Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Proektorlardan foydalanish.
Elektron doskalardan foydalanish.
Elektron doskalardan foydalanish dars jarayonini yengillashtiradi: -doskani butun auduitoriyaga birdek yaxshi koʻrinishini ta`minlaydi -doskada yozilgan ma`lumotlarni oson oʻchirish va yangi ma`lumotni oson kiritish mumkin - doskadan odatiy yoki katta manitor sifatida ham foydalanish mumkin - unga ma`lumotlar yozilganda hech qanday chang hosil boʻlmaydi. Bu esa oʻqituvchi va talabalar sog`lig`i uchun, odatiy doskaga qaraganda foydali. Proektorlardan foydalanish. Dars jarayonlarida proektorlarda prezintatsiya, video va animatsiyali materiallar qoʻyish mumkin. Proektor oʻziga hos qulay qurilma. Undan ixtiyoriy auditoriyada foydalanish mumkin. U quidagi afzalliklarga ega: - talabalarga ushbu mavzuni toʻla tushuntirish - ularda fanga nisbatan qiziqishni oshirish - avvaldan puxta tayyorlangan noodatiy materialllardan foydalanish - darsni intellektual salohiyatda olib boorish - bu ma`lumotlarni talabalar xotirasida yaxshiroq saqlab qolishga erishish - darslarda unga oid video materiallardan foydalanish va yanada koʻproq bilimlarga ega boʻlish. Koʻplab fanlarni oʻrganishda tajribalar oʻtqazish muhim oʻrin tutadi. Maruzalarda olingan bilimlar amaliyot darslari va labaratoriya mashg`ulotlarida mustahkamlanadi. Ba`zi labaratoriya mashg`ulotlarini bajarish bir muncha qiyinchilik tug`diradi yoki bu labaratoriyani xona sharoitida qoʻllashni iloji yoʻq. Yana bir turlari esa inson hayoti uchun bir muncha xavfli hisoblanadi. Shu kabi labaratoriya darslarida elektron labaratoriyalardan foydalanish ayni muddao. Elektron labaratoriyalar bir qator afzalliklarga ega: - darslar xavfsiz muhitda virtual tarzda oʻtqaziladi - ularda ba`zi ilojsiz xona sharoitida mumkin boʻlmagan labaratoriyalarni ham oʻtqazish mumkin - labaratoriyada ishlatiladigan preparatlar, jihozlarni sozligini saqlashga yordam beradi - har bir talaba bir vaqtning oʻzida ushbu labaratoriyani amalga oshirishda yordam beradi. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, hayotimizning har bir sohasida: xoh ta`lim sohasi, xoh ijtimoiy hayot, xoh biznes sohasi boʻlsin ularda zamonaviy texnika 285 va texnologiyalaridan samarali foyldalanishimiz kerak. Boshlang`ich ta`limda informatikani oʻrnini yaxshilash, yosh avlodni zamon bilan hamnafas tarzda, eng soʻngi yangiliklar bilan tarbiyalash, ularda axborot madaniyatini shakillantirish zarur. Zero birinchi prezidentimiz I.A. Karimov aytganlardek “Biz hech kimdan kam boʻlmagaymiz, kam boʻlmaymiz illo hech qachon!”. Biz ushbu tamoyilga asoslangan holda har tomonlama yetuk, zukko va talabchan yoshlarni tarbiyalashda rivojlangan davlatlar metodlari, texnologiyalaridan unumli foydalanishimiz kerak. Agar biz yoshlar tarbiyasiga befarq boʻlmasak, albatta, biz yoshlardan ham Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Temurbeklar kabi ulug` mutafakkir, yetuk insonlar, buyuk allomalar, I.A.Karimov kabi zamonasi daholari yetishib chiqadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling