Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


-ma’ruza. GAZ BOSIMINI SOZLASH PUNKTLARI


Download 4.59 Mb.
bet58/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Bog'liq
B majmua

9-ma’ruza.
GAZ BOSIMINI SOZLASH PUNKTLARI.
Reja:

  1. Bosim regulyatorlarining turlari.

  2. Astotikli va statikli gaz regulyatori boshqaruvi.

  3. Bevosita ishlaydigan bosim sozlagichlar.

  4. Bevosita ishlamaydigan bosim sozlagichlar


Ta`limiy maqsad: O’quvchilar bilimini mustaxkamlash va ularga kunikma berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish


Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Aqliy hjum, kichik guruhda ishlash, dialog Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Bosim regulyatorlari deb, gaz bosimini kamaytirish uchun va uni avtomatik ravishda bir hilda saqlab turuvchi qurilmaga aytiladi.
Bosim regulyatorining asosiy qismlariga quyidagilar kiradi: sezuvchi va boshqariluvchi qurilmalar kiradi.
Sezuvchi qurilmalarga, sezuvchi qism (membranlar), boshqariluvchi qurilmalarga esa – boshqariluv organlariga, oqimini boshqaruvchi drossel organlari klapan, prujinalar kiradi.
Avtomatlashtirilgan bosim regulyatorlari boshqaruvchi va sezuvchi qurilmalardan tashkil topgan. Bosim regulyatorining ish jarayoni tasviri quyidagi tasvirda ifodalangan. (18 – rasmga qarang).
Bosim regulyatorigacha bo’lgan bosimni R1 bilan bosim regulyatoridan keyingi bosimni esa R2 bilan belgilangan. Bunday ko’rinishli avtomatli boshqaruvga ega bo’lgan «o’zidan so’ng» ko’rinishli bosim regulyatoridir, shuning uchun ham R2 bosim o’lchami, boshqariluvchi o’lcham hisoblanadi.
Bosim regulyatori barqaror ish tartibiga kirganda ya’ni, gaz oqimining bosim regulyatoriga kirish mikdori Mkir, regulyatordan olinib ketilayotgan gaz mikdori Mol teng bo’ladi. Bunday holatda ya’ni Mkir = Mol teng bo’lganda boshqaruvli o’lcham R2 ning qiymati o’zgarmas R2=const bo’ladi.




Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling