Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi


Download 1.7 Mb.
bet95/138
Sana19.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1606669
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2

Ekskursiyalarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi. Ekskursiyaga tayyorlanish. Bu ish ekskursiya obektini tanlashdan boshlanadi. Obektni tanlash ekskursiya jarayonida qo’yiladigan vazifalar bilan belgilanadi. Masalan, o’quvchilar kasb-hunar kollejining birinchi kursida tikuv materiallarini qirqish ishlarini bajaradilar (taxta tiladigan korxonalarga ekskursiya uyushtirib, o’quvchilarni tikuv materiallari qirqish bilan tanishtirish mumkin) ; 2-kursda materiallarga ishlov berish o’rganilgandan so’ng asosiy ta’limiy vazifa o’quvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha berishdan iborat bo’ladi (tabiiyki, bunday payitda ekskursiya uchun avtomat liniya yoki alohida avtomat mashinalar mavjud obekt tanlanishi kerak).


Ekskursiya obektlarini tanlashda qishloq joylarida kasb ta’limi o’qituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning ustiga ba’zan hamma ekskursiyalarni bitta korxonaning o’zida o’tkazishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda kasb ta’limi o’qituvchisi ekskursiyalar mazmunan takrorlanmasligi va ularga o’quvchilarning qiziqishi susaymasligi uchun oldindan ustaxonalarda ta’lim berishning butun davri uchun o’tkaziladigan ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi.
O’qituvchi ekskursiya uchun obekt tanlagach korxona rahbarlari bilan kelishib oladi va ekskursiyani kam o’tkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani o’qituvchining o’zi o’tkazsa, eng ko’p ta’limiy samaraga erishiladi. Chunki o’qituvchi mana shu tadbirning ta’lmiy vazifalarini, o’quvchilarning tayyorligi va fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning xammasi unga ishni aniq olib borish, o’quvchilarning diqqat – e’tiborini ular uchun eng muhim hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski, har bir kasb ta’limi o’qituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida o’tkaziladigan ekskursiyalarni boshqarishga tayyorlangan, deb bo’lmaydi. Ana shunday hollarda ekskursiyani korxonaning xodimi o’tkazib, o’qituvchi unga avval ekskursiyaning vazifalarini tushuntiradi.
Kasb ta’limi o’qituvchisi yekskursovod bilan birgalikda ekskursiyaning marshrutini va o’quvchilarga ko’rsatiladigan obektni belgilaydi. Bunda o’quvchilar uchun xavfsizlik masalalariga katta e’tibor beriladi. O’qituvchi yekskursovod bilan birgalikda o’quvchilarning korxona territoriyasidagi harakati xavfsizligini qanday ta’minlash ularni sexga qanday joylashtirish kerakligi haqida fikrlashadi.
O’qituvchi ekskursiya vaqtida o’quvchilarning aktivligini oshirish uchun ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bo’lishi, masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan(marshrutli texnologik karta tuzishdan), qator operatsiyalar bo’yicha detal zagatovkasining yeskizini tayyorlashdan, qo’l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini taqqoslashdan iborat bo’lishi mumkin.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling