Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультет
Moliyaviy tahlilning asosiy bosqichlari
Download 157.96 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning Moliyaviy tahlilini o‘tkazuvchilar ularni maqsadi va manfaatlari
- Tahlil qiluvchilar Maqsadi va manfaatlari
Moliyaviy tahlilning asosiy bosqichlari:
Tahlilning maqsadini aniqlash va unga yondoshish yo‘llarini belgilash. Bu bosqichda koxona ko‘rsatkichlari ularning xalq xo‘jaligi, tarmoq bo‘yicha miqdorlariga, o‘tgan davr va rejadagi hajmlariga, boshqa turdagi korxonalar ko‘rsatkichlariga solishtiriladi. Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish bosqichi. Bu bosqichda axborotlarning to‘g‘riligini hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning tahlil talablariga javob bera olishligiga qarab tekshiriladi. Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil o‘tkaziladi va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi va tegishli xulosa chiqariladi. 1-jadval Korxonaning Moliyaviy tahlilini o‘tkazuvchilar ularni maqsadi va manfaatlari
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi- lardan iborat: moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; ish faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; davlat budjeti bilan aloqalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; to‘lov qobiliyati va to‘lovga qodirlikni ifodalovchi ko‘rsat- kichlar. Yuqorida jahon amaliyotida iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Moliyaviy tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O‘zbekis- tonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki, amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. 90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida Moliyaviy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan, korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib bersa, ikkinchi tomondan ularning mas’uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning iqtisodiy erkinligi va mas’uliyatining oshganligi ularning o‘z faoliyatini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi. Albatta, Moliyaviy tahlil ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo, uning maqsadi va mohiyati, rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning maz- muni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, avvalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan, chunki, barcha mulk va uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi. Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa, shunga mos ravishda mazmunan yangi «Moliyaviy tahlil» fanini shakllantirilishini taqozo etadi. Endigi «Moliyaviy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo etadi. Moliyaviy tahlil – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini ang- lash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ularni ko‘p qirrali aloqa va bog‘liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday yangi bilimlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va talablarni vujudga kelishidir. Birinchi navbatda – kompleks va tizimli tahlilga bo‘lgan amaliy talabning vujudga kelish sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoj- lanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishidir. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida qo‘llanilib kelingan tahliliy hisob- kitoblar, faraz qilishlarning qo‘llanilishi yirik xo‘jalik subyeklari sharoi- tiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab olgan kompleks Moliyaviy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi. Tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixini taxminan 5 bosqichga bo‘lish mumkin. Respublikamizda «Moliyaviy tahlil» fanining yaratilish va rivojlanish tarixini quyidagi jadvalda ifodalab o‘tish mumkin (2-chizma). Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Bu fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi. Respublikamizda 60-70-yillarda tahlil fanining tashkil topishi va shakllanishida asosiy mavqeni samarqandlik olimlar egallaganini e’tirof etgan holda, 80-yillarga kelib poytaxtimiz Toshkent shahrida va respublikaning boshqa hududlarida ham tahlil fani asta-sekin shakllandi va rivoj topa boshladi. Bu davrga kelib tahlil fanining rivojlanishiga mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan R.Radjapov, A.S.Sotivoldiyev, Yo.Abdullayev, O.Mahmudov, X.Shodiyev, N.Xan, A.Shoalimov, A.T.Ibrohimov, A.Usanov, A.K.Ibragimov, B.Hasanov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. 80-yillarda Samarqandda yaratilgan tahlil maktabi a’zolari ham o‘z an’analarini davom ettirib, yuqori va sermahsul ijod qildilar. Bu davrga kelib samarqandlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Pardayev va A.A.Abdiyevlar hamkorligida «Xo‘jalik faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratdilar. 1984-yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darsligi Moskvaning «Экономика» nashriyotida chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha kooperativ institutlariga va «Buxgalteriya hisobi nazorat va xo‘jalik faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik tomonidan juda yaxshi kutib olindi. Natijada 1989-yilda ushbu darslik aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida qaytadan nashrdan chiqdi. Download 157.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling