Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
Yechish. Ekranda masalaning matni keltirilgach, manzara, sayohatchilar va
ularning harakatlanishlari namoyon bo‘ladi. Ekranda matnga mos holda sayohatchilarning har 6 km da dam olishlari va yana 7 km yo‘l yurgach to‘xtashlari, qolgan masofa esa so‘roq belgisi bilan ifodalanishi va uni x km bilan belgilanishi namoyon bo‘ladi. Shundan so‘ng, masalaning qo‘yilish sharti belgilashlar orqali ifodalanadi. Belgilashlarga mos holda yana ekranda harakatlar namoyon bo‘ladi va qolgan masofa noma’lum bilan belgilanib, uni aniqlash talab etiladi. Sayohatchilar yurgan yo‘l hamda ular turgan joydan manzillarigacha qolgan masofa ekranda ko‘rinib turadi va o‘quvchilar barcha jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, matnli masalalar yechimini topish tasavvuriga ega bo‘ladilar. Yechish jarayonida ekranda mavjud bo‘lgan belgilanishlar va qolgan masofani aniqlash uchun barcha masofalar yig‘indisi 34 km ga teng bo‘lishi paydo bo‘ladi va noma’lum son aniqlanib, 9 km qolganligi ma’lum bo‘ladi. Masala-2. Teploxod ikki pristan oralig‘idagi masofani daryo oqimi bo‘yicha 7 soat, oqimga qarshi 9 soatda o‘tdi. Agar oqimning tezligi 2 km/soat bo‘lsa, pristanlar orasidagi masofani aniqlang. 337 Yechish. Avvalo ekranda masalaning matni beriladi va teploxod, ikki pristan, daryo oqimlari namoyon bo‘ladi. Masala matnida keltirilganga mos ravishda ekranda jarayon namoyon bo‘la boshlaydi va berilganlar belgilanib ekranning quyi qismida tenglamalar hosil qilinib boriladi. Soatning bir aylanish davomida teploxod va daryo to‘lqini harakatlanib to‘xtaydi, so‘ngra teploxod yonida V 1 , daryo oqimi yonida V 2 paydo bo‘ladi, bular mos ravishda teploxod va daryo oqimining tezligi hisoblanadi. Birinchi pristanning yonidan teploxod harakatlana boshlaydi. Teploxod ikkinchi pristanga borguncha soat millari harakatlanadi va daryo oqimi tezligini ko‘rsatuvchi yo‘nalish (strelka) ham yonib o‘chadi. Yetib borgach 7 soat o‘tganligi yoziladi va S=7(V 1 +V 2 ) paydo bo‘ladi, bu yerda S ikki pristan orasidagi masofa. Keyin teploxod orqaga qaytib harakatlanadi va daryo oqimi tezligini ko‘rsatuvchi yo‘nalish qarama- qarshi holatda o‘chib yonadi. Bunda teploxod sekin harakatlanadi va birinchi pristanga yetib borgach to‘xtaydi hamda 9 soat o‘tganligi yoziladi. Daryo oqimi tezligi qarama- qarshi bo‘lganligi uchun ekranda ko‘rsatkichlar yordamida belgilanadi va tenglama quyidagi ko‘ranishga keladi: S=9(V 1 –V 2 ). Ekranda oqimning tezligi 2 km/soat ekanligi va V 2 =2 km/soat yozuvi, ikki pristan orasida “Masofa = ?” hamda berilganlar oldida “S = ?” yozuvi paydo bo‘ladi. Yechimni ko‘rsatishda tenglamalar sistemasi tuziladi: ) ( 9 ) ( 7 2 1 2 1 V V S V V S Tenglamalarning chap tomoni tengligidan, ularning o‘ng tomonlari tenglashtiriladi: 7(V 1 +V 2 )=9(V 1 –V 2 ) hamda yechiladi. 7(V 1 +2)=9(V 1 –2), 7V 1 +14=9V 1 –18, 9V 1 –7V 1 =14+18, 2V 1 =32, V 1 =16. Teploxodning tezligi 16 km/soat ekan. Masofani aniqlaymiz: S=7(V 1 +V 2 ), S=7(16+2)=7*18=126, S=126 km. Ekranda “Demak, ikki pristan orasidagi masofa 126 km ekan.” degan yozuv paydo bo‘ladi. Bunda ham yuqoridagi kabi har bir jarayon ekranda namoyon bo‘lib boradi. Xulosa qilib aytganda, matematikada matnli masalalarni hal qilishda harakatli tasvirlar, animatsiyalar orqali foydalanish, buning uchun esa informatikadan olgan bilimlarini ishga solib, elektron ta’lim resurslarini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday elektron ta’lim resurslardan foydalanish matematikada masalalarni yechishda o‘quvchilarning tasavvurlarini oshiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling