Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet72/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135
Bog'liq
B majmua

Gaz uskunalari: Binolarni gaz bilan ta’minlovchi asosiy uskunalarga: gaz plitalari, issiq suv tayyorlovchi suv isitgichlar, qozonlar va boshqalar kiradi. Gaz uskunalarini xarakterlovchi asosiy ko’rsatqichlar quyidagi lardir:
1. Issiqliq ishlab chiqaruvchi quvvati:
2. Foydali ish qiymati (F.I.Q), ya’ni ishlab chiqarish quvvatining issiqliq ishlab chiqarish quvvatiga nisbati.
3. Ishlab chiqarishi yoki foydali issiqliq miqdorining, jisimni isitish uchun berilishi.
Gaz uskunalarining nominal quvvati deb shunday quvvatga aytiladiki, bunda gaz uskunasi eng foydali ishlaydi. F.I.Q yuqori bo’ladi, gazning chala yonishi esa kam bo’ladi. Yuqori ishlab chiqarish quvvati deb shunday quvvatga aytiladiki, nominal quvvatidan 20% ko’p bo’lganda. Bunday quvvatda gaz uskunasi ishlaganda uning ko’rsatgichi kamaymasligi kerakdir. Turar joy binolariga, umumiy foydalanish binolariga past bosimdagi gaz quvurlari qo’llaniladi, shuning uchun bu gaz uskunalari asosan ejeksiyali atmosfera ko’rinishdagi gorelkalar o’rnatiladi.Turmushda ishlatiladigan gaz plitalari ikki, uch va to’rt konforqali qilib tayyorlanadi. Isitgich shkaflari va ularsiz bo’lishi mumkin. Ular quyidagi qismlardan iborat bo’lishi mumkin:
qopqoq, konforka o’rnatilgan ishchi stol, duxovka qutichasida, gaz gorelkasi, gaz taqsimlovchi qurilma kran bilan birgalikda. Axoli turmushda ishlatiladigan gaz plitalari o’tga chidamli, korroziyaga (zanglashga) chidamli va mustaxkam materiallardan tayyorlanadi.
Bu gaz plitalarida atmosfera gorelkasi ishlatiladi, tutun gazlar oshxonaning o’zidan shamollatgich shaxtalar orqali chiqariladi. Bu gorelkalarda havoning bir qismi esa (birinchi havo) yonish uchun kerak bo’lgan havo ejektor yordamida gaz bilan suriladi. Qolgan qism (ikkinchi havo) alangalanishda to’g’ridan to’g’ri atrof muxitdan keladi. Konforqali gorelkalarda gazning to’liq yonmasligiga asosiy sabablar quyidagilardir:
a) idish yuzasining harorati pastligi, buning ta’sirida gazning to’liq yonishga erishilmaydi, natijada SO (uglerod oksidi) va qurum paydo bo’ladi.
b) ejektorning bo’ylama qismida birlamchi havo bilan gazning qoniqarsiz aralashuvi natijasida.
v) atrof muxitdan havoning yaxshi yetarli darajada berilmasligi va tutun gazining to’lik olib chiqib ketmasligi natijasida:
Bunday kamchiliklari tuzatish uchun gaz plitalaridagi gaz gorelkasi qurilmalarini (GGQ) shunday loyixalash kerakki, quyidagi shartlar bajarilsin:
a) gorelka yuqori qiymatdagi birlamchi havo bilan ishlasin, havo qanday ishlab chiqarish quvvatida alanganing ishonchli (mustaxkam) ishlashi ta’minlansin.
b) gorelka o’rnatilgan qism bilan, idishning pastki (mustaxkam) qismi orasidagi masofa shunday bo’lishi kerakki, tutun gaz to’liq o’z issiqligini bersin va erkin xarakatlansin, ichki yonuvchi alanga bilan idish past qismi orasida alanganing ishonchliligi ta’minlansin.
g) gorelka bilan idishning past qismi orasidagi optimal masofa saqlanish kerakdir, masofaning kattalashuvi, ortiqcha havoning chiqi-shiga va F.I.Q. qamayishiga olib keladi, masofaning qiskarishi esa gazning to’liq yonmasligiga olib keladi.
v) ejektor bo’ylama qismining optimal konstruksiyasi (tuzilishi) saqlanish kerakdir.
d) tutun gaz chiqib ketishi uchun, ishchi stol bilan (gaz plitasida) idishning past qismi orasidagi masofa 8 mm kam bo’lmasligi kerakdir.
Bu suv isitgichlarning ko’rinishi issiqlik almashinuvchi quril-malarga o’xshash bo’lib, maxaliy sharoitda issiq suv bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Buylama issiq suv ta’minlovchi uskunalarning ish tartibi, suvning sarflanish ish tartibiga mos kelishi kerakdir.Ularda suvning harorati 50-600S bo’lib, bu haroratni uskuna ishga tushgandan so’ng 1-2 minut (dakika) dan so’ng tayyorlab beradi. Bu uskunani ko’pincha tez xarakatlanuvchi (ishlovchi) suv tayyorlagich deb ham aytiladi.
Suv isitgichlar quyidagi talablarga javob berish kerakdir:
1. F.I.Q. 82% kam bo’lmasligi kerak, suv isitgich suv tarmog’ining bosimi 0,05 dan 0,6 MPA gacha oralig’ida ishlashi kerak.
2. Suv isitgich asosiy va yondiruvchi (uchkunli) gorelkalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Gorelka gazning ishonchli yonishini ta’minlash kerak va issiqlik miqdorining 0,2 dan 1,25 oraligida o’zgarishida, alanganing uchishi va uzilishi bo’lmasligi kerakdir.
3. Xar bir suv isitgich saklovchi va blokirovkali (qo’riqlovchi) qurilmalar bilan jixozlangan bo’lishi kerak, bu esa kerakli miqdordagi gaz bilan ta’minlashni ta’minlaydi.
Buylama suv isitgichlar quyidagi asosan kismlardan tashkil topgandir: (Ilovadagi 4 –rasmda keltirilgan)
Gaz uskunalarning o’rnatilishi: Gaz uskunalarining o’rnatishda QMQ 2.04.08-96 va gazdan foydalanish qoidalariga to’lguncha rioya qilinishi kerak.
Gaz plitalarning o’rnatilishi ulardagi konforkalar soniga qarab quyidagi cha bo’ladi.
To’rt konforqali gaz plitalari uchun oshxonaning xajmi-15m3 kam bo’lmasligi kerakdir.
Uch konforqali gaz plitalari uchun - 12 m3
Ikki konforqali gaz plitalari uchun - 8 m3
Gaz plitalarni oshxonalarda o’rnatishda ko’rsatilgan yong’in va tex-nik xavfsizliklariga rioya qilinishi kerakdir. Gaz plitalarning tuliq xaraktiristkasi.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling