Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet123/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135
Bog'liq
B majmua

Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: jonli muloqotli dialog, savol – javob, aqliy hujum, kichik guruhlarda
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Metallarning korroziyasi deb asta-sekinlik bilan ularning yuza qismining atrof-muxitining ximiyaviy va elektroximiyaviy ta’siridagi yemirilishiga aytiladi. Metalldan tayyorlangan quvur ichki yuzasining yemirilishi asosan gazning tarkibiga va xossalariga bog’liqdir. Gaz quvurining ichki zanglashiga gaz tarkibidagi kislorod, namlik, oltingugurt va boshqa birikmalar yotadi.
Korroziyada eng katta kiyinchilik quvur yuzalarining tashqi tomondan yemirilishi, ya’ni tuproq ta’sirida zanglashdir. Gaz quvurlarining tuproq namligi ta’sirida zanglash o’z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
a) ximiyaviy yemirilish
b) elektroximiyaviy yemirilish;
v) elektrli yemirilish.
Ximiyaviy zanglash tuproq tarkibidagi turli xil suyuqlik va gazlarning, suyuq neelektrolitidlarning ta’siridagi zanglashdir. Ximiyaviy zanglash ta’sirida quvurning butun yuzasi bo’yicha yupqa qatlamli plyonka (zang qatlami) hosil bo’ladi. Ximiyaviy zanglashda quvurning butun yuzasi bo’ylab bir xil qalinlikda zang qatlami hosil bo’ladi. Bunday zang katlamining hosil bo’linishi boshqa turdagi zanglashga nisbatan xavfsiz hisoblanadi.
Elektroximiyali zanglash – bu namlik ta’siridagi tuproq eritmasining (elektrolit vazifasini bajaruvchi) metalga ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Bu zanglashning paydo bo’lish jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin.
Elektroximiyali yemirilishi ikki xil maydon, ya’ni musbat qiymatli katodli va manfiy qiymatli anodli maydonlar hosil bo’ladi.

5– rasm Elektroximiyaviy yemirilish



Bitumli emalning qoplanish soniga qarab quyidagi ximoyalanishlar-ga bo’linadi:
Normal himoyalanish kuchlantirilgan qalinlikda va o’ta yuqori kuchlantirilgan qalinlkida himoyalanish. Normal himoyalanish past miqdorda zanglanish paydo bo’lganda ishlatiladi. Boshqa holatlarda kuchlantirilgan va o’ta kuchlantirilgan himoyalanishdan foydalaniladi. Ilg’or himoyalanishga elektrli himoyalanish kirib, ikki usulda amalga oshiriladi:
a) katodli himoyalanish;
b) protektorli himoyalanish.
Tuproq ta’sirida zanglashdan himoyalanishda katodli himoyalanishdan foydalaniladi.
Quvurning yuzasi bo’yicha zanglash notekis taqsimlanadi. Ko’pgina hollarda quvur yer ostida yotqizilganda, daydi toklarni o’tkazuvchi qurilmaga ham aylanib qoladi.
Elektrokimyoviy korroziya davrida yer osti gaz quvurining metalli quvur qoplamasi buzilgan joylarda tuproqdagi tuzlar ishqorlar va namlik ta’sirida galvanik juftlik hosil qilib, past kuchlanishdagi elektr toki va quvurda katod va anod zonalari paydo bo’ladi.bu zonalar orasida elektr tokining harakati vujudga keladi. Bu tok katod zonada gaz quvuriga kiradi, anod zonada esa undan chiqadi.
Tokning quvurdan chiqish jarayonida u o’zi bilan metall ionlarini olib chiqadi. Buning natijasida quvur devorida kichkina yara hosil bo’ladi. Keyinchalik kengayib, chuqurlashib, quvurning teshilishiga olib keladi.
Shuning uchun quvurlardagi anod zonalari korroziya jihatdan xavfli hisoblanadi.
Elektr korroziyasi tramvay, elektrichka, metro relslaridan qochgan, adashgan (daydi) toklarning quvurga kelib tushishidan sodir bo’ladi. Bu toklar relsning ulangan joylaridagi kontaktning yaxshi bo’lmasligi sababli yerga o’tadi va yer osti gaz quvurining qoplamasi buzilgan joylardan quvurga kiradi. Tok kirish zonasi katod, chiqish zonasi anod zona deyiladi. Bu tok elektr podstansiyasi oldidan o’tganda quvurdan yerga o’tadi. Yerdan relsga o’tib, podstansiyaning manfiy shinasiga borib tushadi. Elektr korroziya anod zonada daydi toklarning quvurdan yerga chiqish joyida sodir bo’ladi, chunki daydi toklar quvurdan metall ionlarini olib chiqadi.
Yer korroziyalarining eng xavflisi elektr korroziyasidir.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling