Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
shaxsning ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holati
- NOTA BENE ! O‘z-o‘ziga ishonish
- Jinoiy beparvolikning irodaviy holati
- NOTA BENE ! Beparvolik
- 5-§. Murakkab aybli jinoyat JK 23-moddasi
- JKning 23- moddasi
- NOTA BENE ! Aybning murakkab shakli
shaxsning ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilishiga kiradi. Shuning uchun belgilariga ko‘ra, o‘z- o‘ziga ishonish egri qasddagidek ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan anglash bilan bir-biriga o‘xshab ketadi. Biroq, egri qasdda aybdor aniq holat bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatni aniq anglasa, o‘z- o‘ziga ishonishda bunday oqibatni oldindan anglash mavhum xarakterga ega bo‘ladi. Bunda shaxs yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan aniq shaklda bo‘lmagan qilmish natijasidagi ijtimoiy xavfli oqibatni anglaydi. Shu bilan birga mavhum oldindan anglash imkoniyatini unifikatsiya (bir xillashtirish) qilish mumkin emas. Bunday imkoniyat faqat aniq holat va vaqtlarda ko‘rib chiqilishi mumkin. Har doim ham avtomashinaning tormoz shlangi yorilib, avariyaga uchrashi; o‘rmonda daraxt kesayotganda yoki hayvonga qaratib ovchi o‘q uzganda odam o‘ldirishi; bemorning organizmida noma’lum anomaliyalarning mavjudligidan shifokorning aralashuvi natijasida uning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishidagi holatlarda mavhumlik mavjud. 201
O‘z-o‘ziga ishonishda oldindan ko‘ra bilish shu bilan izohlanadiki, shaxs irodaviy jihatlar, ruhiy bosim va ta’sir bilan mazkur holatlarning haqiqiy sababiy bog‘lanish rivojlanishini anglashi mumkin bo‘lsa-da, ularni anglamaydi. Aybdor holatga jiddiy yondashmay, lekin amalda oqibat kelib chiqishining oldini olishga umid qiladi, lekin amalda oqibat kelib chiqishiga monelik qila olmaydi. Ta’kidlash joizki, o‘z-o‘ziga ishonishda jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilishi ongli ravishda ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga rioya qilmaslik bilan ifodalanadi. Ehtiyotkorlik choralariga amal qilmaslikda shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglash imkoniyatiga ega bo‘lib, uning kelib chiqishining oldini olishda yetarli va zarur choralarni ko‘rmaydi. Mazkur holatlarda shaxs bunday oqibat ma’lum bir holat va sharoitlar o‘tishi bilan kelib chiqmaydi, deb hisoblaydi, biroq oqibatning oldini olishga qaratilgan hech qanday mustaqil harakatni amalga oshirmaydi. Shuning uchun aybdor shaxs sababiy bog‘lanishning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishini kuzatish holatida bo‘lmaydi yoki oddiygina jinoiy natijaning kelib chiqishi uchun qarshilik qiluvchi holatni noto‘g‘ri baholaganligi sababli o‘zi taxmin qilgan sababiy bog‘lanishining rivojlanishida adashishi mumkin. O‘z-o‘ziga ishonish bilan qasdning sababiy bog‘lanishdagi xato o‘rtasidagi asosiy farq, bu kelib chiqqan oqibatga nisbatan qasddan aybni rad etadi. Ehtiyotkorlik choralari zaruriy va majburiy xususiyatga ega bo‘lgan ish, kasb va mansabdagi shaxs majburiyatlariga to‘laligicha kiradi. Bundan tashqari, ehtiyotkorlik choralari muayyan holatdan kelib chiqqan holda ham belgilanishi mumkin. Shuning uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Ehtiyot choralarining mavjudligi o‘z-o‘ziga ishonish ijtimoiy xavfli oqibatining oldini olishga qaratilgan asossiz tavakkalchilikni ifodalovchi irodaviy holatning xususiyati bilan ham bog‘liq. Bunda aybdor ehtiyot choralariga rioya qilmayotganini anglaganligi muhim ahamiyatga ega. Mazkur holat shundan dalolat beradiki, aybdor qandaydir obyektiv va 202
subyekt holatlarni anglaydi va ularga muvofiq ravishda o‘z xulq-atvorini shakllantiradi. O‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holati ijtimoiy xavfli oqibatlarning oldini olishga qaratilgan asossiz (yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan, yengiltaklik bilan) tavakkalchilikdan iborat. Bu bilan o‘z-o‘ziga ishonishlik to‘g‘risidagi hisob-kitobdan shunday fakt dalolat beradiki, unda jinoiy oqibat baribir kelib chiqadi. Aynan bu belgi o‘z-o‘ziga ishonishni egri qasddan ajratuvchi muhim belgi hisoblanadi. Agar shaxs egri qasdda ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ysa yoki ularning kelib chiqishiga befarq bo‘lsa, ya’ni kelib chiqqan oqibatni yoqlasa yoki ularga ijobiy yondashsa, o‘z-o‘ziga ishonish esa, shaxs nafaqat xohishining mavjud emasligi, oqibatlarga ongli ravishda yo‘l qo‘yishni istamasligi, ularni keltirib chiqarmaslikka harakat qilishi va ularga nisbatan nisbiy munosabatda bo‘lishi bilan farqlanadi. Qonun o‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holatini (mazmun-mohiyatini) umid sifatida emas, balki ijtimoiy xavfli oqibatning oldini olishga qaratilgan to‘la voqelik sifatida qaraydi. Subyekt tavakkalchilikka, holatlarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishiga asoslanmaydi, balki uning fikri bo‘yicha jinoiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan konkret shart- sharoitlar va holatlarga taxmin qiladi. Bunday shart-sharoit va holatlar (kuch, uddaburonlik, tajriba, ko‘nikma, bilim va h.k.lar) qoida bo‘yicha aybdorning shaxsi va qilmishiga nisbatan (tegishli) bo‘ladi, shuningdek, jinoyat sodir etiladigan vaziyatlar (tungi vaqtda, odam yo‘qligida va h.k.lar), boshqa shaxslarning harakatlari (piyodaning yo‘ldan kesib o‘tishga ulgurishiga ishonish, o‘rmonda gulxanni kimdir o‘chirishiga ishonish va h.k.), mexanizmlarning harakati va boshqa tabiat kuchlari ham. Bunda taxmin o‘z-o‘ziga ishonishda yengiltaklik va ijtimoiy xavfli oqibatlarning oldini olishga qaratilgan holatlarga, ehtiyotkorlik chora- tadbirlariga rioya qilmaslikda ko‘rinuvchi noto‘g‘ri baho berish natijasida yuzaga keladi. Qonunchilikda o‘z-o‘ziga ishonishni asossiz ravishda umid qilish konstruksiyasi ikki xil ifodalanadi. Uning ikki xilligi shundaki, asossiz ravishda umid qilish belgisi birinchi navbatda, o‘z-o‘ziga ishonishning 203
irodaviy holati va o‘z navbatida, uning intellektual holati ham hisoblanadi. Shaxs o‘zi taxmin qilayotgan holatlarni (to‘g‘rimi-noto‘g‘rimi) anglaydi va uning qilmishi bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘liqlikdagi rivojlanishning to‘xtatilishi yoki izdan chiqishiga taxmin qiladi. Shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglashi bilan birga uni o‘zining ishongan harakatlari ta’sirida oldindan anglamasligi ham mumkin. o‘z navbatida, o‘z-o‘ziga ishongan holda harakat qilib, shaxs natijaning oldini olish imkoniyatlarini oldindan anglamaydi (aks holda, bu zararlarning oldini olishga bo‘lgan harakatlarga umid qilmasdi), biroq shaxs bu oqibatlarni oldindan ko‘ra bilishi lozim va mumkin edi. Shu bilan birga shuni e’tiborga olish kerakki, agar shaxs jinoyatning oldini olishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsa hamda unda turli xil sabablar bo‘lib, natijaning oldini olish uchun yetarli bo‘lmagan va shaxs bilishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, u holda tasodif – aybsiz holda zarar yetkazish deb topiladi. Boshqacha aytganda, shaxs agar ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilganda va uning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rganda ham baribir oqibat kelib chiqsa, jinoiy javobgarlik bo‘lmaydi. Bunday holat quyidagi hollarda yuzaga keladi:
– aynan hisobga olingan qoidalarning yuzaga kelgan vaziyati va ehtiyot choralarining to‘liqsizligi (ilmiy va texnik ilmlarning yetarli emasligi); – bu qoidalar mo‘ljallangan (taxmin qilingan) vaziyatlarga to‘g‘ri kelmasligi; – oqibatlar kelib chiqishining oldini olishga yengib bo‘lmas va oldindan ko‘rinmagan kuch ta’siri; – ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan shaxsning harakatlariga umid qilib, keltirib chiqarish ehtimoli bo‘lgan xavfli oqibat haqida uni ogohlantirish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘lishi mumkin. Mana shu harakatlarni sodir etmaslik va faktik oqibatlarning yuzaga kelishi tavakkalchilikni ongsiz ravishdagi tavakkalchilikka, shu bilan birga o‘z- o‘ziga ishonish darajasiga o‘sib chiqishiga olib kelmaydi. 204
O‘z-o‘ziga ishonishda shaxs jinoyat sodir etilish vaqtida asossiz o‘ziga ishonuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgani uchun aynan mana shu oqibat vujudga keladi. Shunday qilib, o‘z-o‘ziga ishonish, subyektning jinoyat sodir etish paytida o‘z-o‘ziga ishonib, oqibat kelib chiqmasligiga asossiz umid qilishi xuddi shu ijtimoiy xavfli oqibatlarning haqiqatan kelib chiqishiga olib keladi. Jinoyat subyekti taxminining intellektual holati shundan iborat bo‘ladi. NOTA BENE ! O‘z-o‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs o‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini anglamaydi, o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlari keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mavhumlikni oldindan ko‘radi, ehtiyotkorlik chora- tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qiladi.
«Agar jinoyat sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmasa-da, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi». Qonunchilik jinoiy beparvolikni shaxsning qilmishi natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglash real imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin bu oqibatni kelib chiqishini anglash uchun qilinishi kerak bo‘lgan zarur irodaviy harakatlarni amalga oshirmaydi, diqqat-e’tiborini va ehtiyotkorlikni namoyon qilmaydi, deb hisoblaydi. Beparvolikda ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmaslik oqibatga nisbatan har qanday munosabat mavjud bo‘lmaydi degan tasavvurga olib kelmaydi, balki bunday munosabat maxsus shaxsning qonun talablariga, ijtimoiy xulq-atvor qoidalariga, boshqa shaxs manfaatlariga beparvo munosabatda bo‘lishida ifodalanadi. Shuning uchun
205
bilmaslikdan tashqari, shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatini anglamasligi bilan ifodalanadi. Jinoiy beparvolikning intellektual holati ijobiy va nisbiy mezonlarga bo‘linadi. Jinoiy beparvolikning nisbiy mezoni shaxsning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglamasligida namoyon bo‘ladi. Beparvolik shaklidagi ayb formasida shaxs oqibat kelib chiqishi mumkinligini ham, realligini ham yoki mavhumligini ham oldindan anglab yetmaydi. Oqibatni oldindan ko‘ra bilish mumkinligi qilmish sodir etilayotgan vaziyatning o‘ziga xosligi va aybdorning individual xususiyatlari bilan izohlanadi. Aybdorning individual xususiyatlariga uning (jismoniy holati, rivojlanganlik darajasi, ma’lumoti, kasbiy mahorati, sog‘lig‘i holati, qabul qilish darajasi) qilmish sodir etilayotgan vaziyatdan kelib chiqib, asosli xulosalar qilishi va atrof muhitni to‘g‘ri qabul qilishi hamda ularga baho berishga imkon yaratishi kiradi. Bu ikki tayanchning mavjudligi aybdor sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra bilishga real imkoniyat yaratadi. Jinoiy beparvolikning ijobiy mezoni normativ ahamiyat kasb etib, u aybdorning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan bilishi lozim va mumkin bo‘lganligini anglatadi. Aynan mana shu belgi beparvolikni mustaqil ayb turi sifatida jinoyat-huquqiy ahamiyatini oshiradi. Bu insonning anglashi va irodaviy xususiyatlari bilan belgilanadi: bilish lozimligi normativ ahamiyatga ega bo‘lgan obyektiv belgi hisoblansa, oldindan ko‘ra olishi mumkinligi katta darajada ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan subyekt belgi. Obyektiv belgining o‘zi bilangina shaxsda ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun imkoniyatlar mavjud degan xulosaga kelib bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilish lozimligi va mumkinligi shaxsning majburiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Bu qoida aybdorning mansab maqomini belgilovchi, uning kasbiy vazifalari va umummajburiy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarida, qonun, shartnoma va 206
boshqalarda aks ettirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu tarzdagi normativ va ijtimoiy majburiyatlarning mavjudligi shaxsning u yetkazishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy zararli va xavfli oqibatni to‘la anglashi uchun yetarli hisoblanmaydi. Buning uchun nisbiy mezonlar mavjudligini aniqlash lozim. E’tiborlilik va ehtiyotkorlik jinoyat huquqida xulq-atvorning lozimligi va mumkinligini yorituvchi atamalar hisoblanadi. Ular ijtimoiy normalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonundan kelib chiquvchi normalar, boshqa hujjatlardagi qoidalardan kelib chiqqan holda mohiyatni ochib beradi. O‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish yoki ko‘ra bilmaslik tasodif hisoblanmay, bu shaxsning mazkur harakatlari bilan buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga bo‘lgan munosabatdan kelib chiqadi. O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik irodaviy holatlarining farqi shundaki, o‘z-o‘ziga ishonishda shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning kelib chiqishini mavhum tarzda oldindan ko‘ra oladi, beparvolikda esa, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning hech qanday shaklini oldindan ko‘ra olmaydi. Jinoiy beparvolikning irodaviy holati aybdorning ruhiy imkoniyatlari va quvvati ijtimoiy xavfli oqibatning oldini olishga qaratilgan zarur faoliyatni amalga oshirishda faollashmaydi. O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikda irodaviy holatlar bir-biriga o‘xshash. U va bu holatda ham kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatga nisbatan ijobiy oqibat mavjud bo‘lmaydi, ya’ni aybdor zararli oqibatlar kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ymaydi va xohlamaydi. Ular o‘rtasidagi farq shunda ko‘rinadiki, o‘z-o‘ziga ishonishda shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning kelib chiqishini mavhum tarzda oldindan anglab, ongli ravishda xavfli irodaviy harakatlarni sodir qiladi, biroq bunda shaxs o‘z hisobidagi ayrim omillarni xavfli oqibat kelib chiqishining oldini olish maqsadida ishlatadi, beparvolikda irodaviy xohish aybdorga ijtimoiy foydali yoki ijtimoiy neytral tasavvur qilinib, uning hech qanday chora ko‘rmasligiga sabab bo‘ladi. 207
NOTA BENE ! Beparvolik ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs o‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini anglamaydi, o‘z xulq-atvori ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmaydi, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘ladi.
Jinoiy beparvolik shaxsning o‘z qilmishiga va uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga nisbatan ruhiy munosabatning shakli sifatida o‘z-o‘ziga ishonish va tasodifiy, aybsiz holda zarar yetkazish o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi.
javobgarlikni belgilab beradi. Ushbu qonunga ko‘ra, «agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi». Bir jinoyat tarkibida ikki ayb shaklining mavjudligi ayrim jinoyat tarkiblariga kiritilgan: jinoyat qonuni bir tarkibga yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan ikki jinoyatni: birinchisi, qasddan sodir etilgan jinoyatlar; ikkinchisi, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan ikki mustaqil jinoyatni birlashtiradi. Ularning har biri mustaqil tarkib hosil qilishi mumkin, lekin ular subyekt xususiyati bilan bir-biriga mosligi jihatdan yangi jinoyat tarkibini hosil qiladi. Ikki ayb shaklining bir jinoyat tarkibida mavjud bo‘lishi faqat kvalifikatsiya qilish belgisi sifatida namoyon bo‘ladi: qasd qasddan sodir etilgan jinoyat tarkibining asosiy tashkil etuvchi elementi sifatida qaralsa, ehtiyotsizlik kvalifikatsiya qilinayotgan belgiga nisbatan olinadi. Bunday hollarda qasd (to‘g‘ri yoki egri) asosiy jinoyat tarkibining subyekt belgilariga kiritilib, ehtiyotsizlik (o‘z-o‘ziga ishonish) esa, kvalifikatsiya qilishdagi belgi sifatida olib qaraladigan asosiy jinoyat tarkibiga kirmaydigan oqibatga nisbatan ruhiy munosabatni ifodalaydi. 208
Bir vaqtning o‘zida aybning ikki shaklini o‘zida mujassam etgan jinoyatlarning soni Jinoyat kodeksida unchalik ko‘p emas. JKning 23- moddasi tahlili hamda JKning Maxsus qismi qoidalari shundan dalolat beradiki, qonun chiqaruvchi bunday jinoyat tarkiblarini tuzishda: – ikki har xil oqibatlarga; – birinchi tomondan, qilmishga nisbatan va ikkinchi tomondan, JK Maxsus qismi moddalaridagi kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida qonunda nazarda tutilgan oqibatga nisbatan aybdorning bir xil bo‘lmagan (qasd va ehtiyotsizlik) ruhiy munosabatida o‘z aksini topgan ayb shaklining ikki xilligidan kelib chiqqan. Murakkab aybli jinoyatlarning birinchi turi shaxsning Maxsus qism moddalarida nazarda tutilgan sodir etayotgan jinoyatining kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yaqin va og‘irroq oqibatga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabati qasd shaklida deb qaralsa, kelib chiqishi nazarda tutilmagan og‘ir oqibatlar ehtiyotsizlik shaklida deb olinishi bilan ta’riflanadi. Bu yerda ikki bir-biriga o‘xshamagan oqibatning mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. o‘z navbatida, bunday ikki mustaqil ayb shakli kelib chiqishi vaqti va ijtimoiy xavflilik darajasi har xil bo‘lgan jinoyat tarkibining asosiy belgisi sifatida oqibat qaraladigan moddiy tarkibli jinoyatga nisbatan olib qaraladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buni asosiy jinoyat tarkibi belgilaridan hisoblangan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatdan ko‘ra og‘irroq oqibatning yuzaga kelishi bilan izohlash mumkin. Masalan, badanga og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati shaxs o‘limiga sabab bo‘lsa (JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi), badanga og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati kabilarni o‘zida qamrab oluvchi shaxs sog‘lig‘i uning mustaqil obyekti sifatida namoyon bo‘lsa (JK 104-moddasi 1-qismi), biroq u ehtiyotsizlik orqasida shaxs o‘limiga sabab bo‘lganda, shaxsning hayoti tajovuz (JK 102-moddasi) obyekti hisoblanadi. Mazkur holatda qasddan aynan shaxsga og‘ir tan jarohati (nutqi, ko‘rish, eshitish qobiliyatining yo‘qolishiga va qandaydir organidan ajralishiga olib keluvchi) yetkazishga, ancha og‘ir oqibatlarga nisbatan (jabrlanuvchining o‘limi, aybdorning ichki ruhiy holati) ehtiyotsizlik bilan ifodalanadi. 209
Ish holatlari (yetkaziladigan tan jarohatining xususiyati, zarar yetkazishda ishlatiladigan jinoyatni sodir etish qurollari, vositalari va boshqa holatlar) o‘lim kelib chiqishi xavfini ko‘rsatsa-da (ehtiyotsizlikning intellektual holati), bunda irodaviy holat og‘ir tan jarohati yetkazishni xohlashida va bunga ongli ravishda yo‘l qo‘yishida ifodalanadi. Aybdor o‘z navbatida, o‘limning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilishi mumkin va lozim bo‘lgan holda ehtiyotsizlik (irodaviy holat)ka yo‘l qo‘yadi, lekin bunday oqibat kelib chiqmasligini anglamagan holda taxmin qiladi yoki oldindan ko‘ra bilmaydi. Bu holatlarni aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori turuvchi sud instansiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, sudlar qasddan odam o‘ldirish jinoyatini jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatidan farqlashi lozim. «Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor shaxsni hayotdan mahrum qilish niyatida harakat qiladi, badanga og‘ir shikast yetkazish shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan hollarda esa, o‘limga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi» 1 . Murakkab aybli jinoyatlarning ikkinchi turiga qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga nisbatan bir xil bo‘lmagan munosabatda oqibat kelib chiqishi talab qilinmaydigan va oqibatga nisbatan bo‘ladigan jinoyatlar kiradi. Bu holat formal tarkibli jinoyatlarda ko‘zga tashlanadi. Bu kvalifikatsiyaga ta’sir qiladigan oqibat jinoyat-huquqiy norma bilan qo‘riqlanadigan asosiy jinoyat tarkibidagi obyektdan tashqari qo‘shimcha obyektga zarar yetkazishda ifodalanadi. Bu turkumdagi jinoyatlarga asosiy tarkibli formal, kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi belgilari ma’lum bir og‘ir oqibatni yuzaga keltiruvchi jinoyatlarni misol keltirish mumkin. Masalan, jabrlanuvchining o‘limi abort o‘tkazishda kelib chiqishi (JK 114-moddasi 3-qismi «a» bandi). Bunday shakldagi qasddan sodir etilgan jinoyatlar kvalifikatsiya qilinadigan oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb baholanadi. 1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2004 йил 24 сентябрдаги «Қасддан одам ўлдиришга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 4-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2- жилд. – 193-б. 210
NOTA BENE ! Aybning murakkab shakli faqatgina moddiy tarkibli jinoyatlardan o‘rin egallaydi va shaxsning turli xil ruhiy munosabatlari bilan ifodalanadi, chunonchi, birinchidan bu qilmishni kvalifikatsiya qiluvchi qilmishga va oqibatlarga nisbatan, ikkinchidan, uncha og‘ir bo‘lmagan va o‘ta og‘ir bo‘lgan ikki xil oqibatlarga nisbatan qasd va ehtiyotsizlikni qo‘shish orqali ifodalanadi.
Murakkab aybli jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning muhimligi obyektiv belgilariga ko‘ra, o‘xshash bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlardan ajratishda ko‘rinadi. Agar qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida shaxsning o‘limi yuzaga kelsa, shuningdek, harakat umumiy qasd (egri qasd bo‘lsa ham) bilan qamrab olingan bo‘lsa, sodir etilgan jinoyat qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim.
Murakkab aybli jinoyatlar umuman qasddan qilingan jinoyat hisoblanadi va bu kategoriya jazoni o‘tash tartibiga va boshqa jinoiy- huquqiy oqibatlarga ta’sir qiladi.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling