Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi


Download 1.7 Mb.
bet21/138
Sana19.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1606669
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2

Nazariya va amaliyot birligi. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularni mazmunan o’zlashtirish va amalda qo’llash lozim. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonidan boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarini tekshiradilar, mustahkamlaydilar, chuqurlashtiradilar. Ularni amalda qo’llanish ko’nikma va malakalarini hosil qiladilar. Nazariya bilan amaliyot birligini bog’lashning har xil shakllari mavjuddir.


7-Mavzu:Mehnat jarayonining tahlili va didaktik tushunchalar
Reja:

  1. Mehnat jarayonining tahlili.

  2. Bilim, ko’nikma, malaka

  3. Kasb, ixtisoslik: mehnat jarayoni, texnologik jarayon.




  1. Tayanch iboralar: Mehnat jarayoni, Bilim, ko’nikma, malaka, kasb, ixtisoslik texnologik jarayon.



bilim - bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlarning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog’liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. Chunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi va insonning ixtiyoridan tashqari mavjud bo’ladi. Uni o’zgartirib bo’lmaydi. bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali o’tadi.
Ko’nikma va malakalar. Ko’nikma va malakalar deganda biror shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo’lgan harakatlari va reaksiyalari tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.
Malaka- kishi egallagan bilimlari ko’nikma bosqichidan o’tib, doimiy harakat turiga aylanishi, mahorat hosil qilishi, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling