Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

Dastur kirish oynasi 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Культин Н. Б. Основы программирования в Delphi_7.- СПб.:Питер, 2000. 
2. Nazirov Sh. Delphi tilida dastrurlash asoslari.- T.,2008.
3. В. Н. Андриенко Delphi. Секреты программирования. – М.:ABF, 2005 
4. Фаронов В.В. Программирование на языке высокого уровня Delphi. – M., 
2003.
5. Архангельский 
A.Я. 
Программирование 
в 
Delphi. 
Учебник. 
(www.ozon.ru/context/detail/id/2705337/) 
6. www.Delphiexpert.ru 
Internet resurslari 
1. www.Ziyonet.uz 
2. www.Delphiexpert.ru 
3. www.Google.ru 


179 
ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI SIFATINI BAHOLASH 
KRITERIYALARI 
 
Mamarajabov M.E. - Nizomiy nomidagi TDPU Informatika o‘qitish metodikasi 
kafedrasi dotsenti, Normatova N.R. - “Ta’limda axborot texnologiyalari” 
1-bosqich magistranti
Zamonaviy ta’lim bosqichlarining rivojlanishi fundamentalizmga qaratilgan aniq 
maqsadli tendensiyalar, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, shaxsiy xislatlar 
komponentlarini yaratish, ta'lim jarayonida faollikni oshirish, o‘quv jarayonini 
differensiallashtirish va individuallashtirishni amalga oshirish bilan xarakterlanadi.
Elektron ta’lim resurslari (ETR)ni yaratish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish 
ta’lim jarayoning barcha ko‘rinishlarini axborotlashtirishning asosiy jihati 
hisoblanadi. ETRning ta’limdagi rolini ta’lim jarayonidagi axborot xizmatlarida
dasturiy-metodik ta’minot sifatida, ta’limda nazorat tizimi sifatida, fan yoki o‘quv 
dastur mazmunini qamrab olgan infrastruktura sifatida ko‘rish mumkin. 
Elektron ta’lim resurslari(ETR)ga ko‘plab pedagog olimlar ta’rif berganlar. 
Masalan: O.V.Solnishkova- didaktik xususiyatga ega bo‘lib, aniq bir didaktik vazifani 
amalga oshiruvchi interfaollikni qamrab olgan har qanday ta’lim resursi albatta ETR 
sifiga mansubdir
3
, deb fikr bildirgan. 
V.V.Dovgan, I.V.Robert, T.A.Lavina, L.P.Martirosyann, A.N.Tixonov va 
boshqalar esa AKTning didaktik imkoniyatlarini takomillashtiruvchi elektron nashr 
yoki elektron vosita ko‘rinishidagi ilmiy – pedagogik, o‘quv – metodik materiallar 
majmuasi
4
deb hisoblaganlar. 
S.I.Makarov esa elektron ta’lim resurslari- ta’limning metodik tizimi doirasida 
jarayonning zarur va yetarli elektron o‘quv materiallar majmuaviy ta’minotidir
5
, degan 
fikr bildirgan. 
Hozirgi kunda o‘quv jarayonini elektron ta’lim resurslarisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Ammo har qanday vosita elektron ta’lim resursi bo‘la oladimi? U qanday 
sifatlarga ega bo‘lishi kerak?, kabi savollarga quyida javob beramiz. 
Har qanday ta’lim materiali kabi ETR ham sifat kriteriyalari bilan baholanishi 
kerak. Shu sababdan baholash kriteriyalarini an’anaviy va innovatsion turlarga ajratish 
mumkin. 
An’anaviy sifat kriteriyalarga: 
- Ta’lim dasturi bilan muvofiqligi (TDM)( maktab, litsey, oliy ta’lim); 
3
О.В.Солнышкова Повышение эффективность подготовки студентов в процессе 
использования интерактивных образовательных ресурсов: дис. кан.пед.наук: Барнаул, 2014. -
188 л. 
4
В.В.Довган, И.В.Роберт, Т.А.Лавина, Л.П.Мартиросянн, А.Н.Тихонов Создание и 
использование электронного образовательного ресурса в составе информационно-
методического обеспечения учебного процессе: автореф.дис.канд.пед.наук: 
Ин-т 
информатизация образования Рос. акад. образования. –М., 2012.-23 с. 
5
С.И.Макаров Методические основы создания и применения образовательных электронных 
изданий: автореф. дис. д-ра пед.наук.: Ин-т общего средного образования Рос. акад. 
образования.-М.,2003-39 с.


180 
- Taqdim etilayotdan materiallarning ilmiyligi(MI) (fanga doir bilimlar bilan 
mosligi); 
- Yagona metodik birligi(YMB) (“oddiydan murakkabga”, materiallarni ketma-
ketlikda taqdim etilishiga amal qilinishi); 
- Faktografik xatoliklar, noetik komponentlardan foydalanmaslik(FX+NK); 
- O‘quv resursining texnologik sifatining optimalligi(TSO) (masalan, sifatli 
poligrafiya, dizayn); 
ETR ning asosiy innovatsion sifat kriteriyalariga: 
1. Ta’lim jarayonining barcha komponentlari bilan ta’minlanganligi(BKT); 
- Axborot olish (nazariy ma’lumot); 
- Amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulotlari; 
- Attestatsya(ta’lim darajasini baholash); 
Bunda an’anaviy darsliklar faqatgina nazariy ma’lumot berish jihatini hisobga olsak, 
ETR ning ustunligini ko‘rishimiz mumkin. 
2. Interfaollik ya’ni aktiv-faoliyat ta’lim shakliga asoslangan bo‘lib, talabada 
mustaqil ta’lim olish va o‘z-o‘zini baholash sektorining tezkor rivojlantirishni 
ta’minlanganlgi(IMO‘S); 
3. Masofali ta’lim olish imkoniyatlarining mavjudligi(MT). 
Zamonaviy elektron ta’lim resursi yangi pedagogik vositalardan foydalanish 
orqali yuqorida aytib o'tilgan innovatsion fazilatlar bilan bir qatorda: 
- interaktiv; 
- multimediya (haqiqiy yoki hayoliy dunyo fragmentining audiovizual 
taqdimoti); 
- modellashtirish (audio-vizual aks ettirish bilan obyektning mohiyati, turi va 
sifat o'zgarishlarini imitatsion modellashtirish); 
- kommunikativ (telekommunikatsiya bilan ta'minlanganlik); 
- mahsuldorlik (foydalanuvchi samaradorligi) kabi pedagogik uskunalarini ham 
qamrab oladi. 
Yuqoridagi kriteriyalarni quyidagi formula orqali ifodalasak, an’anaviy kriteriya(AK) 
AK= TDM+ MI+ YMB+(FX+NK)+ TSO 
Bunda: 
TDM=20 ball
MI=20 ball
YMB=20 ball 
(FX+AN)=20 ball 
TSO=20 ball
Innovatsin kriteriya(IK) formulasini quyidagicha yozamiz: 
IK=BKT+ IMO‘S+ MT 
BKT=50 ball 
IMO‘S=25 ball 
MT=25 ball kabi taqsimlash mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling