Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


OʻRTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI VA OLIY TA’LIM


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet158/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

OʻRTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI VA OLIY TA’LIM 
OʻRTASIDA HAMKORLIKDA ISHLASH TIZIMI 
 
Ibragimova G.R. - Sergeli tibbiyot kolleji 
 
O‘zR VMning 16.02.06 dagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘rsida”gi qarori 
bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari” ga ko‘ra: 
1. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning bazaviy ta’lim 
muassasalari, ta’lim muassalslariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning ilmiy-
tadqiqot va metodik markazlari, jumladan: “.... zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalaridan foydalanib pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab 
chiqadilar”. 
2. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
institutlari, jumladan: “O‘qitishning interaktiv metodlarini, Internetning global 
tarmog‘idan foydalangan holda pedagoglarning tanqidiy va ijodiy tafakkurini 
rag‘batlantirishga, mustaqil ma’lumot olishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik va 
axborot texnologiyalarini joriy etadilar”.
3. Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga qo‘yiladigan talablarda esa jumladan: 
“yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallaganlik” kabi talab va vazlfalar 
qo‘yilan . 
O‘zR VMning 25- sonli qarori bilan belgilangan ushbu vazifalardan ko‘ramizki, 
malaka oshirish jarayonida tinglovchilar zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalari asoslarini, bunday texnologiyalardan ta’lim jarayonida samarali 
qo‘llashni egallashlari kerakligi nazarda tutiladi. 
Hozirgi kunda yuqoridagi talablarni bajarishda hamkorlikda ishlash oʻzining 
samarali natijalarini berib kelmoqda. 
Hamkorlikda ishlash tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad – avvalo, o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta'limning o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim hamda 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi amalda faoliyat ko‘rsatadi. 
ta'lim-tarbiya, o‘quv-uslubiy jarayonlari adabiyotlar axborot ta'minoti sifatini oshirish 


286 
hamda pedagog kadrlar bilan ta'minlanishi va ularning kasbiy mahoratini oshirishga 
qaratilgan. 
Oliy ta’lim tizimining “Hamkorlikda ishlash” boʻlimning asosiy vazifalari: 
• Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish; 
• Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, 
tashkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish, takomillashtirish va 
rivojlantirishga ilmiy-uslubiy, tashkiliy va amaliy yordam berish va hamkorlik qilish; 
• O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq 
kollej va akademik litseylarda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat ta’lim 
standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish, ularni amaliyotga 
joriy etilishini o‘rganish va tegishli tashkiliy-uslubiy yordam berish
• Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan mutaxassisliklar o‘quv 
rejalari va dasturlariga muvofiq fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy 
majmualar va o‘quv-didaktik materiallar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga joriy 
etilishiga amaliy-uslubiy yordam berish; 
• Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarining malakasini 
oshirish,kompyuter va Internet savodxonligini, chet tilini bilish va undan amaliy 
foydalanish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya 
vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish; 
• Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning iqtidorli o‘quvchilarini izlab topish, 
ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish; 
• Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarini, xususan, yosh iqtidorli 
pedagoglarini ilmiy-tadqiqot jarayoniga faol jalb etish, akademik litseylar va kasb-
hunar kollejda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fan doktorlarini tayyorlashga (jumladan 
maqsadli asosda) ko‘maklashish;
• Turli davra suhbatlari, tadbirlar, tanlovlar, seminar-treninglar o‘tkazish; 
• Institut qoshidagi akademik litseylar o‘quvchilarining OTMlarga oʻqishga kirish 
ko‘rsatkichlari hamda o‘qishga kirmagan o‘quvchilarni “Abituriyentlar shtabi”ga jalb 
etish va bandligini ta’minlash; 
• Institutda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini jalb etgan holda 
uslubiy seminarlar tashkil etish; 
• Institut professor-o‘qituvchilari kasb-hunar kollejlarining o‘quv rejalari, fan 
dasturlarini tayyorlashda, ekspertiza qilishda doimiy ishtirokini ta’minlash; 
• Institutning ko‘plab tajribali va professor-o‘qituvchilarini akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarida o‘rindoshlik hamda soatbay asosida o‘qituvchilikka jalb etish; 
• Institut professor-o‘qituvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun 
yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishini ta’minlash; 
• Institut professor-o‘qituvchilarining ochiq darslariga akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlari o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash; 
• Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, o‘quvchilari uchun institut 
axborot–resurs markazi hamda uning o‘quv zallaridan foydalanishlari uchun sharoitlar 
yaratish; 
• Institut qoshidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘rnatilgan tartibda 
axborot taqdim etib, Internetdagi institutning veb saytida joylashtirilgan elektron ta’lim 


287 
resurslaridan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglari, o‘quvchilari 
samarali foydalanishini tashkil qilish; 
• Akademik litseylar va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni 
ishga joylashtirish masalalarida hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
• Akademik litseylar va kasb-hunar kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilariga institut 
Axborot-resurs 
markazidan 
foydalanishga 
imkoniyat 
yaratish; 
• Institut bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollej ehtiyojiga muvofiq 
ishga jo‘natish; 
Hamkorlikda ishlash asosida har bir ishtirokchi kollej yoki litsey vakili 
fandan, oʻquv dasturi, innovatsion texnologiyalar va fanning gumanitar mazmuni 
asosida tayyorlangan oʻquv-uslubiy majmuaga ega boʻladilar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling