Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
-SINFDA TABIATSHUNOSLIK FANINI O‘QITISHDA AXBOROT
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
4-SINFDA TABIATSHUNOSLIK FANINI O‘QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING ROLI Tillaboeva N. - Bektemir tumani 293-maktab o‘qituvchisi Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi. Test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar. 341 Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet – bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi. Axborot olishning boshqa bir usuli – dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin. Tabiatshunoslikni alohida o‘quv predmeti sifatida o‘qitish 4 – sinfda ham davom etadi. O‘quv materiali “Atrofimizdagi tabiat”, “Geografik xarita”, “Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora”, “O‘zbekiston – globus va dunyo xaritasida”, “Tabiatning xilma – xilligi”, “O‘zbekiston tabiatini asraymiz”, “Foydali qazilmalar”, “Tabiat muhofazasi” kabi materiallarni birlashtiradi. “Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora” mavzusi orqali o‘quvchilar globus-Yerning kichraytirilgan shakli ekanligi, Oy Yerning yo‘ldoshi, Yerning harakati, kun bilan tun, issiqlik va yorugʻlikning Yerda taqsimlanishi, Yerning sun'iy yo‘ldoshlari va raketalar haqidagi dastlabki bilimlarga ega bo‘lishadi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida yarim sharlar xaritasi, globus bilan ishlash, nechta okean, qita mavjudligi, bizning davlatimiz – O‘zbekiston Yer sharining qayerida joylashgan, nima uchun Oy yerning yo‘ldoshi deb atalishi, qaysi xususiyatlari bilan Yerdan farq qilishi, Quyosh va uning yerdagi hayot uchun ahamiyati, kun va tunning hamda yil fasllarining hosil bo‘lishi kabi savollarga javob topishlari va bajarishlari lozim. Yuqoridagi savollarga javob topishda hamda ularni tasavvur qilishda kompyuter va axborot texnologiyalarinig ahamiyati katta. PowerPoint va boshqa dasturlar yordamida tayyorlangan animatsiyali slaydlar o‘quvchilarni shu osmon ob’ektlari haqidagi tasavvurlarini yanada rivojlantiradi. Bundan tashqari mavzuga oid videoroliklardan dars jarayonida foydalanish o‘quvchilarni mavzuga bo‘gan qiziqishlarini orttiradi. Bunday darslarni tashkil etishda kompyuter va videoproektorlarning ahamiyati katta. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling