Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Komilov H. – Shoir va tarjimon bo‘lgan Ogahiyning badiiy mahorati 
2. Ogahiy adabiyoti (maqola va esseylar) 
3. Komil, Avaz – Muhammad Rizo Ogahiy 
4. Kitob.uz 
5. Ziyo.uz
 


60 
OGAHIYGA YUKSAK EHTIROM 
 
Kamila Samandarova, 
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs talabasi 
Annotatsiya. Ushbu maqolada Muhammad Rizo Ogahiy haqida tarixiy 
adabiyotlarga tayangan holda ma’lumotlar beriladi. Ogahiyning hayot yo‘li, 
ijodi, asarlari haqida qisqacha so‘z yuritamiz. 
Tayanch so‘zlar: Mirob, g‘azal, Ogahiy lirikasi, devon. 
O‘rta Osiyo azaldan ilm-fan, she‘riyat, san‘at, hunarmandchilik, savdo va 
bir qancha sohalar rivojlangan maskan hisoblanadi. Ayniqsa, bu yerlarda ilm-fan, 
she‘riyatga bo‘lgan qiziqish tufayli yuqoridagi narsalar yanada yuksak rivoj 
topgan. Bobolarimiz o‘tgan asrlar davomida biz avlodga shunday meros 
qoldirishganki, har tomonlama o‘rnak olsa arzigulik. 
Biz tariximiz ijodini o ‘rgana turib, shunday bir ijodkor xalqga duch 
keldikki, bu yurt farzandlarining dovrug ‘i dunyolarga taniqli ekanligiga yana bir 
bor guvoh bo‘ldik. 
O‘sha davr madaniy merosiga nazar soladigan bo‘lsak, bu zaminda shunday 
yetuk ijodkor o‘z ijodlari, asarlari, she‘rlari bilan har bir qalbga kirib bora olgan 
bobolarimiz yashab o‘tganligi biz yosh avlodda faxr va g ‘urur uyg ‘otadi. 
Ana shunday ulug‘ shaxslardan biri, buyuk bobomiz Muhammad Rizo 
Ogahiy ijodi haqida qisqacha so‘z yuritsak. 
Biz bu shaxs haqida ko‘p o‘qib o‘rgangan bo‘lishimizga qaramay, uning 
ijodida hali o‘rganiladigan narsalarning ko‘pligi bizni hayratga solmoqda. 
Go‘zal Xorazm diyorida, ajib qish kunlarining birida, musaffo osmon ostida 
1809 yilning 17 dekabr sanasida mirob oilasida bir farzand dunyoga keldi.Bu 
tug‘ilgan shaxs ulkan, o‘ziga xos ijodiy maktab yarata olishi hech kimning 
hayoliga kelmagan edi.Bu ulug ‘ zot bobomiz Muhammad Rizo Ogahiy edi. 
Muhammad Rizo Ogahiy yoshligidan ilm-fanga havas qo‘ygan, diniy bilimlarni 
egallabgina qolmasdan dunyoviy bilimdan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan.U o 
‘z ona tilidan tashqari arab, fors, turk tillarini yaxshi bilgan. Fors tilida ijod 
qilgan va zullisonayn ya‘ni ikki tilda ijod qiluvchi ijodkor deb ham yuritiladi.
Ogahiy 
,,Ravzat 
us-safo‘‘ (Mirxond), 
,,Tarixi jahonkushoyi Nodiriy‘‘ 
(Muhammad Maxdiy Astrobodiy’), ,,Badoye ‘ ul-vaqoye ‘‘ (3. Vosifiy
), ,,Miftoh 
ut-tolibin‘‘(Mahmud 
binni 
Shayx 
Ali 
Gʻijduvoniy), 
,,Tabaqoti 
Akbarshohiy‘‘(Muhammad 
Muqim 
Hirotiy), 
,,Tazkirai 
Muqimxoniy 
‘‘(Muhammad Yusuf Munshiy), ,,Ravzat us-safoyi Nosiriy ‘‘(Rizoqulixon 
Hidoyat), ,,Axloqi Muhsiniy ‘‘(Koshifip), ,,Qobusnoma‘‘, ,,Zubdat ul-hikoyot ‘‘, 
,,Sharhi daloil ulhayrat ‘‘(Muhammad Voris), ,,Guliston ‘‘(Saʼdiy), ,,Yusuf va 
Zulayho‘‘(Jomiy), ,,Shoh va gado ‘‘(Hiloliy), ,, Haft paykar ‘‘(Nizomiy) va 
boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan oʻzbekchaga tarjima qilgan 
Ogahiyning shoir sifatida va tarixchi bo ‘lib yetishishiga ulkan hissa qo‘shgan 
inson uning ustozi hamda amakisi hisoblangan Shermuhammad Munisdir. 


61 
Ogahiy Shermuhammad Munisning xonadonidagi adabiy kechalarda va 
boshqa bir qancha yig‘ilishlarda o‘z zamonasining yirik qalam ahllari ishtirokida 
bo‘lib o‘tadigan she‘riyat yig‘inlarida qatnashib kelgan.U faoliyati davomida bir 
qancha g ‘azal va asarlar bitgan bo‘lishiga qaramay tarjima ishlari bilan ham 
shug ‘ullanib kelgan. Bu haqda o‘zining Devonida keltirib o‘tgan. 
Adabiyotlarimizda ma‘lumot berilishicha Munis vafoti tufayli tugallanmay 
qolgan asarini ham nihoyasiga yetkazgan deb aytiladi. 
Muhammad Rizo Ogahiy o‘zbek mumtoz adabiyotida buyuk mutafakkir 
bobomiz A.Navoiydan keyin ko‘pgina meros qoldirgan deb yuritiladi. Ogahiy 
Navoiy ijodiga o‘zgacha mehr qo‘ygan desak adashmaymiz.Bu o ‘rinda 
Ogahiyning o‘zi shunday yozadi: 
Ogahiy , kim topqay erdi sozi nazmingdin navo, 
Bahra gar yo ‘qtur Navoiyning navosidin sengo. 
Ogahiy asarlarini ko‘pgina adabiyotshunoslarimiz o‘rganishmoqda. 
1958-60 yillarda ‘‘Tanlangan asarlar,,i, 1960 y ‘‘Ta‘viz ul-oshiqin,, devoni 
va 1970 yillarda she ‘rlari, tarixiy asarlari tarjima qilinib o ‘rganilmoqda.Uning 
ijodini o‘rganish uchun bir qancha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 
R.Majidiyning ‘‘Ogahiy lirikasi,, bunga misol. 
Xorazm adabiy muhitiga nazar soladigan bo ‘lsak she ‘riyat , tarixnavislik, 
tarjima ishlariga bag ‘ishlangan ilmiy ishlar Ogahiy ijodiga bag 
‘ishlanmoqda.Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti 
I.A.Karimov tashabbusi bilan 1999 yil dekabr oyida Ogahiyning 190 yilligiga 
bag‘ishlangan yubiley katta ahamiyatga ega. 
Ogahiyning ijod faoliyati juda boy hisoblanadi.
Ogahiy „Riyoz 
uddavla“ („Saltanat boglari“, 1844), „Zubdat ut-tavorix‘‘ („Tarixlar qaymogʻi“, 
1845—46), ,,Jome‘ ul-voqeoti sultoniy‘‘ („Sul-tonlik voqealarini jamlovchi“, 
1857), ,,Gulshani davlat ‘‘(„Davlat gulshani“, 1865), ,,Shohidi iqbol‘‘ („Iqbol 
guvohi“, 1872) va boshqa tarixiy asarlarida Ogahiy o‘sha paytda Xorazmda 
yashagan millatlar ya’ni o‘zbeklar, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining 
hayot yo‘li, tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar 
bilan munosabati qolaversa, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Rossiya va boshqa 
davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari haqida ma ‘lumotlar bergan. 
Ogahiy ijodiga ehtiromimiz baland.Bu shaxsning ijodini o‘rganar ekanmiz 
yana bir yangi ijodiy maktabni o‘zimizda kashf qilgimiz keladi.Uning ijodini 
o‘rganishni davom ettirish biz avlodlar uchun naqadar yuksak tuyg‘u. 
Zero, biz o‘qib, o‘rganib, izlanishdan charchamagan buyuk bobolarimiz 
izdoshlarimiz. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling