Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonning chegara suvlari
- NOTA BENE !
- NOTA BENE ! Yerosti boyliklari
- JK 11-moddasi 2-qismi «a» bandida
- JK 11-moddasi 2-qismining
- JK 11-moddasi 2-qismi «g» bandida
- Boshqa qilmishlar bilan birgalikda
- JK 11-moddasi 2-qismi «g» bandi
- O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida bo‘lishi
- Portda ro‘yxatdan o‘tkazilishi
- Diplomatik vakolatxona xodimlari
- Vakolatxona shaxsiy tarkibi a’zolari
O‘zbekistonning hududiy suvlari – bu Orol dengizining qirg‘oqoldi suvlari bo‘lib, 12 dengiz milyasi (22 km 224 m) enliligida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan materik qismi hamda orollar atrofidan yoki O‘zbekistonning ichki dengiz suvlarining tashqi chegarasidan hisoblanadi.
soylar, ko‘llar va havzalarning davlat chegarasi chizig‘idan yaqin qirg‘oqqacha bo‘lgan qismidir. Bu yerlarda davlat chegarasi quyidagi tarzda belgilanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim: «... kema qatnaydigan daryolarda – daryoning asosiy farvateri yoki talvegi o‘rtasi bo‘ylab; kema qatnamaydigan daryolarda, jilg‘alarda – ularning o‘rtasi yoki daryoning asosiy o‘zanining o‘rtasi bo‘ylab; ko‘llar yoki boshqa suv havzalarida – Davlat chegarasi ko‘l yoki boshqa suv havzasi qirg‘oqlariga chiqqan joylarni tutashtiruvchi to‘g‘ri yoki boshqacha chiziq bo‘yicha. Daryo, jilg‘a, ko‘l yoki boshqa suv havzasi orqali o‘tadigan Davlat chegarasi ular qirg‘oqlarining ko‘rinishi yoki suv sathi o‘zgarganda ham, daryo, jilg‘a oqimi u yoki bu tomonga burilganda ham o‘zgarmay qolaveradi; suv omborlarida va boshqa sun’iy suv havzalarida – ular suv bilan to‘ldirilgunga qadar Davlat chegarasining mazkur joydan o‘tgan chizig‘iga muvofiq ravishda; daryolar, jilg‘alar, ko‘llar va boshqa suv havzalari orqali o‘tuvchi ko‘priklarda, to‘g‘onlar va boshqa inshootlarda – Davlat chegarasi suvdan o‘tish-o‘tmasligidan qat’i nazar, shu inshootlarning o‘rtasi yoki ularning texnologik o‘qi bo‘ylab» 1 . 1
Ўша жойда. 65
NOTA BENE ! O‘zbekistonning samoviy hududi – bu Respublikaning quruqlikdagi yerlari va suv havzalari ustidagi yer atmosferasining qismidir 1 . Samoviy hududi quruqlik va suvdagi O‘zbekiston davlat chegaralaridan vertikal chiziq bilan belgilanadi.
joylashgan, tuproq qatlami bo‘lmaganda esa, yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan chuqurlikkacha yastangan qismi hamda foydali qazilmalarning yer qa’ridan yuzaga chiqishi 2 . Yerosti chegaralariga tabiiy qattiq jismlar, suyuq va gaz holatidagi jinslar va bu jinslar orasidagi bo‘shliqlar kiradi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining amal qilish doirasiga faqat respublikaning quruqlik va suv hududi ostiga joylashgan yerosti chegaralari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi hududi sifatida respublikaning chet davlatlardagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari joylashgan hudud ham qabul qilinadi. Xalqaro huquqning umumiy qoidalariga muvofiq, bunday muassasalar eksterritorial maqomga ega bo‘ladi, ya’ni ular mahalliy qonunchilik ta’siridan ajratilgan holda qaysi mamlakatga qarashli bo‘lsa, o‘sha davlat qonunchiligi ta’siriga o‘tadi 3 . 1
См.: Воздушный кодекс Республики Узбекистан (Введен в действие Постановлением Верховного Совета Республики Узбекистан от 7 мая 1993 г. № 864-XII), ст. 1 // Ведомости Верховного Совета Республики Узбекистан, 1993 г., № 6, ст. 247; Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1998 г., № 3, ст. 38; 2000 г., № 5-6, ст. 153; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2003 г., № 11, ст. 82. 2 Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1994 йил 23 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасининг давлат чегараси тўғрисида”ги N 820-I сон Қонуни // “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси”, 1999 йил, 9-сон, 217-модда 3 Қаранг: Дипломатия муносабатлари тўғрисидаги Вена Конвенцияси (Вена, 1961 йил 18 апрел. 1964 йил 24 апрелдан кучга кирган. Ўзбекистон Республикасининг қўшилиши Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 1994 йил 6 майдаги 1078-XII-сонли қарорига мувофиқ) 66
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari hududida sodir etilgan jinoyatlar har doim O‘zbekiston hududida sodir etildi, deb hisoblanadi. Xuddi shunday tarzda O‘zbekistondagi chet davlatlar elchixonalarida sodir etilgan jinoyatlar ham o‘sha davlatlar qonunchiligiga muvofiq ko‘riladi. Vakolatxonaning hududi sifatida undagi bino va xonalargina emas, balki shu binoga qarashli yer, hovli, vakolatxona boshlig‘ining rezidentsiyasi, vakolatxona xodimlari, davlat yurisdiksiyasi immunitetiga ega bo‘lgan shaxslar yashaydigan turar joy binolari hamda transport vositalari tan olinadi. Shuni ko‘rsatish lozimki, vakolatxona hududiga yoki uning xodimlariga qarshi qaratilgan jinoyat, jinoyat subyekti O‘zbekiston Respublikasida jismonan turganligi sharti bilangina, O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan deb topiladi, aks holda bunday harakatlarni boshqa davlat hududida sodir etilgan, deb qarash kerak. JK 11-moddasi 2-qismi O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb hisoblash mezonlarini belgilaydi. Moddaning mazkur qismini kiritish zaruriyati shundan iboratki, sodir etilgan harakatni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jinoyat sifatida belgilash chegaralarini qonuniy belgilash va shu asosda qonunni qo‘llash faoliyatini bir xil tarzda olib borish imkoniyatini ta’minlashdir. JK 11-moddasi 2-qismi jinoiy harakat sodir etilishining barcha bosqichlari va ko‘rinishlarini, aybdor jinoiy xulq-atvorining deyarli barcha ko‘rinishlarini qamrab oladi. Xususan, mazkur moddaga muvofiq «Qilmish: a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa; v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa; g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi». 67
Ta’kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan jinoiy harakat belgilari mazmun-mohiyatiga ko‘ra obyektiv hisoblanadi va qonun chiqaruvchi jinoyat tarkibining barcha belgilarini obyektiv ravishda ko‘rsatib beradi. Bu belgilar jinoiy harakatning faqat tegishli belgilariga xos bo‘lib, jinoyat tarkibining boshqa qismlariga tegishli bo‘lmaydi. Ayni vaqtda jinoyatning muhim belgilari (subyekt, obyekt, subyekt tomonlari) qonun chiqaruvchi tomonidan muhim apriori deb hisoblanadi, ya’ni qonun moddalaridan qat’i nazar har bir jinoyat ko‘rib chiqilganda, bu belgilar aniqlanadi. Bu belgilar jinoiy ish sodir etilgan hududni aniqlashga ta’sir etmaydi, lekin sud va tergov organlari tomonidan har bir harakatning jinoyatga aloqadorligini aniqlash maqsadida ko‘rib chiqiladi (masalan, harakat jinoyat sodir etishga layoqatsiz kishi tomonidan qilingan bo‘lsa, bunday jinoyat jamiyat uchun xavfli hisoblanmaydi, garchand jinoiy harakatning obyektiv belgilari mavjud bo‘lgan holda ham). Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan belgilar ro‘yxati Jinoyat kodeksining tamoyillarini ifoda etadi, ya’ni qonuniylik, adolatlilik, barcha fuqarolarning qonun oldida tenglik tamoyillarini ko‘rsatadi.
etgan, ular jinoiy oqibatga olib kelmagan bo‘lsa ham har qanday jinoiy qilmishni (harakat yoki harakatsizlik) tushunish kerak. Shunday qilib, jinoyat sodir etishni boshlash tamom bo‘lgan suiqasdni qamrab oladi. (Tamom bo‘lgan suiqasd haqida mazkur tom IX bobining «Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish» deb nomlangan 3-§ da batafsil berilgan.) Jinoyat sodir etishning boshlanishi sifatida yana shunday dastlabki jinoiy harakat tan olinadiki, bunday harakat keyingi uzoq davom etuvchi qonunbuzarlik harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uzoq davom etuvchi jinoyatning boshlanishidir. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat, masalan, soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. (Davom etuvchi jinoyat haqida mazkur tom XI bobining «Takroran jinoyat sodir etish» deb nomlangan 2-§ da batafsil berilgan.) 68
O‘zbekiston Respublikasi JKda javobgarlik nazarda tutilgan jinoyatning barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmish O‘zbekiston hududida tamom bo‘lgan deb topiladi. Shuning uchun, muayyan qilmish tamom bo‘lganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda JK Maxsus qismidagi modda tushunchasidan kelib chiqish lozim. Amaldagi Kodeksga muvofiq, jinoyat tamom bo‘lgan deb quyidagi holatlarda tan olinadi: – ma’lum oqibatlarni keltirib chiqargan qilmish, ya’ni moddiy tarkibli jinoyat (masalan, qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘rilik va h.k.); – kvalifikatsiyaga jiddiy ta’sir qilmaydigan oqibatlarni keltirib chiqargan qilmish – formal tarkibli jinoyat (masalan, tuhmat, haqorat, davlatga xoinlik qilish va boshq.); – ijtimoiy xavfli zarar yetkazishning real xavfini tug‘diruvchi qilmish – kesik tarkibli jinoyat (bosqinchilik, zo‘rlash va boshq.). To‘xtatilgan jinoyat ham jinoyat O‘zbekiston hududida sodir etilgan deb hisoblanadi. Mazkur moddaga muvofiq, jinoiy harakat o‘zining moddiy ifodasiga ko‘ra va subyekt qabul qilinishi jihatidan tugallanmagan bo‘lsa, to‘xtatilgan jinoyat deb baholanadi. Amaldagi qonun to‘xtatilgan jinoyatning ikki shaklini ko‘rsatadi: – qilmish shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘xtatiladi. Bu shaxsning jinoyatni to‘xtatish imkoniyati borligini tushunishi oqibatida ro‘y berishi mumkin hamda shaxs qilmishining yomon oqibatlari kelib chiqishining oldini olish imkoniyati mavjudligini tushunib, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy ravishda qaytishi mumkin – jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish; – shaxs irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra qilmishning oxiriga yetkazilmasligi – tamom bo‘lmagan suiqasd.
harakatlarini oxirigacha yetkaza olmagani, ko‘zlagan maqsadiga erisha olmagani tushuniladi. Tamom bo‘lgan suiqasd bilan tamom bo‘lmagan suiqasd orasidagi farq shundaki, birinchisida aybdor mo‘ljallagan barcha harakatlarini amalga oshirdim, deb hisoblaydi. 69
(Tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan suiqasd haqida mazkur tom IX bobining «Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish» deb nomlangan 3-§ ga qarang.) Ta’kidlash lozimki, aybdor tashabbusi bilan uzoqqa cho‘zilgan yoki davomli jinoyatlar to‘xtatiladigan (masalan, o‘z xohishi bilan aybini bo‘yniga olib kelish) yoki jinoyat sodir etilishiga to‘sqinlik qiladigan vaziyat yuzaga kelishi (masalan, organlarning aralashuvi) to‘xtatilgan jinoyat sifatida baholanadi. Bunday hollarda uzoqqa cho‘zilgan va davomli jinoyatlar tamom bo‘lmasdan aynan to‘xtatiladi, chunki vaqt bo‘yicha jinoiy harakat davom etuvchi akt bo‘lib, u tamom bo‘lmaydi, lekin davom ettirilishi to‘xtatilishi mumkin.
nisbatan – moddiy tarkibli jinoyatlarga O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat sifatida baholashning shartlarini belgilaydi. Bunday shartlarning alohida ko‘rsatilishiga sabab umumiy qoida bo‘yicha qilmishning ijtimoiy xavfliligi uning sodir etilishigagina emas, balki uning qonunda ko‘rsatilgan oqibatlariga qarab aniqlanadi va bu oqibatlar kelib chiqqandan so‘ng jinoyat sodir etilgan hisoblanadi. Lekin bu qoida jinoiy harakat bir davlat hududida sodir etilgandagina qo‘llanadi. Agar jinoyat ikki yoki bir necha davlat hududida sodir etilgan bo‘lsa, bunday qoidani qo‘llash jinoyatchining jazodan qutulib qolishiga imkoniyat tug‘diradi. Shunga ko‘ra qonun belgilaydiki, agar sodir etilgan jinoyat moddiy tarkibga ega bo‘lsa, oqibatlari mavjudligiga qaramay, u O‘zbekiston hududida sodir etilgan deb baholanadi. Bunday shartning belgilab qo‘yilishi Kodeksning javobgarlikning muqarrarlik prinsipiga mos keladi. Ta’kidlash lozimki, qilmishning O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat sifatida baholanishi zaruriy obyektivlik belgilaridan birortasining formal mavjudligini talab qilmasa ham, bu belgining faktik aniqlanishi haqidagi talabga rioya qilish zarurligini inkor etmaydi. Boshqacha qilib aytganda, sud va tergov organlari shaxsni shunday jinoyat uchun javobgarlikka tortishda har doim jinoyatning mazkur belgilari 70
yig‘indisining amalda mavjudligini aniqlashlari shart. Bu jinoyatning moddiy tarkibi talabidan kelib chiqadi. Bu belgilardan birortasining amalda mavjud bo‘lmasligi ayblanuvchi harakatlarining tamom bo‘lgan jinoyat sifatida baholanishiga yo‘l qo‘ymaydi. JK 11-moddasi 2-qismi «g» bandida bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan sodir etilib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, bunday jinoyat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan deb baholanadi. Bu holda birgalikda yagona jinoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan jinoiy xulq-atvor aktlarining birlashishi bir necha qilmishlardan iborat qilmishni anglatadi. Xususan, bir necha qilmishga jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, sodir etish, unda ishtirok etish, tashkilotchilik qilish, yordamlashish kabi harakatlar kiritiladi. JK 11-moddasi 2-qismi «a» bandiga kiritilmaydigan belgilar: jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, ishtirok etish kabilar bir qilmishni tashkil etadi, unda aybdor bo‘lganlar javobgarlikka tortilishi lozim.
maqsadga yo‘naltirilgan va natijada bir jinoyatni tashkil etadigan harakat yoki harakatsizlikning bir xil aktlarini qamrab oladi. Natijada, mazkur bandga muvofiq, davom etuvchi jinoyatlarni tushunish lozim. (Davom etuvchi jinoyat haqida mazkur tom XI bobining «Takroran jinoyat sodir etish» deb nomlangan 2-§ da batafsil berilgan.) Shunday qilib, JK 11-moddasi 2-qismi «g» bandi mazmuniga muvofiq, bir necha qilmish shaxs harakatining xususiyati bo‘lsa, boshqa harakatlar bilan birgalikda degan tushuncha, muayyan jinoyat tarkibini tashkil etuvchi qilmishning xususiyatini qamrab oladi. Bu yerda bir necha xil qilmishlar mavjudligi talab etiladi. Agar harakat yoki harakatsizlik bir martagina sodir etilgan bo‘lsa, aybdor shaxs mazkur bandga muvofiq javobgarlikka tortilmaydi, biroq «a», «b» bandlar yoki JKning 11-moddasi 2-qismiga muvofiq tegishli belgilar mavjudligida javobgarlikka tortilishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, mazkur bandga muvofiq qonunda bayon etilgan qoidadan kelib chiqib, shaxsni javobgarlikka tortish uchun jinoyat boshqa davlat hududida boshlangan, tugallangan yoki to‘xtatilgan, lekin jinoiy 71
harakatning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilganini aniqlash lozim (masalan, O‘zbekistonning qo‘shni davlat bilan chegarasida boshlanib, o‘sha yerda genotsid (qirg‘in) yuz bergan va chegaradosh O‘zbekistonning aholisiga ham tegib o‘tgan). Aks holda, jinoyat sodir etgan shaxs mazkur moddaning «a» bandiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. JK 11-moddasi 3-qismi hozirgi zamon xalqaro huquqning umum- e’tirof etilgan qoidalarini ifoda etadi. Unga muvofiq, dengiz, daryo yoki havo kemasi ustidagi bayroq yoki ro‘yxatga qo‘yilgan port qaysi davlatga mansub bo‘lsa, o‘sha davlat hududidan tashqarida, lekin boshqa chet davlat hududiga kirmagan bo‘lsa, u o‘z davlati hududida deb hisoblanadi.
Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq, davlatlar chegara chizig‘idan tashqarida bo‘lgan yoki alohida iqtisodiy hudud chizig‘idan tashqarida joylashgan suv yoki havo hududi ochiq dengiz yoki ochiq havo hududi deb hisoblanadi.
Ochiq dengiz va ochiq havo hududida jinoyat sodir bo‘lgan dengiz yoki havo kemasida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i turgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatda bo‘lsa, jinoyatchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Agar dengiz yoki havo kemasi xorijiy davlat portida turgan paytda, o‘sha davlat hududida yurgan paytda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat o‘sha davlat hududida sodir etildi deb hisoblanadi. Aybdor shaxsning fuqaroligi hamda kema kimning mulkiga mansubligi (davlat, shaxsiy) jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi masalani ko‘rishda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Dengiz, daryo, havo kemasida 1
O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan hollarda, O‘zbekistonning jinoyat qonunchiligi qo‘llanishi mumkin. 1
Айтиб ўтиш керакки, кема сифатида нафақат кемаларнинг ёрдамчи қурилмалари, масалан, шлюпкалар, траплар ва бошқа қурилмалар, балки унинг бутловчи буюмлари, масалан якорьлар ҳам эътироф этилиши лозим. 72
Kemaning O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida bo‘lishi uning milliy mansubligini belgilaydi va bu mansublik kema Respublika Davlat bayrog‘i ostida bo‘lish huquqiga ega va majburligida ko‘rinadi. Har bir davlat kemaga uning bayrog‘i ostida yurish huquqini va hujjatlarini o‘zi belgilaydi va beradi 1 . Portda ro‘yxatdan o‘tkazilishi – bu kemaning kemachilikni tartibga soluvchi organlar qirg‘oq kemachilik inspeksiyalarining kemachilik reestriga kiritilishi 2 . O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini yana ayrim hollarda jinoyat xorijiy davlatning suv yoki havo hududida sodir etilganda ham qo‘llash mumkin. Lekin bunday holatlarda xorijiy davlat manfaatlarini saqlash shartlari bilan chegaralashga to‘g‘ri keladi, ya’ni o‘sha davlat manfaatlariga zarar keladigan bo‘lsa, unda o‘sha davlat qonuni qo‘llaniladi 3 .
boshqalar) har doim qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, faqat O‘zbekiston Respublikasi jinoiy yurisdiksiyasiga ega bo‘ladi. Bu ochiq suv yoki havo hududi, boshqa davlat hududidagi dengiz yoki havo hududi, dengiz porti yoki aeroport bo‘lishi mumkin. Shunday joylarda ham O‘zbekiston dengiz, daryo yoki havo kemasida jinoyat sodir etgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. JK 11-moddasi 4-qismi O‘zbekiston Respublikasi jinoiy qonunchiligining amaldagi hududiylik prinsipidan qonuniy istisno qilish holatlarini belgilaydi. Bu, davlat vazifalarini bajaruvchi ayrim shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishda huquqiy immunitet berilishi haqida hozirgi zamon jahon konsepsiyasini ifoda qiladi. 1
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг ички сув транспорти устави (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1997 йил 26 февралдаги 106-сон қарори билан тасдиқланган), 21-банд // Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг тўплами, 1997 йл, феқраль. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами 2005 й., 27-сон, 191-модда. 3
Қаранг, масалан: Ҳаво кемаси бортида содир этиладиган жиноятлар ва баъзи бошқа актлар тўғрисидаги Конвенция (Токио, 1963 й. 14 сентябрь. Ўзбекистон Республикасининг қўшилиши Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1995 йил 6 майдаги 81-I-сон қарорига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси учун 1995 йил 29 октябрдан бошлаб кучга кирган), II боб (3—4-моддалар). 73
Huquqiy immunitetdan foydalanish huquqi berilgan shaxs uning jinoyati xarakteri va ijtimoiy xavfliligi darajasidan qat’i nazar, qaysi mamlakat manfaatlariga xizmat qilgan bo‘lsa, o‘sha davlat roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston hududida huquqiy immunitetdan quyidagi chet el fuqarolari foydalanishi mumkin: – xorijiy davlat diplomatik xodimlari; – xorijiy davlat vakolatxonalari xodimlari; – xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xodimlari; – xorijiy davlatlarning boshqa vakillari. Diplomatik vakolatxona xodimlari – bu vakolatxona boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining shunday maqomga ega bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat berilgan shaxsiy tarkib a’zolari, xodimlar
1 .
shaxsiy tarkibi a’zolari – diplomatik xodimlar, vakolatxonaning ma’muriy- texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari. Diplomatik xodimlar qatoriga, birinchi navbatda, diplomatik rangga ega bo‘lgan vakolatxona xodimlari kiradi. Ma’muriy-texnik xodimlar tarkibiga vakolatxona shaxsiy tarkibi a’zolari kiritiladi. Ularning vazifasi vakolatxonaga ma’muriy-texnik tomondan xizmat ko‘rsatishdan iborat. Bundan tashqari, vakolatxonaga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ham bor 2 . Ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda immunitetga ega bo‘ladilar 3 .
Diplomatik vakolatxona xodimlari bilan bir qatorda jinoiy yurisdiksiyaga nisbatan immunitet, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligida turmagan bo‘lsalar, vakolatxona xodimlarining oila a’zolariga 1
Қаранг: Масалан , Хорижий давлатларнинг Ўзбекистон Республикасидаги дипломатик ваколатхоналар ва консуллик муассасалари тўғрисидаги Низом (Ўзбекситон Республикаси Олий Мажлисининг 2001 йил 8 майдаги 207-сон қарорига 1-илова), 6.4-банд / / Ўзбекситон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2001 й, 9- сон, 47-модда; 2002 й, 14-сон, 112-модда. 2
Қаранг: Дипломатия муносабатлари тўғрисидаги Вена конвенцияси, 1-модда. 3
Қаранг: Ўша жойда, 37-млдда. Хорижий давлатларнинг Ўзбекистон Республикасидаги дипломатик ваколатхоналар ва консуллик муассасалари тўғрисидаги Низом(Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2001 йил 8 майдаги 207-сон қарорига 1-илова), 3.17-банд. 74
ham beriladi, lekin bunday immunitet vakolatxonaning xizmat ko‘rsatuvchi personali xodimlari oila a’zolariga berilmaydi 1 .
bo‘ladi, ya’ni diplomatik pochtani tashish uchun tayinlangan rasmiy shaxs. Diplomatik kuryer doimiy yoki bir martaga, ya’ni muayyan pochta ma’lumotini yetkazish bilangina mazkur huquqiy holatga ega bo‘lishi mumkin.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling