Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

Bu nusxaki bitmakni kom ayladim,
Sening jahding bilan tamom ayladim.
4
 
- so‘zlari bilan yakun topadi. 
Asar O‘rta Osiyo qog‘oziga, qora siyohda nasta’liq xati bilan 
yozilgan. Xorazmda muqova qilingan qo‘lyozma oxirida: “biz kim 
Ogahiy mazkur asarni 1250 da yozib tugatdim,” – deb ta’kidlashidan bu 
nusxa Ogahiyning o‘z qo‘li bilan yozilgan bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, O‘rta Osiyo xonliklari 
tarixnavisligi haqida rus sharqshunoslarining o‘ziga xos qarashlari 
mavjud bo‘lgan. Buni biz 1873-yilda chop etilgan “Turkestanskiye 
Vedomosti” gazetasining 50-sonida ko‘rishimiz mumkin. “Musulmon 
xonliklarida yozma hujjatlarni yig‘ish odati mavjud emas. Har bir xon 
vafotidan keyin saroydagi barcha mol-mulk va meros vorislari o‘rtasida 
taqsimlanadi. Davlat arxivlari va bu kabi boshqa hujjatlar saqlanadigan 
joylarda bu narsalar qayd etilmaydi”
5
Bu ma’lumotlar o‘sha davr 
siyosatidan kelib chiqqan holda yozilgan bo‘lishi mumkin. 
“Riyoz ud-davla” asarining original nusxasidan tashqari, uning bir nechta 
ko‘chirma nusxalari mavjud.
1. Xususan, bir nusxa Mulla Nurniyoz ibn mulla Muhammadniyoz 
tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, asar sifatli Sharq qog‘oziga qora siyohda chiroyli 
nasta’liq xatida yozilgan. Asar 112 varaqdan iborat.
2. Navbatdagi nusxa ham avvalgisiga o‘xshaydi. Kotib Mulla Muhammad Rizo 
ibn Mahmmad Karim tomonidan 1880-yilda ko‘chirilgan.117 varaqdan iborat.
3. Keyingi nusxa avvalgilaridan biroz farq qiladi. Nusxa Muhammad 
Rahimxon II tavsiyasiga binoan 1904-yilda domla Muhammad Rizo oxund 
tomonidan ko‘chirilgan. Yupqa sifatli Qo‘qon qog‘oziga nata’liq xatida qora 
siyoh bilan yozilgan. Sarlavhalari, “nazm”, “qit’a”, “masnaviy” so‘zlari qizil 
1
Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 4-bet.
2
Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 5-bet.
3
Shu asar inv. № 5363/II 7-bet.
4
Shu asar inv. № 5363/II 8-bet.
5
Научные работы во времья Хивинского похода 18-декабрь, 1873 г. “ 
Туркестанские ведомости” № 50


99 
siyohda bitilgan. Muqovasi naqshli, har 2 tomondan 3 tadan saxxoj tamg‘asi 
mavjud. 120 varaqdan iborat.
1
“Riyoz ud-davla” asari Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” 
asarining mantiqiy davomi bo‘lib, Muhammad Rahim I vafotidan keyin 
taxtga o‘tirgan Olloqulixon davrini yoritadi. Taxt almashinuvi vaqtidagi 
vaziyatni A.A.Kun o‘z maqolasida shunday yoritadi: “Xalqning xohishi 
bilan Muhammad Rahim vafotidan so‘ng taxtni Olloquli egalladi. Bu 
vaqtda Xiva va Eron chegarasida yashovchi tog‘li xalqlar unga qarshi 
isyon ko‘taradi. Olloqulixon shu zahotiyoq ularga qarshi yirik qo‘shinni 
safarbar 
etdi. 
Hukmronliginig 
dastlabki 
yillaridagi 
qo‘zg‘olonlarni 
bostirgan Olloqulixon Xivaga to‘laqonli joylashib olgandan so‘ng, kichik 
ukasi Rahmonquli Inoqni Xuroson va Mashhadni bosib olish maqsadida 
qizilboshlarga qarshi urushga jo‘natdi. Mashhad shahri, Djam va Imgon 
qal’alari egallanganligi xabarini eshitgandan so‘ng esa Turkmanlar va 
Buxoroga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi”
2
. Asarni o‘qir 
ekanmiz, Olloqulixon davrida Xuroson yerlarini bosib olish uchun qattiq 
kurash borganligini ko‘ramiz. “Riyoz ud-davla”da yozilishicha: “Olloqu-
lixon Buxoro bilan keskinlashgan munosabatlarni tartibga solgandan 
so‘ng 1825 yilda Xazorasp hokimi Rahmonquli to‘ra boshchiligida 
Xurosonga lashkar yubordi. Rahmonquli Oqdarband qal’asiga hujum 
qiladi va bosib oladi. U yerda yashayotgan xalq Saraxsga ko‘chirildi”
3
.
Asardan Ogahiy Munisning vafotini quidagicha tasvirlaydi: “1244 
(1828-1829) yili davlatpanoh Olloqulixon o‘zi bosh bo‘lib Xurosong‘a 
yurish qildi. Ammo, vabo kasali tarqalib, ko‘p askarlardan ajralgach, Xi-
vaga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu yurishda qatnashgan barodari 
padarimiz Shermuhammad mirob, laqablari Munis ham vafot etadurlar. 
Safardan qaytgach Olloqulixon tavsiyasi va taklifi bilan miroblik kasbi-
g‘a kamina tayinlandim”.
4
Lekin, bu bilan Olloqulixonning Xurosonga 
bo‘lgan da’vosi yakunlanib qolmaydi. Shundan so‘ng u Xurosonga 1836-
1837 – yillarda 3 marta yurish qiladi. Bu holat “Riyoz ud-davla”da 
shunday tasvirlanadi: “Bir nechta yurishlar natijasida Ali eli qal’asi bosib 
olinadi va u yer aholisi Xorazmga, Qilich Niyozbiy arnasining etagi va 
Buldamsor qal’asining atrofiga ko‘chiriladi. Ular hozir ham shu yerda 
yashab 
kelmoqdalar”.
5
N.I.Veselovskiy 
aholini 
ko‘chirilishi 
haqida: 
“Ko‘chirib keltirilgan xalq 7000 uylikdan iborat bo‘lib, ular arna 
atroflariga joylashtirildi”
6
– deb yozadi. Bu yurishlar natijasida Xuroson 
1
“Описание Тюркских рукописей института народов Азии” 1-том. М., 1965 г. стр. 1-16
2
А.Л.Кун. заметки о Хивинском ханстве. “Туркестанские ведомости” 1873 г. № 
40. Стр. 158
3
Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 259-bet
4
Shu asar. inv. № 5363/II 314-bet.
5
Shu asar. inv. № 5363/II 317-bet.
6
Архив записки проф. Н.И.Веселовского. Ленинградское отделение. ИВАН. 
СССР 1890 г. Стр 307 


100 
masalasida Xiv ava Eron o‘rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga keladi va 
uzoq vaqt davom etadi. Eron ustiga to‘xtovsiz yurishlar joniga tekkan 
Eron shohi do‘stlik o‘rnatish maqsadida Xiva xoniga elchi yuborgan. 
Elchi bo‘lib kelgan Xodiyxon xonga quyidagi nomani topshiradi: “Qa-
dim zamonidin to shu vaqtgacha Xorazm xonlari bilan Eron podshohlari 
orasida do‘stlik davom etib kelgan. Bizlar ham shu tariqada yo‘l tutsak, 
chunki ikki yurtning xalqi farog‘at va xotirjamlik bila hayot qilishlarig‘a 
sabab bo‘lar edi”
1
Asarda Xiva xonligining O‘rta Osiyodagi xonliklar hamda Xurosondan 
tashqari, rus va boshqa xalqlar bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ham so‘z 
boradi. 1256 (1840-1841) – yili Xiva xoni qo‘lida bo‘lgan 1000 ga yaqin rus 
asirlari ozod qilingan. Rossiyaga yuborilgan Xiva savdogarlari ma’lum vaqtdan 
buyon o‘z yurtlariga qaytarilmasdan, ushlab turilgan. Agar rus asirlari ozod 
qilinib, o‘z yurtiga yuborilmagan taqdirda, Xorazm karvonining ham qaytib 
kelmasligi mumkin edi. Bu haqida Ogahiy shunday yozadi: “Muhammad Shariy 
No‘g‘ayni qamoqdan chiqarib, Otajon oxundga qo‘shib, rus asirlari bilan mazkur 
yil jumodis soniy oyining 4 tida, dushanba kuni ruxsat berilgan. Anglisdin elchi 
bo‘lib kelgan shaxs bir sohibkim, rus yurtig‘a borurg‘a mayl ko‘rguzub, ijorat 
tilab erdi, ani ham xamul elchilarig‘a hamroh qilib yubordi”
2
. 1257 (1841/1842) 
– yili Rossiyaga elchi bo‘lib ketgan Vays Niyozboy 1258 (1842/1843) yili 
Xivaga qaytib keldi. Bu haqida asarda: “Vays Niyozbiy kim o‘rus elchilarig‘a 
ketib erdi… andoqkim yuqoriroq mazkur bo‘lib erdi, o‘rusdin Danilevskiy otlig‘ 
bir elchi bila Xorazmga keldi. Ul jumladin bir taxt ravon otlig‘ aroba erdi”
3

Ko‘rinib turibdiki, Danilevskiy sovg‘a salomlar bilan kelgan. Uning asosiy 
vazifasi Xiva va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni qayta yaxshilash va savdo 
aloqalarini qayta yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘lgan. Missiya o‘z ishini 
muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu esa kelajakda Xiva – Rossiya munosabatlarining 
rivojlanishiga keng imkoniyat yaratib berdi. 
“Riyoz ud-davla” orqali Xiva va Angliya o‘rtasidagi munosabatlar haqida 
ham birmuncha ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Xususan, J.Abbotning 
Xivaga kelishi asarda shunday tasvirlanadi: “Xam ul 1255 (1839/1840) yil 
Zulqa’da oyining o‘n beshida Hindustondin Xaybbat sohib otlig‘ anglis elchisi 
kelib oston bo‘slikga musharraf bo‘ldi”
4
.
Asarda Xorazmning XIX asrdagi feudal yer egaligiga oid bo‘lgan ma’lumotlar 
mavjud. Bu davrda iqtisodiy hayotda asosiy masalalardan biri yerga egalik bo‘lganligi 
uchun, bu masala alohida ahamiyatga ega. XIX asrda Xorazmda eng kata feodal va 
yer egasi xonning o‘zi edi. Bu haqida tarixchi M.Y.Yuldashev quyidagi fikrlarni 
bildirgan: “Juda katta xususiy yoki podshohlik yerlarining xo‘jayini bo‘lgan xonning 
o‘zi mamlakatning birinchi feodali edi. Biz xonlar qo‘lida bo‘lgan yerlarni yirik feodal 
yer egaligining bir turi deb hisoblaymiz”.
1
Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 350 – varaq 
2
Shu asar inv. № 5363/I 353 a/b varaq
3
Shu asar inv. № 5363/II 362/b varaq
4
Shu asar inv. № 5363/II 352/a varaq 


101 
Xiva xonligining iqtisodiy hayotida asosiy rol o‘ynagan jihatlardan biri 
soliq masalasi edi. Shu sababli, Olloqulixon davrida ham bu masalaga alohida 
e’tibor qaratilgan. Xususan, Xurosonga bo‘lgan navbatdagi yurishdan 
qaytayotganda, Olloquli Anav qal’asiga to‘xtab o‘tadi. Bu qal’aning janub 
tarafidagi Shayx Jamoliddin qabrini ziyorat qiladi. Bu ziyorat tarixni Ogahiy 
shunday tasvirlaydi: “Ul qal’a hokimi Maxmudxonga qal’a hukumati yorlig‘ini 
topshirdi. Garov uchun Oquyluk ba o‘zga elotdin zakot va xiroj oldi”
1
. Xonlar 
biror xalq ustiga yurish qiladilarmi, ov va yoki ziyoratga chiqadilarmi, yo‘l-
yo‘lakay soliq to‘lamagan aholidan qurol kuchi bilan soliq undirishga harakat 
qilganlar. Soliqnig asosiy turlaridan biri solg‘ut solig‘I edi. Solg‘ut olish tartibini 
A.Kun o‘z maqolasida: “Egalik qilinayotgan yerning hajmiga ko‘ra solg‘ut 
to‘lash tartibi 3 ta kategoriyaga bo‘lingan: yuqori, o‘rta, quyi. Quyi – yeri 5 
tandan yuqori bo‘lmaganlar. O‘rta – 5 tandan 10 tangacha bo‘lgan yer egalari. 
Yuqori - yeri 10 tandan ortiq bo‘lganlar”
2
– deya tasvirlaydi.
Bunday zulmlardan sabr kosasi to‘lgan xalq tez-tez bosh ko‘tarib turgan. 
Olloqulixon davriga kelib bu holat kuchayadi. Ularning eng mashurlaridan biri 
1242 (1826/1827) yilda sodir bo‘lgan Oydo‘stbiy boshchiligidagi qoraqalpoq 
xalq harakati edi. Xiva xonligining qo‘shni xalqlarga nisbatan yuritgan siyosatini 
P.P.Ivanov qoraqalpoqlarga bag‘ishlangan ocherkida quyidagicha eslaydi. “Xiva 
xonligining ta’sir doirasi uning qo‘shni qozoq va qoraqalpoq xalqlariga qilgan 
bosimida namoyon bo‘ladi. Ulardan qoraqalpoqlar XVIII asrning 1-yarmidanoq 
iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tez-tez Xiva ta’siriga tushib qolar edi. XIX asr 
boshiga kelib esa ularning katta hududlari allaqachon Xiva tarkibiga kirib 
bo‘lgan edi”
3
. Ogahiy “Riyoz ud-davla” asarida xon qo‘shinlari ham 
qo‘zg‘olonchilar o‘rtasidagi jangni tasvirlarekan shunday deydi: “…davroni 
inqilobnishon ichida ko‘p voqe’ bo‘lmushdurkim, oz dushman ittifoqidin ofati 
sahim va kichik g‘anim imondin mehnati adim paydo bo‘lub nabard arsasida 
farzindek kaj hiromlik bilan ot surib, ulug‘ shohlarni piyodalik martabasiga 
tushirib motlig‘ sarhadig‘a yetkurubdurlar”
4
. Bundan ko‘rinib turibdiki, Ogahiy 
qo‘zg‘olon harakatini haq deb bilgan va ularga hayrixohlik bildirgan. Bu holat 
uning quyidagi misralarda namoyon bo‘ladi: 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling