Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻQUVCHILARNING FANGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH Yaxina V.K.
Фойдаланилган адабиётлар:
1. Чернышенко Ю.К. Научно-педагогические основания инновационных на- правлений в системе физического воспитания детей дошкольного возраста: Краснодар, 1998. - 50 с. 2. Филлипова С. О проблемах физического совершенствования детей в дошкольных учреждениях //Дошкольное воспитание 1999. №4.- 34-36 с. 383 OʻQUVCHILARNING FANGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH Yaxina V.K. - Sergeli tibbiyot kolleji Oʻquvchilarni turli fan asoslariga qiziqtirish, murakkab didaktik jarayon boʻlib, oʻqituvchidan oʻquvchilarni dars va darsdan tashqari faoliyiatlarini tashkil qilish masalalari boʻyicha katta pedagogik va psixologik bilim talab etadi. Aniq bir sinf oʻquvchilarining ma’lum fan asoslariga qiziqish darajalari har xil boʻlib, turlicha xarakterda namayon boʻladi. Oʻquvchilar qiziqishining eng quyi bosqichi, dars jarayonida ular oladigan ma’lumotlarga nisbatan vujudga kelgan qiziqishlarda namoyon boʻladi. Bunday qiziqish, vaqt oʻtishi bilan rivojlanib, oʻzining yangi bosqichiga-predmet va hodisalarning muhim xususiyatlarini oʻrganish jarayonida vujudga kelishi mumkin. Pedagogik va xususiy metodik adabiyotlarda oʻquvchilarni fan asoslariga qiziqtirishning turli metod va formalari yoritilgan boʻlib, ular ichida ayniqsa, dars jarayonida qiziqarli situatsiyalarni vujudga keltirish, didaktik oʻyinlar asosida dars mashgʻulotlarini tashkil qilish, predmetlararo aloqa imkoniyatlaridan keng foydalanish kabi formalari eng samarali usullar sifatida tan olingan. Shubhasiz, bunday usullar, faqat nazariy bilimlar berish jarayonidagina oʻrinli boʻlmay, amaliy mashgʻulotlar uchun qoʻllanilganda ham yaxshi natijalar beradi. Mashgʻulotlar paytida oʻquvchilar uchun qiziqarli situatsiyalarni vujudga keltirishning potensial imkoniyatlari yetarlicha koʻp boʻlib, oʻquv predmetlari orasidagi aloqalardan keng foydalanish ham bu borada sezilarli ijobiy natijalar beradi. Fanlarararo aloqani amalga oshirishda muvoffaqiyat ikki shart bilan aniqlanadi: birinchisi-oʻzaro aloqador fanlarda asosiy tushunchalar bir xil ma’noda interpretatsiya qilinishi, ikkinchisi-bu tushunchalarning shakllanishida yechilishi zarur boʻlgan masalalar boʻyicha, fanlar orasida zaruriy ketma-ketlikni va izchillikni ta’minlash, hamda ortiqcha qaytarishlarga oʻrin qoldirmaslik uchun aniq koordinatsiyaning boʻlishidir. Odatda ilmiy ijodkorlarning izlanish usullaridan bahra olish shartlari turlicha boʻladi: chunonchi, bir xil olimlar uchun bu ishidan qoniqish hosil qilish boʻlsa, boshqasida oʻquvchilar va hamyurtlari oldidagi burchi hisoblanadi. Tabiiy savol tugʻiladi: Oʻquvchilarning bilim asoslarini oʻzlashtirishlarida, bilish qobiliyatini oshirishdagi asosiy kuch nimada? Ma’lumki, oʻquvchi qachon bilimga oʻzida qiziqish, talab, majburiyat, burch kabi hislatlarni sezsagina, berilayotgan dars mazmunini qabul qiladi va esda saqlaydi. Toʻgʻri tashkil qilingan oʻqitish, oʻquvchilarda shu bilimga boʻlgan qiziqishini uchqunlantiradi va bu bilim esda qoladi. Koʻpgina tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, oʻqitilayotgan mavzuga misol keltirib keltirib dars berilganda, oʻquvchilarda toliqish kam boʻladi. Yana, oʻquvchilarni ragʻbatlantirish ham ularning darsga qiziqishida muhim oʻrin tutadi. “Ragʻbatlantirish” tushunchasi “bilim olishga talab” va “bilim olishga qiziqish” tushunchasi bilan yonma-yon turadi. Oʻquvchilarni bilim olishga undaydigan, qiziqtiradigan omillarning asosiysi ham shu “ragʻbatlantirish” boʻladi. Ragʻbatlantirishning koʻp qirraligi tufayli psixologlar uni ikki turga, ya’ni shartli ravishda, tashqi va ichki turlarga boʻlishadi.Tashqi ragʻbatlantirish-bu oʻquvchilarni mukofotlash, taqdirlash, qoʻrqitish va boshqalar. Bu holda bilim olish oily maqsad 384 hisoblanmay, balki maqsad har qanday yoʻl bilan maqtov, mukofot olish boʻlib qoladi va shularga erisha olmagan holatda oʻquvchida psihologik zoʻriqish, nosogʻlom vaziyat vujudga keladi. Oxir-oqibat u turli shpargalkalardan foydalanadi, oʻqishga befarq qaraydi. Ichki ragʻbatlantirish-bilim olishni asosiy maqsad qilib qoʻyadi. Ichki ragʻbatlantirish oʻquvchilarni bilim olishga qiziqtiradi. (Masala yechish, tajriba oʻtkazish, olimlarning kashfiyotlarini oʻrganish va h.k). Pedagogika nuqtai nazaridan ichki ragʻbatlantirish, oʻqitishning optimal usullaridan deb topilgan. Bu usul oʻquvchilarda psixologik zoʻriqish paydo qilmaydi. Ularda oʻqishga, mustaqil fikr yuritishga, “oʻzi bilan oʻzi kurashib” bilim olishga, qiziqishga undaydi. Lekin, oʻquvchilarda oʻqishga qiziqish uygʻotish uchun aynan shu usullarning oʻzi bilan chegaralanib qolmaslikm darkor. Ularni oʻqitishda, ishlab chiqarishlarni, jamiyatni va shaxsan oʻquvchilarning ham talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda oʻqitish kerak boʻladi. Oʻquv fanlarini oʻqitish jarayonida oʻquvchilar faoliyatini “aktivlashtirish” masalasiga toʻxtalsak, bilimlarni oʻzlashtirish psixologiyasi boʻyicha “muammoli vaziyat” vujudga keltirilgan fikrlash eng katta aktivlashishga ega boʻlar ekan. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish, dars maqsadini oddiy tushuntirishga nisbatan muhim afzalliklarga ega ekanligi isbotlangan. Bunday vaziyat darsning muhimligini, ahamiyatini oʻquvchilar tomonidan ongli oʻzlashtirishga olib keluvchi motivlarni hosil qiladi. Oʻquvchilar bilimining yuqori koʻrsatkichlari ularning bilim darajasining soniga qarab emas, balki oʻquvchilarning mustaqil bilim olishini shakllantirilganligi va bu bilimlarni oʻzlarining mehnat faoliyatlariga tadbiq qila olishlari bilan oʻrganiladi. Vaqt oʻtishi bilan olingan bilimlardan faktlar, ta’riflar, formulalar, aniqlashlar va h.k. esdan chiqadi, albatta, biroq unda “quruq qoldiq” sifatida fundamental bilimning qolishi, insonga keying mehnat faoliyatida paydo boʻladigan barcha ilmiy-texnik yoxud, ishlab chiqarishdagi boshqa muammolarni ilmiy-nazariy nuqtai nazardan kelib chiqib, insoniyat uchun foydali maqsadlarda hal qilishga kerak boʻladi. Zero, oʻquvchilarda bilim olishni shakllantirishga, ularning ruhiy holatini ijobiy yoʻnaltirmay, erishib boʻlmaydi. Dars berishdagi qoʻyiladigan asosiy talab, oʻqituvchi qay yoʻnalishni tanlashidan qat’iy nazar, oʻqitilayotgan mavzu oʻquvchilarda ijobiy effekt paydo qilishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling