Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
Фойдаланилган адабиётлар:
1. http://kun.uz/news/2017/11/24/maktabgaca-talim-vazirligida-korea-modeli- elementlari-kullanadi 2. Jang, M. L., J. K. Kim, and S. Y. Park. 2010. A Study of Systemization of the National Kindergarten Evaluation (Research report 2010-02). Seoul: Korea Institute of Child Care and Education (KICCE). (in Korean) 3. Роберт И.В, Лавина Т.А. Психолого-педагогические основы использования информационных и коммуникационных технологий в дошкольном образовании. М.: ИИО РАО, 2004-8 с. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM VA TARBIYADAGI OʻRNI Murodov S. DJ. - Axborot teхnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi, TDPU Jamiyatning ravnaqi koʻp jihatdan pedagog kadrlarga bogʻliq. Chunki oʻsib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasi va bilimi koʻproq pedagoglarning qoʻlidadir. Pedagog kadrlar ma’naviy va ma’rifiy jihatdan kanchalik yetuk boʻlsa, ularning tarbiyalagan kadrlari xam shunchalik yetuk boʻladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mamlakatimiz ta’lim tizimida ham koʻzga koʻrinarli islohotlar olib borilmoqda. Ta’lim toʻgʻrisidagi qonun va kadrlar tayyorlashning milliy dasturining qabul qilinishi shular jumlasidandir, u yerda aytilishicha: «Barkamol avlod jamiyat taraqqiyotining poydevoridir». Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash esa ta’lim jarayonini tubdan isloh qilishni taqozo etadi. Bunga esa yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy qilish orkali erishish mumkin. Oʻqitishning zamonavay axborot texnologiyalardan foydalanishning muhim vazifalardan biri, talabalarni mutaxassislikka doir matnlar bilan mustaqil ishlashga oʻrgatishdir. Bundan tashqari, talabalarga mavsum davomida oʻtilgan mavzular yuzasidan yana chuqurroq bilim va tushunchaga ega boʻlish uchun kompьyuter tizimiga kiritilgan topshiriqlar beriladi. Bu borada yangi pedagogik texnologiyalardan, ya’ni masofadan oʻqitish texnologiyasi ayniqsa qoʻl keladi. Masofadan oʻqitish texnologiyasida talaba nafaqat shu fanni oʻrganadi, balki u kompyuterda ishlashni va internetdan foydalanishni ham oʻrganadi. Zero, mustaqil davlatning kelajak avlodlarida, eng avvalo, mustaqil fikr yuritish malakasi va koʻnikmalarini rivojlantirish kerak.Umuman olganda, talabalarga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars oʻtish, ham talaba, ham oʻqituvchidan tezkorlikni, izlanuvchanlikni, mustaqil fikr yuritishni va mustaqil ishlashni, oʻziga nisbatan talabchanlikni va masuliyatni his etishni, xorijiy tillarni mukammal bilish va erkin muloqot kabi koʻnikmalarni rivojlantiradi.Dasturlashtirilgan oʻqitishda dasturlashtirilgan oʻquv materiali oʻqituvchi tomonidan boshqarishdi. Bu vosita kompyuter, dasturlashtirilgan darslik, kinotrenajer va boshqalar boʻlishi mumkin. Dasturlashtirilgan oʻquv materiali oʻquv axborotining bir necha va uncha katta 303 boʻlmagan boʻlaklaridan iborat boʻlib, ma’lum ketma - ketlikda taqdim etiladi. Hozirgi kunda oʻqitishning faol usullarini qoʻllash pedagogik texnologiyaning asosini tashkil etadi. Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni oʻqutuvchi bilan oʻquvchi oʻrtasidagi pedagogik muloqot koʻrinishida amalga oshiriladi. Bu muloqot davomida ularning har biri ma’lum faoliyat turlarini amalga oshiradilar. Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni oʻqituvchi uchun soʻzlash, koʻrsatish, topshiriqlar berish, nazorat qilish, mustaqil bilim olish va fikrlashga oʻrgatishdan, oʻquvchi uchun esa diqqatni jamlagan holda tinglash, kuzatish, topshiriqlar bajarish orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga oʻrgatishdan iborat.Bu oʻrinda, shuni alohida e’tirof etib oʻtish joizki, jamiyatimiz ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan jadal sur’atda taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida oʻzining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy mavqeini kundan-kunga mustahkamlab bormoqda. Bu kelajakda xalq xoʻjaligining barcha jabhalarida, jumladan, sanoat, qishloq xoʻjaligi, madaniyat, maorif, harbiy mudofao sohalarida ishlaydigan yoshlarning bilimdon, ishbilarmon, tashabbuskor boʻlishini talab etadi. Bunday xususiyatlarga ega boʻlishning tamal toshi maktab ostonasida qoʻyiladi. Shunga koʻra bunday shaxslarni tarbiyalash uchun oʻqitish va tarbiyalashning mavjud, strategik usullari, shakllari, vositalari yetarli emas. Demak ta’lim - tarbiya jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etish lozim. Chunki, yukorida qayd etib oʻtilgan pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish barkamol avlodni tarbiyalashda muhim vosita boʻla oladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling