Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqa huquqiy oqibatlar
- NOTA BENE ! Sud hukmi
- 6-§. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi JKning 5-moddasida
- JK 5- moddasidagi
- Jinoyat huquqi uchun umumiy ko‘rinish
- Jinoyat huquqi uchun xususiy ko‘rinish
- 7-§. Demokratizm prinsipi
- 8-§. Insonparvarlik prinsipi
Qilmishning jazoga sazovorligi ham qonuniylik prinsipi uchun uning jinoiyligini belgilashdan kam bo‘lmagan ravishda ahamiyatga ega. Ammo qilmishning jinoiyligi shaxs harakat yoki harakatsizligining xususiyati bo‘lsa, qilmishning jazoga sazovorligi uni sodir etganlikning oqibati bo‘lib, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni JKda belgilangan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashda ifodalanadi. JKga muvofiq jazoga sazovorlik jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qattiqroq ta’sir choralarini – jinoiy jazo choralarini qo‘llashni nazarda tutadi. Ushbu choralar shaxsning huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda cheklaydi, shuning uchun ularni qo‘llash faqat jinoyat qonuni bilan tartibga solinishi lozim. Qonuniylik prinsipining jinoyat qonunida namoyon bo‘lishi aynan shunda ifodalanadi. Bunda qilmishning jazoga sazovorligi, jinoiy jazo choralari jinoyat qonunida umuman (jazo tizimi sifatida) va xususan aniq jinoyat uchun nazarda tutilgan bo‘lishini anglatadi. Ushbu belgilardan birortasining mavjud emasligi qo‘llanilgan jazoni qonuniy deb topishni istisno qiladi. Boshqa huquqiy oqibatlar kelib chiqishi jinoyat sodir etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ammo jinoiy jazolar sirasiga kirmaydi. Jumladan, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishning barcha ko‘rinishi, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash, sudlanganlik va hokazolar boshqa huquqiy 1
27
oqibatlar jumlasiga kiradi. Qonuniylik prinsipiga ko‘ra, barcha huquqiy oqibatlar faqat jinoyat qonuniga asoslanmog‘i kerak. Shuning uchun jinoyat qonuni qamrab olinmagan jinoiy qilmishning huquqiy oqibatlari qonunga asoslangan deb tan olinmaydi (masalan, sudlanganligi olib tashlangan shaxsni ishga qabul qilishdan bosh tortish noqonuniy hisoblanadi). Qonuniylik prinsipi jinoyat qonunini qo‘llash jarayonida uning mazmunini qonun matniga to‘la mos ravishda tushunilishini nazarda tutadi. Huquqni muhofaza qilish organlari Jinoyat kodeksi normalarini o‘z xohishlariga ko‘ra talqin qilmasdan, birinchi navbatda, qonun mazmuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlariga asoslanishlari lozim. Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, plenum qarorlari amaldagi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirita olmaydi. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan taklif kiritilganidan keyin qonun chiqaruvchi organ tomonidan tegishli tartibda hal qilinadi. Qonun to‘liq qo‘llanilishi lozim. Jinoyat qonunini qisman, to‘liq bo‘lmagan holda qo‘llash, ya’ni uning ma’lum bir qismini – faqat dispozitsiya yoki faqat sanksiyasini qo‘llash qonuniylik prinsipini qo‘pol buzish hisoblanadi. Qonuniylik prinsipi buzilishi oqibatida aybdor shaxs jazosiz qolishi (jinoiy javobgarlik asoslari bo‘la turib, shaxs qonunga xilof ravishda jazodan ozod qilib yuborilganda) yoki aybsiz shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib ketishi mumkin (asossiz ravishda qilmishni jinoyat deb kvalifikatsiya qilish oqibatida shaxsning sudlanishi). Qonuniylik nafaqat jinoyat-huquqiy normani uni tashkil etuvchi barcha qismlari hajmida qo‘llashni, balki qilmishni muayyan normaga muvofiq, unda nazarda tutilgan jinoyatning barcha belgilari bo‘lgandagina kvalifikatsiya qilinishini nazarda tutadi. Qonuniylik prinsipining mazmuni qonunga asoslangan holda sud hukmi bilan shaxsni aybdor deb topishda va jazo tayinlashda namoyon bo‘ladi. Ushbu qoida Konstitutsiyaning 26-moddasida1 o‘rnatilgan aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, ayni paytda u jinoyat 28
huquqidagi qonuniylik prinsipining tarkibiy elementi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: – shaxsning muayyan qilmishining jinoyat ekanligi faqat sud hukmi bilan aniqlanadi; – sodir etilgan muayyan jinoyat uchun jazo ham faqat sudning hukmi bilan tayinlanadi; – shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va sud hukmini chiqarish tartibi faqat qonunda belgilanadi. Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat qonuni nuqtai nazaridan nullum crimen sine lege prinsipini qo‘llashning xususiy holati, ya’ni ushbu prinsipni inson tomonidan sodir etilgan muayyan qilmishga qo‘llashdir. To‘g‘rirog‘i, JK qilmishlar tarkibining umumiy shaklini inson faoliyatining muayyan ifodasiga bog‘lamagan holda belgilaydi. Shu bilan bir vaqtda, qonuniylik prinsip sifatida sodir etilgan qilmishning barcha holatlariga nisbatan qonunni to‘liq qo‘llashda individual yondashuvni talab qiladi. Individual yondashuv jinoyat sodir etgan muayyan shaxsga nisbatan, muayyan ish bo‘yicha chiqarilgan sud hukmida o‘z ifodasini topadi. NOTA BENE ! Sud hukmi – sud hokimiyatining jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan hamda sudlanuvchining aybdor yoki aybsizligini, jazo chorasini belgilaydigan, shuningdek, sudlanuvchini aybdor yoki aybsiz deb topish natijasida boshqa huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan huquqiy akt.
Bir necha sudlanuvchiga nisbatan chiqarilgan sud hukmi jinoyat qonunini individuallashtirgan holda qo‘llanilishi bilan farqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 457-moddasiga asosan, sud hukm chiqarishda sudlanuvchilarning har biriga nisbatan quyidagi masalalarni hal etishi lozim: – sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan ham sodir etilganmi; – bu qilmish jinoyat hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan; 29
– bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi; – sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi, basharti aybli bo‘lsa, uning aybi qanday shaklda; – sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va og‘irlashtiradigan holatlar mavjudmi; – sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi; – sudlanuvchiga nisbatan qanday jazo tayinlanishi lozim va shu jazoni o‘tashi kerakmi; – sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq o‘ta xavfli retsidivist deb topish lozimmi; – ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli koloniyada o‘tashi lozim va u jazo muddatining bir qismini turmada o‘tashi kerakmi; – fuqaroviy da’voni qanoatlantirish kerakmi, bu da’vo kimning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek, fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar solidar yoki hissali javobgarlikka tortilishlari kerakmi; – fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlangan mol-mulkni nima qilish kerak; – ashyoviy dalillarni nima qilish kerak; – protsessual chiqimlarni kimning zimmasiga va qancha miqdorda yuklash kerak; – sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini qoldirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish kerakmi; – sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi. Sud hukmi – bu sud hokimiyatining O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradigan yagona hujjati bo‘lib, u shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishga nisbatan huquqiy baho beradi. Shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va hukm chiqarish tartibi faqat qonunda belgilanishi kerak bo‘lib, u qonuniylik prinsipining ajralmas qismidir. Agar shaxsning harakat yoki harakatsizligidan iborat 30
qilmishlarning jinoiyligi va jazoga sazovorligining umumiy qoidalari qonun tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda muayyan holatlarga nisbatan ushbu qoidalarni qo‘llash tartibi ham qonunda belgilangan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish va unga nisbatan hukm chiqarish tartibini belgilovchi qonun Jinoyat-protsessual kodeksidir. Qonuniylik prinsipining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lmish aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, aybdorligi isbotlangan jinoyatchiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan huquq va erkinliklarni cheklash choralari hali jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchi, hattoki, qamoqda saqlanayotganda ham mahkumning huquqiy maqomidan farq qiluvchi huquqiy maqomga ega bo‘ladi, xususan, u saylovlarda qatnashish huquqiga ega, ishdan bo‘shatilishi mumkin emas, u sha’ni va qadr- qimmatini himoya qilish va boshqa huquqlaridan foydalanadi. Ayblanuvchining konstitutsiyaviy huquqlarini barcha cheklashlar faqat zarur hollardagina qonun asosida qo‘llanilishi mumkin. Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsning huquq va majburiyatlari faqat qonun bilan tartibga solinib, bu jinoyat huquqidagi qonuniylik prinsipining yakunlovchi bosqichidir. Shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uning huquqiy maqomining o‘zgarishiga olib keladigan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan, aybdor deb topilgan shaxsning ba’zi bir huquqlari cheklanishi bilan birga unga ayrim qo‘shimcha majburiyatlar ham yuklatiladi. Huquqiy holatdagi bu o‘zgarishlar mahkumga jazo tayinlashda yoki ayblanuvchiga boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda (tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari, shartli hukm qilish va boshqalar) namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, ayblanuvchining huquqiy maqomini cheklovchi u yoki bu choralar faqat qonunga (JK, JPK) asoslanadi, boshqa qonunosti aktlar inobatga olinmaydi. Ushbu talablar JKning 4-moddasida o‘rnatilgan «nullum crimen sine lege» qoidasidan kelib chiqib, unga muvofiq jazoga sazovorlik va boshqa huquqiy oqibatlar faqat qonunda belgilanadi. Unga ko‘ra aybdor deb 31
topilgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarining mohiyati qonun bilan belgilangan bo‘lishi kerak. Qonuniylik prinsipi, nafaqat, qonunni qo‘llash amaliyotida, balki qonun ijodkorligi jarayonida ham muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, jinoyat qonuni jinoiy qilmish va uni sodir etishning huquqiy oqibatlariga xos bo‘lgan alomatlarni aniqlasa, qonuniylik prinsipi qonun chiqaruvchini muayyan jinoyatning alomatlarini aniq va to‘liq ko‘rsatish hamda jinoyat qonunining o‘zida huquqni muhofaza qiluvchi organlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni yechishga undaydi. Qonunchilikda ushbu prinsipning roli xatti-harakatlarning jinoyat yoki jinoyat emasligini aniq ko‘rsatgan holda qonunning aniq va bir xilda amal qilishini ta’minlashda ko‘rinadi. Bu prinsipga rioya qilish jinoyat qonunchiligida jazo tayinlash amaliyotida bir xillikni ta’minlashga yordam beradi. O‘z navbatida, ushbu qoidalar jazo sanksiyalari miqdorining minimumi va maksimumini va boshqa holatlarni belgilashi bilan ham uzviy bog‘liqdir. 6-§. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi JKning 5-moddasida barcha demokratik davlatlarning umumhuquqiy prinsipi – fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi izchil ravishda aks ettirilgan. Konstitutsiyaning 18-moddasida 1 mustahkamlangan ushbu 1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган 32
prinsipning Jinoyat kodeksi vazifasi sifatida o‘rnatilishi uning konstitutsiyaviy qoida bo‘lmish qonun oldida tenglik prinsipini amalda bo‘lishini ta’minlaydi. Bunga ko‘ra, JK umumiy tenglik prinsipini emas, balki jinoiy qilmishni sodir etish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarning tengligini nazarda tutadi. JKning 5-moddasiga muvofiq, «Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar». Qonun oldida tenglik prinsipi jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqiy maqomi asoslarini mustahkamlaydi, ular shaxs, jamiyat va davlat oldida bir xil huquq va majburiyatlarga ega va qonun tomonidan ularga bir-biriga nisbatan biron-bir imtiyozga ega emas. Shuni aytib o‘tish kerakki, JK 5- moddasidagi bir xil huquq va majburiyatlar – bu jinoyat sodir qilgan har bir shaxs uchun bir xilda bo‘lgan huquqiy maqomdan darak beruvchi tavsifdir. Bu shaxslarning birortasi ham boshqalariga nisbatan imtiyozlarga ega bo‘lmaydi, boshqacha aytganda, jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning huquq va erkinliklari qonun oldida bir xil bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyat qonuni oldidagi tenglik to‘g‘risidagi qoida huquq va majburiyatlarning tengligi to‘g‘risidagi qoidaning hosilasi hisoblanadi. Qonun oldida tenglik jinoyat sodir qilgan shaxslarning huquq va majburiyatlari JK bilan tartibga solinishini va bunda hech kim imtiyozlardan foydalanmasligini hamda hech kimning huquq va erkinliklari cheklanmasligini anglatadi. Jinoyat kodeksida mustahkamlangan qonun oldida tenglik prinsipi faqat jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni, jinoyat- huquqiy jihatdan tenglik prinsipi cheklangan xususiyatga ega va jinoyat sodir qilgan muayyan shaxslar doirasida amalda bo‘ladi. Qonun oldida tenglik prinsipi umumiy jinoiy va xususiy jinoiy ko‘rinishlarga ega. қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 8 б. 33
Jinoyat huquqi uchun umumiy ko‘rinish sifatida ushbu prinsip jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqiy maqomining fundamental asoslarini Kodeksda mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rinish sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik va jazoning muqarrarligi, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarning mavjudligi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, tenglik prinsipining umumjinoiy ko‘rinishi jinoyat tarkibiga aloqador bo‘lmagan asosiy huquq va majburiyatlarning qonun oldida tengligini o‘zida namoyon etadi. Jinoyat huquqi uchun xususiy ko‘rinish tenglik prinsipida bir xil jinoyat sodir etgan shaxslar bir-biridan ustun qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tenglik prinsipining ushbu ko‘rinishi sodir etilgan jinoyat tarkibidagi bir xillik hamda jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy maqomidagi tenglikda namoyon bo‘ladi. Xususan, bezorilikda ayblangan bir necha shaxsni bir- biridan farqli qarash bekor bo‘lmaydi, biroq ayni paytda odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan shaxs bilan o‘g‘irlik sodir etgan shaxsning huquqiy holati yoki boshqa holatidagi farq, masalan, ularning voyaga yetgan- yetmaganligi, tayinlanadigan jazo, jazoni o‘tash va boshqa holatlarida bo‘lishi mumkin. Jinoyat kodeksida, faqat maxsus subyektlar (mansabdor shaxslar, harbiylar) javobgarligi bilan cheklanadigan moddalarning mavjudligi sharhlanayotgan moddaga zid kelmaydi. Ushbu subyektlarga nisbatan javobgarlik ularning majburiyat va vakolatlaridan kelib chiqib sodir etadigan qilmishlari uchun nazarda tutiladi. Ayni paytda, bunday tarkibdagi jinoyat sodir qilgan shaxslarning huquqiy maqomi doirasida ham tenglik prinsipi qat’iy amalda bo‘ladi. Tenglik prinsipiga zid kelmagan holda ayrim fuqarolar (deputatlar, sudyalar va boshq.) jinoiy javobgarlikka tortilmay yoki jazodan ozod qilinmay sodir etgan jinoyati uchun alohida tartibda javobgarlikka tortiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan alohida qoidalarning mavjudligi, ularning alohida turdagi davlat xizmatini bajarishini hisobga olganda, to‘la asoslidir. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar aholining normal va mustaqil hayot kechirishini 34
ta’minlash yo‘lida o‘z funksiyalarini amalga oshiradi, lekin ularning huquqiy maqomini belgilashda imtiyoz va ustunliklar nazarda tutilmaydi. Sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi (JKning 16-moddasi) – jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib, u har qanday shaxslar uchun bir xil amal qilib, tenglik prinsipiga rioya qiladi. Qilmishda jinoyat tarkibidagi barcha elementlarning mavjudligi jinoyat sodir qilgan shaxsda maxsus huquqiy maqomning vujudga kelishiga asos hisoblanadi. Boshqa hech qanday shaxsiy xususiyatlar bu maqomga ta’sir qilmaydi. Jinoiy javobgarlikka tortishda jinoyat tarkibi yagona asos sifatida qaralishi fuqarolarning qonun oldida tengligida namoyon bo‘ladi va qonun huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldiga jinoyatning barcha belgilarini aniq ko‘rsatib, keyin uni JKning tegishli moddasiga asosan isbotlash majburiyatini qo‘yadi. 7-§. Demokratizm prinsipi O‘zbekiston Respublikasi suveren demokratik davlat bo‘lib, o‘z istiqbolini ijtimoiy adolat va qonuniylik asosida ko‘rib, u hozirgi va kelajak avlod manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat hokimiyati xalq irodasiga asoslanib, bu davlat hokimiyatiga xalq vakillarini saylashda namoyon bo‘ladi va demokratiyaning bir elementi sifatida ko‘rinadi. Demokratizm har bir jabhada mavjud bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ham bundan xoli emas. Demokratizm prinsipining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida namoyon bo‘lishi jinoyat huquqi normalarida xalqimiz irodasini ifoda etib, pirovardida bu normalar O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. JK 6-moddasiga binoan, «Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishi mumkin».
normalarini amalga oshirishda, xususan, jinoyat sodir etgan shaxslarni tarbiyalashda jamoatchilik vakillarini jalb qilishni nazarda tutadi. Xuddi 35
shu yo‘l bilan o‘tkazilayotgan islohotlar davlatning jinoyat-huquqiy siyosatini amalga oshirishning samaradorligini ta’minlaydi. Demokratizm prinsipi jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan holda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaniladigan shaxslarni tarbiyalashda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoalar ishtirokining ko‘pgina jihatlarini belgilab bergan jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘zining ifodasini topgan. Qonun asosiy e’tiborni ozodlikdan mahrum etish muassasasidan ozod qilingan shaxslar axloqini tuzatish, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmaganlarni tarbiyalashga jamoatchilik vakillarini jalb qilishga qaratadi. 8-§. Insonparvarlik prinsipi Insonparvarlik prinsipi JK 7-moddasiga ko‘ra quyidagilarni anglatadi: «Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak. Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin». Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling