldiga uchta vazifani qo‘yadi: muhofaza qilish, oldini olish va tarbiyalash. JKning 2- moddasida jamiyat va davlatning jinoyat-huquqiy taqiq o‘rnatish yo‘li bilan erishadigan maqsadlari belgilangan. Shu yo‘l orqali Jinoyat kodeksining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati mustahkamlanadi, bu o‘z navbatida ayrim qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat emasligini aniqlash jarayoniga, kodeks me’yorlarining jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amalda qo‘llanilishiga, sud-huquq islohotining keyingi rivojlanishiga va hokazolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, qonunning vazifasi jinoiy qilmishni aks ettirish, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish texnikasini takomillashtirish, buzilishi jinoyat hisoblanadigan qoida va blanket me’yorlarni qat’iy aniqlash va hokazolar maqsadida qonun chiqaruvchiga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan. Demak, Jinoyat kodeksi bajarilishi inson huquqlari bo‘yicha demokratik institutlarni rivojlantirishning kafolati bo‘lib xizmat qilishini aks ettiruvchi uch vazifani aniqlaydi. Ushbu vazifalar qonunda nihoyatda aniq va tizimli ifodalangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: – birinchidan, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish; – ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olish; 12
– uchinchidan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash. Birinchi, ya’ni muhofaza qilish vazifasi umuman jinoyat-huquqiy me’yorlar uchun, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi uchun asosiy mezon bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni (xavfsizligi va ijrosini ta’minlash orqali) ularga jiddiy zarar yetkazilishi yoki yetkazish imkoniyatidan, ya’ni obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan huquq yoki erkinlikni shaxs, jamiyat va davlat uchun amalda xavf tug‘diruvchi cheklov yoki yo‘q qilib yuborishlardan himoya qilishdan iborat. Jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish vazifasi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish holatidan, huquqni muhofaza qilish idorasining tarkibiy tegishliligidan (sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, DXX va shu kabilar), JK amal qilgan hududning ma’muriy-hududiy tegishliligidan va boshqalardan qat’i nazar, doimiy ravishda amalga oshiriladi. Ushbu yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish JKning amal qilish doirasida hamisha va hamma yerda amalga oshirilishi lozim. Jinoyat kodeksining vazifasi sifatida ijtimoiy munosabatlarning jiddiy zarar yetkazilishidan himoya qilinishi ikkiyoqlama amalga oshiriladi: a) jinoyat sodir etilishidan avval ma’lum qilmishlarni taqiqlash yoki tegishli xulq-atvorga rioya etish, ya’ni huquqiy jihatdan yo‘l qo‘yiladigan faoliyat chegaralarini belgilash orqali; b) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganidan keyin buzilgan huquqning aybdor shaxsga nisbatan jinoiy jazo choralarini qo‘llash orqali tiklanishini ta’minlash yo‘li bilan. Buzilgan huquqning tiklanishi deb, yetkazilgan zararning ma’naviy yoki moddiy shaklda qoplanishi ehtimolini tushunish lozim (masalan, soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash – JKning 184- moddasi 5-qismi, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish – JKning 167-moddasi 4-qismi kabi jinoyatlarni sodir etganda yetkazilgan zararni qoplash). Shuni nazarda tutish kerakki, jinoiy tajovuzlardan himoya etiladigan ijtimoiy munosabatlar JKning aynan 2-moddasida mustahkamlanishi 13
tasodifiy emas, balki jahon hamjamiyatida umume’tirof etilgan demokratik huquqiy davlatning zamonaviy qadriyatlar tizimiga bo‘ysundirilgan ko‘rinishidir, ya’ni shaxs–jamiyat–davlat. JKning tarkibiy tuzilishi ham aynan ana shu tizim asosida ishlab chiqilgan, chunonchi uning «Maxsus» qismi shaxsga qarshi jinoyatlar bo‘limidan boshlanadi. Markaziy va eng muhim muhofaza obyekti sifatida JK shaxsni, uning huquqlari va erkinliklarini ko‘zda tutadiki, bu Konstitutsiyaning 14-mod- dasi qoidalaridan kelib chiqadi. Konstitutsiyaga muvofiq eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari hisoblanadi. NOTA BENE ! Jinoyat huquqida shaxs sifatida jamiyat va davlat bilan aloqalaridan alohida olib qaraluvchi har bir inson tushuniladi.
Insonning JK tomonidan muhofaza obyekti sifatidagi shaxs deb tan olinishi uchun uning yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, salomatligi va boshqa holatlar ahamiyatga ega emas. Jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloq ham (masalan, JKning 99-moddasi), muomalaga layoqatsiz kishi ham (masalan, JKning 97-moddasi 2-qismi «v» bandi), voyaga yetmagan bola ham (masalan, JKning 128-moddasi), davlat yoki jamoat arbobi ham (masalan, JKning 155-moddasi 2-qismi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (JKning 158-moddasi) va boshqalar ham shaxs deb tan olinadi hamda muhofaza qilinadi. NOTA BENE ! Shaxs huquqlari – bu davlat va jamiyat tomonidan qondirilish majburiyati bilan tavsiflanadigan, insonning davlat va boshqa kishilarga nisbatan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalaridagi imkoniyatlari va da’volaridir.
Masalan, shaxsning yashash huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, mehnat qilish huquqlari, mulkka bo‘lgan huquqlari va hokazolar shaxs huquqlari hisoblanadi. JKda qaysi huquq va erkinliklar 14
uning muhofaza qilish obyekti ekanligi ko‘rsatib o‘tilmagan, lekin JKning Maxsus qismi moddalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, muayyan shaxs ega bo‘lgan barcha huquqlar – ular o‘ziga xos tavsifdaligi (masalan, nomusi va qadr-qimmatini himoya etish huquqi) yoki jamiyat, davlat tomonidan taqdim etilganligi (masalan, Qurolli Kuchlarda buyruq berish huquqi) himoya etilishi lozim. NOTA BENE ! Shaxs erkinligi – bu insonning Konstitutsiyada yoki boshqa qonun hujjatlarida (qonunlar va qonunosti hujjatlari) aks ettirilgan muayyan xulq- atvori imkoniyati.
Shaxsning har qanday shaxsiy erkinliklari, uning tavsifidan qat’i nazar, JKning muhofaza obyekti hisoblanadi. Jumladan, so‘z erkinligi, vijdon erkinligi, ilmiy va texnik ijodiyot erkinligi va boshqalar. Shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari ham Kodeksning muhofaza obyekti hisoblanadi. Jamiyat va davlat manfaatlari shaxs, uning huquq va erkinliklari hosilasi bo‘lib, mazkur manfaatlarga (shaxs, uning huquq va erkinliklariga) zid bo‘lishi mumkin emas. Ayni paytda ushbu manfaatlar bir insonning emas, balki umuman aholining huquq va erkinliklarini aks ettiradi. Shu bois, ular butun jamiyat yoki davlat uchun ham, alohida bir subyekt uchun ham muhim bo‘lgan huquqlardir. Shundan kelib chiqib, Kodeks ushbu munosabatlarni jinoyat-huquqiy muhofaza qilish obyekti sifatida mustahkamlaydi. Jamiyat manfaatlari – jamiyatning borligini belgilovchi uning eng muhim elementlari. NOTA BENE ! Jamiyat deganda, o‘zining ma’lum bir umumiy manfaatlari, o‘zaro munosabat va madaniyati bilan o‘zgalardan farqlanuvchi kishilar guruhi tushuniladi.
15
JKning 2-moddasi mazmuniga ko‘ra, jamiyat deganda, biron davlatning fuqaroligiga mansubligi yoki boshqa shartlar bilan (jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy ahvoli va boshq.) bog‘liqligidan qat’i nazar, Respublikaning butun aholisi tushuniladi. Jamiyat manfaatlari sifatida axloq, ma’naviyat, iqtisodiy-ijtimoiy asoslar, jamiyatda xulq-atvor qoidalari va boshqalar qaralishi mumkin. Davlat manfaatlari butun jamiyatning emas, balki uning ma’lum tarzda siyosiy uyushgan qismini ifodalovchi manfaatdir. NOTA BENE ! Davlat – butun jamiyatga tatbiq etiladigan, uning rasmiy vakili sifatida chiqadigan va majbur qilish vositalari va tadbirlariga tayanadigan ommaviy hokimiyat tashkiloti 1 . JKning 2-moddasi mazmuniga muvofiq, davlat deganda, uni tashkil etuvchi organlarini emas, balki O‘zbekiston Respublikasini yaxlit tushunish kerak. Davlat manfaatlari deganda, unga jamiyat tomonidan yuklatilgan vazifa va funksiyalarni ijro etish uchun mavjud bo‘lishi zarur hayotiy faoliyatning o‘ta muhim elementlari, jumladan, huquq-tartibot, boshqaruv tartibi, siyosiy barqarorlik, hokimiyat organlarining faoliyat yuritishi, suverenitet va boshqalar tan olinadi.
mualliflik huquqi obyektlari sifatida mulkiy ashyolariga ega bo‘lish yuzasidan va shunga bog‘liq ravishda ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir guruhi sifatida namoyon bo‘ladi. Mulkchilikning shakli ahamiyatga ega emas, chunki konstitutsiyaviy qoidalarga muvofiq, mulk qanday huquqiy shaklda ekanligidan qat’i nazar, bir xilda himoya qilinadi. Большой юридический словарь. / Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских. – М.: ИНФРА-М, 2000. – С. 129. 16
Tabiiy muhitni jinoyat-huquqiy muhofazaning mustaqil obyekti sifatida qarash barcha fuqarolar davlat himoyasi ostida bo‘lgan va umummilliy boylik hisoblangan tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari (Konstitutsiyaning 50-moddasi) lozimligi haqidagi qoidaga asoslanadi 1 . Bugungi kunda «tabiiy muhitni asrash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish umummilliy vazifa hisoblanadi va bu ekologiya tizimini, tabiat komplekslari va ayrim obyektlarning muhofazasini ta’minlashga, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashga qaratilgan» 2 . NOTA BENE ! Atrof tabiiy muhit jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti sifatida ham alohida, ham butunligicha ekotizimni tashkil etuvchi biologik (o‘simlik va hayvonot olami) va nobiologik (yer, yerosti, suv va atmosfera) elementlarga avaylab, oqilona munosabatda bo‘lish va ularning saqlab qolinishini ta’minlash yuzasidan va shunga bog‘liq ijtimoiy munosabatlar guruhidan iboratdir.
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83- моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 17 б. 2
судебной практике по делам о преступлениях и иных правонарушениях в сфере охраны окружающей среды и природопользования» с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10 // Сборник постановлений Пленума Верховного суда Республики Узбекистан 1991–2006, Т.1. –Т.: «Адолат», 2006. –С. 314. (Далее – Сборник, Т.1). 17
Shuningdek, Jinoyat kodeksi tomonidan muhofaza qilinadigan obyektlar sirasiga insoniyat tinchligi va xavfsizligi ham kiradi, bu esa O‘zbekistonning BMT Nizomi 1 , Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 2 , Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 3 va boshqa hujjatlarda aks etgan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlar tarafdori ekanligi bilan bog‘liq. NOTA BENE ! Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling