Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- JKning 7-moddasi 1- va 2-qismlari
- JK 7-moddasidagi jismoniy azob berish va inson qadr-qimmatini kamsitish
- Jazo tayinlashning zarurligi
- Adolat jinoyat huquqi prinsipi
- Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavfliligi
- JK 8-moddasining 2-qismi
- 10-§. Ayb uchun javobgarlik prinsipi Jinoiy javobgarlik
JKning 7-moddasi – insonparvarlik prinsipi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi mustahkamlangan Konstitutsiyaning 13-moddasi 1 mazmunini aks ettiradi. Ayni paytda ushbu modda konstitutsiyaviy normaning Jinoyat kodeksidagi takrori hisoblanmaydi, balki jinoyat-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Jinoyat kodeksida mazkur prinsipning mohiyati muayyan shaxslarga nisbatan (jinoyat sodir etgan) jazo tayinlash yoki boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda namoyon bo‘lib, kodeksning ushbu qoidasi boshqa qoidalar 1
36
kabi real, ijtimoiy hayotda asoslangan va amaliy ijrosi mavjud bo‘lishi kerak. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash instituti ushbu tavsifga mos keladi. Jinoyat huquqidagi insonparvarlik prinsipi jinoyat sodir etgan shaxs bilan munosabatga kirishilganda o‘z mohiyatini namoyon etishi jahon amaliyotida tan olingan.
prinsipini jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan izchil mustahkamlashga bo‘ysundirilgan bo‘lib, jamiyat va davlatning ushbu shaxsga nisbatan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Moddaning bunday konstruksiyasi huquqni qo‘llash faoliyatidagi birlikni ta’minlash va jinoyat huquqi sohasida qonun ijodkorligining istiqbolini belgilashda katta ahamiyatga ega.
choralarini qo‘llashning umumiy asoslarini o‘rnatgan holda ularning mohiyatini aniqlaydi. Bunda jazo va boshqa ta’sir choralarining shaxsga nisbatan qo‘llanilishi negativ va pozitiv uslublarda ko‘rinadi: – jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi; – jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan chora uning yana qayta jinoyat sodir etishining oldini olishi zarur. Jinoyat kodeksidagi ushbu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (26-modda, 2-qism) 1 hamda umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga muvofiq, shaxsga nisbatan jazo va boshqa ta’sir choralarini qo‘llash bilan unga jismoniy azob berish yoki ruhiy ta’sir o‘tkazishni maqsad qilmaydi.
emas, balki faqat jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari qo‘llash mohiyatidan kelib chiqmaydigan yoki tasodifan kelib chiqadiganlarini anglash lozim. Keltirilgan modda qoidalariga muvofiq, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari ortiqcha azob va kamsitishlarni keltirib chiqarmasligi kerak, chunki bunday harakatlar shaxsning o‘z hayot 1
37
faoliyatini davom ettirish qobiliyatiga putur yetkazadi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga binoan jazo jinoyat sodir etgan shaxsdan o‘ch olish maqsadida emas, balki kodeksning insonparvarlik g‘oyalariga tayanib, uni tarbiyalash va jamiyatga qaytarishni ko‘zda tutadi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash unga jismoniy azob berish yoki qadr-qimmatini kamsitishni nazarda tutmasdan uning qayta tarbiyalanishi va yangi jinoyat sodir etmasligi uchun zarur va yetarli ta’sir choralari insonparvarlik prinsipining mohiyatini belgilaydi. Zarurlik va yetarlilik – bu jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi tayinlashning muhim ikki belgisi hisoblanib, biri eng kam miqdorni, boshqasi eng ko‘p miqdorni ko‘rsatadi. Jazo tayinlashning zarurligi sodir etilgan jinoyatga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo turi va miqdorini belgilashda namoyon bo‘lib, u sodir qilingan jinoyatga nisbatan umumiy xususiyatga ega.
zarur bo‘lgan jazo turi va miqdorining eng kamini tanlashda namoyon bo‘ladi. Jazo tayinlashning yetarliligi aniqroq xususiyatga ega bo‘lib, shaxs va u sodir qilgan muayyan jinoyatning xususiyatlarini hisobga oladi. Jazo tayinlashning zarurliligi va yetarliligi qoidasiga har bir holatda qat’iy rioya qilinishi lozim. Xususan, hukm chiqarishda sud insonparvarlik prinsipini nazarda tutgan holda qonun talab qilgan jazo tayinlashning umumiy asoslariga qat’iy rioya qilishi lozim. Jazo tayinlashning umumiy asoslari to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llashda sudlar u yoki bu jazoni tayinlashning sabablarini hukmning tavsif qismida bayon qilinishi lozimligini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qaroriga rioya qilishlari lozim. JKning 56-moddasida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiradigan holatlar ro‘yxati tugallangan bo‘lib, u kengaytirilgan holda sharhlanishi mumkin emas. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar ro‘yxati esa sud tomonidan muayyan ishning holatlaridan kelib chiqib hukmning tavsif 38
qismida asoslantirgan holda kengaytirilishi mumkin. Ya’ni jazo tayinlanganda sud qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin. Jinoyatni kvalifikatsiyalovchi belgilar qonunda nazarda tutilgan tartibda muddati tugallangan va olib tashlangan aybni og‘irlashtiruvchi holat sifatida talqin qilinishi mumkin emas. Hukmda jazo aybdorning shaxsi hisobga olingan holda tayinlanganligi ko‘rsatib o‘tilishi yetarli emas. Shaxsning xavfli retsidivist deb topilishi bir qator jinoyatlarning kvalifikatsiyalovchi belgisi bo‘lib, u og‘irroq jazo choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi. Ammo shaxsni xavfli retsidivist deb topishda dastlabki tergov organlari aybloviga asoslanadi va hukmning tavsif qismida ushbu motiv bayon qilinadi 1 .
nisbatan muayyan jazo chorasini tanlash tizimini mustahkamlaydi. Insonparvarlik prinsipining asl mohiyatini, xususan, huquqni qo‘llash jarayonida jazoning muqarrarligi va yetarliligini ko‘zda tutadi.
choralari bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina qo‘llaniladi. Sudlar jazo tayinlash paytida ushbu qoidaga e’tibor bergan holda, Jinoyat kodeksining maxsus qismiga murojaat etishlari lozim. Jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashda qonunda belgilangan barcha imkoniyatdan foydalanishlari lozim.
Insonparvarlik prinsipi Jinoyat kodeksining barcha normalariga singdirilgan. Bu holat ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan ta’sir choralarida, jazo tizimida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, bunda shaxslarni jazodan ozod qilish instituti, ya’ni muomalaga layoqatsiz va boshqacha qilib aytganda, o‘zi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishning mohiyatini anglab yetmaydigan shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash ham nazarda tutilgan. Umumlashtirib aytadigan 1
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги "Судлар томонидан жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида"ги 1-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси олий суди Пленуми қарорлари тўплами. - 1991 - 2006, 2-жилд. - Т.: "O'qituvchi", 2007. – 225-229-б. (Бундан кейин - Тўплам, 2-жилд). 39
bo‘lsak, amnistiya va afv etish institutlari ham insonparvarlik prinsipining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodasidir. Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mazkur prinsip og‘ishmay amalga oshirilayotganligi haqida so‘nggi paytlarda amaldagi Jinoyat kodeksiga kiritilgan quyidagi o‘zgartishlar ham dalolat beradi: – jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilish qoidalari soddalashtirildi 1 ; – jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash imkoniyati sifatida iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash ko‘lami kengaytirildi; – jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosi olib tashlandi va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi 2 (shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘lim jazosi bekor qilingunga qadar ushbu jazo faqat ikki holatdagina tayinlanishi mumkin edi: og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlari, shuningdek, qonunda o‘lim jazosi ayollarga, voyaga yetmaganlarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan qo‘llanilishi taqiqlab qo‘yilgan edi).
Odillik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-, 18- moddalarida mustahkamlangan bo‘lib 3 , xalqaro huquq tamoyillaridan biri 1 Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги “Жиноий жазоларнинг либераллаштирилиши муносабати билан ўзбекистон республикаси жиноят, жиноят-процессуал кодекслари ҳамда маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартишлар ва қўшимчалар киритиш ҳақида” ги 254-11 сон Қонуни. 2
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги “Ўлим жазоси бекор қилиниши муносабати билан ўзбекистон республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги ЎРҚ-99 сон қонуни 3
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 40
sifatida e’tirof etilgan. Mazkur asosiy qoidaning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mustahkamlanishi jinoyat huquqiga doir qo‘llaniladigan konstitutsiyaviy me’yorlarning mantiqiy amalga oshirilishi hisoblanadi. Adolat umumiy kategoriya sifatida o‘zida hayotiy voqelikning ayrim qimmatlik va qadriyatlarini, xususan, voqelikning to‘g‘ri va haqqoniy baholanishini aks ettiradi. Odillikning bunday tushunilishi jinoyat huquqiga ham xos bo‘lib, uning xususiyati o‘zida adolat mezonining bir oz boshqa jihatini nazarda tutadi. JKning 8-moddasiga binoan adolat quyidagilardan iboratdir: «Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas».
ta’sir choralarining sodir qilingan jinoiy qilmishga yarasha yuqoridagi uchta kategoriya asosida jazo tayinlanishini taqozo etadi.
o‘zida jazoning sodir qilingan jinoyatga muvofiq bo‘lishi yoki ushbu holatda muhim yo‘nalish sifatida namoyon bo‘luvchi sodir qilingan qilmishning og‘irligi, ayb darajasi, aybdor shaxsning ijtimoiy xavfliligini ifoda etadi, deyilgan.
jinoiy qilmishning xavflilik darajasi va xususiyatining unga nisbatan tayinlanadigan jazo va boshqa ta’sir chorasiga muvofiq bo‘lishi tushuniladi. қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83- моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7, 9 б. 41
Muayyan jinoyatning og‘irlik darajasi uning uchun jazo nazarda tutilgan modda sanksiyasida o‘z aksini topadi. Shu nuqtai nazardan qonunni qo‘llashda ushbu moddaning sanksiyasidagi jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir choralari jinoyatning og‘irligiga muvofiq ravishda tayinlanadi. (Jinoyatning og‘irlik darajasi haqida ushbu tom III bobining «Jinoyatlarni tasniflash» deb nomlangan 3-§ ga qarang.) Muayyan jinoiy qilmishning obyektiv tomonini ifodalovchi jinoyatning og‘irlik darajasidan farqli ravishda, aybning darajasi bu shaxsning ruhiy holati, ayb shakli, xulq-atvorining motivi, maqsadi, aybdorning kayfiyati, his-hayajoni va turli kechinmalarini umumiy tavsiflovchi kategoriyadir. Mazkur elementlar jinoyat huquqi nuqtai nazaridan turlicha xususiyatga ega bo‘lib, ularning ba’zilari jinoyat tarkibiga kiritilgan, ba’zilari kiritilmagan. Biroq tanlangan jazo yoxud boshqa huquqiy ta’sir choralarini baholash uchun aybning darajasini aniqlashda shaxsning o‘zi sodir qilgan jinoiy qilmishiga ruhiy munosabatini ifodalovchi yuqorida keltirilganlarning barchasi inobatga olinishi zarur. (Subyekt tomon aybining darajasi haqida «Jinoyatning subyekt tomoni» deb nomlanuvchi VII bobda batafsil berilgan.) Tayinlanayotgan jazo yoki boshqa ta’sir choralari va sodir etilgan qilmish, jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosibligi qo‘llanilayotgan choralarning adolatliligini aniqlashda e’tiborga olinadi.
tutgan o‘rni, xulq-atvorining huquqqa xilof qat’iy yo‘nalishga ega ekanligi yoki uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvoridan dalolat beradi (misol uchun, retsidivist, alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop moddalar iste’mol qiluvchilar va boshq.). Shaxsning ijtimoiy xavfliligini aniqlashda uning sodir qilgan jinoyati, shuningdek, uning jinoyat sodir qilgunga qadar va muayyan holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgandan keyingi xulq-atvori hisobga olinishi kerak. 42
JK 8-moddasining 2-qismi bir jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilaydi. Ushbu qoidaning qonunda mustahkamlanganligi odillik prinsipining ikkinchi bir jihatini ochib beradi. Xususan, agar JK 8-moddasi 1-qismida jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, uning 2- qismida, umuman, jinoiy javobgarlikning odilona bo‘lishi ta’kidlangan. Bu o‘rinda bir jinoyat uchun bir marta javobgarlikka tortish mezon bo‘lib xizmat qiladi. Bunda jinoyat sodir etgan shaxsning holati, ilgari jinoiy javobgarlikka tortilganligi, uning sudlanganligi yoki oqlanganligi ahamiyatga ega emas. Ushbu va boshqa holatlarda uning mazkur qilmishi uchun qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida odillik prinsipi jinoyat subyektlarining tengligini belgilovchi fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan bir qator rasmiyatchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Odillik prinsipi jinoyat ishlarini ko‘rishda odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolarning qonun oldida haqiqiy tengligiga erishishning obyektiv imkoniyatini ifoda etadi. Fuqarolarning qonun oldida tengligi va odillik prinsipining birgalikda tatbiq qilinishi keng ma’noda qonunni amalda to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati hamda huquqni qo‘llash faoliyatida jinoyat huquqi subyektlari tengligining real asoslarini belgilaydi.
jinoyat sodir etgan shaxs uchun jinoyat qonunida belgilangan ayrim salbiy oqibatlar yuzaga kelishini tavsiflaydi. Javobgarlik bir butun alohida institut sifatida bir qator umumiy va xususiy, jumladan, jinoyat sodir qilgan shaxsni tuzatishga yo‘naltirilgan belgilarga ega. Jinoyat sodir etgan shaxsning tuzalishi deb, eng avvalo, jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida taqiqlangan harakatlar (harakatsizlik)ni sodir etmaslikka undovchi qonunga itoatkorlikni shakllantirish tushuniladi. Tuzalish jarayoni, jinoiy javobgarlikka tortishdan ko‘zlangan maqsadga erishishda ayb uchun javobgarlik prinsipi asosiy rol o‘ynaydi. 43
JK 9-moddasiga muvofiq, «Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi». Ushbu prinsipning ahamiyati shundaki, ayb – jinoiy qilmishning xususiyati sifatida, jinoyat sodir etgan shaxsning jamiyat huquq-tartibotiga salbiy munosabatida ifodalanadi. Demak, shaxsni tuzatish uchun, avvalo, ushbu salbiy munosabatlarning o‘zini aniqlab olish zarur. Shaxsdagi bunday salbiy munosabatlar jamiyat manfaatlariga zid bo‘lib, jinoiy javobgarlikka tortishning ahamiyatini yo‘qotadi. Ayb uchun javobgarlik prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun majburiy bo‘lgan quyidagi belgilarni aniqlaydi: – shaxsning o‘z qilmishiga nisbatan ruhiy munosabati; – mazkur qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati. Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish jarayonida jinoiy-huquqiy normalarni ko‘rsatilgan prinsipga muvofiq ravishda shakllantirish va ushbu normalarni amaliy tatbiq qilish, qonun chiqaruvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun majburiydir. Ta’kidlash joizki, jinoiy javobgarlik tushunchasi va asosini aniqlovchi Jinoyat kodeksining 16- moddasidan farqli, ushbu prinsipning mustahkamlanishi subyektga nisbatan umumiy jinoiy javobgarlik qoidasini o‘rnatishni ko‘zda tutadi. Jinoyat kodeksining 16-moddasida ta’riflangan qoidalar esa, ayb uchun javobgarlik prinsipining ayrim ko‘rinishlarini aks ettiradi. Sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan shaxsning ruhiy munosabati qasd yoki ehtiyotsizlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ushbu prinsipga muvofiq, har bir muayyan holatda aynan jinoyat qonuni bilan talab qilingan ayb belgilanishi lozim. Masalan, qonunda bolani faqat qasddan almashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lsa (Jinoyat kodeksining 124-moddasiga asosan), mazkur moddada ayb uchun ehtiyotsizlik oqibatida sodir etganlik sifatida jinoiy javobgarlik qo‘llash mumkin emas. Ayb uchun javobgarlik prinsipi muayyan jinoiy qilmishning tavsiflanayotgan belgilariga nisbatan jinoyat subyektining aybini majburiy belgilashda qo‘llaniladi. Shaxs o‘z qilmishining xavflilik darajasini ko‘rsatuvchi obyektiv holatlarni anglamagan, anglashi shart bo‘lmagan 44
yoxud anglay olmaydigan hollarda, bu holatlar uning javobgarligini og‘irlashtirishga xizmat qilishi mumkin emas. Bunday xulosaga faqat jinoiy javobgarlikning obyektiv va subyekt asoslari mavjudligiga asoslanib kelish mumkin. Bu o‘rinda isbotlash qonunga to‘liq bo‘ysungan holda amalga oshirilishi lozim. Mazkur talabga rioya qilmaslik aybning isbotlanmaganligini va oqibatda jinoyat sodir etmagan shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu prinsip aniq jinoyatlar tarkibini shakllantirish va jinoyat tarkibini jinoiy javobgarlikning asosi deb tan olish bilan mamlakatimizda mavjud bo‘lgan qonun hujjatlarida ijtimoiy xavfli va qonunga xilof harakat ko‘rinishida aks etmagan qilmish uchun jazolanish holatlarini inkor etadi. Ushbu prinsip yana obyektiv ayblovni, ya’ni aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni ham inkor etadi. Aybsiz holda yetkazilgan har qanday qilmish, ijtimoiy munosabatlarga yetkazgan moddiy zararidan qat’i nazar, jinoyat deb topilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ayb uchun javobgarlik prinsipining mavjudligi jinoyat uchun javobgarlikning qat’iy belgilanganligini ko‘rsatadi. Jinoyat sodir etganlik uchun faqatgina aybdor shaxs javobgarlikka tortiladi. Ushbu qoida jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bajaruvchining ektsess institutini, ya’ni jinoiy guruh a’zolarining qasdi bilan qamrab olinmagan harakati uchun faqat ijrochining o‘zi javobgar ekanligini tan olishda aksini topadi. (Bu haqda ushbu tom X bobining «Ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyat uchun javobgarlik asoslari va chegaralari» deb nomlangan 4-§ da batafsil to‘xtalib o‘tilgan.)
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling