Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa talimdan ajratib boʻlmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir.” I.A.Karimov
Фойдаланилган адабиётлар:
1. Сафонов В.И. Гуманитарные исследования. 2015. №1(5). 106-108 стр. ANIQ VA TABIIY FANLARNI OʻQITISHDA INFORMATIKANING OʻRNI VA AHAMIYATI Zokirov Sh.A. - Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti I-bisqich talabasi, Muxamedaminova L.M. - fizika kafedrasi oʻqituvchisi “Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa talimdan ajratib boʻlmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir.” I.A.Karimov Hozirgi kunga kelib texnika taraqqiyoti kun sayin rivojlanib borayotganligi, aql bovar qilmas kashfiyotlar, g`aroyib smartfonlar AKT vositalari dunyo yuzini koʻrishi koʻzni quvontiradi. Bu barcha ixtirolar inson manfaati, uning kundalik yumushlarini yengillashtirish, kunlik ehtiyojlarini qondirish va hali yechilmagan muammolar, kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. 283 XX asr oʻrtalariga kelib yaratilgan ilk EHM(elektron hisoblash mashinalari) texnika taraqqiyotini keskin rivojlanishiga, inson va texnika orasidagi oʻzaro bog`liqlikni yanada kuchaytirishga sabab boʻldi. Ilk avlod mashinalarining hajmi katta va ulardan foydalanishda bir qator muammolarga duch kelingan. Ulardan faqat sodda amallarni bajarishda foydalanilgan. XX asr oxirlariga kelib bu muammolar oʻz yechimlarini topa boshladi. Ilk EHM larning narxi qimmatligi, birtta mashinaning hajmi butun bir xonaning hajmiga tengligi, ulardan foydanishning murakkabligi ulardan faqat mutahasislargina foydalanishiga olib kelgan. Shaxsiy kompyuterlarni yaratilishi insonlarda ularga nisbatan katta qiziqish uyg`otdi. Ular avvalgi EHMlarga nisbatan juda ixcham arzon va qulay edi. Bu ularning keng sur`atda jamoatchilik orasida yoyilishiga olib keldi. Oxirgi 20-30 yil ichida AKT sohalari shu darajada rivojlandiki ular dastlabki EHM lardan ham, shaxsiy kompyuterlardan ham tubdan farq qiladi. Bularning barchasi inson hayotini avtomatlashtirishga sabab boʻldi. Bugungi kunda biz inson hayotini ushbu vositalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Oddiy bolalar oʻyinchoqlari-yu kosmosdagi sun`iy yoldoshlar haraklari ham avtomatlashtirilgan. Endilikda ushbu vositalar oshxonadagi yumushlaringizdan tortib bank ishlarida ham sizga koʻmaklashadi. Albatta hayotimizdagi har bir yangilik faqat inson manfaatlarini koʻzlab yaratiladi. Biz bu yangiliklardan toʻla qonli foydalana olishimiz uchun ularni qadimgi tarixidan tortib hozirgi kunigacha yaxshii bilishimiz kerak. Bizga ushbu bilimlarni beruvchi fan informatikadir. Modomiki hayotimizning har bir sohasida avtomatlashgan tizim ya`ni axborot- kommunikatsiya tizimi mavjud ekan. Demak har bir soha informatika bilan chanbarchas bog`liqdir. Shu qatori ta`lim tizimi sohasida ham informatikaning oʻrni beqiyosdir. Informatikaning rivojlanishi koʻplab qulayliklar yaratib berdi. Xususan, ajdodlarimiz oʻz bilimlarini bizga kitoblar orqali yetqazishgan. Ularnign nusxalari ham qoʻlda tayyorlangan, koʻp qog`oz sarf qilingan. Modomiki bu madaniy meroslarni oʻz holicha saqlanishiga toʻsqinlik qiladi. Tabiiy sharoit, namgarchilik va hakazolar bu kabi qoʻlyozmalar, turli xil qadimiy buyumlar sifatiga sezilarli ta`sir koʻrsatgan. Shu sababdan ham bizgacha koʻp ma`lumotlar yetib kelmagandir. Qadimdan sharqda ustoz shogird an`analari sayqallanib kelgan. Tolibi ilmlar uzoq yoʻl bosib oʻzlariga munosib ustozlardan uzoq yillar davomida bilm olishgan. Buning sababi koʻplab bilmlar avloddan avlodga aynan shu yoʻl bilan oʻtgan. Hozirga kelib ushbu muammolar mutlaqo uchramaydi. Siz hatto uyizda oʻtirib ham hohlagan kitobizni, yoki hohlagan ma`lumotingizni olishingiz mumkin. Bu uchun esa sanoqli daqiqalar kifoya. Xususan internet tarmoqlarida axborot yashin tezligida tarqalmoqda. Bilm olishni istaganlar uchun ham keng imkoniyatlar mavjud. Turli xil dasturlar, video darslar, 3D animatsiyalari shular jumlasidandir. Har bir sohada yangi g`oya, metod va uslublarni qoʻllash ushbu sohaning rivojiga sezilarli hissa qoʻshadi. Bugungi kunda yurtimizda bilimli, tajribali va har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalash dolzarb mavzulardan biri. Zamon bilan hamnafas, malakali, bilimli kadrlar tayyorlashda AKTning oʻrni beqiyos. Shu sababdan yurtimizda ta`lim tizimini va axborot-texnologiyalari tizimini rivojlantirishga katta e`tibor berilmoqda. Muhtaram yurtboshimizning bu masala toʻg`risidagi qaror va farmoishlari bunga misol boʻla oladi. Ta`lim tizimiga ushbu 284 yangi metodlarni kiritish ta`lim samarasini yanada oshiradi. Xususan aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda ushbu fan, mavzuni talabalar ongiga toʻliq yetqazish, ular tasavvurida bu muhitni shakillantirishda bir muncha muammolar tug`diradi. Misol tariqasida tabiiy fanlarni oladigan boʻlsak, ulardagi ba`zi mavzular: inson kundalik hayotda koʻrmagan,mikro muhitga oid mavzularni oʻrganishda ularni tasavvur qilish qiyinchilik tug`diradi. Shu kabi muammolarni bartaraf etishda zamonaviy metodlar va texnologiyalardan foydalanish samarali yordam beradi. Elektron doskalar, proektorlardan foydalanish, ularda mavzuga oid multimedia, 3D animatsiyali materiallardan foydalanish talabalarda bu mavzuni qiziqish bilan yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling