Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING IQTIDORLI YOSHLARNI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING IQTIDORLI YOSHLARNI
RAQOBATBARDOSH KADR SIFATIDA SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI Mamarajabov O.E. – Nizomiy nomidagi TDPU Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi, M.O.Toirova - Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning izchil sur’atlarda rivojlanishini vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ularini shakllantirmasdan hal etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash shunchalik muhim, murakkab va ko‘p qirraliki, mamlakatning har bir rivojlanish bosqichlarida bu masala qayta va qayta ko‘rib o‘tiladi. Axborot kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni turli sohalarda jadal tarzda joriy etib borilishi bilan bizning jamiyatda iqtidorli yoshlarga, ularning etuk kadr bo‘lib shakllanishiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shaxsning ijtimoiy jihatdan shakllanishida tarixiy-madaniy yodgorliklarni, tarixiy obidalarni o‘rganish, asrash va anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni tashabbuskorlik ruhida tarbiyalash asosida – vatanga, yashash joyiga, xalqiga, o‘z oilasiga bo‘lgan sadoqati va hurmat e’tibori yotadi. SHu bois ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari shaxsning 293 ruhan etuk inson bo‘lib shakllanishida axborot manbai sifatida foydalanib kelinmoqda. Axborot tizimini joriy etilishi yosh avlodni qadr-qimmatini, dunyoqarashini, vatanga sadoqatini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga kelib ko‘pchilik yoshlar g‘arb mamlakatlari tomonidan targ‘ib etilayotgan hayot tarziga o‘tib bormoqda. Shuning uchun ham hozirgi zamon yoshlaridagi o‘zgarishlar, hususiyatlar va qiziqishlarni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish zarur. Bugungi kunda Internet tarmog‘iga kiruvchilar kontingentini katta qismini asosan yoshlar tashkil etadi. Yosh avlodning Internet axborot resurslaridan foydalanish huquqi ularning yoshi va ruhiy holati hususiyatlariga bog‘liq xolda O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” qonuni va qonun osti xujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Axborot tizimi yoshlarni elektron adabiyotlar bilan tanishishga, madaniyatni o‘rganishga, o‘zaro axborot almashinuviga keng imkoniyat yaratib bermoqda. Natijada yoshlarda chet-el tillarini o‘rganishga ishtiyoq va ehtiyoj tug‘ilmoqda, bu o‘z navbatida kengroq doiradagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishga olib kelmoqda. Internet orqali bilim olish, estetika va sanat, tarixiy voqealar, ekologik jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish haqidagi ma’lumotlardan nogiron yoshlarning xabar topishiga imkoniyat yaratildi. Lekin Internet axborot resurslari barcha yoshlarga birday ijobiy ta’sir etmay, balki ularning ongiga, madaniyatiga, milliy urf-odatlariga, huquqiy, tashabbuskorlik holatiga, diniy dunyoqarashiga va ekologik tarbiyasiga turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois ham oilada ota-ona, o‘quv dargohida murabbiylar tomonidan yoshlarning qaysi sohaga oid Internet axborot resrslari bilan qiziqayotganligi va foydalanayotganligini nazoratga olishlari maqsadga muvofiq. Yoshlarda tez moslashuvchanlik hislatlari katta yoshdagilarga nisbatan ancha yuqori darajada bo‘lganligi uchun ularning xulq atvori, ruhiy holatidagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib borish lozim. Internet tarmog‘ining afzalligi shundaki, ixtiyoriy ma’lumotni bir zumda olishingiz va uni qayta ishlashingiz mumkin. Har bir yosh o‘zini qiziqtirgan sohaga oid elektron axborot resurslari jamg‘armasini yaratishi, ijodiy faoliyat olib borishi va erishilgan natijalarni jamiyatning biron bir sohasiga tadbiq etishi mumkin. Raqobatbardosh etuk mutaxassis bo‘lib etishishga zamin yaratiladi. Yoshlarning ma’naviy saviyasi oshadi, dunyoqarashi shakllanadi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni tahlil qilishlari asosida tashabbuskorlik xislatlari yanada rivojlanadi. Yoshlarda tashabbuskorlikni shakllantirish dialektik bog‘lanishlar, ya’ni intellektual – anglash, emotsional-qadriyat, amaliy faoliyat elementlariga bog‘liq. Shuning bilan birga yoshlarda muhim insoniylik fazilatlari va sifatlarini shakllantirish, jamiyatning turli sohalarida bo‘layotgan o‘zgarishlarni anglashi, bilishi va unga moslashishga tayyor bo‘lishi yosh avlodni rivojlanishida asosiy maqsad hisoblanadi. Bunda yoshlarning davlat gimni, bayroq, davlat gerbi ramzini bilishligi talab etiladi. Shuning bilan birga mamlakatda olib borilayotgan siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni to‘g‘ri tushunib anglashni taqozo etadi. Tashabbuskorlik bugungi kunda yoshlarning ruhiy-insonparvarlik holatini belgilovchi faktor hisoblanib, jamiyatning mo‘tadilligi, davlatning xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham yoshlarni tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashning negizida tarixiy ongning shakllanishi yotadi. Tarixiy tarbiya – kelib chiqish avlod ajdodlarimiz, urf-odatlarimizni bilish bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatning 294 dunyo miqyosida tutgan o‘rni, ko‘pmillatligi, tarixiy jarayonlar, urf-odatlar, diniy e’tiqod, mintalitet hususiyatlarini tushinish, tashqi axborot xurujlaridan himoyalanish darajasi bilan ifodalanadi. Iqtidorli yoshlarga hukumat, o‘quv yurtlari va oila a’zolari tomonidan e’tiborning kuchaytirilishi, ularning zamonga hamnafas xolda jamiyat uchun etuk raqobatbardosh kadr bo‘lib etishishiga zamin yaratadi. Bu borada Internet axborot resrslaridan ijodiy izlanishlar olib borish, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini boyitishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishlarini tashkil etilishi bugungi kunning taqozasi hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling