Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
-§. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
- «Jinoyat huquqi tushunchasi, predmeti, metodi, vazifasi va prinsiplari» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
- Qo‘shimcha adabiyotlar
- O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar
- NOTA BENE ! O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
- JKning 1-moddasida
- Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari
- 2-§. Jinoyat qonunining tuzilishi
11-§. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi JKning 10-moddasi jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan qutulib qolmasligi haqidagi umumiy talablarni mustahkamlaydi: «Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart». 45
Jinoyat kodeksidagi mazkur qoidaning mavjudligi, jinoyat huquqi normalarining barqarorligi va bir xilligi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mavqeining oshishiga yordam beradi. Shu bilan birga javobgarlikning muqarrarligi prinsipi barcha fuqarolarning harakatiga nisbatan ogohlantiruvchi ta’sir kuchiga ega bo‘lib, shu orqali Jinoyat kodeksining oldiga qo‘yilgan vazifalarning amalga oshishiga ko‘maklashadi.
sodir qilgan shaxslarga qaratilgan va mazkur shaxslar tomonidan sodir qilingan harakatlar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ko‘p qirrali qoidalarni o‘rnatadi. JKning 10-moddasidagi prinsip qonuniylik prinsipi va fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiplarining davomi hisoblanib, ularni aniqlashtiradi va bir paytning o‘zida ularning chegarasidan bir oz chiqadi ham. Xususan, ushbu modda muayyan shaxslar doirasiga, ya’ni qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan har bir shaxsga qaratilgan. Shaxsning xatti-harakatida jinoyat tarkibi mavjudligini aniqlash javobgarlikka tortishning muhim belgisi hisoblanadi, ya’ni, bu jinoyat qonuni bilan jazolovchi va harakatni ijtimoiy xavfli deb o‘rnatuvchi obyektiv va subyekt belgilar majmuidir. Shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining aniqlanmaganligi shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilmasligiga sabab bo‘ladi. Qonun talabiga ko‘ra, qilmishda jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunday talab shuni bildiradiki, har bir ijtimoiy xavfli qilmishda shaxs muayyan qonun normasi bilan cheklangan salbiy oqibatlarni boshdan kechirishi kerak. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, salbiy oqibatlar quyidagilarda ifodalanadi: – Jinoyat kodeksi normalari tatbiq etiladigan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishda; – amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi 46
hududida jinoyat sodir etgan holda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi. Shuni aytib o‘tish lozimki, Jinoyat kodeksiga muvofiq, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish jazo qo‘llanilishi shartligini anglatmaydi. Sodir qilingan qilmish uchun javobgarlik faqat jazo vositasidagina emas, balki jinoyat qonunida nazarda tutilgan boshqa huquqiy ta’sir choralarini amalga oshirish orqali ham qo‘llanilishi mumkin1. Amaldagi qonunchilikda jazodan ozod qilishning turlari ham mavjud. Jumladan, shartli hukm qilish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish va hokazo.
1. Jinoyat huquqi tushunchasi qanday ma’nolarda ishlatiladi? 2. O‘quv tizimida jinoyat huquqining o‘rni va roli qanday? 3. Jinoyat huquqi predmeti. 4. Jinoyat huquqini o‘rganish metodikasi qanday? 5. Jinoyat huquqining muhofaza qiluvchi, ogohlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifalari nimalardan iborat? 6. Jinoyat huquqining prinsiplar tizimini tavsiflab bering. 7. Qonuniylik prinsipiga ko‘ra shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asosi nima? 8. Huquqni qo‘llash faoliyatida qonuniylik prinsipining ta’siri qanday?
9. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida huquq analogiyasini qo‘llash mumkinmi? 10. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining mohiyati nimadan iborat? 11. Demokratizm prinsipi nimalardan iborat? 12. Odillik va fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining bog‘liqlik joyi nimalardan iborat? 13. Odillik va insonparvarlik prinsiplarining bog‘liqligi nimalarda ko‘rinadi? 47
14. Ayb uchun javobgarlik prinsipining jinoyat-huquqiy mohiyati nimada?
15. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi majburiy jazo tayinlashni anglatadimi? Qo‘shimcha adabiyotlar Rahbariy adabiyotlar Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: Ўзбекистон, 2016.– 48 б.
билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 488 б. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017.– 32 б. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 104
давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 592 б.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг қабул қилинган куннинг 25-йиллиги муносабати билан бўлиб ўтган тантанали маросимдаги “Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янада
тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир” номли нутқидан // Халқ сўзи. 2017-йил 7 декабр. 247 (6741)- сон.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2017-йил 22-декабрдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси // Халқ сўзи. 2017-йил 23-декабр. 258 (6952)- сон.
48
O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar Зуфаров Р.А. Уголовное право. Общая часть. Казусы (задачи). – Т.: ТГЮУ, 2014. – 164 с. Зуфаров Р.А. Уголовное право. Схемы. –Т.: ТГЮУ, 2015. – 127 с. Мальцев В.В. Введение в уголовное право. – Волгоград: 2000. – 204 Б.
Мальцев В.В. Принципы уголовного права и их реализация в правоприменительной деятельности. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2004. – 597 Б.
266 Б.
Понятовская Т.Г. Концептуальные основы системы понятий и институтов уголовного и уголовно-процессуального права. – Ижевск: 1996. – 232 Б.
Пудовочкин Ю.Е., Пирвагидов С.С. Понятие, принципы и источники уголовного права: сравнительно правовой анализ законодательства России и стран Содружества Независимых Государств. – СПб.: «Юридический центр Пресс» 2003. – 297 Б. Разгельдиев Б.Т. Задачи уголовного права Российской Федерации. – М.: 1996. – 146 Б. Турғунбоев Э. О. Жиноят ҳуқуқи (умумий қисм): (Альбом схемалар).Ўқув услубий қўлланма. // Масъул муҳаррир ю.ф.д., проф. Қ.Р.Абурасулова. –Т.: ТДЮУ, 2013. – 129 б.
СПб.: «Юридический центр Пресс», 2003. – 224 Б. 49
II BOB. JINOYAT QONUNI 1-§. Jinoyat qonuni tushunchasi va ahamiyati JKning 1-moddasi qonun darajasida O‘zbekistonning jinoyat qonunchiligini tashkil etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning doirasini, shuningdek, ushbu hujjatlarning huquqiy asosini muayyan va aniq belgilab beradi. Unga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Konstitutsiya va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iborat». Bunda shuni qayd etish lozimki, sharhlanayotgan moddaning qoidalari jinoyat huquqi sohasida vatanimiz an’analarini, jumladan, jinoyat-huquqiy normalarni kodifikatsiya qilish hamda ularning alohida qonun – Jinoyat kodeksi shaklida mavjud bo‘lishining lozimligini aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi respublikamizning jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tashkil etuvchi barcha jinoyat- huquqiy normalarning asosiy va yagona shaklidir. Tarkibida jinoyat- huquqiy normalar bo‘lgan yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilingan taqdirda ular majburiy tartibda Jinoyat kodeksiga kiritilishi lozim va mustaqil ravishda qo‘llanilishi mumkin emas. NOTA BENE ! O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi ichki uzviy birligi va o‘zaro bog‘liq jinoyat-huquqiy normalarning tizimli mustahkamlanishi bilan ajralib turgan, jinoiy javobgarlikning tamoyillari, asoslari va shartlarini, sodir etilishi jinoyat deb e’tirof etiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlarni belgilab beruvchi, bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishining turini va chegarasini belgilovchi qonunlashtirilgan qonun hujjatidir.
Jinoyat kodeksiga jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning asosiy va yagona shakli maqomini berish qonunchilikning kuchaytirilishi jinoiy qonunchilikni yagonalashtirishga ko‘maklashadi, huquqni muhofaza qilish idoralarining xodimlari uchun normativ materiallardan foydalanishni 50
osonlashtiradi va aholining huquqiy xabardorligini oshiradi. Shu bilan birga, bu holat qonunchilik texnikasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, qonun chiqaruvchini Jinoyat kodeksi tizimiga tezda kirishib keta oladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibini mustahkamlaydi. Jinoyat qonunining Jinoyat kodeksida mustahkamlanishi, birinchi navbatda, o‘z ifodasini shunda topadiki, u muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning himoya qilish vositasi, jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy bazasi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyat hisoblanadigan qilmishlarning obyektiv va subyekt belgilarini ifodalagan holda ularni sodir etganlik uchun aniq jazo turlarini belgilaydi. Bundan tashqari, u fuqarolarga nisbatan ogohlantiruvchi va tarbiyalovchi jihatlarga ega. Jinoyat-huquqiy ahamiyatdagi taqiq va majburiyatlarni o‘rnata turib, jinoyat qonuni odamlar o‘zlarining xulq-atvorini huquq normalariga solishtirgan holda idrok qilishi uchun ularning ongi va irodasiga ta’sir ko‘rsatadi. Jinoyat kodeksining jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning yagona va mutlaq shakli sifatida ta’riflanishi bilan birga JKning
mavjud, bular O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalaridir. Shu bilan barcha huquq sohalari, jumladan, jinoiy huquqning bosh manbai bo‘lgan Konstitutsiyaning ustuvorligi va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarining Kodeks normalaridan ustuvorligi belgilanadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining jinoiy qonunchilik asosi sifatida tan olinishi asosiy qonun qoidalarining Jinoyat kodeksi normalarini talqin etishda qo‘llash zaruriyatiga olib keladi. «Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat uning normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas» 1 . Shu munosabat bilan, agar Jinoyat kodeksini 1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- 51
qo‘llash paytida sud uning ayrim qoidalarining Konstitutsiyaga mos emasligi haqidagi xulosaga kelsa, u ishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ajrim chiqarishi va barcha materiallarni Oliy sud Raisiga yuborishi lozim, u esa «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunga 1
uchun kiritishga haqlidir. Jinoyat kodeksining huquqiy negizi, shuningdek, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari ham bo‘ladi, bu 1-moddada mustahkamlangan. Bunda shunday normalar sifatida xalqaro huquqning imperativ-buyruq tusida bo‘lgan hamda barcha xalqaro huquq subyektlari, jumladan, davlatlar tomonidan e’tirof etilgan qoidalari tan olinishi lozim. Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari uning tamoyillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining qoidalari, shuningdek, Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda mustahkamlangan qoidalardir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining preambulasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarining ustuvorligi tan olinadi, bu esa qonun qo‘llanganda uning shunday qoidalarga mos emasligi моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б. 1
Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майдаги “Ўзбекистон Республикасининг конституциявий суди тўғрисида”ги ЎРҚ-431 сон Қонуни // "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2017 йил 5 июнь, 22- сон, 407-модда; "Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси", 2017 йил, 5-сон, 201-модда.
52
aniqlangan taqdirda sud tomonidan ishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi va tegishli masalani Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan birgalikda barcha materiallarni Oliy sud Raisiga yuborilishini belgilab beradi. Ayni paytda O‘zbekistonda qo‘llanishi uchun umume’tirof etilmagan xalqaro shartnomalarning normalari vatanimiz qonunchiligiga, jumladan, Kodeksga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartishlar shaklida kiritilishga muhtoj. Bu shundan kelib chiqadiki, birinchidan, ko‘pgina xalqaro shartnomalar (konvensiyalar) faqat ishtirokchi davlatlarning u yoki bu jinoyatlar bilan kurashish niyatinigina bildiradi; ikkinchidan, agar xalqaro shartnoma u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning belgilarini aniqlagan holda ham, odatda, u tegishli jazoni belgilab bermaydi; uchinchidan, jazoni ko‘rsatgan holda shartnoma uning qo‘llanish chegaralari va shartlarini ko‘rsatmaydi. Natijada, hatto, O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarning qoidalari amaldagi jinoiy qonunchilikka tegishli o‘zgartishlarni kiritmagan holda amalda qo‘llanmaydi. JKning 1-moddasi Jinoyat kodeksini jinoyat-huquqiy normalar mavjudligining yagona va mutlaq shakli sifatida belgilaydi hamda jinoiy qonunchilikning asosi sifatida faqat Konstitutsiyani va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlarini belgilaydi, bu kengaytirilgan ravishda talqin etilmaydi. Shu munosabatda jinoyat-huquqiy tusdagi qoidalarni mustahkamlashning boshqa shakllari (masalan, Oliy sudning qarorlari, sud pretsedentlari, doktrinal talqin etish va hokazo) O‘zbekiston jinoiy qonunchiligining manbalari sifatida tan olinishi yoki uning asosi bo‘lishi mumkin emas. Ushbu hol shundan kelib chiqadiki, bu hujjatlarda yangi huquqiy normalar yaratilmaydi va mustahkamlanmaydi, balki Jinoyat kodeksida mavjud bo‘lgan normalarning asl mazmuni tergov va sud amaliyotida ularga aniq va yagona shaklda rioya etilishi maqsadida ochib beriladi. Buzilishi jinoyat deb tan olinadigan, xulq-atvor va harakatlarning ma’lum qoidalari va me’yorlari bo‘lgan huquqiy hujjatlar (masalan, maxfiy hujjatlar bilan ish yuritish qoidalari, veterinariya yoki zoologiya qoidalari, harakat xavfsizligi va transportdan foydalanish qoidalari va boshqalar) jinoiy qonunchilik sifatida tan olinishi mumkin emas. Bu 53
hujjatlarda blanket tusda bo‘lgan muayyan jinoyat-huquqiy normaning (masalan, JK ning 285-moddasi) tutgan o‘rni va mazmuni batafsilroq aks etadi, lekin unga xos bo‘lgan dispozitsiyasi va sanksiyasi bo‘lgan normaning o‘zi faqat Jinoyat kodeksida mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston tarkibiga kirishi va O‘zbekistonning qonunlari Qora- qalpog‘istonning hududida ham majburiy ekanligi to‘g‘risidagi qoidalariga muvofiq (Konstitutsiyaning 71- va 72-moddalari) 1 Jinoyat kodeksi, shuningdek, jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning yagona shakli bo‘ladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham amal qiladi. Jinoyat kodeksi ham O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston uchun yagonalashtirilgan (yagona) bo‘lib, boshqa qonunchilik hujjatlari (masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari, Jo‘qorg‘i Kengesning qarorlari va hokazolar) Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududida jinoyat qonunining manbai sifatida tan olinishi mumkin emas. 2-§. Jinoyat qonunining tuzilishi Bir-biriga bog‘liq yuridik normalar tizimi sifatida jinoyat qonunchiligi bir qancha huquqiy institutlarga asoslanadi. 1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83- моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. -24 б. 54
|
ma'muriyatiga murojaat qiling