Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Оgahiy. Ta’viz ul-oshiqin (Nashrga tayyorlovchi Xurshid).–Т: “Fan”, 1960. 2. Muhammad Rizo Ogahiy. Ogahiy she’riyatidan. – T., 1983. 3. R. Majidiy. Ogahiy lirikasi. – T., 1961. 4. Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot 9-sinf, I qism. – T, O‘zbekiston. 2011y. b 144-147. 5. M.Safarboyev. Ogahiyning ijtimoiy-siyosiy va estetik qarashlari. –T., 1993. 6. Atoqli shoir, tarixnavis, tarjimon. Maqolalar. – T., 1999. 7. Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna. Respublika konferensiyasi to‘plami.- Toshkent 2020 8. Badiiy san’atlar: [Lug‘at-ma’lumotnoma] A.Asallayev, V.Rahmonov, F.Musurmonqulov. – T.Tafakkur, 2015 – 24 b. MUHAMMAD RIZO OGAHIY – EL SUYGAN ADIB Farrux Abduraxmonov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs talabasi Istiqlol qo‘lga kiritilgach, so‘z san’ati namunalariga milliy mustaqillik nuqtayi nazaridan munosabatda bo‘lish, ko‘p asrlik ma’naviy merosimizni qayta nazardan o‘tkazish, bugungi adabiyotimizning milliy ruhi, unda an’analar davomiyligi muammolarini chuqur tadqiq etish kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘lib, ruboiy janrining takomillashuvini Ogahiy ruboiylari misolida o‘rganish ham dolzarb mavzu ekanini ko‘rsatadi. O‘zbek mumtoz adabiyoti sahifalarini bezab turgan doston, noma, munozara, g‘azal, mustazod, tarkibband, ruboiy, tuyuq kabi rang-barang janrlarga oid durdonalarni yaratgan, zamonaviy o‘zbek adabiyotiga hissa qo‘shgan shoir, olimlarning o‘rni 58 beqiyosdir. Ana shunday allomalarimizdan biri Muhammad Rizo Ogahiy (shoir, tarixchi, tarjimon) dir. Ogahiy uzoq yillar davomida adabiy, madaniy va ilmiy hayotning markazida bo‘ldi. O‘z asarlari va amaliy-ijtimoiy faoliyati bilan zamondosh ijodkorlar va hunar ahliga katta ta’sir ko‘rsatdi. Muhammad Rizo Ogahiy 1809-yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida badavlat oilada dunyoga kelgan. U ona tilidan tashqari fors tilida ham she’rlar yozdi, zullisonayn sifatida ikki tilda ijod qildi. Ogahiyning iste’dodli shoir, yirik tarjimon bo‘lib yetilishida Munisning o‘rni kattadir. Chunki, Ogahiyning otasi 3 yoshida vafot etdi. Munis she’riyat yig‘inlariga Muhammad Rizoni ham faol qatnashtirib, davr adabiy va ilmiy hayotiga tortdi. 1821-yildan Ogahiy madrasa ta’limini ola boshladi, 1826-yildanoq elga shoir bo‘lib tanildi. 1845-yildan Ogahiy hayotidagi og‘ir va musibatli davr boshlanadi. Qizg‘in ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashg‘ul bir paytda otdan yiqilib, oyog‘i “shakarlang” (shol) bo‘lib qoladi, natijada hali yigit yoshidayoq to‘shakka bog‘lanib qoladi. Shu dard azobini tortayotgan shoir umr yo‘ldoshidan ham ajraladi. 1857-yilda miroblikdan iste’fo berishga majbur bo‘ladi. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, g‘amgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan. Saroy tarixchisi vazifasini ham olib borayotgan Ogahiy 1839-yilda Munis boshlab qo‘ygan “Firdavs ul-iqbol” (Iqbol bog‘i) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825-yilgacha bo‘lgan tarixini yozib tugatdi. Shuningdek: • 1844-yilda xonlik tarixini shu yilgacha bo‘lgan voqealarini o‘z ichiga olgan “Riyoz ud-davla” (Saodat Bog‘lari) kitobini tamomladi. • 1846-yilda “Zubdat ul-tavorix” (Tarixlar qaymog‘i); • 1847-1855-yillarda esa “Jome’ ul-voqeoti sultoniy” (Sultonlik voqealarining yig‘indisi) tarixiy asarlarini yozdi. • XIX asrning 60-yillarida “Gulshani davlat” va “Shohidi iqbol” (Baxt shohidi) tarixiy asarlarini yozdi. Ogahiy tilga, nafosatga katta e’tibor bergan. Uning “Ta’viz ul-oshiqin” deb atalgan asari bizga to‘la holatda yetib kelgan. O‘zbek mumtoz she’riyatining ko‘p janrlari mana shu asarda jamlangan. “Ta’viz ul-oshiqin” – “oshiqlar tumori” degani. Devon ma’rifatparvar shoh va shoir Feruzning taklifi va talabi bilan 1872-yilda tuzilgan. Ushbu kitobda musoviyattarafayn, ya’ni ikki yoqlama janrida yozilgan ajoyib she’r bo‘lib, bu she’rni bo‘yiga ham, eniga ham o‘qisa bo‘ladi. Musoviyattarafayn Ul sho‘xki Ochildi Xat-u Ruxsori Ochildi rayhonida yuzi gulnori Xat-u yuzi besabr-u qarori man man Ruxsori gulnori man man zori Ogahiy Saidmuhammadxon davrida eng ko‘p tarjima asarlarga buyurtmalar olgan. Bu tarjimalar Muhammadxon-I, ya’ni 1820-yildan buyon yozila 59 boshlangan. Tarjimalar pul miqdori bilan belgilangan. Masalan, u har bitta tarjimadan keyin u “tarjimamni xonga taqdim etdim va xon ustimdan zar-u, siymo sochdi”, ya’ni zar bilan mukofotladi deb yozadi. Hatto, ba’zi ma’lumotlarda narx-navosi 20-30 tillo ham deyiladi. Shu bilan birgalikda, Ogahiy rassomlik bilan ham shug‘ullangan. U “Bayozi Mutaffakkirai forsiy” asarini o‘z minyaturalari bilan bezagan. Bu kitob uning dastlabki asarlaridan biri bo‘lgan. Chunki, bu kitobda biron marta “mirob” so‘zini uchratmaymiz. Demak, bu kitob Ogahiy hali mirob bo‘lmasidan avval yozilgan. U o‘sha paytlarda madrasa ta’limini olib yurgan. Ogahiy yirik shaxslarga bag‘ishlangan nasihatlar ham yozib bergan. Feruzga bag‘ishlangan “Qasidayi nasihat” asari bunga yorqin misol bo‘la oladi. Hattoki, bu nasihatlar arzxonalarga marmar toshlarga yozib qo‘yilgan holatlari ham bo‘lgan. Bu ma’lumotlar XIX asrda Feruz hukmronligi davridan ham ogohlik beradi. XV asrda Husayn Boyqaro taxtga o‘tirganida Alisher Navoiy unga atab “Hiloliya” qasidasini yozadi. Demak, bu an’ana adabiyotimizda tarixan bor bo‘lib, bo‘lg‘usi shohga eng yaqin insonlaridan, ijodkorlardan nasihatlar berib borilgan. Bu nasihat nomasining yozilishi ham bejizga emas. Birinchidan, Ogahiy Navoiy an’analarini davom ettirgan bo‘lsa; ikkinchidan, ustoz sifatida davlatni boshqarish borasida berilgan pand-nasihatlar, o‘gitlar edi. Xulosa Adabiyot hamma zamon va makonda davr bilan hamqadam rivojlangan. Davrlar o‘tishi bilan janrlarning takomillashuvi ham ilgarilab boradi. Ogahiyning yozgan asarlari, tarjimalari uchun xondan olgan hadyalaridan bilsak bo‘ladiki, har doim ilm ahliga katta hurmat va e’tibor qaratiladi. Hozirgi paytda ham shoir va yozuvchilarning asarlarini o‘rganish, kitoblarini ko‘p sonli nusxalarda chop ettirib o‘quvchilarning qo‘liga yetkazish, turli musobaqa, tanlov va mushoiralar uyushtirish adabiyotga e’tibor juda kattaligidan dalolat beradi. Ham shaklan, ham mazmunan go‘zal va benuqson she’rlar yaratganligi Ogahiyning juda katta iste’dod egasi ekanligini ko‘rsatadi. Shoirning axloqiy- ta’limiy, falsafiy mavzulardagi asarlari bugungi va ertangi kelajak avlodlarning yuksak marralarga erishishiga zamin yaratib beradi. Bundan xulosa qilamizki, biz Ogahiy ijodini yanada chuqur va zo‘r qiziqish bilan o‘rganishimiz kerak. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling