Bunga yaqqol misol sifatida mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini»ni keltirishimiz mumkin. - Bunga yaqqol misol sifatida mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini»ni keltirishimiz mumkin.
- Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlantirish. Bugungi globalizatsiya sharoitida milliy iqtisodiyotni modeirnizatsiyalash va erkinlashtirish asosida iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish va aholi turmush farovonligini ta’minlashdan iboratdir.
Iqtisodiy o‘sish neokeynschilik modelining mohiyati nimada? - 1. Ulaming barchasi J. Keynsning asosiy postulati — yalpi talabga asoslanadi. Modellami qurishda ulaming mualliflari muvozanat- lashgan iqtisodiy o‘sishning hal quluvchi sharti yalpi talabning oshishi ekanlgidan kelib chiqishgan.
- 2. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) hisoblanadi, ular multiplikatorlar orqali daromadni oshiradi yoki o‘zi daromad oshishining natijasi hisoblanadi (akselerator tasirida). Qolgan barcha ishlab chiqarish omillari (bandlikning oshishi, uskunalardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi) hisobga olinadi va modeldan chiqarib tashlanadi.
Shunday qilib o‘sishning neokeynschilik modeli ikki o‘ziga xos xususiyat bilan xarakterlanadi: - Iqtisodiy o‘sishga daromad darajasi bilan belgilanadigan talab nuqtai nazaridan yondashish;
- Investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishdagi muhim roli bilan negaki daromad kapitalning to‘planishiga bog‘liq (demak yalpi talab hajmi ham).
- Y. Domar, J. Keyns nazariyasiga aniqlik va qo‘shimcha kiritdi - unda investitsiyalar nafaqat daromadlami shakllantirish balki quvvatlarni yaratish, ishlab chiqarishni va tovarlar taklifini rivojlantirish omili hamdir. Bu orqali Y.Domar investitsion jarayonning ikki xilligiga e’tibor qaratib, uning fikricha milliy daromadning muvozanatli o‘sish modeli mohiyati ham shundan iborat.
- Boshqacha aytganda, u iqtisodiyotning muvozanatlashgan holatidan kelib chiqqan, (ya’ni umumiy talabni ifodalovchi ishlab chiqarish quwatlariga teng bo‘lganda). Undan keyin Y.Domar quyidagi savolni qo‘ydi: Agar investitsiyalar ishlab chiqarish quwatlarini oshirsa va shu bilan birga qo‘shimcha daromadlarni shakllantirsa, unda daromad o‘sishi sur’ati ishlab chiqarish quwatlari o‘sishi sur’atlariga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak?
- Bu savolga javob berish uchun, Y. Domar uchta tenglamalar sistemasini tuzdi:
- 1) taklif tenglamasi;
- 2) talab tenglamasi;
- 3) taklif va talab tengligini ifodalovchi tenglama.
- 1. Taklif tenglamasi investitsiyalar hosil qiladigan ishlab chiqarish quwatlari o‘sishini ko'rsatadi. Yaratilgan ishlab chiqarish quwatlari hisobiga olinadigan ishlab chiqarish o‘sishini AQ ni, umumiy kapital qo‘yilmalarini (I) ulaming o‘rtacha unumdoligiga P ko‘paytmasi orqali aniqlash mumkin
- AQ=IB
- Talab tenglamasi qo‘shimcha quwatlarini band qilish uchun talab qanchagacha o‘sishi kerakligini ko‘rsatadi. Multiplikator nazariyasiga ko‘ra, jamg‘armaga ixtiyoriy chegaraviy moyillik X da. Milliy daromad o‘sishi-AU qo'shimcha investitsiyalar - AI ning multiplikator ta’sirining natijasi hisobi.
- Y = I *1/ a Bunda 1/ a - multiplikator.
- Agar AQ=ip taklif tenglamasini AY=AI talab tenglamasi bilan solishtirsak, unda taklif tenglamasida umumiy investitsiyalar ishtirok etishini sezamiz, qachonki talab tenglamasida - faqatgina oldingi davrga nisbatan investitsiyalaming o‘sishi ishtirok etadi. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarishning o‘sishi AQ umumiy kapitalning unumdorligi bilan ta’minlanadi, daromadning o‘sishi AY esa - faqatgina qo‘shimcha kapital qo‘yilmalarining multiplikator ta’siri bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |