Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOTA BENE ! Jinoyat obyekti
- 2-§. Jinoyat obyektining turlari
- NOTA BENE ! Umumiy obyekt
- NOTA BENE ! Maxsus obyekt
- NOTA BENE ! Turdosh obyekt
- NOTA BENE !
- NOTA BENE ! Jinoyat predmeti
- NOTA BENE ! Jabrlanuvchi
- «Jinoyat obyekti» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
- Qo‘shimcha adabiyotlar O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar
146
V BOB. JINOYAT OBYEKTI 1-§. Jinoyat obyekti tushunchasi va ahamiyati JK Maxsus qismida nazarda tutilgan har qanday jinoyat kimgadir yoki nimagadir qaratilgan tajovuz hisoblanadi.
unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatdir.
Jinoyat obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatdir. Ushbu ijtimoiy munosabatlar JK 2-moddasida ma’lum qadriyatlar tariqasida hamda JK Maxsus qismi bo‘lim (8-bo‘limdan tashqari) va boblari nomlanishida ifodalangan. Ijtimoiy munosabatlar insonlar o‘rtasida ularning hayoti faoliyati jarayonida vujudga keladigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatning mavjudligi jarayonida shakllanib boradi. Ular qonun tufayli, jumladan, jinoyat qonuni tufayli yuzaga kelmaydi, ammo qonun ularning rivojlanishi, shakllanishi va shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari bilan mosligini mustahkamlashga zamin yaratishi mumkin. Ijtimoiy munosabatlarni jinoyat qonuni o‘z himoyasiga olganida, ular jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti deb e’lon qilinadi va ma’lum shartlarda potentsial jinoyat obyekti bo‘lishi mumkin, shuningdek, bir ijtimoiy munosabat bir yoki bir necha jinoyat obyekti bo‘lishi mumkin. Jinoyat sodir etilayotganda jinoyat-huquqiy norma buziladi. Ammo u ikkilamchi, chunki doimo ijtimoiy munosabat birlamchidir. Zero, jinoyat- huquqiy norma ijtimoiy munosabatni muhofaza qilish uchungina mavjuddir. Jinoyat jinoyat-huquqiy normani buzishga emas, balki ijtimoiy munosabatga zarar yetkazishga qaratiladi. Jinoyat obyekti esa, jinoyat zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan narsadir. Bu holatda obyektni moddiy deb o‘ylamaslik lozim. Jinoyat obyekti – ijtimoiy kategoriya va u hech qanday moddiy alomatlarga ega emas, ijtimoiy munosabatlar esa, xuddi shunday kategoriyadir. 147
Bir qator hollarda, masalan, xususiy mulk huquqi fuqarolik huquqi yoki boshqa huquq sohalarida ijtimoiy munosabatlar huquqning boshqa tarmoqlari normalarida belgilab qo‘yiladi. Ijtimoiy munosabat jinoyat obyekti sifatida bir necha tarkibiy elementlarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: – ijtimoiy munosabat mavjudligining sababi bo‘lgan predmet; – ijtimoiy munosabat subyekti; – ijtimoiy munosabat tarkibi sifatida ijtimoiy aloqa. Jinoyat obyekti sifatida ijtimoiy munosabatlarga bir qator belgilar xos bo‘lib, ular yordamida jinoyat obyekti deb e’lon qilingan ijtimoiy munosabatlarni ajratish, ularning mohiyatini ochish, ularning boshqa jinoyat-huquqiy kategoriyalar bilan chegarasini belgilash va nihoyat, jinoyat obyektiga yetkaziladigan zarar xususiyatini aniqlash mumkin. Birinchidan, jinoyat obyekti deb e’lon qilingan ijtimoiy munosabatlar o‘zida jamiyatda yuzaga kelgan qimmatli mezon asoslarini tasvirlaydi. Jinoyat qonunida belgilangan muhofaza obyektlarining qanchalik qattiq qo‘riqlanishiga qarab, jamiyatdagi eng muhim, birinchi darajali ijtimoiy munosabatlarni bilib olish mumkin. Bu ko‘p jihatdan ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qiluvchi normalar ketma-ketligiga ham bog‘liq. Xususan, qonunchilik bu ketma-ketlikni JK 2-moddasidagi prinsipga asosan amalga oshiradi. Ikkinchidan, qonun chiqaruvchi tomonidan jinoyat obyekti sifatida faqat eng muhim, qiymati yuqori va davlat muhofazasiga muhtoj ijtimoiy munosabatlar tan olinadi. Shunga e’tiborni qaratish lozimki, jinoyat obyekti deb e’lon qilinadigan ijtimoiy munosabatlarning aksariyati umuminsoniy qadriyatlardir, masalan, shaxsning jismoniy va ma’naviy daxlsizligiga oid munosabat va boshqalar. Uchinchidan, jinoyat obyekti ijtimoiy kategoriya bo‘lib, hech qanday moddiy ahamiyatga ega emas, ya’ni jinoyat obyektini jinoyat predmetidan farqlash mezonidir. To‘rtinchidan, jinoyatning obyektiga nisbatan ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, jinoyat sodir etilayotganda jinoyat obyekti sifatida ijtimoiy munosabat parchalanib, yo‘qolib ketmay, faqatgina buziladi. 148
Masalan, odam o‘ldirish jinoyatida shaxs o‘ldiriladi, ammo u jinoyat obyekti sifatida yo‘q qilib yuborilmaydi (inson hayotini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar). Bundan kelib chiqadiki, jinoyat obyektining subyekti (ijtimoiy munosabatning tarkibiy qismi sifatida) jamiyatning har bir a’zosi hisoblanadi.
ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan umumlashgan holda sof ijtimoiy kategoriya bo‘lgan ijtimoiy munosabat bo‘lib, jinoyat sodir etilishi natijasida ularga zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazilishi xavfi ostida qoladi.
Jinoyat obyektining ahamiyati shundaki, u har bir jinoyatning zaruriy elementi bo‘lib, birinchi navbatda, aniqlanishi lozim. Tajovuz obyektisiz hech qanday aniq jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat obyektini to‘g‘ri aniqlash qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va jinoyat tarkibini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi, shuningdek, jinoiy qilmishlarni ma’muriy huquqbuzarliklardan farqlash imkoniyatini beradi. Jinoyat obyekti haqiqatan zarar yetkaziladigan yoki zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatni aniqlashga, ya’ni jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, jinoyat obyekti alomatlariga qarab JKning Maxsus qismi ishlab chiqilgan. Shunga binoan, jinoyat qonunchiligini kodifikatsiya qilishda jinoyat obyektining o‘rnini baholamaslik mumkin emas.
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat obyektini ikki xil tasniflash mumkin: hajmiga ko‘ra, tarkibidagi elementlarning o‘xshashligiga ko‘ra va funksional xususiyatlariga ko‘ra. Shartli ravishda ularni vertikalligiga ko‘ra va gorizontalligiga ko‘ra tasniflash deb atash mumkin.
bevosita obyektlarga bo‘linadi. 149
NOTA BENE ! Umumiy obyekt deganda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar majmui tushuniladi.
Bu majmua JK 2-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, ular shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulkchilik, tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi va boshqalardir. Ularning jamiyat tomonidan qimmatli va ahamiyatli ijtimoiy munosabat sifatida baholanganligi ularni birlashtirib turadi. Shuning uchun jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi bilan jinoyat qonuni tomonidan qo‘riqlanadi. Umumiy
obyekt huquqni tatbiq etuvchiga jinoyatni boshqa huquqbuzarliklardan (masalan, ma’muriy, intizomiy va boshqalar) u yoki bu ijtimoiy munosabatning muhimlilik darajasidan kelib chiqqan holda ajratish imkoniyatini beradi. Umumiy obyekt – alohida olingan va barcha jinoyatlar qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir.
moddalarda nazarda tutilgan, jinoyat tajovuz qiladigan, o‘z tabiatiga ko‘ra bir turdagi ijtimoiy munosabatlardir.
Maxsus obyekt JK Maxsus qismi tuzilishini shakllantirish va bo‘limlarga ajratishning asosiy mezoni hisoblanadi. JK muayyan bo‘limlari jinoiy qilmish qaratilgan maxsus obyektlarning o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra tuzib chiqilgan. Maxsus obyekt JK Maxsus qismi tuzilishiga qarab, ulardagi ijtimoiy qadriyatlarning boshqa ijtimoiy munosabatlarga nisbatan ustunligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Maxsus obyektlarning ketma-ketligi u yoki bu ijtimoiy munosabatlarning qadrliligi va muhimliligidan dalolat beradi. Bir turdagi ijtimoiy munosabatlarga qaratilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi JK Maxsus qismi bo‘limlari doirasida boblarning joylashuviga qarab aniqlanadi. 150
NOTA BENE ! Turdosh obyekt ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy qadriyatlar, qimmatlilik maxsus belgilariga qarab guruhlanishi bo‘lib, ayni paytda maxsus obyektning bir elementi hisoblanadi.
Turdosh obyekt – jinoyatlarning xususiyati bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan obyekt turi. Amaliy va nazariy jihatdan bunday tasniflash tajovuzning darajasi va xususiyatini aks ettiradi. Masalan, shaxsga qarshi jinoyatlar (maxsus obyekt) o‘z ichiga shaxsning hayotiga qarshi qaratilgan jinoyatlar (I bob), sog‘liqqa qarshi jinoyatlar (II bob), jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar (IV bob) kabi tartibda joylashib, bular jinoyatning turdosh obyektini tashkil etadi. Ba’zi hollarda, Maxsus qism bo‘limi bitta bobdan iborat bo‘lgan taqdirda (masalan, 4-bo‘lim va XIV bob – ekologiya sohasidagi jinoyatlar) turdosh obyekt mavjud bo‘lmaydi, ya’ni u maxsus obyekt bilan birikkan bo‘ladi.
Jinoyatning bevosita obyekti deyilganda, ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi.
Aynan bevosita obyekt sud-tergov amaliyotida jinoyat tarkibining aniqlanishi lozim bo‘lgan qismidir. Bevosita obyekt JK Maxsus qismining moddalarida aks ettiriladi. Gorizontal bo‘yicha obyektlarni tasniflash jinoyatning bevosita obyekti bilan bog‘liqdir, ya’ni umumiydan xususiylik orqali alohidalikka yoki aksincha. Ushbu tasniflashga ko‘ra asosiy, qo‘shimcha va fakultativ obyektlar farqlanadi. Bunday tasniflashning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha obyektga qaratilgan bo‘lishi mumkin (masalan, bosqinchilik jinoyatida tajovuz bir vaqtning o‘zida ham mulkka, ham shaxsga qarshi qaratiladi). Bunday holatlarda, ijtimoiy xavfli qilmish odatda ikkita obyektga tajovuz qilib, ulardan biri albatta, asosiy, ikkinchisi esa qo‘shimcha obyekt bo‘ladi. 151
NOTA BENE ! Asosiy obyekt – JK moddasini tuzishda ushbu norma bilan maxsus himoyalangan ijtimoiy munosabat turi. NOTA BENE ! Qo‘shimcha obyekt – JK Maxsus qismi tegishli moddalari bilan qo‘riqlanadigan asosiy obyektga tajovuz qilish natijasida xavf ostida qoladigan ijtimoiy munosabat turi. Bunday chegaralash obyektning muhimlik darajasiga ko‘ra emas, balki maxsus obyekt bilan bog‘liqligiga qarab amalga oshiriladi. JK 164- moddasidagi bosqinchilik jinoyatida asosiy obyekt mulk huquqini tashkil etib, bu modda JK Maxsus qismining «o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish» deb nomlangan bobida joylashganligi uchun qo‘shimcha obyekt bo‘lib, shaxs, uning hayoti va sog‘liqi hisoblanadi. Yoki, masalan, JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatida tajovuz ikkita obyektga qaratiladi: shaxsning sog‘liqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabat va shaxsning hayotini ta’minlovchi ijtimoiy munosabat. Bu obyektlarga nisbatan tajovuzning bo‘lmasligi moddaning aynan shu qismi va shu bandidagi jinoyat tarkibini istisno qiladi. Jabrlanuvchining o‘limi bir tomondan qo‘shimcha obyekt, ikkinchi tomondan aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishi oqibati hisoblanadi. Qo‘shimcha obyekt qilmishning kvalifikatsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ahamiyatga ega. Masalan, bosqinchilik jinoyatining qo‘shimcha obyekti uni mulkka qarshi qaratilgan jinoyatning boshqa bir turi – talonchilikdan farqlash imkoniyatini beradi.
Jinoyatning fakultativ obyekti – alohida olingan jinoyatning asosiy obyektiga (ba’zan qo‘shimcha) tajovuz qilishda zarar yetkazilishi mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ijtimoiy munosabat turi.
152
Fakultativ obyekt jinoyat tarkibining zaruriy elementi emas va jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda jinoyat sodir qilinganida unga zarar yetkaziladi, boshqa hollarda esa yo‘q, ya’ni biror-bir jinoyat sodir qilinganida obyektning bu turi mavjud bo‘lishi yo bo‘lmasligi ham mumkin. Fakultativ obyektga zarar yetkazish aybdorga jazo tayinlashda va yetkazilgan zararni qoplashda hisobga olinadi.
Jinoyat obyekti ijtimoiy munosabat sifatida jinoyat predmetini nazarda tutadi. Jinoyat-huquqiy muhofaza obyektiga qaratilgan tajovuz bevosita jinoyat predmetiga ko‘chadi. NOTA BENE ! Jinoyat predmeti – jinoyat obyektiga nisbatan tajovuz qilishda aybdor shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadigan, u tufayli yoki uning uchun jinoyat sodir qilingan obyektiv olamdagi jonli yoki jonsiz moddiy narsalar.
Har qanday jinoyat tarkibining zaruriy elementi bo‘lgan jinoyat obyektidan farqli ravishda jinoyat predmeti fakultativ belgi hisoblanadi. Masalan, tuhmat (JK 139-moddasi), haqorat qilish (JK 140-moddasi), dezertirlik (JK 288-moddasi) kabi jinoyatlarda jinoyat predmeti mavjud emas. Agar jinoyat predmeti JK Maxsus qismi tegishli moddalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa jinoyat tarkibining zaruriy elementi vazifasini bajaradi va kvalifikatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, kontrabanda (JK 246-moddasi), transport vositasini olib qochish (JK 267-moddasi) kabi jinoyat tarkiblarida jinoyat predmeti jinoiy javobgarlikka tortish bilan bevosita bog‘liq. Bunday holatlarda jinoyat tarkibining zaruriy elementi sifatida jinoyat predmeti ijtimoiy xavfli qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatli rol o‘ynaydi. Jinoyat predmeti va jinoyat obyekti o‘rtasidagi farq shundaki, jinoyat predmeti har doim obyektiv olamdagi moddiy narsadir, masalan, transport 153
vositasi, hujjatlar, hayvonlar, o‘simliklar, jinoyat obyekti esa ijtimoiy kategoriya hisoblanadi. Agar jinoyat sodir etilishi natijasida jinoyat obyektiga zarar yetkazilsa yoki zarar yetkazish xavfi tu g‘ilsa, jinoyat predmeti esa jinoyat oqibatida butunlay yo‘q qilib yuborilishi (masalan, odam o‘ldirish, JK 173-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda o‘t qo‘yish) yoki o‘zgarishsiz qolishi (masalan, transport vositasini olib qochish yoki ashyoni o‘g‘irlash) va hatto o‘zining sifatini yaxshilashi mumkin.
Jinoyat predmetini jinoyat obyektiv tomonining belgilari bo‘lmish jinoyat sodir etish quroli va vositalaridan farqlash lozim. Jinoyat predmeti jinoyat obyektiga tajovuz qilishda aybdor to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan narsadir. Masalan, o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash (JK 247-moddasi) jinoyatida qurollar jinoyat predmeti hisoblanadi, uyushgan qurolli guruh tuzish (JK 242-moddasi 2-qismi) jinoyatida esa jinoyat sodir etish quroli hisoblanadi. Yoki masalan, transport vositasini olib qochish (JK 267-moddasi) jinoyatida avtomobil predmet bo‘lib hisoblanadi, o‘Qirlangan ashyoni tashishda esa jinoyat sodir etish vositasi hisoblanadi. Jinoyat predmetining ahamiyati katta. Bundan tashqari, jinoyat predmeti kvalifikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, u yaqin bo‘lgan jinoyat tarkiblarini (masalan, kontrabanda va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bir-biridan ajratish asosi sifatida xizmat qiladi va jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini aniqlashga yordam beradi. JK Maxsus qismi ayrim moddalarida jismoniy shaxs sifatida inson jinoyat predmeti sifatida nazarda tutiladi. Bunday hollarda jinoyatning jabrlanuvchisi haqida so‘z yuritish mumkin. Bunda subyekt tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabatga aylanadi. NOTA BENE ! Jabrlanuvchi – jinoyat bevosita qaratilgan, jinoyat natijasida zarar yetgan va zarar (jismoniy, mulkiy, ma’naviy) yetkazilish xavfi ostida qolgan shaxs. 154
Jabrlanuvchi ko‘p hollarda shaxsga qarshi jinoyatlarda namoyon bo‘ladi (odam o‘ldirishda, tan jarohati yetkazishda, nomusga tegishda va boshqalarda). Jonsiz predmetlar singari jabrlanuvchi, aniqro g‘i uning shaxsiy xususiyatlari, xulqi zaruriy va og‘irlashtiruvchi belgi rolini bajargan holda qilmishni kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holat sifatida jazo miqdorini belgilashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi jinoyatida jabrlanuvchi faqatgina yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ldirishda jabrlanuvchi faqatgina jinoyatchiga qarshilik ko‘rsata olmaydigan yoki unga nisbatan sodir qilinayotgan qilmishning xususiyatini tushunishga layoqatsiz bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Yoki masalan, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatida o‘lim jabrlanuvchining G‘ayriqonuniy zo‘rligi yoki og‘ir haqorati, shuningdek, boshqa G‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yuz bergan bo‘lishi lozim.
1. Jinoyat obyekti nima? Uning ahamiyati nimadan iborat? 2. Jinoyat obyektlarini tasniflash asosiga qanday mezonlar qo‘yilgan? 3. Jinoyat obyektlarini vertikalligiga ko‘ra va gorizontalligiga ko‘ra tasniflash qanday obyektlarni o‘z ichiga qamrab oladi? 4. JK Maxsus qismi bo‘limlari va boblarining tuzilishi asosiga jinoyat obyektlarining qanday turlari qo‘yilgan? 5. JK Maxsus qismining muayyan moddasi misolida asosiy va qo‘shimcha obyektlarni aniqlang. 6. Fakultativ obyekt deganda nima tushuniladi? Fakultativ obyektning mavjudligini nazarda tutuvchi jinoyat tarkiblarining misollarini keltiring. 7. Jinoyat predmeti deganda nima tushuniladi? 8. Jinoyat obyekti va predmetining o‘zaro nisbati nimadan iborat? 9. Jinoyat predmeti va jinoyatni sodir etishning qurollari va vositalari o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 155
10. «Jabrlanuvchi» tushunchasi nimani anglatadi? Shaxsning yoki jabrlanuvchi xulqining xususiyatlari sodir etilgan qilmishning kvalifikatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
Учение
об объекте
преступления. Методологические аспекты. – М.: НОРМА, 2001. – 208 Б. Ilmiy maqolalar Зателепин О. К вопросу о понятии объекта преступления в уголовном праве // Ж. Уголовное право. 2003. № 1. – 29–31-б. Расторопов С. Понятие объекта преступления: история, состояние, перспектива // Ж. Уголовное право. 2002. № 1. – 37–40-б. Рустамбаев М.Х. Объект и потерпевший в посягательстве на здоровье личности // Ж. Судебная экспертиза и вопросы борьбы с преступностью. – Т.: ТАШНИИСЭ. 1991. – 114–124-б.
156
VI BOB. JINOYATNING OBYEKTIV TOMONI 1-§. Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi va ahamiyati Har qanday jinoyat – inson xulq-atvorining tashqi ko‘rinishi, ya’ni ong va iroda nazorati ostida sodir qilinadigan harakat yoki harakatsizlik ko‘rinishidagi qilmishdir. JK Maxsus qismi norma va qoidalari o‘rganilganda, jinoyat tarkibining ko‘rib chiqilayotgan elementiga xos tomonlarni ko‘rish mumkin: – birinchidan, obyektiv tomon jinoyat-protsessual tartibda isbot qilinadigan va o‘rnatiladigan, jinoyat obyektiga qarshi qaratilgan tajovuzni ta’riflaydigan jinoyatning belgilari majmuini ifodalovchi shaxs qilmishining tashqi ko‘rinishi; – ikkinchidan, obyektiv tomonni ifodalaydigan belgilar (holatlar) ijtimoiy ahamiyatli hisoblanadi va qilmishning ijtimoiy xavfliligi hamda darajasini bildirib turadi; – uchinchidan, bu belgilar umumiy ifodaga ega, ya’ni real voqelikda sodir qilinadigan jinoyatlardan kelib chiqadi; – to‘rtinchidan, jinoyat tarkibining obyektiv tomoni yuridik ahamiyatga ega, chunki u jinoyat qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda blanket dispozitsiya sifatida nazarda tutiladi.
Jinoyat tarkibining obyektiv tomoni – tajovuzning ijtimoiy xavflilik darajasini ifodalaydigan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuzning tashqi holatini xarakterlovchi obyektiv, ijtimoiy va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar yig‘indisidir.
Jinoyat obyektiv tomonining birinchi navbatdagi ahamiyati shundan iboratki, uni to‘g‘ri aniqlash ijtimoiy xavfli qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning garovidir. Ta’kidlash joizki, JK Maxsus qismi moddalari dispozitsiyalarida jinoyat tarkibida boshqa elementlarga nisbatan obyektiv tomonning belgilari ko‘proq ifodalangan bo‘ladi. Bu belgilar jinoyatlarni 157
bir-biridan farqlash, buning natijasi sifatida jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish mezoni hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida bitta obyektga qaratilgan bir xil ayb shakllariga ega bo‘lgan qilmishlarni chegaralashda obyektiv tomon muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bir vaqtning o‘zida bitta obyektga qaratilgan, qasddan sodir etiladigan, g‘arazli niyatlarda amalga oshiriladigan va umumiy subyektga ega bo‘lgan mulkni talon-toroj qilish jinoyatlarini farqlash JK Maxsus qismi moddalarida turli xil tarzda ifodalangan obyektiv tomonning belgilari orqali amalga oshiriladi. Obyektiv tomonni tahlil qilish bir qator hollarda qo‘shimcha obyektni aniqlashga imkon beradi (masalan, JK 164-moddasining dispozitsiyasi fuqarolarning hayoti yoki sog‘liqi xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabat shakli sifatida qo‘shimcha obyektni aniqlash imkonini beradi). Shuningdek, obyektiv tomonning alohida belgilari qonun chiqaruvchi tomonidan kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida ifodalanadi (masalan, jinoyat sodir etish usuli va vositasi). Tuzilishi jihatidan obyektiv tomonning zaruriy va fakultativ belgilari mavjud. Bunda zaruriy va fakultativ belgilar moddiy va formal tarkibli jinoyatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. (Bu to‘g‘risida mazkur tom IV bobining «Jinoyat tarkibining tuzilishi. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari» deb nomlanuvchi 3-§ ga qarang.)
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling