Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet71/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   135
Bog'liq
B majmua

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish
Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: dialog, aqliy hujum, kichik guruhlarda Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Bino ichki gaz quvurlari po’latdan tayyorlangan, qalinligi 2 mm dan kam bo’lmagan diametri 15 dan 50 mm gacha bo’lgan quvurlaridan foydalani-ladi. Bino ichida gaz quvurlari ochiq ko’rinishda bino devorlari bo’ylab yotqiziladi. Vaqtincha qurilib foydalanishga topshirgan binolar ichki devorlari bo’ylab quvurlarining diametri 40 mm gacha bo’lganlari devor-larga xomutlar va quvurlarni tutub turuvchi ilgak qoziqlar yordamida yoki dyubel mixlar yordamida maxkamlanadi. Gaz quvurlarining diametri 40 mm dan katta bo’lsa, bino devorlariga (kronshteyn) ilgaklar yoki osma bog’lanmalar yordamida maxkamlanadi. Bino ichki gaz quvurlari o’rnatilishida xar 2 – 3 metr uzunlikda va gaz quvurlarining qayrilishi joyida, berkitgich gaz kranlari o’rnatilgan joylarda va albatta uskunalarga gaz quvurlari tushirilgan joylarda quvurlar maxkamlangan bo’lishi kerkdir. Gaz quvurlarining zanglash ta’sirida yemirilishdan saqlash uchun, bino qavatlari orasidan gaz quvurlari o’tishida metaldan tayyorlangan gilof (futlyar) lar o’rnatiladi.
Bino ichki gaz quvurlarining bog’lanishi faqat payvandlash yordamida amalga oshiriladi. Rezba yordamida bog’lanishlar, boshqaruv kranlari o’rnatilgan joylarda, gaz sg’onlaridan so’ng va gaz uskunalarining quvurlari bilan bog’lanishda amalga oshiriladi. Bino ichki gaz tarmog’larida gaz quvurlarining yotqizilishi balanligi bo’yicha 60–70 sm kam va 2 metrdan baland bo’lmasligi tavsiya etiladi. Gaz quvuridan bino (potolok) tepasiga bo’lgan oraliq masofasi 10 sm kam bo’lmasligi kerak. Gaz quvurlarining ustunlari tik ko’rinishda bo’lishi, xar bir metr balandlikda vertikal o’q yo’nalishidagi farq 2 mm dan oshmasligi kerak. Bino ichki gaz quvurlari payvandlanish jararyonlarida quyidagi talablarga javob berishi kerak.
a) agarda gaz quvurining diametri 40 mm dan oshmasa, quvurlarni gaz payvandlanuvchi uskunalar yordamida kesishga ruxsat berilmaydi. Bunday xolda quvurlar, quvur kesuvchi asbob yordamida yoki quvur kesuvchi stanokda bajariladi.
b) gaz quvurining diametri 40 mm gacha bo’lganda, ularga bog’lanadigan quvurlar bog’lanishdan oldin, maxsus uskunaga teshilishi va payvandlani-shi kerakdir. Teshikning diametri, bog’lanish kerak bo’lgan quvurning ichki diametridan kichik bo’lmasligi kerakdir. Bu jarayonda gaz yonganida kesiluvchi asbobdan foydalanish tavsiya etilmaydi.
v) quvurda chiqarilgan burama rezba to’g’ri va toza bo’lishi talab etildi.
Bino ichki gaz quvurlarida joylanishida qiyalik burchagi bo’lishi shart emas. Gaz quvurlarining vannaxonalarida, xojat xonalaridan, turar joy xonalari ichidan yotqizilishga ruxsat etilmaydi. Agarda eski tipdagi besh qavatgacha bo’lgan binolarda markazlashgan issiq suv ta’minoti bo’lmaganda, gaz quvurlarini vannaxonalarda yotkizilishi lozim bo’lganda, rezbali bog’lanish bo’lmasligi kerak, payvandlanish orqali bog’lanishlar soni imkon dajarasida kam bo’lishi kerak. Bino ichki gaz quvurlarida rezbali bog’lanishdagi probkalar quyish qat’iyan man etiladi.
Tashqi bino devorlari orqali yotqizilgan devorlar, binolarning tashqi ko’rinishiga ta’sir etmasligi kerak. Yer usti gaz quvurlarining balandligi, ularni ta’mirlash va xizmat ko’rsatish uchun qulay bo’lishi kerak. Yer usti gaz quvurlari havodan o’tuvchi elektr tarmoqlaridan past bo’lish va elektr tarmoqlarining gaz quvuri ustiga tushishdan ximoyalangan bulishi kerak.
Yer usti gaz quvurlarini loyixalashda haroratning o’zgarishi ta’sirida quvurlarning harorat kengayishini ta’minlovchi (o’z-o’zini ta’minlovchi) turli xil kompensatorlardan foydalaniladi. Salnikli kompensatorlarni gaz kuvurlariga o’rnatish mumkin emas.
Gaz quvurlarini yer ustidan o’tkazishda ularni ko’tarib turuvchi tayanch ustunlar oralig’idagi masofalar, quvurning o’z og’irligiga, quvurdan o’tayotgan gazning og’irligiga va quvurdagi ichki gaz bosimining ta’siri, shamolning bosimi, harorat ta’siri va x.z.ga bog’liqdir.
Yer ustidan gaz quvurlarining yotqizilishining bir qator quyidagi ustunliklariga egadir:

  • yer qazish ishlarining bo’lmasligi;

  • yer quvurlari elektromexanik zanglashlardan holisligi;

  • qurilish payvandlash ishlarining nisbatan kam xarajatligi;

  • payvandlash va yer qazish ishlarining bir-biriga bog’lik emasliligi;

  • avariya xolati bo’lganda ularni tuzatish tezkorlikda bajarilishi va x.k.z.

Yer usti gaz quvurlarining yotqizilishida quyidagi kamchiliklarga egadir:

  • binolarning tashqi me’moriy ko’rinishiga ta’sir etish;

  • iklim sharoiti sovuq bo’lgan xududlarda quvurlarining bino devorlari bo’ylab o’tishida qiyinliligi;

  • turli xil yirik o’lchamli mashina va mexanizmlar xarakatlanishi ta’sirida avariya sonining ko’p bo’lishi.

O’zbekiston Respublikasi iqlim sharoitida shaxar, qishloq va axoli punktlarini gaz bilan ta’minlash loyixalarini tuzishda past va o’rtacha bosimli gaz quvurlarining asosiy qismi yer ustidan o’tkaziladi.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling