Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOTA BENE ! Jinoyat qonuni tuzilishi
- NOTA BENE ! Dispozitsiya
- Tasvirlovchi dispozitsiya
- Aralash (kombinatsiyalashgan) dispozitsiya
- NOTA BENE !
- Alternativ (muqobil) sanksiyada
- NOTA BENE ! Quruqlik hududi
- NOTA BENE ! Anklav
- O‘zbekistonning ichki suvlariga
Jinoyat huquqi instituti – bu o‘xshash ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muayyan texnik qoidalarga binoan tartibga solingan turdosh yuridik normalar majmuidir.
Masalan, jinoyat qonuni; jinoyat; jazo; qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar; tamom bo‘lmagan jinoyatlar, ishtirokchilik; bir qancha jinoyatlar sodir etish institutlari va boshqa. Bu institutlar mazmuni va hajmi jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin bir butun holda ular jinoyat huquqining yagona manbasi – Jinoyat kodeksini tashkil qiladi. Har bir jinoyat-huquqiy norma bir butunni tashkil qiladigan va xarakteri jihatidan farqlanadigan JKning Umumiy va Maxsus normalari tarkibiga kiradi. Jinoyat kodeksi jinoyat-huquqiy normalarning ifoda qilinish shakli hisoblanib muayyan tuzilishga ega. NOTA BENE ! Jinoyat qonuni tuzilishi qonun chiqaruvchi irodasining JKda muayyan tarzda tartibga solingan shaklidir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, o‘z navbatida, bo‘lim va boblarga bo‘linadigan Umumiy va Maxsus qismlardan iborat. Boblar qism va bandlarga bo‘linadigan moddalardan iborat. Qismlar satr boshi bilan, bandlar harflar bilan ajratilgan.
Maxsus qism normalarini qo‘llash Umumiy qism normalariga asoslanadi. o‘z navbatida Umumiy qism normalari Maxsus qism normalarisiz ma’nosiz va predmetsiz bo‘lib qoladi.
iborat. JK Umumiy qismi normalarida jinoyat qonuni uchun umumiy 55
ahamiyatga ega bo‘lgan qoidalar belgilanadi yoki tartibga solinadi: jinoiy javobgarlik prinsiplari va asoslari; jinoyat qonunining hudud bo‘yicha, vaqt bo‘yicha va shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilish doirasi; jinoyatlar tushunchasi va tasnifi, jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yosh, aqli norasolik belgilari va huquqiy oqibatlari, ayb shakllari; tamom bo‘lmagan jinoyat belgilari va huquqiy oqibatlari; jinoyatda ishtirokchilik va ishtirokchilar turlari; bir qancha jinoyat sodir etish; qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar; jazo turlari va ularning tizimi, jazo tayinlashning umumiy asoslari; tamom bo‘lmagan, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar, bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun va bir necha hukmlar yuzasidan jazo tayinlashning o‘ziga xos xususiyatlari; jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish shartlari, sudlanganlikning tugallanishi va olib tashlanishi qoidalari; voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari; jinoyat-huquqiy xususiyatdagi boshqa ta’sir (voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy yo‘sindagi majburlov choralari va ruhiy kasallikka, alkogolizm va narkomaniyaga chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari) choralarini qo‘llash asoslari va qoidalari. JK Umumiy qismi moddalarining aksariyati tartibga soluvchidir, chunki ularning qo‘llanishi aniq jinoiy qilmishlar bilan bog‘liq emas va u yoki bu ko‘rsatmaning aniq bayoni ko‘rinishidagi tasvirlov xususiyatiga ega. Biroq majburlovni qamrab oluvchi qonunni qo‘llash xususiyatidagi normalar ham uchrab turadi. Bular jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash holatlarida bir jazoni boshqasi bilan almashtirish tartibini o‘rnatuvchi normalardir. Masalan, JK 44-moddasi 3-qismi (jarima) jarimani (aniqrog‘i, uning to‘lanmagan qismini) majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash va ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirish tartibini belgilab beradi. 72- va 73-moddalar shartli hukm va muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishda, muvofiq ravishda tayinlangan shartli jazoni yoki uning o‘talmay qolgan qismini, sinov muddati davomida qonunda belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, amalda o‘tashning turli variantlarini o‘rnatadi. 56
Jinoyat qonuni Maxsus qismi normalarida alohida jinoyatlar uchun javobgarlik va ularni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga qo‘llaniladigan muayyan jazolar o‘rnatiladi. JK Maxsus qismi 8 bo‘lim va 24 bobdan iborat. BIRINCHI BO‘LIM.
I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar. II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar. III bob. Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar. IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar. V bob. Oilaga, yoshlarga, axloqqa qarshi jinoyatlar. VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar. VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar. IKKINCHI BO‘LIM.
VIII bob. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar. UCHINCHI BO‘LIM. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish. XI bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar. XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar. XIII bob. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar. TO‘RTINCHI BO‘LIM.
XIV bob. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar. BESHINCHI BO‘LIM. Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. 57
XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar. XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar. OLTINCHI BO‘LIM.
XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. XIX bob. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar. XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. XX 1 bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar. YETTINCHI BO‘LIM. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar. XXII bob. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar. XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari. Sakkizinchi bo‘lim – «Atamalarning huquqiy ma’nosi»da kiritilgan ayrim atamalarning huquqiy ma’nosi ochib berilgan. Bunday sharh rasmiy va umummajburiy ahamiyatga ega. JK sakkizinchi bo‘limining o‘ziga xosligi, undagi qoidalar, JK Umumiy va Maxsus qismining boshqa qoidalaridan farqli ravishda, alohida raqamlar bilan belgilangan moddalarga rasmiylashtirilmagan, biroq o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday hisoblanadi. Maxsus qism moddalari «xususiy moddalar» deb ham nomlanadi. Chunki ularda ko‘zda tutilgan jinoyat turlarining belgilari va unga muvofiq jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo choralari ham o‘z aksini topgan. Maxsus qism normalari – ijtimoiy xavfli qilmish belgilarini ifodalovchi dispozitsiya, jazoning turi va me’yorini belgilovchi sanksiyadan iborat. Dispozitsiyada alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarning 58
ta’rifi beriladi. Jinoyat-huquqiy normalarda dispozitsiyaning quyidagi to‘rt turi: oddiy, tasvirlov, blanket va havolaki dispozitsiya nazarda tutiladi. NOTA BENE ! Dispozitsiya – modda qismining o‘z mazmuniga ko‘ra taqiqlovchi yoki farmoyish beruvchi elementi bo‘lib, unda muayyan jinoiy qilmish, uning belgilari ko‘rsatiladi.
jinoyatning umume’tirof etilgan, tanish nomi ko‘rsatiladi. Masalan, JK 97- moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) yoki 215-moddasi (Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish). Bunday dispozitsiyada jinoyatning belgilari ochib ko‘rsatilmaydi. Ko‘rinib turibdiki, birinchi holatda qonun chiqaruvchi tomonidan «o‘ldirish», ikkinchi holatda «hurmatsizlik qilish» iboralari ishlatilgan.
tavsiflovchi belgilar majmuini ko‘rsatadi. Masalan, JK 209-moddasi 1-qis- mi jinoyatni ko‘rsatibgina qolmasdan, mansab soxtakorligi deganda, mansabdor shaxsning g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab, rasmiy hujjatlarni bila turib, soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzish va taqdim etish, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamiyat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa yoki, JK 169-moddasi 1-qismida o‘g‘rilik o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish sifatida berilgan. Blanket dispozitsiya muayyan jinoyatning belgilarini Jinoyat kodeksida yoritmasdan, boshqa huquq sohasiga oid qonunlar yoki normativ hujjatlar asosida aniqlaydi. Masalan, JK 266-moddasi 1-qismida transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, deb ko‘rsatilgan. Yo‘l harakati xavfsizligining aynan qaysi qoidalari buzilganligini aniqlash uchun, ular nazarda tutilgan normativ-huquqiy 59
hujjatlarga murojaat qilish kerak. Ta’kidlash joizki, transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning deyarli barchasi blanket dispozitsiya sifatida shakllantirilgan. Shu kabi moddalar JK XII bobida «Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar», XVI bobida «Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar», XVII bobida «Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar» va boshqalarda ustunlik qiladi.
maqsadida normaning mazmunini aniqlash uchun kodeksning boshqa bir normasiga murojaat etiladi. Masalan, JKning o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 105-moddasi 1-qismida yetkazilgan shikast hayot uchun xavfli bo‘lmasligi va JK 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmasligi kerak deyilgan. Ta’kidlash joizki, JKning aksariyat moddalarida og‘irlashtiruvchi va o‘ta og‘irlashtiruvchi tarkiblarda o‘sha moddaning asosiy tarkibiga havola qilish hollari uchraydi. Bunda «o‘sha qilmish ... sabab bo‘lsa», «o‘sha qilmish ... sodir etilgan bo‘lsa», «mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmish ... sabab bo‘lsa» kabi ta’rif ishlatiladi.
shuningdek, oddiy yoki tasvirlov dispozitsiyalarning belgilarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 137-moddasi 1-qismiga ko‘ra, ushbu kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagan holda odam o‘g‘irlash jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu moddada dispozitsiyaning ham oddiy (odam o‘g‘irlash), ham havolaki (Jinoyat kodeksi 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmasa) turlari mavjud bo‘lganligi sababli «aralash» deb yuritiladi 1 .
Sanksiya – modda qismining elementi bo‘lib, dispozitsiyada ko‘rsatilgan muayyan jinoyat uchun jazo turi va doirasini belgilaydi.
1
Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – 94-95 б. 60
Ma’lumki, qonun chiqaruvchi JK 15-moddasidagi jinoyatlar tasnifini jazoning me’yori bilan bog‘laydi, chunki qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasi aynan sanksiyada namoyon bo‘ladi.
uning miqdori chegarasini (chegarasini yoki eng quyi va eng yuqori chegarasini) belgilovchi sanksiya. Masalan, Jinoyat kodeksining 99- moddasida onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirgani uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, qasddan odam o‘ldirganlik uchun 97-moddasi 1-qismida o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan. Birinchi misolda ko‘rinib turibdiki, sanksiyada faqat yuqori chegara ko‘rsatilgan. Bunday hollarda quyi chegara, jazoning mazkur turi uchun JK Umumiy qismida ko‘rsatilgan quyi chegara bilan belgilanadi. Alternativ (muqobil) sanksiyada ikki yoki undan ortiq jazo turlari nazarda tutilib, sudga qilmish va uni sodir etgan shaxsning xususiyatlarini inobatga olgan holda jazoni individuallashtirish imkonini beradi. Masalan, Jinoyat kodeksi 110-moddasi 1-qismida (Qiynash) besh turdagi jazodan birini qo‘llash mumkinligi nazarda tutilgan: eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo turlari belgilangan. Alternativ sanksiyaning belgilanishi sudyalarga shaxsning ijtimoiy xavfliligiga, qilmishning xususiyatiga qarab jazolardan birini tayinlash imkonini beradi. Jinoyat huquqi nazariyasida, yuqorida zikr etilgan sanksiyalardan tashqari, mutlaq-muayyan va havolaki sanksiyalar ham ko‘rsatiladi. Biroq insonparvarlik va odillik prinsiplariga muvofiq bo‘lmaganligi uchun, ular amaldagi JKda nazarda tutilmagan. Ta’kidlash joizki, jinoyat huquqi doktrinasida «jinoyat qonuni moddasi tuzilishi» va «jinoyat-huquqiy norma tuzilishi» tushunchalarini farqlash qabul qilingan, chunki bitta jinoyat-huquqiy norma JKning bir necha moddalarida mavjud. Buning sababi jinoyat-huquqiy norma 61
tuzilishi, JK moddasidan farqli ravishda, ikki o‘zaro bog‘liq elementlarni emas (dispozitsiya va sanksiya), balki uchta: aksariyat mualliflar fikriga ko‘ra, jinoiy javobgarlikning asoslari hamda qilmishni jinoiy va jinoiy javobgarlikka sazovor sifatida belgilashga oid qoidalarni o‘z ichiga olgan gipotezani 1 , jinoyatning obyektiv va subyekt ta’rifini aks ettiradigan va shu munosabat bilan javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslarning belgilarini, aybning shakllarini, tamom bo‘lmagan jinoyat tarkibini va boshqalarni belgilaydigan dispozitsiyani hamda JK Umumiy qismining ayrim qoidalariga asoslangan holda jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini nazarda tutgan sanksiyani qamrab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligining qo‘llanish hududiy doirasini belgilaydi. Unda bayon etilgan qoidalar hududiy tamoyilni ifoda etadi, ya’ni qaysi davlat hududida jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, o‘sha davlatning jinoyat kodeksi qo‘llanishi tamoyili ko‘rsatiladi. Shunga muvofiq, O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan barcha shaxslar, ular qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar yoki fuqaroligi bo‘lmasligiga qaramay, faqat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Hududiylik tamoyili davlat hokimiyatining suverenlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, uning huquq sohasida umuman va jinoyat sohasida qisman ifoda topishidir. Davlat suvereniteti va qonunning hududiylik tamoyili o‘zaro uzviy bog‘langandir: davlat hokimiyati uning hududiy masofalari bilan chegaralangan va uning qonunlari ham shu chegaralari doirasida amal qiladi. JK 11-moddasi 1-qismi hududiylik tamoyilining umumiy qoidasini ifoda etadi: «O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs mazkur Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortiladi».
Respublikasi suverenitetiga qarashli quyidagi joylar tushuniladi: a) quruqlik hududi; 1
Қаранг: Ўша жойда. – 97 б.; Наумов А.В. Российское уголовное право. Общая часть. – М.: 1996 г. – 97 б. 62
b) suv hududi, shu jumladan, ichki suvlar; v) havo hududi; g) yerosti 1 . O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68–70-moddalariga muvofiq, mazkur Kodeksning amal qilish hududiga respublikaning barcha hududi, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi ham kiradi 2 . NOTA BENE ! Quruqlik hududi – bu O‘zbekiston Respublikasi chegarasi ichidagi suv bilan qoplanmagan quruq yer maydoni. Bu hudud tarkibiga suv bilan o‘ralmagan va suv bilan o‘ralgan (orol) barcha quruqlik maydoni kiradi.
Quruqlik hududi tarkibiga davlat chegaralari ichidagi sun’iy hosil qilingan yer maydonlari (masalan, sun’iy orol, suv ustiga qurilgan binolar va hokazo), suv yo‘lidagi texnik inshootlar – plotina, damba, ko‘prik va boshqalar ham kiradi. Davlat chegarasi chizig‘idan qat’i nazar, O‘zbekiston hududiga qarashli deb, bunday texnik inshootlarning 1
чегараси тўғрисида”ги N 820-I сон Қонуни // “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси”, 1999 йил, 9-сон, 217-модда 2
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 23 б. 63
o‘rtasidan yoki o‘q chizig‘idan respublikaga qarab o‘lchangan qismi hisoblanadi 1 .
tomonlama o‘zga davlatlar hududi bilan o‘ralgan yer maydonlari, agar ular dengizga chiqadigan yo‘lga ega bo‘lmasa). Quruqlik hududi tarkibiga O‘zbekiston hududidagi qattiq shakldagi suv resurslari – muzliklar ham kiradi.
NOTA BENE ! Anklav – davlat hududining boshqa davlat chegaralari bilan o‘rab olingan va dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan qismi. NOTA BENE ! Suv hududi – bu davlat chegaralari ichidagi suyuq holatdagi suv resurslaridir.
Suv hududi tarkibiga ichki suvlar va O‘zbekiston Respublikasi hududiy suvlari hamda chegaraviy suvlarning tegishli qismi kiradi. Suv hududiga yerosti suvlari, termal va mineral suvlar kirmaydi. Bunday suvlar yerosti boyliklari deb hisoblanadi.
– O‘zbekiston hududida to‘liq joylashgan suv havzalari, uning qirg‘oqlari ham, masalan, Chorvoq suv ombori; – Orol dengizining O‘zbekiston hududiga qarashli suvlari, ya’ni suvning chegara hisoblangan kengligidan yaqin qirg‘oqqacha qismi; – Orol dengizi tomonidan chegara chizig‘i bilan ajratilgan port suvlari, dengizning chegara chizig‘igacha bo‘lgan gidrotexnik va boshqa port inshootlari; – Orol dengizining O‘zbekiston hududiga tarixiy qarashli bo‘g‘oz, buxta, gut va limanlar; 1
чегараси тўғрисида”ги N 820-I сон Қонуни, 5-м. // “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси”, 1999 йил, 9-сон, 217-модда 64
– Orol dengizining O‘zbekiston hududiga to‘liq qarashli bo‘g‘oz, buxta, gut va limanlar qirg‘oqlari, qirg‘oqdan qirg‘oqqacha bo‘lsa, kenglikning dengiz tomonidan birinchi marta tashkil bo‘lgan bir necha o‘tish joylari, agar uning eni 24 dengiz milyasidan oshmaydigan bo‘lsa (44 km 448 m).
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling