Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-§. Yuridik va faktik xato, ularning jinoyat-huquqiy ahamiyati Xato
- NOTA BENE ! Yuridik xato (error juris)
- NOTA BENE ! Faktik xato (error facti)
- Sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan xatoda
- Tajovuz obyektiga nisbatan xato
- Yetkazilgan oqibatlarga nisbatan xato.
- Yetkazilgan oqibatning sifatiga nisbatan bo‘lgan xato
- Sababiy bog‘lanishga nisbatan xato
- Jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarga nisbatan xato
Jinoyat huquqida affekt – bu qisqa muddatli, to‘satdan paydo bo‘luvchi, jabrlanuvchining huquqqa xilof, axloqsiz xatti-harakatlari natijasida kelib chiquvchi kuchli ruhiy hayajonlanishdir.
Affekt fiziologik (jismoniy) va patologik (g‘ayritabiiy holat) bo‘lishi mumkin. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida yuzaga kelgan fiziologik affekt o‘zida shaxs ongida ustunlik qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari ustidan uning nazorat qilishini susaytiruvchi, intellektual faoliyatni ma’lum darajada tormozlantiruvchi, ongning torayishini ifodalovchi intensiv (birdan keskin kuchlangan) hissiyotni namoyon etadi. Biroq bu bilan ongning chuqur xiralashishi kelib chiqmaydi, o‘zini tuta bilish saqlanib qoladi va shuning uchun fiziologik affekt javobgarlikni istisno qilmaydi 1 . Patologik 1
Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 349. 220
affektda shaxs jinoyat subyekti bo‘la olmaydi, chunki o‘zi sodir etayotgan qilmishining xususiyatini anglamaydi va ularni boshqara olmaydi, ya’ni o‘z qilmishiga javob bera olmaydigan bo‘lib qoladi. Qonunchilik tomonidan kuchli ruhiy hayajonlanish holati (fiziologik affekt) jazo choralarini kamaytirish uchun asos sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu munosabat bilan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish (JK 98-moddasi), onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (JK 99-moddasi), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 106-moddasi) kabi bunday jinoyatlar tarkibi yengil holatlar qatoriga kiradi. 8-§. Yuridik va faktik xato, ularning jinoyat-huquqiy ahamiyati Xato – bu shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida ko‘rsatuvchi obyektiv xususiyatlariga nisbatan yanglishish yoki noto‘g‘ri tasavvur qilish, noto‘g‘ri baholash hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xato bu shaxsning sodir qilgan jinoyati holatlariga bo‘lgan noto‘g‘ri munosabatidir. Shuning uchun huquqni qo‘llash amaliyotida aniqlanishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri, bu – subyekt xato bo‘lib, sodir etilayotgan ijtimoiy xavfli qilmishning xarakter va darajasini aniqlashtiradi yoxud yanglishishning yuridik tavsifini o‘zida namoyon qiladi. Shaxsning xatoli tasavvurlaridan kelib chiqqan holda xatolarni yuridik va faktik xatolarga bo‘lish qabul qilingan. NOTA BENE ! Yuridik xato (error juris) – shaxsning o‘zi sodir etadigan qilmishining yuridik mohiyatini (jinoiyligini yoki jinoiy emasligini) va uni sodir etishning yuridik oqibatlarini (kvalifikatsiyasi, shakli, jazo miqdori) noto‘g‘ri baholashidir.
Yuridik xatoning quyidagi turlari ajralib turadi: – jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari holatlariga ko‘ra xato qilish, ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan qilmishini jinoyat to‘g‘risidagi qonun
221
hujjatlarida ko‘zda tutilmagan deb o‘ylaydi, aslida esa, uning harakatlari qonun bo‘yicha jinoyat deb topiladi. «Qonunni bilmaslik jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi» degan qoidadan kelib chiqilib, mazkur tarzdagi xato aybning qasd shaklini ham, jinoiy javobgarlik masalasini ham rad etmaydi; – shaxsning sodir etgan qilmishi qonun bo‘yicha jinoyat hisoblanmasa-da, u o‘zi sodir etgan qilmishini jinoyat sifatida (xayoliy
huquqqa xiloflik belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, shuning uchun huquqiy ahamiyatiga ko‘ra, ayb inkor etiladi. – subyektning sodir etgan jinoyati oqibatiga nisbatan xato uning kvalifikatsiyasiga, mazkur qilmish uchun belgilanadigan jazo miqdoriga va turiga nisbatan bo‘ladi. Holatlarning nomlanishi aybning mohiyatiga ta’sir qilmaydi va u aybdor ongini to‘liq qamrab olmagan bo‘ladi, shuning uchun xato baho berish qasdni ham, jinoiy javobgarlikni ham inkor etmaydi. Shunday qilib, sodir etilayotgan qilmishning yuridik mohiyati va yuridik oqibatlariga nisbatan yanglishayotgan shaxsning jinoiy javobgarligi subyektning bu qilmishni baholashiga emas, balki qonun hujjatlariga muvofiq kelib chiqadi. Bunday yuridik xato na aybga, na jinoyat kvalifikatsiyasiga va na jazo tayinlashga ta’sir qiladi. NOTA BENE ! Faktik xato (error facti) deganda, jinoyat tarkibining obyektiv belgilari, huquqqa xilof ijtimoiy xavfli qilmish darajasi va xarakterini ifodalovchi faktik holatlar haqida shaxsning noto‘g‘ri tasavvuri yoki yanglishishi tushuniladi.
Qilmishning xavfliligi ko‘plab holatlar bilan aniqlanar ekan, o‘z navbatida, shaxs faktik xatosi ham ijtimoiy xavfliligi va sodir etilganlik darajasi hamda oqibatlarga nisbatan ham turli xil bo‘lishi mumkin. Faktik xatoning jinoyat-huquqiy mazmuni, jinoyatning qanday elementiga va 222
uning ijtimoiy xavflilik xususiyatiga va oqibatiga nisbatan ta’siri shaxsda noto‘g‘ri bo‘lishi, xato tasavvur qilishi yoki baholashi bilan aniqlanadi. Predmetdan noto‘g‘ri tushunish va baholash orqali paydo bo‘lgan tasavvurlardan kelib chiqib, faktik xatolarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: – sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan; – tajovuz obyektiga nisbatan; – yetkazilgan oqibatga nisbatan; – sababiy bog‘lanishga nisbatan; – javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar. Sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan xatoda, birinchidan, shaxs qilmishini noto‘g‘ri ijtimoiy xavfliligini yo‘qotuvchi faktik holatlar kuchda bo‘ladi. Masalan, shaxs ombor hududiga kirib, hisobdan chiqarilgan va yo‘q qilishga mo‘ljallangan, qimmatga ega bo‘lmagan mulkni «o‘g‘irlaydi». Mazkur xato aybning shakliga ta’sir qilmaydi va o‘z-o‘zidan qasddan sodir etilgan deb topiladi, ammo bu holat bo‘yicha jinoiy javobgarlik masalasi tugallangan jinoyatga nisbatan vujudga kelmaydi, chunki jinoiy maqsad amalga oshmagan va faktik jihatdan tanlangan (o‘g‘irlanmoqchi bo‘lgan) tajovuz obyektiga hech qanday zarar yetkazilmaganligi uchun jinoyatga suiqasd sifatida baholanadi, ya’ni jinoyat sodir qilgan shaxsning harakati aybdor fikrining yo‘nalishi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. Ikkinchidan, shaxs o‘z xatti-harakatlarini huquqiy hisoblab, ularning ijtimoiy xavfliligi xususiyatini anglamaydi. Odatda, bunday holatlar jinoyatning obyektiv tomoni va qilmishga ijtimoiy xavfli xarakter kasb etuvchi qandaydir muhim faktik holatni bilmaslik bilan izohlanadi. Bunday xato aybning qasd shaklini inkor etadi, shuning uchun faqat qasddan sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlik mavjud normalarda ular jinoiy javobgarlikni istisno etadi. Masalan, shaxs tomonidan qalbaki pullarni haqiqiy deb o‘ylagan holda o‘tkazishi qasd bo‘lmaganligi uchun jinoyat deb hisoblanmaydi. Agar qonunchilik jinoiy qilmishni aybning har qanday formasida jazoga sazovor deb hisoblasa, shaxs ijtimoiy xavfli oqibatni anglashi mumkin yoki anglashi kerak bo‘lgan hollarda uning harakatlari 223
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Bunday turdagi xatoga juda ko‘p hollarda yo‘l qo‘yiladigan holat sifatida zaruriy mudofaa misol bo‘ladi. «Agar hodisa holatlariga ko‘ra, mudofaa choralarini qo‘llagan shaxs o‘zining yanglishganini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa» 1 , ya’ni qilmishning ijtimoiy xavfli xususiyatiga nisbatan uzrli xato bo‘lganida zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazish uchun javobgarlik kelib chiqmaydi. Biroq ehtiyotsizlik orqasida o‘lim yoki sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazilganda jinoiy javobgarlik kelib chiqsa, aybli xato qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin, ammo qasddan sodir etilgan qilmish uchun emas, balki zaruriy mudofaa holatida bo‘lgan, ish holatiga ko‘ra tajovuzning xayoliyligini va o‘zining «mudofaalanuvchi» harakatlarining ijtimoiy xavfini anglashi mumkin va lozim bo‘lgan shaxsning ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazishi uchun javobgarlik kelib chiqishi mumkin 2 .
amaliyotida ko‘p kuzatiladigan holat hisoblanadi. Bu xatoning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u qasd doirasida namoyon bo‘ladi. Qoida tariqasida bunday xatoga yo‘l qo‘yish ayb shaklini o‘zgartirmaydi faqat mazmun- mohiyatini, uning tomonlarini aniqlashtiradi. Tajovuz obyektiga nisbatan xato – bu shaxsning jinoyat obyekti ijtimoiy va yuridik mohiyati haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishidir. Uning mohiyati: jinoyat subyekti bir vaqtda ma’lum bir obyektga tajovuz qilyapman deb hisoblaydi, aslida esa, u boshqa ko‘zda tutilmagan obyektga nisbatan tajovuzni amalga oshirayotgan bo‘ladi. Mazkur xato guruhiga jinoyat predmetiga va jabrlanuvchiga nisbatan yo‘l qo‘yiladigan xatolarni ham kiritish mumkin, o‘z navbatida, ular bir xil turga kirmaydi. Bu ko‘rinishda xatolarni bir guruhga birlashtirish zarurati shundaki, bu turkum xatolarning barchasi, asosan, obyekt belgilariga nisbatan yo‘l qo‘yiladi. Bunday xatolarning barchasi aybdor o‘ylagan va 1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши ҳақида»ги 39-сонли қарори, 10-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 79-б.
2
Ўша жойда. 3-банд, 10-хатбошиси. 224
hisoblagan obyektga (o‘z navbatida, xato qilingan «yaroqsiz» predmet va jabrlanuvchi ham kiritiladi) nisbatan suiqasd sifatida baholanadi. Bunday kvalifikatsiya bir tomondan, jinoyat sodir etgan, uning ongi va oldindan ko‘ra olishi bilan qamrab olmagan obyektiv holatlarda shaxsni ayblashni inkor etishi bilan, boshqa tomondan esa, zarar aslida boshqa bir obyektga yetkazilgani uchun, aybdorning ongida individuallashgan obyektga nisbatan tugallangan tajovuzning mavjud emasligi bilan bog‘langan. Masalan, dorixonadan shaxs tarkibida narkotik modda saqlovchi dorini o‘g‘irlashga harakat qiladi, lekin u boshqa bir dorini o‘g‘irlaydi. Bunday xato jinoyatni kvalifikatsiya qilishda qasdning yo‘naltirilganligidan kelib chiqadi. Bu holatda shunga e’tibor berish kerakki, faktik holatdan olib qaraganda, aybdorning qasdi qaratilgan obyekt zarar ko‘rmaydi, shuning uchun qilmish tugallanmagan jinoyat sifatida ko‘rilib, jinoyatga suiqasd sifatida qaraladi (yuqoridagi misol JK 25-moddasi va 271-moddasi 1- qismi). O‘z navbatida, obyektga nisbatan bo‘lgan xatodan predmet va jabr- lanuvchi shaxsiga nisbatan bo‘lgan xatolarni ham farqlash lozim. Bunday xato (bir uydagi mol-mulk o‘rniga ikkinchi uydagi mol-mulkni o‘g‘irlash, bir odamning o‘rniga boshqasini o‘ldirish) ayb shakliga ham, jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ham, jinoiy javobgarlik belgilashga ham ta’sir etmaydi.
shaxsning o‘z qilmishiga turli xil ruhiy munosabatlari u yoki bu ayb shaklini hosil qiladi. Bu oqibatlar haqiqatda kelib chiqmasdan oldin ular shaxs tasavvurida namoyon bo‘ladi. Ish holati bo‘yicha biz, oldindan ko‘ra bilish kabi intellektning bunday ko‘rinishi bilan to‘qnashamiz. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda shaxsning oldindan ko‘ra olishi natijaga – kelib chiqqan oqibatlarga mos kelmasligi ham mumkin. Oqibatga nisbatan xatolar turli xil bo‘lishi mumkin. Masalan, shaxs qandaydir oqibat paydo bo‘lishi yoki yuzaga kelmasligiga nisbatan yanglishishi mumkin. o‘z navbatida, har qaysi xatolardagi bunday yanglishishlar oqibatning sifat yoxud hajm tavsifiga nisbatan bo‘lishi 225
mumkin. Shu sababga ko‘ra, yetkazilgan zararga nisbatan xato uning hajmi yoxud sifat tavsifiga nisbatan bo‘lishi mumkin. Yetkazilgan oqibatning sifatiga nisbatan bo‘lgan xato, ya’ni ayb- dor oldindan kelib chiqishini ko‘ra bilgan ijtimoiy xavfi katta oqibat faktik jihatdan yuzaga kelmasligi yoki oldindan ko‘ra bilmagan oqibat yuzaga kelishida ifodalanadi. Bunday xato oldindan ko‘ra bilmagan faktik oqibat uchun qasddan zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni istisno etsa- da, ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni yuzaga keltirishi mumkin. Qasd qaratilgan qilmish kutilgan oqibatni yuzaga keltirmasa, u oqibatga nisbatan suiqasd sifatida baholanishi kerak, bundan tashqari, faktik yuzaga kelgan zarar ehtiyotsizik orqasida yetkazilgan zarar deb baholanadi. Masalan, o‘zganing uy-joyini o‘t qo‘yish orqali yo‘q qilishga qaratilgan jinoyat subyektining urinishi amalga oshmasa va buning natijasida hodisa joyida tasodifan mavjud bo‘lgan shaxs sog‘lig‘iga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazilsa, aybdorning qilmishi og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan mol-mulkka zarar yetkazishga suiqasd qilish (JK 173-moddasi 2-qismi «b» bandi) va ehtiyotsizlik oqibatida badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish sifatida (JK 111-moddasi 1-qismi) kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan oqibat yuzaga kelsa va bu oqibat qonunchilikka ko‘ra, kvalifikatsiya qilinuvchi belgi sifatida belgilangan bo‘lsa, bu holatda jinoyatlar jami yuzaga kelmaydi va qilmish asosiy jinoyat bilan birga kelib chiqqan oqibatga kvalifikatsiya qilinadi. Agar shaxsning qasddan og‘ir tan jarohati yetkazishi jabrlanuvchining o‘limiga olib kelsa, bunday qilmish JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishi miqdoriga nisbatan xatoga yo‘l qo‘yishi – bu uning jinoyat og‘irlik darajasida yanglishishini anglatadi. Bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish natijasida yetkazilgan zarar darajasi oldindan kutilgan zarar darajasidan ortiq yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu turdagi xatolar jinoiy yo‘l bilan yetkazilgan zarar miqdoriga ko‘ra javobgarlikni vujudga keltiruvchi jinoyatlardan boshqa (masalan, JK 161- moddasi – qo‘poruvchilik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning 226
miqdori) barcha jinoyatlarda ayb shakliga ham, jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ham umuman ta’sir qilmaydi. Bu tartibda ayb shakli, jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmasligi qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan chegaradan chetga chiqmagan holda bo‘lishi mumkin. Demak, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida mehnat qobiliyatini 33% yo‘qotishda ham, 70 va 80% da ham aynan kvalifikatsiya qilinadi. Qonun bilan ish ko‘ruvchi tomonidan kelib chiqqan oqibatning og‘irlik darajasiga qarab jinoyatni kvalifikatsiya qilish lozim bo‘lsa, bu holatda aybdor qasdi yo‘naltirilganligi asosida kvalifikatsiya qilinadi. Agar yuzaga kelgan oqibat subyekt o‘ylagan oqibatdan yuqori bo‘lib ketsa (masalan, shaxs tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lib harakat qilishi natijasida o‘limning yuzaga kelishi), bu holda mazkur oqibat uchun qasddan yetkazganlik xususiyati javobgarlikni inkor etadi. Og‘irroq zarar uchun ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganlikda jinoiy javobgarlik belgilanadi. Sababiy bog‘lanishga nisbatan xato sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning voqealar rivojlanishi tufayli noto‘g‘ri tasavvur qilinishi hisoblanadi. Bu turdagi xatoning jinoiy javobgarlik masalasiga ta’sir qilishi oqibat aybdor qasdi bilan qamrab olinib, kelib chiqqan oqibat uning sodir etmoqchi bo‘lgan harakatlari natijasida emas, balki boshqa bir harakat natijasida yuzaga keladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, qasd hamma detallarni emas, balki umumiy rivojlanish qoidalari asosidagi detallarni anglay oladi. Sababiy bog‘lanishning umumiy rivojlanishiga nisbatan xato nazarda tutilgan jinoiy oqibat kelib chiqsa, ayb shakli va jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Ayrim hollarda sababiy bog‘liqlik rivojlanishining qoidalariga nisbatan xato qasdni inkor qiladi, ammo subyekt kelib chiqqan oqibatni oldindan ko‘ra bilishi shart yoki mumkin bo‘lgan hollarda ehtiyotsizlik orqasida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishiga asos bo‘ladi. Masalan, avtomobilni boshqarayotgan tajribasiz haydovchi burilishda to‘satdan qattiq tormoz berib, yo‘l chetidagi shag‘alga sirg‘angan mashina birdan burilishi natijasida avtomashina ichidagi yo‘lovchilar turli darajada tan jarohatlari olishdi. Mazkur holatda haydovchining zarur malakaga ega emasligi, sababiy bog‘lanish 227
rivojlanishi bilan to‘liq qamrab olinmaganligi uchun shaxs yuz berishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmagan, o‘z navbatida, haydovchi mazkur holatni oldindan ko‘ra bilishi mumkin yoki lozim edi. Boshqa hollarda sababiy bog‘lanishning rivojlanishi jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ta’sir etishi mumkin. Bu ijtimoiy xavfli oqibat qasd bilan qamrab olinadi, lekin u sodir etmoqchi bo‘lgan harakat bilan emas, balki boshqa bir harakat natijasida yuzaga kelishi mumkin.
yo‘q deb, yo‘q holatlarni bor deb tasavvur qilish natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun mazkur xato tasavvur ikki turda bo‘lishi mumkin. Birinchidan, jinoyat subyekti jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat mavjud bo‘lmaganda, shunday holat mavjudligi haqida xato tasavvurga ega bo‘ladi; ikkinchidan, shaxs sodir etayotgan qilmishining kvalifikatsiya qilinuvchi belgilarini sodir etayotgan, deb hisoblaydi, faktik jihatdan esa, shaxs ongi bilan anglamagan holda jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘ladi. Birinchi holatda xatoni belgilashda shaxs ongida og‘irlashtiruvchi holat sodir etayotganini tasavvur qilishi ahamiyatga ega. Shuning uchun qilmish qasd yo‘naltirilgan va qamrab olgan doirasida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Biroq bu tugallangan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas, chunki qilmishning ijtimoiy xavfliligini oshiruvchi kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi jinoyat belgilari faktik jihatdan sodir etilmagan. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi belgilarga nisbatan shaxs xato tasavvur qilsa, faktik jihatdan tamom bo‘lgan jinoyat suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak, chunki ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqdi, lekin aybdorning ongi va qasdi bilan qamrab olingan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar amalda to‘liq yuz bermadi. Keltirilgan ikkinchi holatga ko‘ra, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga nisbatan xatoning turida shaxs sodir etayotgan qilmishini ijtimoiy xavfliligini oshiruvchi kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi belgilarsiz amalga oshirayotganday tasavvur etib, uning ongi bilan yuridik jihatdan mavjud og‘irlashtiruvchi holat to‘liq qamrab olinmaydi. o‘z navbatida 228
sodir etilayotgan qilmish subyekt belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarsiz kvalifikatsiya qilinishi lozim. Ko‘rib chiqilayotgan faktik xato turi, nafaqat, qilmishning kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi og‘irlashtiruvchi holatlarini ko‘zda tutadi, balki jinoyat tarkibining mustaqil belgilari sifatida ham qaralishi mumkin. Masalan, o‘g‘irlik bilan bosqinchilik sodir qilinish usuli (yashirincha yoki ochiq) bo‘yicha farqlanadi. o‘g‘irlik jinoyatining kvalifikatsiya qiluvchi asosiy mezoni, bu – aybdorning sodir etayotgan qilmish haqidagi subyekt tasavvuri bo‘lsa, bu aybdor qasdining yo‘naltirilganligiga asosan kvalifikatsiya qilinishi lozim 1 .
sababiy bog‘lanishning rivojlanishiga, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga nisbatan xatodan tashqari jinoyatni sodir etish vositasiga nisbatan xato turini ham kiritish mumkin. Buni to‘rt turga bo‘lish mumkin.
Birinchi turdagi vositaga nisbatan xatoga aybdor tomonidan o‘zi mo‘ljallagan vositadan boshqa, lekin uning o‘rnini bosadigan vositadan foydalanish tushuniladi. Mazkur turdagi vositaga nisbatan xato qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmaydi. Sodir qilingan qilmishning obyektiv tomoni oxiriga yetgan bo‘lsa, shaxs qasdining yo‘naltirilganligiga muvofiq, jinoyat tugallangan deb kvalifikatsiya qilinadi. Ikkinchi turdagi vositaga nisbatan xatoda ishlatiladigan vositani aybdor past darajali deb hisoblaydi yoki o‘ylaydi. Agar jinoyat sodir etilishi natijasida kelib chiqqan oqibat aybdor kutgandan ko‘ra og‘irroq bo‘lib chiqsa, bunda mazkur harakatlar ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilinishi lozim, zero, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatni oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa-da, mazkur holatni oldindan ko‘ra bilishi mumkin va lozim edi.
ishlatayotgan vosita aslida yaroqsiz bo‘lib chiqishiga nisbatan bo‘lgan xato 1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1999 йил 30 апрелдаги «Ўзгалар мулкини ўғирлик, талончилик ва босқинчилик билан талон-торож қилиш жиноят ишлари бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 6-сонли қарори, 1-банд, 3-банднинг 1-хатбошиси // Тўплам, 1-жилд. – 220–221-б.
229
tashkil qiladi. Bunday holatda sodir etilgan qilmish qasdning yo‘naltirilganligiga muvofiq, jinoyatga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinadi.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling