Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


belgilarida ko‘zda tutilgan, bevosita jinoyat sodir etishga  qaratilgan


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


belgilarida ko‘zda tutilgan, bevosita jinoyat sodir etishga  qaratilgan 

harakat (harakatsizlik)ni bajarishning boshlanishidir. Ayni shu 

harakat (harakatsizlik) jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi. 

Tajovuz boshlangan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun bilan qo‘riqlanadigan 

obyekt (mulk munosabatlari, hayot yoki sog‘liq xavfsizligi, jinsiy erkinlik 

va boshq.)ga qarshi qaratiladi, uni jiddiy zarar yetishi xavfi ostiga qo‘yadi.  

Aksariyat hollarda, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish faol 

harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan sodir etiladi, ushbu harakatlar turli 

xil bo‘lib, muayyan jinoyatning obyektiv tomoni bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Misol uchun, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib o‘g‘irlik sodir etishga 

qasd qilishni aniqlash uchun shaxs uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan 

yoki hech bo‘lmasa bunga harakat qilgan, masalan, uy eshigining qulfini 

buzgan bo‘lishi kerak. Onaning o‘z chaqalog‘ini  o‘ldirishga suiqasd 

qilganligini bilish uchun chaqaloqning ovqatlantirilganligi yoki aksini 

aniqlash kerak bo‘ladi. 

272 

 


Jinoiy tajovuz tugallanmaganligi (jinoyat oxiriga yetkazilmaganligi) 

–  jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning yana bir muhim obyektiv 

alomati. Jinoyat sodir etishga qasd qilish, jinoiy faoliyat (tamom 

bo‘lmagan jinoyat doirasida) rivojlanishining mustaqil bosqichi sifatida, 

tamom bo‘lgan jinoyatdan aynan o‘zining tugallanmagani bilan farq qiladi. 

Suiqasdda jinoyat obyektiv tomoni to‘liq amalga oshirilmaydi. Subyekt 

o‘zi niyat qilgan barcha jinoiy harakatlarni amalga oshirolmaydi 

(harakatsizlik) yoxud u ko‘zlagan jinoiy natija yuzaga kelmaydi. 

Xususan, moddiy tarkibli jinoyatlarga suiqasd qilishda ushbu alomat, 

asosan, jinoyat obyektiv tomonining muhim tarkibiy qismi –  oqibatning 

yo‘qligini tavsiflaydi. Masalan, shaxs o‘q otish quroli yordamida odam 

o‘ldirish jinoyatini sodir etmoqchi bo‘ladi, ammo nishon xato olinganligi 

sababli shaxs o‘lmay qoladi. Ayni holda aybdor harakatlari subyekt 

tugallanganini jinoiy qilmish amalda tugallanmaganidan farq qilish kerak 

(jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoiy natija mavjud emas). Ammo 

moddiy tarkibli jinoyatlardagi suiqasd jinoyatchining barcha harakatlarini 

bajara olmagani bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Misol uchun, subyekt 

pichoq sanchish uchun qo‘lini ko‘targan, ammo jabrlanuvchi uning qo‘lini 

ushlab qolgan holat kiradi. Mazkur holatda hayotga tajovuz qilish bilan 

bog‘liq barcha harakatlar oxiriga yetkazilmaganligini va o‘z-o‘zidan 

oqibatning kelib chiqmaganligini payqash mumkin. 

Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda ko‘pincha aybdor 

mo‘ljallamagan, ko‘zda tutmagan ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqadi 

(masalan, odam o‘ldirishga qasd qilishda jabrlanuvchining sog‘lig‘iga 

og‘ir shikast yetkaziladi). Bu qilmishni tamom bo‘lgan jinoyatga 

aylantirmaydi, chunki jinoiy qilmish tamom bo‘lgan deb topilishi uchun 

har qanday ijtimoiy xavfli oqibat emas, balki qonunda bevosita 

ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi talab etiladi. Bu holatda 

suiqasdni tamom bo‘lgan jinoyatdan farqlash uchun aybdor shaxsning 

qasdini aniqlash zarur. Xususan, odam o‘ldirishga qasd qilishda 

jabrlanuvchining sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazilishi odam o‘ldirishga 

suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Xullas, jinoyatga suiqasd 

qiluvchining harakati (harakatsizligi) ma’lum zararli oqibatlarga olib 

273 


 

kelishi mumkin, ammo ular  hech qachon aybdor mo‘ljallagan oqibatlar 

bo‘lmaydi.  

Qonunda nazarda tutilgan jinoiy oqibatlar ijtimoiy xavfli qilmish sodir 

etilgan paytda emas, balki oradan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin kelib 

chiqqan (masalan, jabrlanuvchi unga hayotdan mahrum etish maqsadida 

shikast  yetkazilganidan keyin oradan bir necha kun o‘tgach vafot etgan) 

hollarda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi. Qonun nuqtai nazaridan, agar 

aybdorning qasddan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) oqibatida, 

oradan qancha vaqt o‘tganidan qat’i nazar, jinoiy oqibat kelib chiqqan 

bo‘lsa, jinoiy qilmish tugallangan deb topiladi. 

Formal tarkibli jinoyatlarda suiqasd jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi 

barcha harakatlarning to‘liq bajarilmasligida ifodalanadi. Masalan, shaxs 

qalbaki pullarni o‘tkazishga uringanida qo‘lga olinadi.  

Obyektiv tomonni xarakterlovchi uchinchi belgi jinoyatning shaxsga 



bog‘liq bo‘lmagan holatga ko‘ra, tugallanmay qolishidir. Jinoyatning 

tamom bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan turli xil holatlarni bir narsa 

birlashtiradi, ularning har biri jinoyatchining xohishiga bog‘liq bo‘lmagan 

holatlarga ko‘ra yuzaga keladi. Bu holatlar turlicha bo‘lishi mumkin, 

masalan, favqulodda to‘siqlar, nomaqbul guvohlarning paydo bo‘lib 

qolishi, jabrlanuvchining faol qarshilik ko‘rsatishi, jinoyat qurollari va 

vositalarining yaroqsizligi, ishning haqiqiy holatlarida (jinoyat obyekti, 

vositalari, harakat usullarida) xatoga yo‘l qo‘yilishi va h.k.  

Mazkur belgi suiqasdning yuqorida ko‘rsatilgan  obyektiv belgilarini 

birlashtirib, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan farqlash 

imkonini beradi. Masalan, aybdor o‘zining ichki hissiyotlari ta’sirida 

(jabrlanuvchiga rahm-shafqat hissi va h.k.) jinoiy faoliyatini oxirigacha 

olib bormasa, suiqasd mavjud bo‘lmaydi. Bu holda qilmish jinoyatni sodir 

etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.  

Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning subyekt belgilari faqat to‘g‘ri 

qasdda  ifodalanadi. Aybdor jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda 

muayyan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etayotganini anglaydi va jinoyatni 

mantiqiy yakuniga yetkazish, zarur jinoiy natijaga erishishni xohlaydi. 

Jinoyat  obyektiv tomonining yakunlamaganini, u hali mo‘ljallagan 

274 

 


harakatlarining barchasini bajarmaganini, ko‘zlagan maqsadiga hali 

erishmaganini shaxs anglaydi.  

Subyektning  o‘z harakati (harakatsizligi)ning tugallanganlik darajasi 

haqidagi tasavvuri subyekt mezonga asoslanadi.  



NOTA BENE ! 

Suiqasd  –  bu jinoyat sodir etishga bevosita yo‘naltirilgan hamda 

shaxsga bog‘liq bo‘lmagan  holatlarga ko‘ra,  oxiriga  yetkazilmagan  

qasddan sodir etilgan harakat (harakatsizlik)dir. 

 

Aybdor tomonidan amalga oshirilgan harakatlarning yakuniga 



yetkazilganlik darajasiga qarab, suiqasd tamom bo‘lgan va tamom 

bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.  



Tamom bo‘lgan suiqasdda  subyekt, zarur bo‘lgan barcha 

harakatlarni qilganiga amin, ammo ba’zi obyektiv sabablarga ko‘ra jinoiy 

oqibat kelib chiqmaydi. Bu holatda shaxs amalga oshirishni mo‘ljallagan 

barcha harakatlarni sodir etadi, ammo jinoiy natijaning intihosi izchil 

harakatlar doirasidan chetda qoladi. Aybdor erishishga intilgan haqiqiy 

oqibat mavjud bo‘lmaydi. Misol uchun, subyekt  o‘ldirish maqsadida 

jabrlanuvchiga zahar berdi, lekin shifokorlarning sa’y-harakati bilan 

jabrdiydaning hayoti saqlab qolinadi. 



Tamom bo‘lmagan suiqasdda  subyekt  jinoyatning tamom bo‘lishi 

uchun zarur bo‘lgan harakatlarni ularni amalga oshirishga xalaqit bergan 

sabablar tufayli to‘liq bajara olmaydi. Suiqasdning bu turida obyektiv 

tomon rivojlanmaydi. Bu holatda jinoyat sodir etishga qasd mavjud 

bo‘ladi, ammo jinoyat tarkibi obyektiv belgilarida nazarda tutilgan hamda 

jinoiy natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan harakatlar to‘la hajmda 

bajarilmaydi. Misol uchun, o‘g‘ri omborxonaga g‘ayriqonuniy ravishda 

kirib, zarur boyliklarni olib chiqib ketishga tayyorlaydi, lekin shu yerda 

ushlanadi va ularni o‘g‘irlay olmaydi. 

Tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyat sodir etishga suiqasd 

qilishning jinoyatni kvalifikatsiya qilishda hech qanday ahamiyati 

bo‘lmasa ham, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash, jazo 

275 

 


tayinlash va jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish masalasini hal qilishda 

muhim rol o‘ynaydi.  

Jinoyat nazariyasida, shuningdek, yarog‘siz  obyektga suiqasd qilish 

ham ajratilib, u jinoyat subyektining faktik xatoga yo‘l qo‘yishida 

asoslanadi. Bunda jinoyat sodir etishga «yaroqsiz» suiqasd qilishning ikki 

turi farqlanadi: 1) «yaroqsiz»  obyektga (predmetga) suiqasd qilish; 2) 

«yaroqsiz» vositalar bilan suiqasd qilish.  

Yaroqsiz  obyektga suiqasd qilishda,  shaxs ishning haqiqiy 

holatlariga nisbatan xatosi tufayli, uning jinoiy tajovuzi jinoyat qonuni 

bilan qo‘riqlanadigan  obyektga zarar yetkaza olishga qodir emasligi 

tushunilishi kerak. Aybdor harakatlari amalda real zarar yetkazmaydi ham. 

Bu holda shaxs jinoyatni sodir etishni xohlaydi, buning uchun barcha zarur 

harakatlarni amalga oshiradi, biroq xohlagan natijasini qo‘lga kiritmaydi, 

chunki jinoyat predmeti xususiyatlari yoki jabrlanuvchiga nisbatan xatoga 

yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Misol uchun, aybdor pul o‘g‘irlash maqsadida seyfni 

ochadi, ammo u yerdan pulni topolmaydi yoxud o‘lib bo‘lgan odamga o‘q 

uzadi. 


Mazkur turdagi suiqasdni kvalifikatsiya qilishda qasdning 

yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor berish muhim. Masalan, «agar aybdor 

ishlatishga  yaroqsiz bo‘lgan  o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi 

moddalar yoki portlovchi qurilmalarni qonunga xilof ravishda egallagan va 

bunda ularning sifatiga nisbatan yanglishib yaroqli deb hisoblagan bo‘lsa, 

sodir etilgan qilmish jinoyatga suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinmog‘i 

lozim»

1

.  



Yaroqsiz vositalar bilan suiqasd qilishda,  shaxs,  o‘z xatosi 

oqibatida, jinoyatni oxiriga yetkazish  uchun  o‘z xususiyatlariga ko‘ra 

yaroqsiz bo‘lgan vositalarni qo‘llaydi. Misol uchun, aybdor o‘ldirish 

maqsadida jabrlanuvchiga zahar beradi, ammo bu zahar emas, zararsiz 

kukun bo‘lib chiqadi va buning natijasida jabrlanuvchi o‘lmay qoladi, hech 

qachon  o‘lmasdi ham. Yarog‘siz deb, nafaqat foydalanilayotgan vosita

balki jinoiy niyatni amalga oshirish usullari ham tan olinishi mumkin. 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  27  февралдаги  «Қонунга  хилоф 



равишда қуролга эгалик қилиш тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 3-сонли қарори, 5-банд, 3-

хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 46–47-б.

 

276 


 

                                                           



Masalan, odam o‘ldirishga suiqasd qilishda aybdor zaharli moddadan 

foydalanadi, ammo uni jabrlanuvchi tanasiga kichik, zarar yetkazmaydigan 

dozalar bilan kiritadi

1



Yaroqsiz vositalar bilan suiqasd qilish ham qilmishning ijtimoiy 

xavfliligini inkor etmaydi, shuning uchun uning kvalifikatsiyasi 

aybdorning qasdi inobatga olingan holda amalga oshiriladi. Bunda 

shaxsning jinoyat vositalari zararlilik darajasi, ulardan samaraliroq 

foydalanish usullariga nisbatan xatosi sud tomonidan jazoni tayinlashda 

hisobga olinishi lozim. 



JK 25-moddasi 3-qismiga  ko‘ra, «Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik 

va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu 

Kodeks Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni 

belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi». 

Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jinoyatning oxiriga 

yetkazilmaganlik sabablari, shuningdek, jinoiy qasdning amalga 

oshirilganlik darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jinoyatga 

tayyorgarlik  ko‘rish, jinoyatga suiqasd qilishdan yengilroq jazoni keltirib 

chiqarsa, tamom bo‘lmagan suiqasd tamom bo‘lgan suiqasdga nisbatan 

yengilroq jazolanadi. 



4-§. Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish  

Muayyan hollarda jinoyat sodir etishni boshlagan va uni tamomlash 

uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega bo‘lgan shaxs uni sodir etishdan 

qaytadigan bo‘lsa, bu jinoyat huquqida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy 

qaytish deb topiladi. 

JK 26-moddasi 1-qismiga  muvofiq, «Shaxs jinoyatga tayyorgarlik 

ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan 

harakatlarini oxiriga yetkazish  mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, 

shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda, shunday oqibat 

kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir  etishdan ixtiyoriy qaytish deb 

baholanadi». 

1

 

Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 



проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 246. 

277 


 

                                                           



Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish –  ijtimoiy xavfli, qonunga 

xilof va aybli qilmishni sodir etishdan o‘zini tiygan va (yoki) muayyan 

jinoiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olgan shaxs xulq-atvorining 

qonuniy harakatidir. Shaxs boshlagan jinoiy faoliyatini (jinoyatga 

tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga qasd qilishni) oxiriga 

yetkazish  mumkinligini anglagan holda ixtiyoriy va uzil-kesil to‘xtatishi 

jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan 

ixtiyoriy qaytishning asosiy huquqiy oqibati –  uning jinoiy javobgarlikni 

istisno qilishi (JK 26-moddasi 2-qismi). Amalda jinoyat sodir etishdan 

ixtiyoriy qaytgan shaxs tayyorgarlik harakatlarini yoki muayyan jinoyatni 

sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni to‘xtatadi, zero uning irodasi 

bundan buyon huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishga 

qaratilmagan.  Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish doimo jinoyat 

tarkibini istisno etadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning asosiy 

vazifasi ham aynan shu –  jinoyatlarning oldini olish va to‘xtatib qo‘yish. 

Boshlangan jinoiy faoliyatni to‘xtatib, jinoiy javobgarlikdan qutulish 

imkoniyatining qonunda mustahkamlanishi shaxsni o‘z jinoiy niyatini 

yakunlashdan bosh tortishga rag‘batlantiradi. 



JK 26-moddasi 1-qismiga  ko‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy 

qaytish, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatish, ya’ni 

jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va unga suiqasd bosqichida mavjud bo‘lishi 

mumkin. U jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatishda 

ifodalanib, bunda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyatdan 

qaytishni keltirib chiqaradi va jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan 

harakatlarni to‘xtatish yoxud jinoiy oqibatni keltirib chiqarishning oldini 

olishda ifodalanib, bu jinoyat sodir etishga qasd qilish bosqichida jinoyat 

sodir etishdan qaytishni tavsiflaydi. 

Qonundan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki asosiy 

alomati kelib chiqadi: ixtiyoriylik va uzil-kesillik (qat’iylik). 

Ixtiyoriylik  deganda, shaxsning boshlagan jinoiy xatti-harakatini  o‘z 

xohishi bilan hech qanday tashqi ta’sirlarsiz oxiriga yetkazish  imkoni 

borligini anglagan holda to‘xtatishi tushuniladi. Bunday qaytishning 

motivi turlicha (uyalish, farzandlari taqdiri haqida o‘ylash, jabrlanuvchiga 

278 

 


rahmi kelishi), shuningdek, qarindosh va do‘stlarining maslahatlari 

natijasida bo‘lishi mumkin. Motiv qanday bo‘lmasin shaxs o‘z xohishi 

bilan jinoyatdan qaytgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.  Jinoyat 

sodir etishdan ixtiyoriy qaytish har doim subyektning erkin xohish-irodasi 

natijasida kelib chiqqan bo‘lishi kerak. 

Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri – bu shaxsning jinoyatni 

davom ettirish va yakuniga yetkazishga imkoni borligini anglashidir. Shu 

shartlarsiz shaxs agar o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, jinoyatni 

yakuniga yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo‘lmasa, uni jinoyat 

sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga asos bo‘lmaydi. 

Masalan, agar shaxs qasddan odam o‘ldirish jinoyatida harakat qilsa, lekin 

atrofda odamlarning borligi, qurolning yarog‘sizligi yoki qo‘riqlash 

signalizatsiyasi ishlab ketganligi tufayli qilmishni sodir etmasa, bu 

ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. 

Shaxs  o‘zi boshlagan jinoyatni oxiriga yetkazish  imkoniyatini istisno 

qiluvchi  o‘tib bo‘lmas to‘siqlar mavjud deb (hattoki yanglish) qarashi 

jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriy emas, balki majburiy 

bo‘lganligidan dalolat beradi. Misol uchun, shaxs o‘zganing mulkini talon-

toroj qilish maqsadida qonunga xilof ravishda kirgan uyda o‘rnatilgan 

o‘ziga notanish moslamani signalizatsiya vositasi deb o‘ylab, uyni tark 

etadi. 

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda qat’iylik  deganda, 



shaxsning jinoiy faoliyatni vaqtincha to‘xtatganligi emas, balki oxiriga 

yetkazish  uchun to‘la imkoniyatlar borligini anglagani holda jinoiy 

faoliyatni davom ettirishdan butunlay va to‘liq voz kechganligi 

tushuniladi. 

O‘z-o‘zidan ravshanki, ixtiyoriy qaytishda vaqt jinoyat sodir etishdan 

ixtiyoriy qaytgan hollarda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Mazkur holatda 

jinoyat sodir etayotgan shaxs o‘zining jinoiy faoliyatini oradan ma’lum 

vaqt  o‘tgandan so‘ng davom ettirishini ko‘zlab, jinoyat qurolini 

almashtirish niyatida yoki shunga o‘xshagan boshqa niyatlarda to‘xtatadi. 

Misol uchun, agar shaxs bir o‘zi uddalay olmasligini tushunib, omborga 

o‘g‘irlikka tushishdan qaytgan va omborga tushish, o‘g‘irlik molni u 

279 


 

yerdan olib chiqish va tashib ketish uchun jinoyatga boshqa shaxslarni 

ham jalb etishga qaror qilgan bo‘lsa, bu jinoyat sodir etishdan uzil-kesil 

qaytish bo‘lmaydi. 

Shaxs jinoiy faoliyatni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda to‘xtatishga 

majbur bo‘lgan taqdirda ham ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. Misol 

uchun, aybdor o‘ldirish maqsadida jabrlanuvchiga o‘q uzdi, ammo o‘q 

tegmay qoldi –  aybdor qayta o‘q uzishdan ixtiyoriy qaytganiga ishora 

qilishi jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishga dalil bo‘la olmaydi. Ayni 

holda, shaxs jinoyat sodir etishga birinchi urinishi uchun javobgarlikka 

tortilishi kerak, uning jinoyat sodir etishdan qaytishi ixtiyoriy deb topilishi 

mumkin emas. 

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni hosil qiluvchi ushbu 

alomatlarni qayd etish uchun jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning 

ba’zi bir shartlarini aniqlash lozim. Bular: 

– jinoyatni oxiriga yetkazish mumkinligini anglash;  

–  jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday 

oqibat kelib chiqishining oldini olish. 

Shaxs  jinoyatni oxiriga yetkazish  imkoni borligini anglashi  shuni 

ifodalaydiki, u jinoyatni oxiriga yetkazish  uchun barcha imkoniyatlarga

jinoyatni amalga oshirish uchun barcha qurol va vositalarga ega bo‘ladi va 

buni biladi. Ammo, jinoiy tajovuzni hech qanday tashqi ta’sirlar to‘xtata 

olmasligiga qaramay, u o‘z jinoiy niyatini amalga oshirishdan qaytadi. 

Ushbu shart tamom bo‘lmagan jinoyat tarkibining obyektiv tomoni, 

ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish bilan bevosita bog‘liq. Bu yerda nafaqat 

jinoyat sodir etishga suiqasd qilish doirasida jinoyat tarkibini tashkil 

etadigan harakatlar (harakatsizlik), balki jinoyat sodir etishga shart-sharoit 

va imkoniyat yaratadigan harakatlar (JK Maxsus qismi tegishli modda 

dispozitsiyasiga bevosita kiritilmagan harakatlar) to‘g‘risida ham so‘z 

yuritilmoqda. Shu sababli jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni 

tasniflashda jinoiy tajovuzni oxiriga yetkazish mumkinligini anglash faqat 

jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda mavjud bo‘lishi mumkin degan 

fikrga kelmaslik kerak, zero jinoiy niyatni oxiriga yetkazish mumkinligini 

anglash jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ham bo‘lishi mumkin. 

280 


 

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ixtiyoriyligi va uzil-

kesilligining ikkinchi zarur sharti shaxs jinoiy oqibat kelib chiqishini 



anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olishidir. 

Mazkur shart jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi jinoyat-huquqiy 

ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy tarkibli jinoyatlarda bo‘lishi mumkin. Bu 

yerda tafakkurlik belgisi –  shaxs ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi 

mumkinligini anglashi ham mavjud. 

Mazkur shart faqat jinoyat sodir etishga suiqasd qilish bosqichida, 

shaxs jinoyatni boshlab, uni oxiriga yetkazishdan qaytishga qaror qilgan 

holda bo‘lishi mumkin. Ayni holda aybdor jinoyat sodir etishdan 

qaytibgina  qolmasdan, uning jinoiy oqibatining oldini olishga faol 

imkoniyat yaratishi ham kerak. 

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish faqat ijtimoiy xavfli oqibat 

kelib chiqishi mumkinligini anglash va uning kelib chiqishi oldini faol 

olish bilan jamuljam holda uning ixtiyoriy va uzil-kesil bo‘lganidan dalolat 

berishi mumkin. 



NOTA BENE ! 

Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat 

sodir etishga qaratilgan harakatlarini (harakatsizligini) boshlangan jinoiy 

faoliyatini davom ettirish va oxiriga yetkazish  obyektiv imkoniyati 

mavjudligini anglagan holda ixtiyoriy ravishda va uzil-kesil to‘xtatsa, 

jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb baholanadi. 

 

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyatning yuridik 



tugallanishiga qadar ham aktiv, ham passiv  ko‘rinishda ifodalanishi 

mumkin. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ixtiyoriy 

qaytish, odatda, passiv harakat orqali amalga oshiriladi, zotan shaxsning 

keyingi jinoiy faoliyatdan o‘zini tiyishi uning qonuniy harakatlariga ishora 

qilishi mumkin, biroq ixtiyoriy qaytish aktiv harakat bilan ham amalga 

oshirilishi mumkin (masalan, jinoyat qurolini yo‘qotish, huquqni 

muhofaza qilish organlariga tayyorlanayotgan jinoyat haqida o‘z vaqtida 

xabar berish va h.k.). 

281 

 


Shuni aytish joizki, jinoyatga suiqasd qilishda jinoyatdan ixtiyoriy 

qaytishga har doim ham imkoniyat bo‘lavermaydi. Jinoyat sodir etishga 

suiqasd qilishda jinoyat subyekti  tomonidan jinoyatning obyektiv tomoni 

amalda bajarilishi hisobga olinsa, ushbu bosqichda ma’lum jinoiy oqibatlar 

kelib chiqishi mumkinligi masalasi yuzaga keladi. Ayni holda nafaqat 

jinoiy harakatlarni to‘xtatish (chunki bunday harakatlar qisman amalga 

oshirilgan bo‘lishi ham mumkin), balki jinoiy oqibatlar kelib chiqishining 

oldini faol olish ham jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan dalolat 

beradi. Bunda jinoyat sodir etishga suiqasd qilish turlari muhim ahamiyat 

kasb etadi. 

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning passiv shakli ko‘pincha, 

subyekt  jinoiy qilmishni oxiriga yetkazmagan va ijtimoiy xavfli oqibat 

kelib chiqishi uchun barcha zarur harakatlar (harakatsizlik) amalga 

oshirilmagan tarzda,  ya’ni tamom bo‘lmagan jinoyatlarda bo‘lishi 

mumkin. Bunda qilmishning tugallanmaganligi, tugallanmagan suiqasdni 

tavsiflovchi tashqi holat bilan emas, balki ichki motivlar bilan belgilanishi 

kerak. Misol uchun, subyekt avval jabrlanuvchini o‘ldirish niyatida uning 

oyoq-qo‘lini bog‘laydi, kaltaklaydi, lekin keyin o‘ldirish niyatidan qaytadi. 

Bunday hollarda shaxs bevosita odam o‘ldirishga qaratilgan harakatlarni 

to‘xtatadi, ya’ni ularni sodir etishdan qaytadi (harakatsizlik). Bu holda 

shaxs muayyan jinoyat tarkibi bilan qamrab olinadigan, uning obyektiv 

tomonini tashkil etadigan yoki zararli oqibatlar kelib chiqishini 

ta’minlaydigan harakatlarni sodir etishdan qaytishi kifoya. Masalan, shaxs 

jabrlanuvchiga o‘q uzish uchun uni o‘qotar quroldan nishonga oladi, lekin 

o‘q uzmaydi. 

Tamom bo‘lgan suiqasdda ixtiyoriy qaytish bo‘lishi mumkin emas, 

chunki  subyekt  jinoiy harakatlarni to‘xtatish yo‘li bilan jinoyat sodir 

etilishini to‘xtata olmaydi (u jabrlanuvchiga o‘q uzgan, uni o‘ldirish 

maqsadida pichoq urgan bo‘ladi va h.k.). Shu sababli, jinoyatdan 

ko‘zlangan maqsadga erishish imkonini beradigan keyingi harakatlardan 

qaytishga bunday hollarda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb 

emas, balki jinoyat sodir etishga qayta urinishdan qaytish deb qaralishi 

kerak. 

282 


 

Tamom bo‘lgan jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda jinoyat sodir 

etishdan ixtiyoriy qaytish imkoniyati faqat sodir etilgan harakatlar bilan 

jinoiy oqibatning kelib chiqishi o‘rtasidagi vaqtda uzilish mavjud bo‘lgan 

va mazkur shaxs o‘zining faol harakatlari bilan zarar yetkazilishining 

oldini olishi mumkin bo‘lgan kamdan-kam hollarda saqlanadi. Boshqacha 

qilib aytganda, shaxs mazkur vaqt davomida o‘z harakatlarini nazorat 

qilishi va o‘zining harakatlari bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jinoiy 

oqibatlar orasidagi bog‘liqlik rivojini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Masalan, mulkni nobud qilish maqsadida unga o‘t qo‘ygan shaxsda olovni 

darhol  o‘chirish imkoniyati bor, soat mexanizmi mavjud bo‘lgan 

portlovchi qurilmani o‘rnatib qo‘ygan shaxs, uni o‘chirib, terrorizm 

aktining oldini olishga ulguradi.  



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling