Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


KOMPYUTER YORDAMIDA FIZIKA OʻQITISHNING OʻZIGA HOS


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet190/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

KOMPYUTER YORDAMIDA FIZIKA OʻQITISHNING OʻZIGA HOS 
JIHATLARI 
 
Tajiboyeva X.X., Usmonova SH.P. - TDPU 
Qurbanova Sh.A. - Toshkent turizm kolleji
Respublikamiz prezidenta tashabbusi bilan barcha sohalarda islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Sh bois, ham davr talabidan kelib chiqib fizika o‘qitishda turli xil
texnologiyalardan foydalangan holda oquvchilarni qiziqishini oshirish dolzarb 
muammo hisoblanadi.
Fizikani qiziqarli o‘qitish uchun nafaqat tajribalarni namoyish etish, amaliy 
laboratoriya ishlarini bajarish, balki darslarda turli xil ko‘rgazmali qurollardan ham 
foydalanish zarur. Ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarda hodisalar, mashinalar, asboblar 
obrazlarini yaratadi, fikrlashni faollashtiradi, o‘quv jarayonini jonlantiradi, 
o‘rganilayotgan materialga qiziqish va e'tiborni kuchaytiradi va shu bilan uni 
ma’lumotni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu imkoniyat ayniqsa, 
komp’yuterda amalga oshirilsa yanada maqsadga muvofiq boʻladi. 
Komp’yuter yordamida VI sinfdagi “Ichki yonuv dvigateli. Bug‘ turbinasi” 
mavzusini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mavzuni o‘tishdan oldin o‘qituvchi ichki 
yonuv dvigateli modelini komp'yuter vositasida detallarga ajratilgan xoldagi 
slaydlarini sinfga namoyish etadi va tushuntiradi. 
Quyidagi savollar dvigatel modeliga qarab tushuntiriladi: 
1. Qanday dvigatel ichki yonuv dvigateli deyiladi? Yonilg‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
dvigatelning ichida, uning silindrida yonayotgani uchun ichki yonuv dvigateli deyiladi.
2. Ichki yonuv dvigateli qanday asosiy qismlardan iborat bo‘ladi? 
Dvigatel silindrdan iborat bo‘lib, uning ichida porshen yuradi, porshen tirsakli 
valga shatun yordamida biriktirilgan. Valning tekis aylanishi uchun valga salmoqli 
g‘ildirak (maxovik) o‘rnatilgan. Silindrning yuqoridagi qismida ikkita klapan bo‘lib, 
ular dvigatel ishlab turgan vaqtda kerakli vaqtda avtomatik ravishda ochilib, yopilib 
turadi. Yonuvchi aralashma silindrga birinchi klapan orqali kirib, svecha yordamida 
alanga oladi. Yonganda hosil bo‘lgan gazlar ikkinchi klapan orqali chiqarib yuboriladi. 
Bularning hammasi komp'yuter vositasida model orqali ko‘rsatib boriladi. Shunday 
qilib, dvigatelning asosiy qismlari: silindr, porshen, tirsakli shatun, val, salmoqli 
g‘ildirak, klapanlar, svechalar- alohida-alohida detallar keyin esa ish jarayoni 
namoyish etiladi.
Bug‘ turbinasining modeli ham shu asosda komp'yuter vositasidagi modelga 
qarab tushuntiriladi, ya'ni oldin savollar beriladi. So‘ng shu savollar asosida javob 
berib boriladi. Jarayon bevosita detallarni alohida koʻrsatish bilan boshlanib ularning 
animatsiyalari orqali etabma-etab davom ettiriladi. Savollar quyidagilardan iborat: 
1. Bug‘ turbinalari deb qanday issiqlik dvigateliga aytiladi? Bug‘ yoki yuqori 
haroratgacha qizdirilgan gaz dvigatelning valini porshen, shatun va tirsakli val 
yordamisiz aylantiradigan dvigatellar turbinalar deyiladi. 
2. Eng sodda bug‘ turbinasining asosiy ishlash qismlari nimalardan iborat? Valga disk 
o‘rnatilgan bo‘lib, uning to‘g‘iniga kuraklar maxkamlangan. Kuraklar yaqiniga 


339 
kengayib 
boradigan 
trubalar-soplolar 
joylashtirilgan. 
Demak, 
sodda 
bug‘ turbinalarning asosiy qismlari: val, disk, kuraklar va soplolardir. 
3. Bug‘ turbinasi qanday ishlaydi? Soplolarga qozondan bug‘ keladi. Soplolardan otilib 
chiqayotgan bug‘ oqimi kuraklarga ancha katta bosim beradi va turbinaning diskini 
tez aylantirib beradi(rasm yoki video roliklari keltiriladi).
Bunday komp'yuter vositasida muammoli tarzda oqitish har bir o‘quvchining 
shaxsiy qobiliyatini kamol toptirish uchun sharoitlar bilan ta'minlash, ular uchun o‘quv 
jarayonining yana ham qiziqarliroq bo‘lishi imkonini beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling