Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

 
 
 
XIX ASR XIVA TARIXIDA OGAHIY VA "RIYOZ UD-DAVLA" 
TARIXIY ASARINING O‘RNI 
 
Mirasatullo Mirikramov, 
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs talabasi
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada XIX asrda yashab ijod etgan buyuk tarixchi, 
shoir va tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek o‘gli Ogahiyning tarixiy asarlari 
va ulardagi ko‘tarilgan muammolar haqida so‘z boradi. Shu bilan birgalikda 
maqolada Ogahiy siymosiga jahon tarixchi va sharqshunoslari tomonidan 
bildirilgan tanqidiy va ijobiy fikrlar o‘rin olgan. 
Kalit so‘zlar: Buyuk tarixchi, holislik,”davlat bog‘lari”, tavsif, ta’rif, 
tanqid, tub mohiyat, asosiy muammo, feodallik, mustamlakachilik siyosat, harbiy 
yurishlar, bosqinchilik siyosati. 
Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasiga muhim xissa qo‘shgan minglab 
daholarning beshigini tebratgan. Ularning orasida bir inson borki, uni yodga 
olmaslikning iloji yo‘q, nazarimizda. Bu inson buyuk tarixchi, o‘z asarlari orqali 
kelajak avlodga beqiyos bilim manbayini qoldirgan alloma – Muhammad Rizo 
Erniyozbek o‘g‘li Ogahiydir… 
Ogahiy shaxsiyatiga nazar solar ekanmiz, uning nafaqat qalami o‘tkir shoir 
va mohir tarjimon balki, tarixchi sifatida ham o‘zimiz uchun kashf qilamiz. 
Atoqli rus sharqshunosi akademik V.V.Bartold Ogahiy va Munis asarlari bilan 
tanishib, ularning ilmiy qimmatiga baho berar ekan, shunday xulosaga keladi: 
“Munis va Ogahiylarning mufassal xronikalari Xorazmning XIX asr tarixiga oid 
ma’lumotlarimizning asosi sifatida ko‘p zamonlargacha saqlanib qolsa kerak”
1

Ogahiyning tarixiy asarlari Xorazmning yarim asrdan ortiqroq davrini aks 
etuvchi yilnomadir. Bu asarlar shuningdek, faktik materiallarga boyligi va 
ishonchliligi bilan ham ajralib turadi. Uning tarixiy asarlarida turkman, qozoq, 
1
В.В.Бартольд “Новый источник по истории Харезма” - СССР 1941 г. Стр. 59


96 
qoraqalpoq xalqlari tarixini o‘tganishda noyob manba bo‘lib kelmoqda. Ularning 
yana bir xususiyati shundaki, tarixiy voqealar badiiy obrazli uslubda bayon etilib, 
o‘rni bilan she’riy parchalar, lirik chekinishni ifodalovchi misralar keltiriladiki, 
bu hol asarlarning ta’sirchanligini kuchaytiradi. Darhaqiqat, XIX asr Xiva 
tarixini Ogahiyning asarlarisiz tasavvur qilish mushkul. Muhammad Rizo bu 
davrda 5 ta mukammal tarixiy asar yaratgan bo‘lib, “Riyoz ud-davlat” – 
Olloqulixon (1825-1843) hukmronlik qilgan davr, “Zubdat ut-tavorix” asari 
Rahimqulixon (1843-1846) podsholigi davri, “Jome’-ul voqeoti sultoniy” asari 
Muhammad Aminxon (1846-1855) zamonasiga, “Gulshani davlat” asari Sayyid 
Muhammad (1856-1865) xonligi davriga, “Shohidi iqbol” asari Muhammad 
Rahimxon 
II 
(1865-1910) 
hukmronligi 
davrining 
dastlabki 
yillariga 
bag‘ishlangan. Ogahiyning dunyoga kelishi haqida Munis o‘zining “Firdavs ul-
iqbol” asarida shunday deydi: “Bu yil 1224 (1809/1810) mohi mazkur, ya’ni 
zaulqa’daning o‘nida, shanba kuni Erniyozbekka kim, faqirning inisidur,xazrati 
va Nibal atoyet bir farzandi arjumand va valadi saodat payvand ato qildi. Ul… 
Muhammad Rizobekka mavsum bo‘ldi”
1
. Bu haqida Xiva shoirlaridan Laffasiy 
o‘z asarida: “Ogahiy Muhammad Rizo mirob qiyotlig‘ Erniyozbek mirobning 
o‘g‘li bo‘lib, xonlar davrida Shermuhammad mirob Munisning dastparvarda 
shogirdi, amakizodalaridan edi” deb yozadi.
Chet ellik sharqshunoslar nigohida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga 
bo‘lgan qiziqish, doim yuqori bo‘lgan. Xususan, Xorazm tarixini yoritishda 
dunyo olimlariga Ogahiy va Munisning tarixiy asarlari benihoya yordam bergan 
desak, adashmagan bo‘lamiz. Shu bilan birga ushbu olimlar o‘z asarlarini 
yozishda bevosita Ogahiy ijodiga murojaat qilishgan, uning asarlariga taqriz 
yozishgan. Quyida ularning fikrlari bilan tanishamiz. 
Rus sharqshunosi A.L.Kun O‘rta Osiyo ayniqsa Xiva xonligi tarixiga 
oid bir nechta maqolalar yozgan. Shuni aytib o‘tish kerakki, Munis va 
Ogahiyning ko‘plab qo‘lyozma asarlari birinchi marta 1873-yilda taxtni 
tashlab qochgan Xiva xoni saroyidan A.L.kun tomonidan topib o‘rganilgan. 
Kun bu qo‘lyozmalarni Osiyo muzeyiga topshirgan. A.Kun o‘z maqolasida: 
“Ogahiyning tarixiy asarlari XIX asrda Xivaning sug‘orilish tizimi, 
davlatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini bilishda muhim manba bo‘lib xizmat 
qiladi”
2
. - deb yozadi. “Firdavs ul-iqbol” asarining muallifi va ilmiy qiymati 
haqida sharqshunos pastor Avr. Amirxanyansning 18 betdan iborat muloha-
zalari mavjud. U asar haqida bunday yozadi: “Sharqshunoslarga ma’lumki, 
qo‘lyozmalarning ba’zilarigina uning ustida ilmiy tekshirish ishlari olib 
borayotgan olimning talabiga, ya’ni qaysi vaqtda, qayerda va kim tomonidan 
yozilgan va qay ahvolda yozilgan degan talabga javob bera oladi. Ogahiy 
asarlari esa, yordamchi ma’lumot beruvchi kitoblarga muhtoj qilmay, bunday 
talablarning barchasiga javob beradi”.
3
N.I.Veselovskiy bu taqriz bilan tanish 
1
Munis va Ogahiy “Firdavs ul-iqbol” inv. № 5364/I 127-bet
2
А.Л.Кун. заметки о Хивинском ханстве. “Туркестанские ведомости” 1873 г. № 
40. Стр. 156
3
Записка пастора Авр.Амирханьянца от истории Хивы 1890 г. Стр 2


97 
bo‘lgan va bu asar haqida o‘zining fikrini qisqacha bayon etgan. Lekin, u o‘z 
taqrizida Munis va Ogahiyning bu muhim tarixiy asariga unchalik ahamiyat 
bermaydi. 
N.I.Veselovskiy 
1890-yil 
17-fevralda 
Amirxanyansga 
yozgan 
maktubida shunday deydi: “Shermuhammad Munis va uning jiyani Muham-
mad Rizo mirob tomonidan yozilgan Xiva xonligi tarixi XIX asr boshlaridan 
boshlab bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu davr tarixi elchilarimiz va 
asirlarimiz orqali bizga yetarli darajada ma’lumdir. Shuning uchun bu 
qo‘lyozma unchalik katta ahamiyatga ega emas”
1
.
Akademik V.V.Bartold O‘rta Osiyo sug‘orish ishlari haqida asar yozar 
ekan, mashhur sharq tarixchilari, geograflari, sayyohlari asarlaridan foydalanadi. 
Shu jumladan, asarning XIX asr Xiva xonligiga tegishli bobida, umuman 
Amudaryoga tegishli masalalarni bayon etishda Munis va Ogahiyning tarixiy 
asarlaridan foydalangan. Bartold o‘zi foydalangan qo‘lyozma manbalarda 
sug‘orish ishlariga oid materiallarning kam uchrashi haqida gapirsada: “Xiva 
xonligining tarixi bundan mustasnodir. XVII asr tarixchisi Abulg‘oziyxonning, 
shuningdek, XIX asr tarixchilari Munis va Ogahiylarning Amudaryo va undan 
chiqarilgan kanallar haqida bergan ma’lumotlari, boshqa tarixchilarning 
sug‘orish ishlari bo‘yicha bergan ma’lumotlariga qaraganda ancha boydir”
2
– deb 
Ogahiy va Munis asarlari ahamiyati katta ekanligini uqtirib ketadi. 1935-yilda 
P.P.Ivanovning Munis va Ogahiy tarixiy asarlarida berilgan materiallar asosida 
qoraqalpoqlar tarixiga oid yozilgan asari bosilib chiqadi. Ogahiy asarlari bilan 
tanishar ekan Ivanov quidagi fikrlarnig aytadi: “XVIII va XIX asr qoralqalpoqlar 
tarixi uchun O‘rta Osiyoda yozilgan tarixiy asarlar ichida berilgan 
materiallarning ko‘pligi bilan ajralib turuvchi, XVIII asr boshidan to 1872-
yilgacha ro‘y bergan voqealarni o‘z ichiga oladigan, XIX asrda yozilgan Xiva 
tarixi juda katta ahamiyatga egadir”
3
. Oradan bir necha yillar o‘tib Ivanov 
turkmanlar tarixini o‘rganish va ularning tarixini yoritish bo‘yicha asar yozar 
ekan
4
 yana Ogahiy va Munisning tarixiy asarlariga murojaat qiladi.
Ogahiy XIX asr tarixini yorituvchi 5 ta yirik asar yozdi. Qimmatli 
qo‘lyozma asarlaridan biri, Olloqulixonning Xorazmda hukmronlik qilgan 
davridagi tarixiy voqealarni aks ettiruvchi asar hijriy 1250/ milodiy 1844 – yilda 
yozilgan “Riyoz ud-davlat” (Davlat bog‘lari) asaridir. Ogahiy bu asarni yozar 
ekan, o‘zigacha bo‘lgan tarixchilar an’anasiga muvofiq asarni Allohga hamd va 
Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V)ga na’at bilan boshlaydi. So‘ngra o‘z hayoti 
haqida so‘z boshlab, davomida Olloqulixonni maqtaydi. Undan keyin tarix 
ilmiga ta’rif berib, asarning yozilishiga sababchi bo‘lgan shaxslar haqida 
gapiradi. So‘ngra voqealarni bayon etishni Olloqulixonning tug‘ilishidan boshlab 
1
Архив записки проф. Н.И.Веселовского. Ленинградское отделение. ИВАН. СССР 
1890 г. 
2
В.В.Бартольд “К истории орощения Туркестана” - Спб., 1914 г. Стр. 24
3
П.П.Иванов. “Очерк истории Каракалпаков” Материалы по истории 
Каракалпаков. М.,-Л., 1935 г. Стр. 44
4
П.П.Иванов “Хивинские хроники XIX века Муниса и Агехи как источник по 
истории Туркмен” М., - Л., 1938 г. 2-том, стр. 23. 


98 
to uning vafotiga qadar Xorazmda bo‘lib o‘tgan tarixiy xotiralar haqida gapiradi. 
Asar muqaddimasida muallif juda kamtarlik bilan o‘ziga ta’rif beradi: 
“Erniyozbekning o‘g‘li Muhammad Rizo mirob, laqabim Ogahiy, o‘z ahvolimni 
quyidagicha bayon etaman. Yoshlik chog‘larimda boshimg‘a har xil va turli-
tuman tashvishlar tushdi. Har tarafdan boshimg‘a balo toshlari yog‘ildi”
1
U o‘z 
ahvoli haqida yuqoridagilarni keltirgandan so‘ng, asar yozilishi haqida 
quyidagilarni bayon qiladi: “Bu asarni yozishni boshladim. Asarni yozish 
davomida menga Muhammad Yaqub mehtar yordam berdi. Bu asarni “Riyoz ud-
davla” nomi bilan atadim”
2
. Asarning avvali: “Jahonbog‘lig‘ maqomining nigini 
intizomi va hukmronlig‘ nizomining sar rishtayi ixtitomi…“
3
so‘zlari bilan 
boshlanib, asar oxiri:

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling