Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазилиги
Download 159.81 Kb.
|
kurs ishi
5.Bozor samaradorligi.
Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ko`pligi bozordagi xaridor va sotivchining ko`payishini o`rganishga asosiy manba bo`ladi. Bu manbalar bizga asosiy iqtisodiy savolga murojaat etishga yordam beradi: resurslarni joylashtirish erkin bozorni xohishiga asosan ta'minlanadimi? Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi Bozorni baholash samarasida biz o`zimizning tahlillarimizni yangi, tahminiy xususiyatga ega bo`lgan ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi deb nomlangan atama bilan tanishtiramiz. Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi bu taniqli, kuchli, aniq maqsadga ega bo`lgan diktatordir. Rejalashtiruvchi jamiyatdagi barchani iqtisodiy rivojlanishini oshirishni xohlaydi. Buning uchun rejalashtiruvchi nima qilishi kerak? U xaridor va sotuvchini o`zlari kelishib olishlariga qo`yib berishi kerakmi? Yoki u bozor samaradorligini shunday yo`l bilan o`zgartirish orqali iqtisodiy rivojlanishni o`stira oladimi? Bu savollarga javob berish uchun rejalashtiruvchi avvalo jamiyatning iqtisodiy rivojini qanday baholashini bilib olishi darkor. Ulardan biri iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarining umumiy yigindisidir. Iste'molchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu sotuvchinig qo`lga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining ko`rsatkichi hisoblanadi. Rasm (a) rasmda P1 narx, Q1 taklif hajmi va ABC uchburchak maydoni ishlab chiqaruvchi ortiqchaligiga teng. Narx P1 dan P2 ga ko’tarilganda taklif hajmi Q1 dan Q2 ga ko’tariladi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ADF uchburchak maydoniga ko’payadi. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidagi o’sish (BCFD maydon) qisman yuz beradi. Chunki mavjud ishlab chiqaruvchilar ko’proq oladi (BCED maydon) va yuqori narxlarda qisman yangi ishlab chiqaruvchilar bozorga kirib keladi (CEF maydon). Narx ishlab chiqaruvchi ortiqchaligiga qanday ta’sir qiladi Miqdor Miqdor Dastlabki ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi Yangi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi Dastlabki ishlab chiqaruvchilar uchun qo’shimcha ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 82 Iqtisodiy rivojlanishning bu ko`rsatkichinii yaxshi tushunish uchun iste'molchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini o`lchab ko`rish kerak. Biz iste'molchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz: Iste'molchi ortiqchaligi = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan narx Shunga o`xshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz: Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari Agar biz iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz quyidagilarga erishamiz: Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari) Xaridorlar tomondan to`langan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan tenglashadi, shuningdek ushbu iboradagi ikki atama o`chib ketadi va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin: Umumiy ortiqchalik = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - sotuvchilarning xarajatlari) Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga o`zlarini hoxishlari asosida to`lamoqchi bo`lgan umumiy narxdan sotuvchilar bu tovarni ishlab chiqarish uchun qilgan umumiy xarajatlarni ayirish natijasidir. Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa, biz bu taqsimot samaradorlikni ko`rsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot samarali bo`lmasa, unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan keladigan imkoniyatli yutuqlardan mahrum bo`lgan hisoblanadi. Misol uchun, agar sotuvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotni eng past xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot samarasizdir. Bu holatda, yuqori xarajatli ishlab chiqaruvchidan pats xarajatli islab chiqaruvchiga o`zgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasytiradi va umumiy ortiqchalikni oshiradi. Shunga o`xshab, agar xaridorlar mahsulotni eng yuqori daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa ham taqsimot samarasiz bo`ladi. Bu holatda tovarlar iste'molida past daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga o`zgarish umumiy ortiqchalikni o`sishiga sabab bo`ladi. Samaradorlikka qo`shimcha qilib shuni aytish lozimki, ijtimoiy rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va sotuvchi iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida o`ylashi kerak. Buning asl m’anosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirokni teng bo`lib olishiga o`xshaydi.Samaradrlik degan savol esa iloji boricha o`sha pirokning katta 83 bo`lishi anglatadiadi. Tenglik tushunchasi esa o`sha pirok neha bo`lakka bo`lingani hamda ishtirokchilar o`rtasida qanday bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali ijtimoiy rejalashtirish maqsadlari haqida gaplashamiz .Shuni yodda tuting haqiqiy iqtisodiysiyosatchilar har doim tenglik bo`lishi haqida qayg’urishadi. Tenglik-bu jamiyat a’zolari o`rtasida iqtisodiy resurslarning iqtisodiy o`sish uchun teng taqsimlanishidir. Biz ko`rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to`liq yo`qotishga olib keladi. Shuning uchun ham davlat o`zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqqanda to`liq yo`qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan a) P A V C 1+ t LAC2 LAC1 P 2 P1 Q Q
b) P
S2 E2 S1 P 2 D Q1 Q 2
E1 P1
Q 347
bozorga aralashuvi har doim ham yo`qotishlarga olib kelaveradi, deb bo`lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste′molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o`sishga olib keladi. Birinchidan, iste′molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo`qotish bozor narxida o`z ifodasini topmasa. Bunday yo`qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro`y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin (bu masalaga keyingi boblarning birida batafsil to`xtaymiz). Ikkinchidan ―bozor qiyinchiligi‖ - bu yerda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to`g`risida axborotning to`liq bo`lmasligi, iste′molchilarni ortiqcha yo`qotishlarga olib kelishi mumkin, ya′ni iste′molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo`yicha to`g`ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig`ida tovar to`g`risida to`liq axborot bo`lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin. Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo`lishini ta`minlaydi, demak, muvozanat holatda iste′molchilr o`z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo`lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta`minlaydi. Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati sharti quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi: P ACMCMR (19.14rasm). Ma`lumki qisqa muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozor sharoitida firma ortiqcha foyda olishi yoki zarar ko`rishi mumkin. Lekin, uzoq muddatli oraliqda bunday holat istisno qilinadi, nima uchun deganda, tarmoqga kirish, undan chiqish erkin bo`lganda, tarmoqdagi yuqori foyda boshqa firmalarni o`ziga jalb qiladi, tarmoqdagi zarar bilan ishlaydigan firmalar boshqa tarmoqqa o`tadilar. Download 159.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling