Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet138/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

Литература 
1. Пащенко Ф.Ф. Введение в состоятельные методы моделирования систем. 
Ч.1. Математические основы моделирования систем. М.: Финансы и статистика, 
2006 - 328 с. 
2. Жуманов И.И., Бекмуродов З.Т. Алгоритмы повышения достоверности 
прогноза временных рядов с использованием нейро-нечетких сетей и методов 
кластеризации // «Вестник ТУИТ», Ташкентский университет информационных 
технологий. - Ташкент, 2015. - №2 (34). - с. 106-112. 
3. Каллан Р. Основные концепции нейронных сетей// Москва, «Вильямс», 
2001 г. – с. 35-87.
4. Жуманов И.И., Бекмуродов З.Т. Идентификация случайных временных 
рядов на основе нейро-нечеткой сети для повышения достоверности прогноза // 
Труды ХI Международной Азиатской школы-семинара «Проблемы оптимизации 
сложных систем», 27 июля – 7 августа 2015 г., Кыргызская Республика, 2015 - с. 
258-264. 
 
 
 


245 
MILLIY ILOVALARNING TA’LIM JARAYONIDAGI OʻRNI 
 
Shamsitdinov Salohiddin - AnDU Axborot texnologiyalari kafedrasi 
oʻqituvchisi,
Qamardinov Nuriddin - TATU talabasi 
Oʻquv qayda boʻlsa, buyuklik boʻlur, 
Bilim qayerda boʻlsa, buyuklik boʻlur 
Yusuf Xos Hojib 
Ta’limning ahamiyati yuksak ekanligi buyuk ajdodlarimiz tomonidan bot-bot 
takrorlanib oʻtilgan. Uni birinchi ahamiyatli masalaga olib chiqishgan. Ajdodlarimizga 
munosib voris boʻlish uchun mamlakatimizda ham ta’lim tizimiga katta e’tibor 
qaratilmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish bosqichi oʻz harakatini amalga 
oshirmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori ham ushbu sohadagi islohotlarni 
amalga oshirishning muhim huquqiy asoslaridan biri boʻldi. Mazkur qaror oliy ta’lim 
tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini 
tubdan qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar 
tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Yuqoridagi fikrlar masalaning bir tomoni edi, ya’ni siyosiy-huquqiy tomoni. 
Ikkinchi tomonda esa bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya 
tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi yotibdi. Ya’ni bu boshqa sohalar 
qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga oʻz 
ta’sirini koʻrsatmoqda. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy 
qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va 
murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar oʻz faoliyatlarida 
kafolatlangan natijalarni qoʻlga kiritishga urinmoqdalar. 
XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan 
olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda 
rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan 
keng foydalanish an’anaviy oʻqitish usullaridan koʻra samarali va yuqori natijalarga 
olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da koʻzda tutilganidek, pedagogik 
va axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida 
ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda. 
Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivoji oʻzimizning sifatli milliy dasturiy 
mahsulotlarni koʻpayishi boʻlgan ehtiyojni ortishiga olib keladi. Shuning uchun 
pedagoglar faoliyatini yuksaltirish uchun ishlab chiqilgan “Skanvord-N” dasturini 
ilova qilmoqchiman. 
Ma’lumki skanvordlar inson aqlini oziqlantiradi. Ta’limda ham pedagoglar 
bunda unumli foydalanishi ma’lum. Ammo skanvord tuzish vaqt va mehnat talab 
qiladi. Biz yaratgan dastur esa bu vazifani oʻz zimmasiga oladi. Skanvord qoʻl mehnati 
bilan yaratilganda kichik xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin yoki bir nechta variant 
tayyorlash uchun koʻp vaqt talab qiladi. “Skanvord-N” dasturi esa qisqa vaqt ichida bir 
nechta variantda skanvord tayyorlab berishi bilan ajralib turadi. Pedagogning oldiga 


246 
qoʻyiladigan yagona vazifa savol va javoblarni kiritish. Savollar ma’lumotlar omborida 
saqlanadi va istalgan payt yana murojaat qilib skanvord tayyorlash mumkin. Dastur 
oynasidan namuna: 
Bunday dasturlarni yanada takomillashtirgan holda milliy mahsulotlarni ishlab 
chiqish biz dasturchilarning asosiy maqsadimiz. Shuningdek, innovatsion ta’limni 
ta’limni tashkil qilish va rivojlantirish ham har birimizning vazifamizdir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling