Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


TA’LIMGA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI JORIY ETISH


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet134/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

TA’LIMGA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI JORIY ETISH 
ZARURATI 
 
Usmonova D.S. - Toshkent viloyati Parkent tumani, 5-sonli ayrim fanlar chuqur 
o‘rganiladigan Davlat ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 
 
O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta’lim tizimini tubdan 
modernizatsiyalash va isloh etish, ta’lim-tarbiya sifati va o‘qitish samaradorligini 
oshirish bilan birgalikda ta’lim sifati monitoringi mexanizmi ham takomillashib 
bormoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISEF bolalar tashkiloti 
bilan hamkorlikdagi “Ta’lim sifati va parametrlarini ishlab chiqish” hamda Jahon banki 
bilan hamkorlikdagi 2007-2013 yillarda amalga oshirilgan “Maktab ta’limini 
rivojlantirish” loyihalari doirasida dastlabki tajriba-sinov ishlari amalga oshirilgan edi.
Istiqlolning dastlabki yillaridan ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy 
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi, deb e’lon qilindi. O‘zbekistonning ta’lim tizimida 
erishgan yutuqlari oldimizda turgan yangi va yanada keng ufqlarni ochmoqda, deb 
aytish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish istiqbollariga nazar tashlab, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)dan oqilona foydalanish ta’lim sifatini yanada 
oshirishning muhim omili bo‘lishini alohida ta’kidlash lozimdir. 
Zamonaviy ta’lim tizimining barpo etilishi, o‘quv jarayoniga axborot 
texnologiyalari yutukdarini joriy qilish bilan chambarchas bog‘liq. Bu ayniqsa AKTga 
asoslangan o‘qitishning yangi shakl va vositalariga taalluqlidir. Bular qatoriga ta’limga 
elektron axborot resurslarini faol qo‘llashni taqozo etadigan elektron o‘qitishni kiritish 
mumkin. Mamlakatimizda AKT asosida elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, 
takomillashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etish orqali umumiy o‘rta ta’lim sifatini 
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida 
Multimediali umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. 
Ta’lim tizimida elektron axborot resurslari ikki turga ajratiladi: ta’limni tashkil 
qilish va boshqarishga oid bo‘lgan elektron ta’lim resurslari va undan faqat o‘quv 
jarayoniga oid bo‘lganlari elektron o‘quv resurslari deb yuritiladi. 
Bugungi kunda o‘quv jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan ko‘plab 
elektron axborot resurslari yaratilganki, ularga elektron darslik, elektron qo‘llanma, 


241 
elektron jurnal, elektron ensiklopediya, masofaviy talim saytlari, ta’lim portallari, 
elektron kutubxonalar, virtual kutubxonalar, elektron kataloglar va boshqa atamalar 
yuritilgan dasturiy vositalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Elektron ta’lim resurslari, xususan elektron darsliklar vositasida o‘qitishda 
axborot va o‘rgatuvchi texnologiyalarni qo‘llash uchun imkoniyat yaratiladi. 
Shuningdek, elektron zahiralar vositasida o‘qitish jarayonining samarali tashkil etilishi 
o‘quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi. Yana shuni ta’kidlash joizki, agar o‘qitish 
jarayoni yaxshi tashkil etilmasa, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari ham 
yetarlicha samara bermaydi. 
Elektron talim resurslari o‘zida o‘quv jarayonini ta’minlash vazifasini bajaruvchi, 
elektron ko‘rinishda taqdim qilingan, o‘quv va o‘qitish metodikasiga ega 
ma’lumotlardir. Elektron ta’lim resurslari elektron o‘quv resurslari 
bilan qiyoslaganda, umumiy tushuncha bo‘lib, nafaqat ko‘zda tutilgan tugallangan 
o‘quv qo‘llanma, balki har xil yaratish bosqichidagi resurslardir. 
Elektron o‘quv resurslari – zamonaviy axborot texnalogiyalari asosida 
malumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni inter faol usulda 
taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan elektron manbadir. 
Elektron o‘quv resurslariga elektron ko‘rinishda taqdim etiladigan, bayon qilishning 
ma’lum shaklidagi, ilmiy va amaliy xarakterdagi tizimlashgan ko‘rsatmalarda tashkil 
topgan, o‘rganish uchun qulay, hamda turli yosh va darajadagi o‘quvchilarga 
mo‘ljallangan resurslar kiritiladi. 
Uzluksiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish, o‘quv 
jarayonining samaradorligi keskin oshishiga olib keladi. Bunda nafaqat o‘qituvchilar 
balki o‘quvchilar ham jahonning yangi ilmiy –metodik adabiyotlaridan foydalanish 
imkoniyatlaridan foydalanishga ega bo‘ladilar, chet el va respublikamizning yetakchi 
ommaviy ta’lim muassasalari axborot resurs markazlaridagi tegishli ma’lumotlar bilan 
tanishadilar, masofali ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o‘xshash juda ko‘p 
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Elektron o‘quv-ta’lim resurslar ta’lim oluvchilarni 
zamonaviy shakldagi axborot manbalari bilan ta’minlashga imkon beradi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uzluksiz ta’lim jarayonida axborot 
kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanish, ta’lim sifatini ko‘tarish va 
samaradorligini oshirishni ta’minlashga yetarli imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda 
ta’lim jarayonida yangi usul va uslublar, axborot va uslubiy resurslar to‘plash vositalari 
bo‘lgan elektron ta’lim resurlarini yaratishga ko‘maklashadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling